Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2019 y. 704-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi hamda moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2019 y.

N 704



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

IXTIYoRIY TUGATISh VA ULARNING

FAOLIYaTINI   TOʻXTATISh   TARTIBI

HAMDA MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRMAYoTGAN TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARINI DAVLAT REYeSTRIDAN

ChIQARISh   TARTIBI   TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 7 iyundagi PF-5739-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi bir oy muddatda:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Ushbu qaror 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 avgustdagi

704-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

2020 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan

deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibi toʻrisida" 1999 yil 3 iyuldagi 327-son qarori ("Oʻzbekiston Respublikasi HT", 1999 y., 7-son, 35-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)" 2006 yil 10 noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 46-47-son, 458-modda) 1-ilovaning 23-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-son qarori)" 2007 yil 6 iyundagi 109-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 23-son, 237-modda) ilovaning 2-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2008 yil 29 dekabrdagi 284-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 52-son, 523-modda) 3-ilovaning 1-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453-son Farmoni)" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 44-son, 507-modda) 1-ilovaning 15-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Oilaviy tadbirkorlik toʻrisida" 2012 yil 26 apreldagi OʻRQ-327-son Qonuni)" 2012 yil 19 iyuldagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 29-son, 339-modda) ilovaning 1-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2013 yil 4 yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 2-son, 25-modda).


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270-son qarori)" 2015 yil 2 martdagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 9-son, 100-modda) ilovaning 2-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamarmalarini shakllantirmagan korхonalarni tugatish tartibi toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2017 yil 18 maydagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 20-son, 372-modda).


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori)" 2017 yil 8 sentyabrdagi 703-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 37-son, 990-modda) ilovaning 10-bandi.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida ("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida" 2017 yil 14 sentyabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)" 2018 yil 19 yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 26 avgust, 34-son, 598-modda