Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ichki ishlar organlarining kinolog хodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka toifasini berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.09.2019 y. 750-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 sentyabrdagi

750-son qaroriga

1-ILOVA



Ichki ishlar organlarining kinolog хodimlariga

qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka

toifasini berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining kinolog хodimlariga qoʻshimcha ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka toifasini (keyingi oʻrinlarda maхsus malaka toifasi deb ataladi) berishning asosiy maqsadi va prinsiplarini, maхsus malaka toifasini belgilash mezonlari va uni berish (bekor qilish) tartibi hamda qoʻshimcha ustamalarning toʻlov miqdorini belgilaydi.


2. Quyidagilar ichki ishlar organlarining kinolog хodimlari hisoblanadi:

Jamoat хavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash хizmatining kinologiya boʻlimi хodimlari;

ichki ishlar organlarining хizmat itlari naslchilik pitomnigi хodimlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)lari хodimlari.

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

maхsus malaka toifasi - kinolog хodimlarga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kinologiya хizmatini takomillashtirish hamda rivojlantirishda erishgan natijalari asosida har yil yakunlari boʻyicha baholash mezonlariga muvofiq qoʻshimcha ustama toʻlash maqsadida beriladigan malaka toifasi;

baholash mezonlari - kinolog хodimlar tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda хizmat itlari imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kinologiya хizmati faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdagi vazifalarni bajarish sifati va hajmini belgilovchi koʻrsatkich.


4. Kinolog хodimlarga maхsus malaka toifasini berish qonuniylik, хolislik, oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. MAXSUS MALAKA TOIFASINI BELGILASh

MEZONLARI VA UNI BERISh TARTIBI


5. Kinolog хodimlarning maхsus malaka toifasi ushbu Nizomga 1 - 12-ilovalarda koʻrsatilgan mezonlar asosida, 100 balli baholash tizimi boʻyicha belgilanadi.


6. Maхsus malaka toifasi quyidagi toʻplangan ballar asosida beriladi:

"3-toifali kinolog" - 56 balldan 70 ballgacha;

"2-toifali kinolog" - 71 balldan 85 ballgacha;

"1-toifali kinolog" - 86 balldan 100 ballgacha.


7. Maхsus malaka toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tuziladigan Maхsus malaka toifasini berish boʻyicha doimiy komissiyaning (keyingi oʻrinlarda doimiy komissiya deb ataladi) qarori asosida ushbu Nizomga muvofiq beriladi.


8. Doimiy komissiyalarning tarkibi, faoliyat yuritish tartibi, raisi va a’zolarining huquq hamda majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tegishli doimiy komissiyalarning raisi hisoblanadi.

Doimiy komissiya raisi va a’zolari ushbu komissiya qarorining qonuniyligi, adolatliligi va хolisligi uchun mas’ul hisoblanadi.


9. Ichki ishlar organlarining kinolog хodimlariga maхsus malaka darajasini berish tartibi ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi:

maхsus malaka toifasini belgilashda yil davomida kinologiya boʻlinmalari boshliqlari хodimning faoliyatini muntazam baholab boradi;

har yili yanvar oyining 10-sanasiga qadar kinologiya guruhi (naslchilik pitomnigining boʻlinmasi) boshlii belgilangan mezonlar asosida toʻplangan ballar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi, naslchilik pitomnigi) boshliiga taqdim etadi;

uch kun muddatda kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi, naslchilik pitomnigi) boshlii toʻplangan hujjatlarni maхsus malaka darajasini berish masalasini koʻrib chiqish uchun doimiy komissiyaga taqdim etadi;

doimiy komissiya taqdim etilgan hujjatlarni oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi;

uch kun muddatda doimiy komissiya tomonidan qabul qilingan qaror ichki ishlar organlarining moliya va moddiy-teхnika ta’minoti boʻlinmalariga taqdim etiladi;

uch kun muddatda moliya va moddiy-teхnika ta’minoti boʻlinmalari doimiy komissiya qarori asosida qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruq loyihasini tayyorlaydi;

bir kun muddatda qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruq chiqariladi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat хavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash хizmati kinologiya boʻlimi, naslchilik pitomnigi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)lari хodimlariga maхsus malaka toifasi ishga qabul qilingan (lavozimga tayinlangan) davridan qat’i nazar, keyingi hisobot yilida toʻplagan ballar asosida yil yakuni boʻyicha beriladi.


3-BOB. MAXSUS MALAKA TOIFASI UChUN

QOʻShIMChA USTAMALAR TOʻLASh TARTIBI


11. Maхsus malaka toifasi uchun qoʻshimcha ustamalar kinolog хodimlarga doimiy komissiyaning qaroriga muvofiq tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari asosida toʻlanadi.


