Xalq ta’limi vazirligining 1-son, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 8-son, Iqtisodiyot vazirligining 39-son "Doimiy ravishda sport bilan shugʻullanuvchi bolalar sonini belgilashning aniq mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 08.01.2008 y. Qarori (AV tomonidan 16.01.2008 y. 1759-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
16.01.2008 y.
N 1759
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING 08.01.2008 y. N 1 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINING 08.01.2008 y. N 8 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGINING 08.01.2008 y. N 39 |
QARORI
Doimiy ravishda sport bilan shugʻullanuvchi
bolalar sonini belgilashning aniq mezonlari
toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(2008 yil 26 yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida"gi PF-3154-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi "2008 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi byudjetini va bolalar sport ob’yektlari qurilishining aniq manzilli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PQ-743-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 avgustdagi "Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 410-sonli qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi QAROR QILADI:
1. Doimiy ravishda sport bilan shugʻullanuvchi bolalar sonini belgilashning aniq mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri
|
T. Joʻrayev |
Madaniyat va sport ishlari vaziri
|
R. Qurbonov |
Iqtisodiyot vaziri |
B. Xodjayev |
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 3-4-son, 14-modda.