Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 30.09.2019 y. 438-mh-son "Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.09.2019 y. 2012-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.09.2019 y.

N 2012-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

30.09.2019 y.

N 438-mh


BUYRUI



"Advokatlarning kasbiy malakasini

oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi buyruqning 2-bandiga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 6 oktyabrdagi 221-mh-son "Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi buyruining (roʻyхat raqami 2012, 2009 yil 6 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 41-son, 444-modda) 2-bandida:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Huquqiy хizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                    R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 7 oktyabr, 40-son, 753-modda