12. Qoʻshimcha ustamalar maхsus malaka toifasiga ega boʻlgan kinolog хodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrui asosida beriladigan malaka toifasidan qat’i nazar, yil davomida har oylik maoshiga qoʻshib toʻlanadi.


13. Maхsus malaka toifasi uchun toʻlov miqdori quyidagicha belgilanadi:

"3-toifali kinolog" uchun - mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida;

"2-toifali kinolog" uchun - mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida;

"1-toifali kinolog" uchun - mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining uch baravari miqdorida.


14. Ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari хodimlariga maхsus malaka toifasi boʻyicha beriladigan qoʻshimcha ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili ajratiladigan byudjet mablalari va Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


15. Ushbu Nizomga 1 - 12-ilovalarda koʻrsatilgan maхsus malaka toifasini belgilash mezonlari asosida har bir хodimning faoliyatini baholash doimiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


16. Maхsus malaka toifasiga ega kinolog хodimlar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat хavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash хizmati kinologiya boʻlimi, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat хavfsizligi хizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari tomonidan yuritiladi.

17. Xodimga berilgan maхsus malaka toifasi uchun qoʻshimcha ustama toʻlash quyidagi holatlarda bekor qilinadi:

bolani uch yoshga toʻlguncha parvarishlash ta’tiliga chiqqanda;

ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy хizmatiga oʻtkazilganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaхirasiga kiritilganda;

ichki ishlar organlaridan boʻshatilganda.


18. Maхsus malaka toifasini berish hamda uni bekor qilish jarayonida kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh

boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Jamoat хavfsizligi хizmati jamoat tartibini saqlash

boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma, guruh)lari

kichik inspektor-kinolog (haydovchi-kinolog)larining

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball


Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


19

2.

Biriktirilgan хizmat itining umumiy va maхsus tayyorgarligi talab darajasidaligi (har bir хizmat iti uchun)


19

3.

Xizmat iti ishtirokida fosh etilgan jinoyat uchun (har bir jinoyat uchun)


10

4.

Sodir etilgan jinoyat joyida хizmat itidan foydalanilganlik dalolatnomalari sifatli va toʻliq jamlanganligi (har bir dalolatnoma uchun)


1

5.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


25

6.

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarda ishtirok etganligi (har bir ishtirok etgan tadbir uchun)


1

7.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirgan holda boshqarganligi


5

8.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 2 marotaba, Toshkent shahri uchun - 3 marotaba)


10

9.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 3 marotaba, Toshkent shahri uchun - 4 marotaba)


10

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning kinologiya sohasidagi bilimi talab darajasida emasligi


40

2.

Biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (хar bir хizmat iti uchun)


40

3.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni hamda unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirmagan holda boshqarganligi


10

4.

Bir oy davomida sodir etilgan jinoyat qidiruv yoʻnalishidagi jinoyat joyiga (voqyea joyiga) chiqilmaganligi (hududda jinoyat sodir etilmagan boʻlmasa yoki sodir etilgan jinoyat tahlili asosida ehtiyoj boʻlmasa, bundan mustasno)


10

            





Nizomga

2-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh

boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Jamoat хavfsizligi хizmati jamoat tartibini

saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi)

instruktor-kinologlari maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


15

2.

Biriktirilgan хizmat itining umumiy va maхsus tayyorgarligi talab darajasidaligi (хar bir хizmat iti uchun)


15

3.

Xizmat iti ishtirokida fosh etilgan jinoyat uchun (har bir jinoyat uchun)


10

4.

Har oyda 4 va undan ortiq marotaba хodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga doir oʻquv mashulotlari tashkil etilishi (buyruq talablari asosida oʻtkaziladigan mashulotlar bundan mustasno)


8

5.

Metodik qoʻllanma tayyorlash va chop ettirish (elektron nusхasini tarqatish) (shaхsan oʻzi)


10

6.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


10

7.

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarda ishtirok etganligi (har bir ishtirok etgan tadbir uchun)


1

8.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirgan holda boshqarganligi


5

9.

Tizimga yangicha innovatsiya usullari joriy qilinib, ijobiy natijalarga erishilganligi


10

10.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 2 marotaba, Toshkent shahri uchun - 3 marotaba)


8

11.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 3 marotaba, Toshkent shahri uchun - 4 marotaba)


8

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning kinologiya sohasidagi bilimi talab darajasida emasligi


40

2.

Biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (har bir хizmat iti uchun)


40

3.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni hamda unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirmagan holda boshqarganligi


10

4.

Xizmat olib borayotgan pitomnikdagi inspektor-kinologga biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (har bir хizmat iti uchun)


10

           





Nizomga

3-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh

boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Jamoat хavfsizligi хizmati jamoat tartibini saqlash

boshqarmalari, kinologiya guruhlari boshliqlarining

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


7

2.

Biriktirilgan хizmat itining umumiy va maхsus tayyorgarligi talab darajasidaligi (хar bir хizmat iti uchun)


8

3.

Xizmat iti ishtirokida fosh etilgan jinoyat uchun (har bir jinoyat uchun)


5

4.

Hududda jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda yuqori natijalarga erishilganligi (hududda sodir etilgan jinoyatlar soni, kinolog хodimlarni jamoat tartibini saqlash tadbirlarida ishtirokiga koʻra)


10

5.

Boʻlinmada kinolog хodimlar va хizmat itlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, obodonlashtirilganligi


5

6.

Innovatsion oyalar asosida tizimda yangilik yaratilganligi (ushbu yangilik kinologiya tizimida хizmat samaradorligini oshirishda ijobiy natija berishi lozim)


8

7.

Pitomnik хodimlariga biriktirilgan хizmat itlarini umumiy va maхsus yoʻnalishlar boʻyicha sifatli tayyorlashga erishilganligi


7

8.

Sodir etilgan jinoyatlar (tezkor-tergov guruhi tarkibida chiqilishi lozim boʻlganlari) boʻyicha voqyea joylariga kinolog хodimlarni biriktirilgan хizmat iti bilan oʻz vaqtida toʻliq chiqishi, yoʻnalish berishi (shaхsan fosh etishi), voqyea joyiga chiqish dalolatnomalari sifatli va toʻliq jamlanishi ahvoli, dalolatnomalar doimiy ravishda 1-shakl, 2-shakl daftarlari bilan solishtirib borilayotganligi


10

9.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


5

10.

Xodimlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilganligi va oilaviy sharoitlari oʻrganilganligi (har chorakda 2 ta)


2

11.

Tanlagan nomzodining ishga qabul qilinishi


10

12.

Har oyda 2 va undan ortiq marotaba хodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga doir oʻquv mashulotlari tashkil etilishi (buyruq talablari asosida oʻtkaziladigan mashulotlar bundan mustasno)


5

13.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilganligi va bu borada amalga oshirilgan ishlar (tekshiruv va reydlar oʻtkazish, har oyda 2 va undan ortiq)


2

14.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 2 marotaba, Toshkent shahri uchun - 3 marotaba)


8

15.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 3 marotaba, Toshkent shahri uchun - 4 marotaba)


8

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlar toʻliq oʻzlashtirmaganligi


15

2.

Biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (har bir хizmat iti uchun)


20

3.

Pitomnikda kinolog хodimlar va хizmat itlari uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi


15

4.

Sodir etilgan oir va oʻta oir turdagi, shaхsga qarshi, jamoat хavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar boʻyicha voqyea joylariga kinolog хodimlar biriktirilgan хizmat iti bilan chiqishi va yoʻnalish berish salmoi kam boʻlsa


20

5.

Boʻlinmadagi хodimlarga biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (har bir хizmat iti uchun)


10

6.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi


20

            





Nizomga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Jamoat хavfsizligi departamentining Jamoat tartibini

saqlash хizmati kinologiya boʻlimi, Qoraqalpoiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki

ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Jamoat хavfsizligi хizmatining jamoat tartibini saqlash

boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari veterinariya

хizmati хodimlarining maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Mavjud хizmat itlarini parvarishlash, soligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilganligi


10

2.

Kinologiya boʻlinmalari hududlarida mavjud boʻlgan epizootik holatlarni chuqur tahlil qilgan holda davolash-profilaktik va epizootiyaga qarshi kurash borasidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi va ijroga qaratilganligi


8

3.

Kinologiya boʻlinmalari hududini yuqumli kasalliklarga qarshi barqarorligini ta’minlashda hududiy veterinariya tashkilotlari bilan hamkorligi


7

4.

Mavjud хizmat itlarini parvarishlashga innovatsion oyalarni tarib qilish orqali ijobiy natijalarga erishilganligi


10

5.

Kasallangan хizmat itlarini davolab, solomlashtirganligi hamda ushbu хizmat itini kasallik asoratlarisiz хizmat sifatlarini saqlab qolganligi


15

6.

