Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2019 y. 702-son "Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalari pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2019 y.

N 702




"MEHRIBONLIK" UYLARI VA

BOLALAR ShAHARChALARI PEDAGOG

XODIMLARINI ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4185-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalari pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda "Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalari pedagog хodimlarining attestatsiyasi natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda "Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalari rahbar va pedagog хodimlarining asosiy lavozimlari malaka tavsiflarini qayta koʻrib chiqsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlii U.N. Tashkenbayev va Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 avgust