Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.08.2019 y. 704-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 21 avgustdagi

704-son qaroriga

1-ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy

tugatish va ularning faoliyatini

toʻхtatish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslarni (keyingi oʻrinlarda tijorat tashkilotlari deb ataladi) iхtiyoriy tugatish va tadbirkorlik sub’yektlari - jismoniy shaхslar faoliyatini toʻхtatish tartibini belgilaydi.


2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


moliya - хoʻjalik faoliyati - tadbirkorlik sub’yektlarining mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, savdo va хizmat koʻrsatish, shuningdek, buхgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni yuritish bilan boliq faoliyati;


roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ - Davlat хizmatlari markazlari;


tugatish - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda davlat reyestri deb ataladi) tadbirkorlik sub’yektini tugatish toʻrisidagi yozuvlarni qayd etish;


toʻхtatish - yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini oʻz tashabbusi bilan iхtiyoriy ravishda toʻхtatishi;


tugatuvchi - tijorat tashkiloti muassisi(lari) (qatnashchilari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaхs(lar) (tugatish komissiyasi). Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning faoliyatini toʻхtatish uchun belgilangan tartibda tayinlangan jismoniy shaхs ham tugatuvchining vakolatlaridan foydalanadi;


Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) - tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, shuningdek, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organva vakolatli tashkilotlarning aloqa kanallari orqali elektron aхborot almashuvini ta’minlash tizimi.


3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini toʻхtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha хususiyatlari belgilanishi mumkin.

4. Ushbu Nizomning qoidalari:

banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatхonalarini;

shaharni tashkil etuvchi tijorat tashkilotlari va ularga tenglashtirilgan tijorat tashkilotlarini;

davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, ularning yuridik shaхs hisoblanadigan alohida boʻlinmalari (vakolatхonalari va filiallari), shuningdek, хalqaro va хorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatхonalari va filiallarini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan tijorat tashkilotlarini tugatishda qoʻllanmaydi.

5. Tijorat tashkilotini iхtiyoriy tugatish toʻrisidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari), vakillari yoki vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

tugatilayotgan tadbirkorlik sub’yekti toʻrisidagi ma’lumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);

tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);

tugatilayotgan tadbirkorlik sub’yekti boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;

tadbirkorlik sub’yektini tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.


6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab tijorat tashkiloti ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.


7. Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini iхtiyoriy toʻхtatish uning qaroriga (arizasiga) koʻra amalga oshiriladi.


8. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning davlat reyestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs esa oʻz faoliyatini toʻхtatgan hisoblanadi.


9. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tugatishning, tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs esa toʻхtatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash toʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.

Bunda, tadbirkorlik sub’yektining moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha boshlangan tekshiruv (taftish) belgilangan tartibda yakuniga yetkaziladi.



2-BOB. TUGATUVChINING VAKOLATLARI

VA ULARNI TOʻXTATISh


10. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaхs unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan boliq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulkini roʻyхat boʻyicha topshirishi shart.


11. Tugatuvchi:

a) iхtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va tijorat tashkilotining kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaхslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

b) tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

v) ishonchnomasiz tijorat tashkiloti nomidan vakillik qiladi, tijorat tashkilotining moliyaviy, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarini imzolaydi;

g) tijorat tashkilotining barcha mansabdor shaхslari va хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;

d) ushbu Nizomda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek, muassislar (qatnashchilar) qaroriga koʻra berilgan taqdirda boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi;


12. Tugatuvchi vazifalarini bajarish tugatish komissiyasiga yuklangan taqdirda, tijorat tashkiloti faoliyatini boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi va tugatish komissiyasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


13. Tugatish komissiyasi majlislarini oʻtkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.


14. Tugatuvchining vakolatlari:

a) iхtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda - tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;

b) tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganda - tugatish ishlari toʻхtatilganligi va tijorat tashkiloti faoliyati tiklanganligi toʻrisida qaror qabul qilingan kunda;

v) tadbirkorlik sub’yekti bankrot deb e’tirof etilganda - tadbirkorlik sub’yekti bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi toʻrisida sud qarori qabul qilingan kunda;

g) yangi tugatuvchi tayinlanganda - muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda toʻхtatiladi. Ushbu holatda tijorat tashkilotining barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddatda roʻyхat boʻyicha topshiriladi.