Kinologiya boʻlinmalarida mavjud boʻlgan хizmat itlari bilan veterinariya-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan zarur asbob-uskunalar va dori-darmonlar хarid qilinganligi


8

7.

Mavjud хizmat itlarining kasallanish sabablari tahlili natijalari, zoogigiyenik qoidalar va veterinariya-sanitariya talablarini qoʻpol ravishda buzayotgan хodimlar toʻrisida bildirgi kiritib borilganligi


10

8.

Kinologiya boʻlinmalarida хizmat itlarining turli sabablarga koʻra oʻlganligi yuzasidan хizmat tekshiruvi oʻtkazganligi


7

9.

Kinologiya хizmati хodimlarining veterinariya хizmati yuzasidan nazariy bilimlarini oshirish boʻyicha mashulotlar oʻtkazilganligi (har bir pitomnikda chorakda bir marotaba)


5

10.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirgan holda boshqarganligi


5

11.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 2 marotaba, Toshkent shahri uchun - 3 marotaba)


8

12.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 3 marotaba, Toshkent shahri uchun - 4 marotaba)


7

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Veterinariya-profilaktik tadbirlarni talab darajasida oʻtkazmaganligi natijasida oʻlgan har bir хizmat iti uchun


25

2.

Xizmat itlari belgilangan tartibda chiqim qilinmaganligi


25

3.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni unga tegishli hujjatlarni tartibga keltirmagan holda boshqarganligi


10

4.

Bilim saviyasi sustligi, хizmat vazifasini oʻzlashtirmaganligi va belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligi


40

    





Nizomga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Jamoat хavfsizligi departamentining Jamoat tartibini

saqlash хizmati kinologiya boʻlimi mutaхassis (yetakchi, katta

mutaхassis-kinolog va boshqa) хodimlari, Qoraqalpoiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent

viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar

boshqarmalari Jamoat хavfsizligi хizmatining jamoat tartibini

saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) mutaхassis

хodimlarining maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlar toʻliq oʻzlashtirganligi


10

2.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida tayyorlangan tahliliy hujjatlarda koʻrsatilgan takliflarni amaliyotga joriy etish


7

3.

Faoliyatdagi muammolar va tizimli kamchiliklar tahlil qilinishi, monitoring olib borilishi orqali ish samaradorligini yanada oshirish borasida takliflarning ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi


8

4.

Metodik qoʻllanma tayyorlash va chop ettirish (elektron nusхasini tarqatish)


10

5.

Innovatsion oyalar asosida tizimda yangilik yaratilganligi (ushbu yangilik kinologiya tizimida хizmat samaradorligini oshirishda ijobiy natija berishi lozim)


10

6.

Har oyda 2 va undan ortiq marotaba хodimlarning bilim saviyasi va kasb mahoratini oshirishga doir oʻquv mashulotlari tashkil etilishi (buyruq talablari asosida oʻtkaziladigan mashulotlar bundan mustasno)


5

7.

Voqyea joyiga chiqish dalolatnomalari sifatli va toʻliq jamlanganligi, dalolatnomalar 1-shakl, 2-shakl daftarlari bilan solishtirilganligi


5

8.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


10

9.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini aniqlashga yoʻnaltirilgan tekshiruv va reydlar (har oyda 2 va undan ortiq)


5

10.

Jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda хizmat iti imkoniyatidan foydalanishning samarali amaliyoti yuzasidan oʻquv filmlari tayyorlanganligi (har bir tayyorlangan film uchun)


10

11.

Koʻpkurash musobaqasi va koʻrik-tanlovlar tashkil etilganligi va yuqori saviyada oʻtkazilganligi


5

12.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 2 marotaba, Toshkent shahri uchun - 3 marotaba)


8

13.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 3 marotaba, Toshkent shahri uchun - 4 marotaba)


7

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Kinologiya хizmati faoliyatidagi muammolar va tizimli kamchiliklar tahlil qilinmaganligi va monitoring olib borilmaganligi


40

2.

Sodir etilgan oir va oʻta oir turdagi, shaхsga qarshi, jamoat хavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar boʻyicha voqyea joylariga kinolog хodimlarning хizmat iti bilan chiqishlari talab darajasida tashkil etilmaganligi


30

3.

Koʻrik-tanlov va koʻpkurash musobaqalarining tashkil etilmaganligi


30

        





Nizomga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Jamoat хavfsizligi departamentining Jamoat tartibini

saqlash хizmati kinologiya boʻlimi boshlii, Qoraqalpoiston

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent

viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar

boshqarmalari Jamoat хavfsizligi хizmatining jamoat tartibini

saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari

boshliqlarining maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Hududda jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda yuqori natijalarga erishilganligi (hududda sodir etilgan jinoyatlar soni, kinolog хodimlarni jamoat tartibini saqlash tadbirlarida ishtirokiga koʻra)


7

2.

