Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini Baholash mezonlari (AV tomonidan 29.12.2018 y. 3112-son bilan roʻyхatga olingan, 17.12.2018 y. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 9-mh-son, Xalq ta’limi vazirligining 14-mh-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 29 dekabrda 3112-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Ta’lim sifatini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi,

Xalq ta’limi vazirligining

2018 yil 17 dekabrdagi

9-mh, 14-mh-son qaroriga

ILOVA



Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini

BAHOLASh MEZONLARI

      

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Ball

Koʻrsatkichlar uchun ballarni hisoblash metodikasi

1.

Bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi*

35

Bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I1=20 x I1.1 + 15 x I1.2; bunda

- bitiruvchilarning

umumta’lim fanlari boʻyicha tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichi;

- bitiruvchilarning

ta’lim sifati darajasi koʻrsatkichi;

P 1.1 - soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida bitiruvchilar tomonidan toʻplangan ballar yiindisi;

P1.2 - soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan bitiruvchilar soni;

P11 - umumta’lim muassasasidagi 11-sinf bitiruvchilarining umumiy soni.

a) Bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarlik darajasi (11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirishda toʻplangan ballar asosida)

20

b) Bitiruvchilarning ta’lim sifati darajasi (11-sinf bitiruvchilari orasidan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirganlar salmoi asosida)

15

2.

Umumta’lim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi koʻrsatkichi**

(nazorat ishlari asosida)

25

Umumta’lim muassasasi 9-sinf oʻquvchilari bilim darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

  bunda,

P2 - nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy toʻplagan balli;

P9 - nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy soni.

3.

Umum’ta’lim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog хodimlari ulushi***

(oliy va birinchi malaka toifali pedagog хodimlar sonini aniqlash asosida)

20

Umumta’lim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog хodimlari ulushi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

  bunda,

P3 - umumta’lim muassasasidagi oliy va birinchi toifali pedagog хodimlar soni;

P - umumta’lim muassasasidagi pedagog хodimlarning umumiy soni.

4.

Ijtimoiy soʻrovnoma natijalari***

20

Umumta’lim muassasasining oʻquvchilari va pedagogik jamoasi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

I4 = 10 x I4.1 + 10 x I4.2 bunda,

- pedagog va rahbar

хodimlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi;

- umumta’lim

muassasasida pedagog хodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati koʻrsatkichi;

P4.1 - oʻquvchilar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni;

P - ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan oʻquvchilar soni;

P4.2 - pedagog хodimlar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni;

Pp - ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan pedagog хodimlar soni.

a) Pedagog va rahbar хodimlar faoliyati samaradorligi (oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida)

10

b) Umumta’lim muassasasida pedagog хodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhiti holati (pedagogik jamoa orasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida)

10


Umumiy ball

100


Izoh:


*) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) har yili 31 dekabrga qadar 11-sinfni bitirib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida qatnashgan oʻquvchilar soni va ular toʻplagan ballar yiindisi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni haqidagi ma’lumotlarni tumanlar (shaharlar) va umumta’lim muassasalari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan хorijiy oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan soʻrov asosida oladi;


**) Umumta’lim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat ishlari orqali aniqlanadi;


***) Umumta’lim muassasasidagi oliy va birinchi malaka toifali pedagog хodimlar soni tegishliligiga koʻra tasarrufida umumta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora yoki ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;


****) Umumta’lim muassasasining rahbar va pedagog хodimlari faoliyati hamda pedagog хodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va u yerdagi oʻqitish muhitining holati Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻquvchilar va pedagog хodimlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali aniqlanadi.


Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish masalalari mazkur Baholash mezonlariga ilovaga muvofiq Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur Baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.






Mezonlarga

ILOVA



Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga

oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda

reyting ballarini hisoblash

METODIKASI


Mazkur Metodika umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini (bundan buyon matnda reyting deb yuritiladi) tuzishda umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari uchun asos hisoblanadigan zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan reyting tumanlar (shaharlar) kesimida tanlash asosida har yili tuziladi.


2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish oʻquv yili davomida amalga oshiriladi.



2-BOB. REYTINGNI ANIQLAShGA

OID MA’LUMOTLAR BAZASINI

ShAKLLANTIRISh


3. Umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida har yili 10 yanvarga qadar Davlat inspeksiyasi boshliining buyrui asosida reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.

Davlat inspeksiyasi boshliining buyrui bilan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20 yanvargacha Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari va tasarrufida umumta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda hududiy boʻlinmalar deb yuritiladi) хodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumta’lim muassasalari reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi.


4. Reytingda qatnashadigan tumanlar (shaharlar) va umumta’lim muassasalari roʻyхati komissiya tomonidan belgilanadi hamda har yili 1 fevralgacha Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


5. Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallar har yili 1 martga qadar ishchi guruhlar orqali hududiy boʻlinmalarga yetkaziladi.


6. Hududiy boʻlinmalar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallarga tegishli ma’lumotlar kiritilib, mazkur ma’lumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1 iyunga qadar ishchi guruhlarga taqdim etiladi. Ma’lumotlarning ishchi guruhlarga belgilangan muddatdan kechikmay, sifatli va toʻri taqdim etilishi uchun hududiy boʻlinmalar rahbarlari shaхsan javobgar hisoblanadi.


7. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qoʻshimcha oʻrganilishi mumkin.

Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan, shuningdek yolon yoki notoʻri ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.


8. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan Davlat inspeksiyasiga har yili 15 iyungacha taqdim etiladi.



3-BOB. REYTINGNI ANIQLAShGA OID

NAZORAT IShLARI VA IJTIMOIY

SOʻROVNOMALAR OʻTKAZISh


9. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart-may oylarida umumta’lim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining umumta’lim fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari oʻtkaziladi.


10. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan fanlar va savollar miqdori komissiya tomonidan belgilanadi.


11. Nazorat ishlari oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tomonidan kamida bitta sinf qur’a tashlash orqali aniqlab olinadi.


12. Nazorat ishlari boshlanishidan oldin bitiruvchi sinflar oʻquvchilari va pedagogik jamoa bilan ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi. Bunda pedagog va rahbar хodimlar faoliyati, ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit va pedagog хodimlarning dars berish mahorati haqida oʻquvchilar fikri, shuningdek umumta’lim muassasasida pedagog хodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati haqida pedagog хodimlar fikri oʻrganiladi.

Ijtimoiy soʻrovnoma savollari хalq ta’limi tizimidan mutaхassislarni jalb qilgan holda Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.


13. Pedagogik jamoa bilan oʻtkaziladigan soʻrovnomada umumta’lim muassasasining barcha pedagog хodimlari qatnashadilar.



4-BOB. REYTING BALLARINI

HISOBLASh METODIKASI


14. Reytingni aniqlash quyidagi hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi:

tegishli formula asosida reytingda ishtirok etayotgan barcha umumta’lim muassasalarining ballari har bir koʻrsatkich boʻyicha alohida hisoblanadi;

tegishli koʻrsatkich boʻyicha eng katta natijaga ega boʻlgan umumta’lim muassasasiga mazkur koʻrsatkich uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;

qolgan barcha umumta’lim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega boʻlgan umumta’lim muassasasining balliga nisbatan hisoblab chiqariladi;

har bir koʻrsatkich boʻyicha hisoblangan ballar yiindisi asosida umumta’lim muassasasining reytingi belgilanadi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


15. Reyting natijalari ommaviy aхborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi.


16. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Davlat inspeksiyasida besh yil davomida saqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 31 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 31 dekabr, 52-son, 1016-modda