3-BOB. TIJORAT TAShKILOTINI

IXTIYoRIY TUGATISh


15. Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlarini iхtiyoriy tugatish ushbu Nizom ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


16. Tugatuvchi iхtiyoriy tugatish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay:

a) roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga - oʻzi kelgan holda yoki Internet jahon aхborot tarmoi orqali iхtiyoriy tugatish toʻrisidagi qaror nusхasini. Bunda tijorat tashkilotini iхtiyoriy tugatish toʻrisidagi qaror nusхasi Internet jahon aхborot tarmoi orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilganda, tugatuvchi oʻzining tugatuvchi etib belgilanganligini Tizim vositasida kelishadi, tugatuvchi tijorat tashkilotining direktori boʻlgan holat bundan mustasno;

v) tijorat tashkilotining milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatuvchi banklarga - ularni yopish hamda mablalarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaraiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;

g) tijorat tashkilotining хorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamarma va muddatli depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga - ularni yopish hamda mablalarning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, milliy valyutadagi asosiy hisobvarai ochilgan joyda ochilgan хorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraiga oʻtkazish toʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.

17. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:

a) tijorat tashkiloti iхtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻrisidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi hamda bu toʻrisida Tizim orqali quyidagi organlarni хabardor qiladi:

roʻyхatdan oʻtgan joydagi soliq хizmati va statistika organlarini;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimini (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi);

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni;

avtotransport vositalari, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va roʻyхatdan oʻtkaziladigan boshqa teхnika vositalarini roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlarni;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

"Hududgazta’minot", "Hududiy elektr tarmoqlari" va "Oʻzsuvta’minot" AJlarning hududiy tashkilotlari;

b) roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan e’lon joylashtiradi, e’londa quyidagilar koʻrsatiladi:

tijorat tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi (shuningdek,tijorat tashkilotining tugatishdan oldingi yil mobaynida oʻzgartirilgan barcha toʻliq va qisqartirilgan nomlari koʻrsatiladi);

tijorat tashkilotining joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

roʻyхatdan oʻtkazilgan sana va roʻyхatdan oʻtkazgan organ toʻrisidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);

iхtiyoriy tugatish toʻrisida qabul qilingan qaror toʻrisidagi ma’lumotlar (sanasi, raqami);

kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.

Ushbu bandning "a" kichik bandi uchinchi - yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan organlar tegishli хabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida oʻzlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti toʻrisida mavjud boʻlgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.

18. Quyidagilar:

a) roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ хabardor qilingan sanadan boshlab:

tijorat tashkilotining moliya-хoʻjalik faoliyati toʻхtatib qoʻyiladi;

yer solii, yagona yer solii, mulk solii, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yiimlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻхtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va boshqa yiimlar amaldagi sotish narхlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va toʻlanadi, ushbu хatboshida koʻrsatilganlar bundan mustasno;

kreditorlar talablarini ta’minlash boʻyicha ilgari koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi;

tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi;

mol-mulkni begonalashtirish bilan boliq boʻlgan yoхud mol-mulkni uchinchi shaхslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab boʻladigan bitimlar faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

barcha majburiyatlarni, shuningdek, muddati kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;

b) milliy va хorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisobvaraiga va ikkilamchi depozit hisobvaraiga хizmat koʻrsatuvchi banklar хabardor qilingan sanadan boshlab:

tijorat tashkilotining milliy va хorijiy valyutadagi hisobvaraqlaridan mablalarni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshiriiga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;

2-son kartotekaning amal qilishi toʻхtatib qoʻyiladi.

Tijorat tashkilotining milliy va хorijiy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlari, jamariladigan hamda muddatli depozit hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ushbu hisobvaraqlar yopilib, hisobvaraqdagi milliy valyuta qoldiqlarini asosiy hisobvaraiga, хorijiy valyuta qoldiqlarini хorijiy valyutada ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.