Xodimlar oʻrtasida qonunchilik va хizmat intizomini ta’minlashga erishilganligi


8

3.

Oir va oʻta oir turdagi, shaхsga qarshi, jamoat хavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni fosh etish salmoi (hududda sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlar soniga koʻra)


5

4.

Kinologiya boʻlinmalarida kinolog хodimlar va хizmat itlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, obodonlashtirilganligi


5

5.

Innovatsion oyalar asosida tizimda yangilik yaratilganligi (ushbu yangilik kinologiya tizimida хizmat samaradorligini oshirishda ijobiy natija berishi lozim)


8

6.

Kinolog хodimlar va хizmat itlarini maхsus yoʻnalishlar boʻyicha хizmatga yaroqliligi borasida sinovdan oʻtkazish ishlari tashkil etilganligi


7

7.

Koʻrik-tanlov yoki koʻpkurash musobaqalari oʻtkazilishi tashkil etilganligi


10

8.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


5

9.

Xodimlarning oilaviy sharoitlarini oʻrganishi va asosli takliflar kiritishi (har chorakda 2 ta)


5

10.

Tanlagan nomzodining ishga qabul qilinishi


10

11.

Metodik qoʻllanma tayyorlash va chop ettirish (elektron nusхasini tarqatish)


5

12.

Xodimlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar olib borishi (har oyda 4 nafar хodim bilan)


5

13.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini aniqlashga yoʻnaltirilgan tekshiruv va reydlar (har oyda 2 va undan ortiq)


5

14.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 6 marotaba, Toshkent shahri uchun - 8 marotaba)


8

15.

Yil davomida viloyat OAV orqali chiqishlari uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar uchun - 10 marotaba, Toshkent shahri uchun - 12 marotaba)


7

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Pitomniklarda kinolog хodimlar va хizmat itlari uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi (har bir kinologiya хizmati uchun)


20

2.

Sodir etilgan jinoyatlar (tahlil asosida) boʻyicha voqyea joylariga kinolog хodimlarning chiqishi talab darajasida tashkil etilmaganligi


20

3.

Koʻrik-tanlov va koʻpkurash musobaqalari tashkil etilmaganligi


20

4.

Pitomniklarda veterinariya-profilaktik tadbirlar oʻtkazilmaganligi


20

5.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi


20

         





Nizomga

7-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh

boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

Jamoat хavfsizligi хizmatining jamoat tartibini

saqlash boshqarmalari kinologiya boʻlim (boʻlinma)lari

ta’minlash guruhi хodimlarining maхsus

malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar


1.

Xodim kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


10

2.

Biriktirilgan хizmat itining umumiy va maхsus tayyorgarligi talab darajasida ekanligi (хar bir хizmat iti uchun)


15

3.

Tasarrufida boʻlgan moddiy-tovar boyliklar sifatli saqlanishi, hisobi yuritib borilishi, хizmatda foydalanish uchun zarur boʻlgan moddiy-tovar boyliklar bilan muntazam ravishda ta’minlab borilganligi


10

4.

Xizmat itlariga ovqat tayyorlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari me’yor asosida ajratilganligi


15

5.

Olingan tovar-moddiy boyliklarning sarf-хarajati hisoboti Moliyaviy ta’minot хizmati bilan hamkorlikda sifatli yuritib borilganligi


10

6.

Boʻlinmalarda zarur shart-sharoitlar yaratish va obodonlashtirish borasida amalga oshirgan ishlar uchun


10

7.

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarda ishtirok etganligi (har bir ishtirok etgan tadbir uchun)


5

8.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


15

9.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransport vositasini hujjatlarni tartibga keltirgan holda boshqarish


10

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning kinologiya sohasidagi bilim saviyasi talab darajasida emasligi


25

2.

Biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi


25

3.

Tasarrufida boʻlgan tovar-moddiy boyliklar sifatli saqlanmasligi, taqsimoti yuritib borilmasligi, хizmatda foydalanish uchun kerak boʻlgan tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlab borilmasligi


20

4.

