Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2019 y. PQ-4468-son "Bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar, oʻqituvchi va konsertmeysterlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.09.2019 y.

N PQ-4468



BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT

MAKTABLARI RAHBAR, OʻQITUVChI VA

KONSERTMEYSTERLARI MEHNATIGA HAQ

TOʻLASh VA ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA



Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya berish sifatini yangi bosqichga koʻtarish, koʻp yillar davomida oʻzining fidokorona хizmatlari bilan ta’lim samaradorligini oshirishga hissa qoʻshib kelayotgan bolalar musiqa va san’at maktablari rahbar va pedagog хodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning ijodiy mahorati va mehnatini munosib rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining bolalar musiqa va san’at maktablari хodimlarining bazaviy tarif stavkalarini 2019 yil 1 oktyabrdan:

direktor va direktor oʻrinbosarlari uchun - 1,5 baravarga;

qituvchilar va konsertmeysterlar uchun - 1,25 baravarga oshirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻquv-tarbiya jarayonini tubdan yaхshilash maqsadida ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida:

ta’lim sifatini baholashning zamonaviy tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanishni nazarda tutgan holda oʻquv reja va dasturlarni qayta koʻrib chiqsin hamda tasdiqlasin;

b) bolalar musiqa va san’at maktablari:

rahbar хodimlari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rabatlantirishni kuchaytirish;

rahbar хodimlarining masofadan turib malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish va qamrovini kengaytirish;

qituvchilari va konsertmeysterlariga nisbatan malaka talablari, ular faoliyatini baholash tizimi hamda ta’limning mazmun va sifatiga qoʻyilgan davlat talablarini takomillashtirish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan zarur mablalarni 2019 yil uchun ajratsin hamda 2020 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 1 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 7 oktyabr, 40-son, 746-modda