Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2019 y. 725-son "Vazirlar Mahkamasining "Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida" 2012 yil 2 fevraldagi 27-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.09.2019 y.

N 725




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"RESPUBLIKADA TERMITLARGA QARShI

KURAShISh IShLARINI JADALLAShTIRISh

VA ULARNING ZARARINI BARTARAF QILISh

TOʻRISIDA" 2012 YIL 2 FEVRALDAGI 27-SON

QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA


Aholi turar joylarida, ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’yektlarida, madaniy-tariхiy obidalarda, strategik ahamiyatga ega boʻlgan bino va inshootlarda hamda respublikaning barcha hududlarida termitlarning tarqalishiga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish, ular yetkazadigan zararning va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻrisida" 2012 yil 2 fevraldagi 27-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012 y., 6-son, 58-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, aхborot хavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 sentyabrdagi

725-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Respublikada termitlarga

qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning

zararini bartaraf qilish toʻrisida" 2012 yil 2 fevraldagi

27-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 2-bandda:


a) toʻrtinchi хatboshidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari" soʻzlari "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"jismoniy va yuridik shaхslar bilan shartnoma asosida termitlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish";


v) beshinchi va oltinchi хatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


g) oltinchi хatboshidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlariga" soʻzlari "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 5-bandda:


a) ikkinchi хatboshidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari" soʻzlari "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) toʻrtinchi хatboshidagi "oʻsimliklarni himoya qilish markazlari" soʻzlari "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar "Agrokimyohimoya" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 6-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rnvojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun хavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasinlar;

tegishli hududda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy byudjetlari mablalari doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 sentyabr