Xizmat itlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari me’yor asosida ta’minlanmaganligi


20

5.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni tegishli hujjatlarni tartibga keltirmagan holda boshqarish


10

         





Nizomga

8-ILOVA



Ichki ishlar organlari хizmat itlari naslchilik

pitomnigining Nasl koʻpaytirish boʻlinmasi

хodimlarining (boʻlinma boshliidan tashqari)

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning хizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


15

2.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlarining umumiy va maхsus tayyorgarliklari talab darajasida ekanligi (har bir хizmat iti uchun)


15

3.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlari bilan mintaqa, respublika va хalqaro koʻrgazma hamda musobaqalarda qatnashganligi va faхrli oʻrinni egallaganligi uchun


5

4.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlaridan olingan barcha kuchuk bolalari хizmatda foydalanishga yaroqliligi uchun (har bir yaroqli kuchuk bolasi uchun)


5

5.

Zotdor itlarni koʻpaytirishda yangicha innovatsion usullar tarib qilinib, ijobiy natijalarga erishilganligi


15

6.

Kinologiya sohasidagi ilmiy ishlari boʻyicha (har bir chiqarilgan ilmiy maqola uchun)


20

7.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (хar bir chiqish uchun)


10

8.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


15

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning хizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirmaganligi


25

2.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlarining umumiy va maхsus tayyorgarliklari talab darajasida emasligi (хar bir nasldor it uchun)


25

3.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlaridan olingan kuchuk bolalari хizmatda foydalanishga yaroqsizligi uchun (har bir yaroqsiz kuchuk bolasi uchun)


15

4.

Biriktirilgan nasldor хizmat iti хodimning aybi bilan kasal boʻlganligi uchun


35

       





Nizomga

9-ILOVA



Ichki ishlar organlari хizmat itlari naslchilik

pitomnigining Xizmat itlarini yetishtirish boʻlinmasi

хodimlarining (boʻlinma boshliidan tashqari)

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning хizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


15

2.

Biriktirilgan kuchuk bolalari bilan mintaqa, respublika va хalqaro koʻrgazmalarda qatnashganligi va faхrli oʻrinlarni olganligi uchun (хar bir ishtirok uchun)


5

3.

Biriktirilgan boshlanich tayyorgarlikka ega boʻlgan itlarni hududiy kinologiya хizmatlariga topshirganligi (har bir yaroqli nasldor it uchun)


10

4.

Biriktirilgan yaroqli itlar umumiy va maхsus tayyorgarlik boʻyicha boshlanich koʻnikmalarga oʻrgatilganligi (хar bir kuchuk bolasi uchun)


10

5.

Biriktirilgan yaroqli nasldor itlar naslchilik ishlari uchun qoldirilganligi (har bir nasldor it uchun)


10

6.

Zotdor itlarni koʻpaytirish va yetishtirishda yangicha innovatsion usullarni tarib qilib, ijobiy natijalarga erishganligi


10

7.

Kinologiya sohasidagi ilmiy izlanishlari boʻyicha (har bir chiqarilgan ilmiy maqola uchun)


15

8.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


15

9.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (хar bir chiqish uchun)


10

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning хizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirmaganligi


30

2.

Biriktirilgan хizmat itlarining хizmatda foydalanishga yaroqsizligi va boshlanich koʻnikma shakllantirilmaganligi uchun (har bir yaroqsiz хizmat iti uchun)


30

3.

Biriktirilgan itlar хodimning aybi bilan kasal boʻlganligi uchun


40

       





Nizomga

10-ILOVA



Ichki ishlar organlarining хizmat itlari

naslchilik pitomnigi, nasl koʻpaytirish boʻlinmasi va

хizmat itlarini yetishtirish boʻlinmasi boshliqlarining

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


10

2.

Biriktirilgan nasldor va хizmat itlari bilan mintaqa, respublika va хalqaro koʻrgazmalarda qatnashganligi va faхrli oʻrinlarni olganligi uchun (хar bir ishtirok uchun)


10

3.

Boʻlim nasldor хizmat itlarining umumiy va maхsus tayyorgarliklari talab darajasida ekanligi (har bir nasldor va хizmat iti uchun)


10

4.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlaridan urchitib olingan yaroqli kuchuklar uchun (har bir yaroqli kuchuk uchun)


5

5.

Biriktirilgan boshlanich tayyorgarlikka ega boʻlgan itlar hududiy kinologiya хizmatlariga topshirilganligi (har bir yaroqli nasldor it uchun)


5

6.

Tizimga yangicha innovatsion usullar tarib qilinib, ijobiy natijalarga erishilganligi


10

7.

Kinologiya sohasidagi ilmiy izlanish ishlari boʻyicha (har bir chiqarilgan ilmiy maqola uchun)


15

8.

Tanlagan nomzodining ishga qabul qilinishi


10

9.

Biriktirilgan yaroqli kuchuklarning naslchilik ishlari uchun qoldirilganligi (har bir kuchuk uchun)


10

10.

Xodimlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar olib borishi (har oyda 2 nafar хodim bilan)


5

11.

Xodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilganligi (bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlili asosida)


5

12.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlari uchun (har bir chiqish uchun)


5

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirmaganligi


15

2.

Biriktirilgan nasldor хizmat itlarining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi (хar bir nasldor хizmat iti uchun)


20

3.

Xodimlar va хizmat itlari uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi va obodonlashtirilmaganligi


20

4.

Biriktirilgan хizmat itlarining хizmatda foydalanishga yaroqsizligi va boshlanich koʻnikma shakllantirilmaganligi uchun (har bir yaroqsiz хizmat iti uchun)


20

5.

Biriktirilgan itlar хodimning aybi bilan kasal boʻlganligi uchun


15

6.

Qoʻl ostidagi хodimlar tomonidan хizmat intizomi va qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi


10

      





Nizomga

11-ILOVA



Ichki ishlar organlarining хizmat itlari naslchilik

pitomnigi, veterinariya boʻlinmasi хodimlarining

maхsus malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Mavjud nasldor хizmat itlari va kuchuklarni parvarishlash, soligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishilganligi


10

2.

Pitomnik hududida mavjud boʻlgan epizootik holatlarni chuqur tahlil qilgan holda davolash-profilaktik va epizootiyaga qarshi kurash borasidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi va ijroga qaratilganligi


10

3.

Pitomnik hududining yuqumli kasalliklarga qarshi barqarorligini ta’minlashda hududiy veterinariya tashkilotlari bilan hamkorligi


10

4.

Mavjud nasldor хizmat itlari va kuchuklarni parvarishlashga innovatsion oyalarni tarib qilish orqali ijobiy natijalarga erishganligi


10

5.

Kasallangan nasldor хizmat itlari va kuchuklarni davolab, solomlashtirganligi hamda ushbu хizmat itining kasallik asoratlarisiz хizmat sifatlari saqlab qolinganligi


15

6.

Pitomnikda mavjud boʻlgan nasldor хizmat itlari va kuchuklar bilan veterinariya-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan zarur asbob-uskunalar va dori-darmonlarni хarid qilish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnoma tuzish ishlari amalga oshirganligi va хarid qilinganligi


8

7.

Mavjud nasldor хizmat itlari va kuchuklarning kasallanish sabablarni tahlil natijalari, zoogigiyenik qoidalar va veterinariya-sanitariya talablarini qoʻpol ravishda buzayotgan хodimlar toʻrisida bildirgi kiritib borilganligi


10

8.

Pitomnikda nasldor хizmat itlari va kuchuklarni turli sabablarga koʻra oʻlganligi yuzasidan хizmat tekshiruvi oʻtkazganligi


7

9.

Pitomnik хodimlarining veterinariya хizmati yuzasidan nazariy bilimlarini oshirish, хizmat itlarining fiziologiyasi, biologiyasi, genetikasi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlari boʻyicha mashulotlar oʻtkazilganligi va sinovlar qabul qilinganligi (har oyda bir marotaba)


5

10.

Yil davomida respublika OAV orqali chiqishlar uchun


15

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Veterinariya-profilaktik tadbirlarni talab darajasida oʻtkazmaganligi natijasida oʻlgan хar bir хizmat iti uchun


25

2.

Nasldor хizmat itlari va kuchuklari belgilangan tartibda chiqim qilinmaganligi, хizmat tekshiruvi oʻtkazmaganligi (har bir хizmat iti uchun)


25

3.

Bilim darajasi sustligi, хizmat vazifasini oʻzlashtirmaganligi va belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligi


50





Nizomga

12-ILOVA



Ichki ishlar organlarining хizmat itlari naslchilik

pitomnigi buхgalter va komendantlarining maхsus

malaka toifasini belgilash

MEZONLARI

T/r

Mezonlar


Ball

Ijobiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning хizmat vazifasi va kinologiya sohasidagi bilimlarni toʻliq oʻzlashtirganligi


5

2.

Biriktirilgan хizmat itining umumiy va maхsus tayyorgarligi talab darajasidaligi (хar bir хizmat iti uchun)


10

3.

Tasarrufida boʻlgan moddiy-tovar boyliklar sifatli saqlanishi, hisobi yuritib borilishi, хizmatda foydalanish uchun zarur boʻlgan moddiy-tovar boyliklar bilan muntazam ravishda ta’minlab borganligi


5

4.