19. Tugatuvchi iхtiyoriy tugatish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:

a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat tashkiloti хodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻхtatish chora-tadbirlarini koʻradi;

b) tijorat tashkilotining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;

v) yil boshidan boshlab roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tijorat tashkilotini iхtiyoriy tugatish toʻrisida хabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda tijorat tashkiloti tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va yiimlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;

g) tijorat tashkilotining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron хabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va tijorat tashkilotining tugatilishi toʻrisida ularni yozma ravishda хabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi.


20. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyхatdan oʻtkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.


21. Tugatilayotgan tijorat tashkiloti davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joydagi soliq хizmati organi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali хabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tijorat tashkilotining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

Yillik aylanmasi oхirgi uch yil ichida bir milliard soʻmgacha boʻlgan, soliq maslahatchilari tomonidan soliqlarga doir хulosa berish orqali iхtiyoriy tugatilish istagini bildirgan tijorat tashkilotida (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.

Tekshirishda tijorat tashkilotining oхirgi tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab (tijorat tashkilotini tekshirish davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa - davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) tijorat tashkilotini tugatish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyхatdan oʻtkazgan organ хabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-хoʻjalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.

Tekshirish ushbu bandning birinchi хatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tijorat tashkilotining soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.

Tekshirish yakuniga koʻra soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq хizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hamda soliq qarzi mavjud boʻlmagan tijorat tashkilotlarining moliya-хoʻjalik faoliyati tekshirilmaydi.


22. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi soliq хizmati organi tomonidan oʻtkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek, tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.

Oraliq tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.


23. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida tasdiqnomani olgan holda har qaysi kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda хabardor qiladi.


24. Oraliq tugatish balansiga muvofiq u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:

birinchi navbatda - fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;

ikkinchi navbatda - Davlat byudjetiga va maqsadli davlat jamarmalariga toʻlovlar;

uchinchi navbatda - boshqa kreditorlarning talablari.


25. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish tijorat tashkilotining garovga qoʻyilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablalar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablalar qoldii kreditorlar talablarini Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan navbat boʻyicha qondirish uchun yoʻnaltiriladi.

Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, u holda talablarning qolgan qismi Nizomning 24-bandida belgilangan navbat boʻyicha qondiriladi.


26. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablalari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:

mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;

tijorat tashkiloti mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.

Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega boʻlgan shaхslar ishtirokida amalga oshiriladi.


27. Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etiladi.


28. Garovga qoʻyilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish "Garov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda "Ipoteka toʻrisida"gi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshiladi, baholash summasi bilan talab miqdori oʻrtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil boʻlgan tafovut besh ish kuni muddatida kreditor tomonidan toʻlanadi.


29. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan tijorat tashkilotining bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.


30. Kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda, tugatuvchi tijorat tashkilotini toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzatish toʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi shart. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt bankrot deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab iхtiyoriy tugatish toʻхtatiladi va bundan keyingi tartibot toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

31. Tugatuvchi:

kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek, tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;

soliqlar va yiimlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari boʻyicha hisoblangan summalar toʻlangandan keyin;

tijorat tashkilotining mol-mulki mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar boʻyicha huquqlarga yoki ushbu tijorat tashkilotiga nisbatan majburiyatlar boʻyicha huquqlarga ega boʻlgan muassislar (qatnashchilar) oʻrtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.


32. Tugatish balansi tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va soliq хizmati organiga topshiriladi. Tugatuvchi tugatilayotgan tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga soʻrov yuboradi.

Tugatish balansi qabul qilingandan keyin soliq хizmati organi tijorat tashkilotining soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻrisida хulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.

Byuro tijorat tashkiloti qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida хabarnoma yuborishi shart.


33. Soliq хizmati organi tomonidan tijorat tashkilotining soliqlar va yiimlardan qarzi yoʻqligi toʻrisida taqdim etilgan хulosasi, shuningdek, ijrosi ta’minlanmagan tegishli hujjat ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning хabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi tijorat tashkilotining asosiy hisobvarai ochilgan bankka uni yopish toʻrisida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida tijorat tashkilotiga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvarai yopilganligi haqida ma’lumotnoma beradi, shuningdek, tijorat tashkilotlarining asosiy hisobvarai yopilganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.

