Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 05.09.2019 y. 385-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 05.09.2019 y. 1095-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.09.2019 y.

N 1095-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

05.09.2019 y.

N 385-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 29 avgustdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaхslarga yetkazilgan zararni qoplashda Davlat byudjeti mablalari hisobidan pul toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 1095, 2002 yil 12 yanvar) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 05/03-06-32/3120-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2001 yil 3 dekabrdagi 125, 206-V, 2001-120-son "Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaхslarga yetkazilgan zararni qoplashda Davlat byudjeti mablalari hisobidan pul toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1095, 2002 yil 12 yanvar);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003 yil 8 apreldagi 52, 206-V-1, 2003-44-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasining 2001 yil 3 dekabrdagi "Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaхslarga yetkazilgan zararni qoplashda Davlat byudjeti mablalari hisobidan pul toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 125, 206-v va 2001-120-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1095-1, 2003 yil 15 aprel).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                      R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 9 sentyabr, 36-son, 663-modda