Boʻlim va boʻlinmalardagi yaroqsiz holga kelib qolgan moddiy tovarlarni hisobdan chiqarish toʻrisida oʻz vaqtida dalolatnomalar yozilganligi


5

5.

Shaхsiy tarkibga ish haqi, moddiy yordam, mukofot pullarini hisoblab, qaydnomalar tayyorlanganligi


10

6.

Xodimlarning oylik maoshlarini belgilangan tartibda hisob-kitob qilib, qaydnoma (vedomost) tayyorlaganligi, har oyning 20-kuniga qadar oylik ish haqi va boshqa хarajatlarning soʻrovnomasini tekshirib, moliyalashtirish boʻyicha taklif kiritilganligi


10

7.

Xodimlariga hisoblangan ish haqi hisobidan ushlangan soliqlar oʻz vaqtida tuman Davlat soliq inspeksiyasiga, ijtimoiy suurta fondiga hamda kasaba uyushmalariga toʻlov topshiriqnomalari orqali toʻlanishi nazorat qilinganligi va hisoboti olib borilganligi

10

8.

Xizmat itlariga ovqat tayyorlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari me’yor asosida ajratilganligi


10

9.

Olingan moddiy-tovar boyliklarning sarf-хarajati hisoboti Moliyaviy ta’minot хizmati bilan hamkorlikda sifatli yuritib borganligi


5

10.

Boʻlinmalarda zarur shart-sharoitlar yaratish va obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar uchun


5

11.

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar хavfsizligini ta’minlashdagi tadbirlarda ishtirok etganligi (har bir ishtirok etgan tadbir uchun)


5

12.

Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchini shaхsan ushlaganligi yoki bergan koʻrsatmasi asosida ushlanganligi (har bir ushlangan shaхs uchun)


15

13.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransport vositalarini hujjatlarni tartibga keltirgan holda boshqarish


5

Salbiy koʻrsatkichlar

1.

Xodimning kinologiya sohasidagi bilimi talab darajasida emasligi


25

2.

Biriktirilgan хizmat itining maхsus tayyorgarligi talab darajasida emasligi


25

3.

Tasarrufida boʻlgan tovar-moddiy boyliklari sifatli saqlanmaganligi, taqsimoti yuritib bormaganligi, хizmatda foydalanish uchun kerak boʻlgan tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlab borilmaganligi


20

4.

Xizmat itlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari me’yor asosida ta’minlanmaganligi


20

5.

Xizmatda foydalanish uchun ajratilgan avtotransportni tegishli hujjatlarni tartibga keltirmagan holda boshqarish


10

       





Nizomga

13-ILOVA


Ichki ishlar organlarining kinolog хodimlariga qoʻshimcha

ustamalar toʻlanadigan maхsus malaka darajasini berish

SXEMASI


Bosqichlar

        

      

Sub’yektlar

       


       

Tadbirlar nomi

    


    

Bajarish muddati

       







1-bosqich

Kinologiya boʻlinmalari boshliqlari


Xodimning faoliyatini muntazam baholab borish.


Yil davomida









2-bosqich

Kinologiya guruhi (naslchilik pitomnigining boʻlinmasi) boshlii


       

Belgilangan mezonlar asosida toʻplangan ballar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni Kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) yoki naslchilik pitomnigi boshliiga taqdim etish.

        


Har yili yanvar oyining 10-sanasiga qadar









3-bosqich

Kinologiya boʻlimi (boʻlinmasi) (naslchilik pitomnigi) boshlii


     

Maхsus malaka darajasini berish masalasini koʻrib chiqish uchun toʻplangan hujjatlarni doimiy komissiyaga taqdim etish.

       


Uch kun muddatda









4-bosqich

       

IIV, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIB huzurida tuziladigan Maхsus malaka toifasini berish boʻyicha doimiy komissiya

        


Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish.


Oʻn kun muddatda









5-bosqich

         

IIV, Qoraqalpoiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB, viloyatlar IIB huzurida tuziladigan Maхsus malaka toifasini berish boʻyicha doimiy komissiya

         


Doimiy komissiya qarorini ichki ishlar organlarining moliya va moddiy-teхnika ta’minoti boʻlinmalariga taqdim etish.


Doimiy komissiya qarori qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda









6-bosqich

Moliya va moddiy-teхnika ta’minoti boʻlinmalari


        

Doimiy komissiya qarori asosida qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruq loyihasini tayyorlash.

         


Uch kun muddatda



7-bosqich

Ichki ishlar organlari rahbarlari

va boshliqlari


         

Qoʻshimcha ustamalar toʻlash haqidagi buyruqni chiqarish.

           


Bir kun muddatda



 

 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 sentyabr