Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 23.08.2019 y. 353-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 23.08.2019 y. 994-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.08.2019 y.

N 994-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

23.08.2019 y.

N 353-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 20 avgustdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish samarasini oshirish choralari toʻrisida"gi buyruqni (roʻyхat raqami 994, 2000 yil 22 dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 28/12-3369-son, 10-2-5/3809-son хatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Soliqni saqlash vazirligining 2000 yil 4 dekabrdagi 248-son, 5-dekabrdagi 625-son "Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish samarasini oshirish choralari toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 994, 2000 yil 22 dekabr) davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                           R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 23 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 26 avgust, 34-son, 608-modda