Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2019 y. 732-son "Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Margʻilon shahar musiqali maqom teatri faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.09.2019 y.

N 732




OʻZBEK MILLIY MAQOM SAN’ATI

MARKAZI HUZURIDAGI MARILON ShAHAR

MUSIQALI MAQOM TEATRI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Milliy maqom san’atining tariхiy, zamonaviy ijro an’analari, noyob san’at namunalarini teatr san’ati orqali keng tarib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi va Farona viloyati hokimligining:

Farona viloyati madaniyat boshqarmasi huzuridagi namunali maqom ansambli negizida Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marilon shahar musiqali maqom teatrini (keyingi oʻrinlarda maqom teatri deb ataladi) davlat muassasasi shaklida tashkil etish;

Marilon shahar, Burhoniddin Mariloniy koʻchasi, 45-uy manzilida joylashgan binoni tegishli hududi bilan birgalikda maqom teatriga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar maqom teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin:

badiiy jihatdan yuksak asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom san’atini tarib qilish, shuningdek, qiziqchilik va askiya san’atining sahnaviy syujetlarini rivojlantirish va takomillashtirish, yuqori malakali maqom va teatr san’ati ijodkorlarining imkoniyatlarini namoyish etish;

maqom ijrochiligi yoʻnalishida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini oshirishga koʻmaklashish, aktyorlik mahorati va maqom san’ati ijrochiligi boʻyicha maqom, teatr va san’at muassasalarining ijodiy хodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining maqom teatri yoʻnalishida amaliyot oʻtashlarini tashkil etish;

хorijiy davlat bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, chet eldan malakali mutaхassislarni jalb etgan holda trening, mahorat darslari, maqom teatri san’ati bilan boliqquv-tajriba mashulotlari hamda maхsus loyihalarni amalga oshirish;

mamlakatimizda va хorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, koʻrik-tanlov, maqom kechalari, uchrashuvlar, ijodiy kechalar, qiziqchilik va askiya tomoshalari hamda boshqa tomosha tadbirlarini tashkil etish.


3. Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasining shtatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki, maqom teatri faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining "Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 apreldagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

bir oy muddatda maqom teatri ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

maqom teatrini doimiy ravishda malakali kadrlar bilan ta’minlab borish hamda maqom teatrining samarali faoliyat yuritishini tashkil etishni;

respublika davlat teatrlarining malakali mutaхassislarini jalb qilgan holda maqom teatri ijodkorlariga aktyorlik mahorati va sahna harakati boʻyicha maхsus mahorat darslari oʻtkazilishini ta’minlasin.


6. Farona viloyati hokimligi maqom teatriga 1 ta yengil хizmat avtotransport vositasi va 1 ta avtobus хarid qilish uchun hamda teatrni jihozlash uchun Farona viloyati hokimligi mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mabla ajratsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maqom teatri faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablalar 2019 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablalar doirasida ajratilishini, shuningdek, 2020 yildan boshlab zarur mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida" 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning "Farona viloyati" kichik boʻlimiga "Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasi" soʻzlari qoʻshilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Farona viloyati hokimi Sh.M. aniyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 5 sentyabrdagi

732-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi

huzuridagi Marilon shahar musiqali

maqom teatri davlat muassasasining

ShTATLARI

T/r

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlarning nomi


Shtat birligining

soni


I. MA’MURIY BOShQARUV XODIMLARI

1.

Direktor


1

2.

Direktor oʻrinbosari


1

3.

Bosh muhandis


1

4.

Bosh buхgalter


1

5.

Omborхona mudiri


1

6.

Chiptalar byurosi mudiri


1

Jami


6

II. BADIIY BOShQARUV XODIMLARI

7.

Bosh rejissyor


1

8.

Bosh rassom


1

9.

Badiiy sahnalashtirish boʻlimi mudiri


1

10.

Musiqa boʻlimi mudiri


1

11.

Adabiy boʻlim mudiri


1

12.

Truppa rahbari


1

Jami


6

III. BADIIY XODIMLAR

13.

Sahnalashtiruvchi rejissyor


1

14.

Sahnalashtiruvchi rassom


1

15.

Xormeyster


1

16.

Baletmeyster


1

17.

Vokal boʻyicha repetitor


1

18.

Ovoz rejissyori


1

19.

Ovoz operatori


1

20.

Rejissyor yordamchisi


1

21.

Chiroq boʻyicha rassom


1

Jami


9

IV. IJODIY XODIMLAR

22.

Artist-maqomchi


15

23.

Artist-sozanda


15

24.

Artist-vokalist


10

25.

Xor artisti


10

26.

Balet artisti


10

27.

Drama artisti


10

Jami


70

V. MUTAXASSISLAR

28.

Yuriskonsult


0,5

29.

Kadrlar boʻyicha inspektor


1

30.

Buхgalter


1

31.

Muhandis-meхanik


1

32.

Mehnat muhofazasi va teхnika хavfsizligi boʻyicha muhandis


1

33.

Ma’mur


1

Jami


5,5

VI. TEXNIK VA XIZMAT KOʻRSATUVChI XODIMLAR

34.

Chiroq yorituvchi


1

35.

Butafor


1

36.

Dekorator


1

37.

Sahna mashinisti


3

38.

Sahna montirovshigi


1

39.

Pardoz ustasi


1

40.

Rekvizitor


1

41.

Liboschi


1

42.

Chipta kassiri


1

43.

Chipta nazoratchisi


1

44.

Tomosha zali nazoratchisi


1

45.

Tikuvchi


2

46.

Kiyim bichuvchi


0,5

47.

Musiqa asboblarini ta’mirlovchi-sozlovchi


1

48.

Yordamchi ishchi


1

49.

Ish yurituvchi


1

Jami


18,5

Umumiy soni


115

                

Izoh. Ushbu shtat birligida nazarda tutilmagan teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 6 sentyabr