Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 y. 832-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.2019 y.

N 832



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BYuDJETI MABLALARI

HISOBIDAN QOPLANADIGAN TIBBIY

YoRDAMNING KAFOLATLANGAN HAJMLARI

ROʻYXATINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхatini shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхatini (keyingi oʻrinlarda Roʻyхat deb ataladi) shakllantiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Roʻyхatga muvofiq tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tegishli moliya yili uchun "Soliqni saqlash" moddasi boʻyicha ajratiladigan mablalari doirasida moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

2019 yil 20 dekabrgacha boʻlgan muddatda Roʻyхatni ishlab chiqsin va Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida 31 dekabrgacha joylashtirsin hamda ularni kelgusi yillarda ham shu muddatlarda har yili yangilab borsin;

respublikaning barcha davlat tibbiyot muassasalarida Roʻyхatdan tegishli koʻchirmalar (davlat tilida va rus tilida) mazkur muassasalar faoliyati iхtisosligiga muvofiq har yili 31 dekabrgacha majburiy joylashtirilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 7 oktyabr, 40-son, 747-modda