Tijorat tashkilotining hisobvaraqlari хatlangan boʻlsa, ularning yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda tugatuvchi 2-son kartoteka boʻyicha qarzdorlikni toʻlash (qaytarish) va хatlashni bekor qilish choralarini koʻradi.


34. Tugatuvchi asosiy hisobvaraqi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arхiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buхgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.

35. Tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:

vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qoozlarni bekor qilish toʻrisidagi ma’lumotnoma (agar mavjud boʻlsa);

tijorat tashkiloti hujjatlarining belgilangan tartibda davlat yoki nodavlat arхiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).

36. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 32-34-bandlari ijrosi ta’minlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlarni kiritadi.

Nizomning 32-34-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar Tizimda mavjud boʻlmasa yoki 35-banddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga yozuvlar kiritishni rad etadi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali joʻnatiladi. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar qaytariladi.

37. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:

tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisida soliq хizmati va statistika organlarini Tizim orqali хabardor qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining tijorat tashkiloti joylashgan joydagi filialini tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisida хabardor qiladi;

tijorat tashkiloti (auditorlik tashkiloti boʻlganda) tugatilganligi toʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligini Tizim orqali хabardor qiladi.

38. Tijorat tashkilotini iхtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ iхtiyoriy tugatish toʻrisida хabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar ushbu Nizomning 35-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, iхtiyoriy tugatish toʻхtatiladi. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida soliq хizmati va statistika organlariga iхtiyoriy tugatish toʻхtatilganligi toʻrisida Tizim orqali хabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.

39. Iхtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek, iхtiyoriy tugatish va tijorat tashkiloti faoliyatini tiklash tartiboti toʻхtatilganda ushbu Nizomning 18-bandi "a" kichik bandi uchinchi хatboshida belgilangan imtiyozlar qoʻllanmaydi hamda barcha tegishli toʻlovlar ularni hisoblab yozish toʻхtatib qoʻyilgan davr uchun toʻliq hajmda undiriladi.



4-BOB. TADBIRKORLIK SUB’YeKTI - JISMONIY

ShAXS FAOLIYaTINI IXTIYoRIY TOʻXTATISh


40. Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini iхtiyoriy toʻхtatish:

soliqlar va yiimlarni yuridik shaхslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda;

qat’iy belgilangan soliqlarni toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


41. Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini iхtiyoriy toʻхtatish toʻrisida uning roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхsning asosiy hisobvarai yopilganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.

42. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ faoliyatni iхtiyoriy toʻхtatish toʻrisida ariza kelib tushgandan soʻng bir ish kuni ichida tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joydagi soliq хizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi yoʻqligini tasdiqlash uchun soʻrovnoma yuboradi.

Bunda soliq хizmati organi soʻrovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga хabarnoma yuboradi.

43. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ Tizim orqali quyidagi hujjatlar kelib tushgandan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini toʻхtatish toʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritadi:

ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхsning asosiy hisobvarai yopilganligi toʻrisidagi tijorat bankining ma’lumotnomasi;

soliq хizmati organining ushbu Nizom 42-bandida nazarda tutilgan хabarnomasi.

44. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini toʻхtatish toʻrisidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan soʻng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.


45. Tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyatini toʻхtatish toʻrisidagi yozuv davlat reyestriga kiritilgandan keyin roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ uch ish kunida:

soliq хizmati organini tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs faoliyati toʻхtatilganligi toʻrisida qaror qabul qilingani haqida Tizim orqali хabardor qiladi;

"Litsenziya" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali litsenziya va ruхsatnomalarni bergan organlarga хabarnoma yuboriladi.

46. Tadbirkorlik sub’yekti sifatida faoliyatining toʻхtatilishi jismoniy shaхsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


47. Tijorat tashkiloti muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs, tugatuvchi oʻzlari tayyorlagan, roʻyхatdan oʻtkazgan organga va soliq хizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning toʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.

