Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019 y. 777-son "Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2019 y.

N 777



TOShKENT ShAHAR YOʻLOVChI TAShISh

TRANSPORTI TAShKILOTLARINI

MOLIYaVIY SOLOMLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



"Shahar yoʻlovchilar transporti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining "Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlarini moliyaviy solomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va "Toshshahartransхizmat" AJning cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchi tashish hisobidan yuzaga kelgan zararlarni qoplash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:

"Toshshahartransхizmat" AJ avtobus saroylarining - 2018 yil IV choragi va 2019 yil I choragi boʻyicha 38 715 700 ming soʻm;

"Toshkent metropoliteni" UKning- 2018 yil va 2019 yil I choragi boʻyicha 9 011 000 ming soʻm.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi:

a) "Toshshahartransхizmat" AJ avtobus saroylarida 2018 yil IV choragi va 2019 yil I choragi boʻyicha 38 715 700 ming soʻm miqdoridagi zararni quyidagi qoʻshimcha manbalar:

27 771 650 ming soʻm - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan;

10 944 050 ming soʻm - Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan;

b) "Toshkent metropoliteni" UKning 2018 yil va 2019 yil I choragi boʻyicha 9 011 000 ming soʻm miqdoridagi zararni Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetining daromadlar rejasiningorttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplasin.


3. "Toshshahartransхizmat" AJ "Toshshahartransхizmat" AJ avtobus saroylarining 2018 yil IV choragi va 2019 yil I choragi boʻyicha zararlarni qoplash uchun ajratilayotgan 38 715 700 ming soʻm miqdoridagi mablalar yetkazib beriladigan dizel yoqilisi uchun "Oʻzbekneftegaz" AJ tashkilotlariga yoʻnaltirilishini ta’minlansin.


4. "Toshkent metropoliteni" UK 2018 yil va 2019 yil I choragi boʻyicha zararlarni qoplash uchun ajratilayotgan 9 011 000 ming soʻm miqdoridagi mablalar iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda "Toshshahartransхizmat" AJ va "Toshkent metropoliteni" UKni moliyaviy solomlashtirish va ularning zararlarini kamaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish toʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Boshvazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 sentyabr