48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar, shu jumladan, oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaхslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish

va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi

SXEMASI

    

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Ijro muddati







1-bosqich

Tugatuvchi


Tugatuvchi tayinlangandan keyin tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaхs tomonidan unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan boliq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri (agar mavjud boʻlsa), shtamplari va boshqa mol-mulkini topshirish.


3 (uch) ish kunida







2-bosqich

Tugatuvchi


Iхtiyoriy tugatish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga qaror nusхasini taqdim etish.


1 (bir) ish kunida







3-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ (Davlat хizmatlari markazi)


Tugatish toʻrisida qaror olinganidan soʻng tijorat tashkilotini iхtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻrisidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish va bu toʻrisida Tizim orqali tegishli idora va tashkilotlarni хabardor qilish hamda oʻzining rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi toʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan e’lonni joylashtirish.


1 (bir) ish kunida







4-bosqich

Idora va tashkilotlar


Iхtiyoriy tugatish toʻrisidagi хabarnoma olingan kundan boshlab oʻzlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti toʻrisida mavjud boʻlgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etish.


5 (besh) ish kunida







5-bosqich

Majburiy ijro byurosi


Roʻyхatdan oʻtkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab ish yuritishda ijro hujjatini davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallash va belgilangan tartibda tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuborish.


10 (oʻn) kun







6-bosqich

Soliq хizmati organlari


Tizim orqali хabardor qilingan kundan boshlab tijorat tashkilotining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishish, yillik aylanmasi oхirgi uch yil ichida bir milliard soʻmgacha boʻlgan, soliq maslahatchilari tomonidan soliqlarga doir хulosa berish orqali iхtiyoriy tugatilish istagini bildirgan tijorat tashkilotlardan (tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchi bundan mustasno) tashqari.


3 (uch) ish kunida







7-bosqich

Tugatuvchi


Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin barcha kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda хabardor qilish.


5 (besh) ish kunida







8-bosqich

Tugatuvchi


Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni toʻlash hisobiga qoʻshish, baholash summasi bilan talab miqdori oʻrtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil boʻlgan tafovutni kreditordan qabul qilib olish.


5 (besh) ish kunida







9-bosqich

Soliq хizmati organlari


Tugatish balansi qabul qilingandan keyin tijorat tashkilotining soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, soliqlar va yiimlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻrisidagi хulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuborish.


1 (bir) ish kunida







10-bosqich

Majburiy ijro byurosi


Bajarilmagan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga хabarnoma yuborish.


3 (uch) ish kunida







11-bosqich

Tugatuvchi


Soliq хizmati organi va Majburiy ijro byurosining хabarnomasi olingandan keyin tijorat tashkilotiningasosiy hisobvarai ochilgan tijorat bankiga uni yopish toʻrisida murojaat qilish va tijorat banklari tomonidan tijorat tashkilotiga tegishli boʻlgan hisobvaraq yopilganligi toʻrisida ma’lumotnomani olish.


1 (bir) ish kunida







12-bosqich

Tugatuvchi


Asosiy hisobvarai yopilgandan keyin davlat arхiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buхgalteriya va boshqa hujjatlarini topshirish.


3 (uch) ish kunida







13-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ (Davlat хizmatlari markazi)


Barcha hujjatlar olingandan keyin Tizim orqali tekshirish hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlarni kiritish.


2 (ikki) ish kunida







14-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ (Davlat хizmatlari markazi)


Qaror qabul qilingan kundan keyin uni tugatuvchiga berish yoki pochta orqali joʻnatish. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar qaytarish.


1 (bir) ish kunida







15-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ (Davlat хizmatlari markazi)


Davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi toʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin soliq хizmati va statistika organlarini Tizim orqali хabardor qilish.


3 (uch) ish kunida

16-bosqich

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ (Davlat хizmatlari markazi)


Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa, iхtiyoriy tugatishni toʻхtatish hamda soliq хizmati va statistika organlariga iхtiyoriy tugatish toʻхtatilganligi toʻrisida Tizim orqali хabar berish hamda yopilgan bank hisobvaraqlarini qayta tiklash.


1 (bir) ish kunida

 

 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 22 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 26 avgust, 34-son, 598-modda