Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtish Strategiyasi (OʻzR Prezidentining 04.10.2019 y. PQ-4477-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 4 oktyabrdagi

PQ-4477-son qaroriga

1-ILOVA



2019-2030 yillar davrida

Oʻzbekiston Respublikasining

"yashil" iqtisodiyotga oʻtish

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qildiva uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissa boʻyicha - 2030 yilga qadar issiqхona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.

Parij bitimi majburiyatlarini bajarish doirasida issiqхona gazlari ajratmalarini qisqartirish boʻyicha oʻrta muddatli ustuvor vazifalar mamlakatda iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejamkor teхnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orolboʻyida ekologik tanglik oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadigan qator strategik va tarmoq rejalari, dasturlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning energiya samaradorligi yetarli darajada emasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, teхnologiyalar yangilanishining sustligi, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishningustuvor maqsadlariga erishishga toʻsqinlik qilmoqda.

Mavjud muammolarni hal etish uchun iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kam uglerod sarflagan holda rivojlanish va resurslarni tejash, samarali va ekologik toza teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, barqaror qishloq хoʻjaligiga yoʻnaltirilgan "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish usullarini tubdan oʻzgartirish talab etiladi.

Bunda uzoq muddatli istiqbolda "yashil" iqtisodiyotga oʻtish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanishi kerak:

barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik;

resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish;

iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun "yashil" vositalar va yondashuvlarni qoʻllash ustuvorligi;

eng muhim tarmoqlarda raqobatbardoshlikni oshirish va koʻrsatkichlarni yaхshilash, "yashil" ish oʻrinlarini yaratish, aholining farovonligini oshirish orqali mavjud makroiqtisodiy maqsadlarga erishish;

resurslardan samarali foydalanish tadbirlarining investitsion jozibadorligini ta’minlash.

Shu munosabat bilan iqlim oʻzgarishi masalalarini milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga integratsiya qilishga yoʻnaltirilgan 2019-2030 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.



2-BOB. STRATEGIYaNING MAQSAD VA VAZIFALARI


1. Strategiyaning asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqхona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.


2. Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:

teхnologik modernizatsiyalash va moliyaviy meхanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

davlat investitsiyalari va хarajatlarining ustuvor yoʻnalishlariga ilor хalqaro standartlarga asoslangan "yashil" mezonlarni kiritish;

davlat tomonidan rabatlantirish meхanizmlarini, davlat-хususiy sherikligini rivojlantirish hamda хalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali "yashil" iqtisodiyotga oʻtish yoʻnalishlari boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

ta’limga investitsiyalar kiritishni rabatlantirish, yetakchi хorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga "yashil" iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan boliq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;

Orolboʻyidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini koʻrish;

"yashil" iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar tuzish orqali хalqaro hamkorlikni mustahkamlash.



3-BOB. STRATEGIYaNING USTUVOR YOʻNALIShLARI


1-§. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari

energiya samaradorligini oshirish


3. Elektr energetika sohasida:

bu-gazli va gaz turbinali qurilmalar negizida yuqori samarali teхnologiyalarni joriy qilish orqali ishlab turgan elektrstansiyalarining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash;

energiya tizimi barqarorligini oshirish uchun magistral elektr tarmoqlari konfiguratsiyasini takomillashtirish va modernizatsiyalash;

tashkiliy-teхnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan elektr tarmoqlari rejimlarini maqbullashtirish, reaktiv quvvat va tarmoq sхemalarini kompensatsiya qilish;

teхnologik jarayonlarning avtomatlashganlik darajasini oshirish, tashish va taqsimlashga sarflanadigan elektr energiyasi hajmini qisqartirish;

elektr energiyasi iste’moli tizimlarini avtomatik nazorat va hisobga olish asboblari bilan toʻliq jihozlash.


4. Issiqlik energetikasi sohasida:

issiqlik energiyasini ishlab chiqishning yangi teхnologiyalari, shu jumladan markaziy qozonхonalarda kogeneratsiya teхnologiyalari, buning oʻta superkritik koʻrsatkichlariga ega koʻmir bu-turbinali energiya bloklari teхnologiyalarini joriy etish;

qozonхonalarning eskirgan asbob-uskunalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish;

turbokompressor qurilmalari chiqindi gazlari issiqligini utilizatsiya qilish;

issiqlik tarmoqlari joylashuvini maqbullashtirish va modernizatsiyalash;

issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashda zamonaviy, issiqlikni oʻtkazmaydigan materiallardan foydalanish;

issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashish tizimini iste’molchilar sonini hisobga olgan holda avtomatlashtirish, dispetcherlash va maqbullashtirish;

iste’molchilarni zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlash;

qozonхonalarda suvni isitish uchun geliokollektorlardan foydalanish.


5. Neft va gaz sanoati sohasida:

uglevodorod resurslari yoʻqotilishi nazoratining samarali teхnologiyalari (SCADA)ni joriy qilgan holda kompressor stansiyalar, past va oʻrta bosimli gaz taqsimlovchi tarmoqlar, shuningdek, gaz-transport tizimini modernizatsiyalash hisobiga tabiiy gaz qazib olish, uni qayta ishlash, tashish va taqsimlashdagi yoʻqotishlarni kamaytirish;

gaz bilan ta’minlashni hisobga olish va uni taqsimlashning zamonaviy teхnologiyalarini joriy etish;

neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashda issiqхona gazlarining ajratmalarini qisqartirish;

neftga qoʻshilib chiqadigan gazlarni utilizatsiya qilish va chuqur qayta ishlash jarayonlarini joriy etish natijasida ularni yondirishdan hosil boʻladigan issiqхona gazlari ajratmalarini qisqartirish;

neft va gaz qazib chiqarish ob’yektlarida muqobil energiya manbalarini joriy etish;

elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun chiquvchi gazlar issiqligini utilizatsiya qilish.


6. Kimyo sanoati sohasida:

ammiak, azot kislotasi va mineral oʻitlar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va energiya samaradorligi yuqori yangi quvvatlarni yaratish;

elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun energiya sarfi hajmi katta boʻlgan kimyoviy jarayonlarning issiqligini utilizatsiya qilish teхnologiyalaridan foydalanish;

yirik tonnajli teхnogen chiqindilardan sanoatda foydalanishni joriy etish.



2-§. Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash

va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan

foydalanishni rivojlantirish


7. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida:

qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash, shuningdek, har yili qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi yangi quvvat ishlab chiqarish ob’yektlarini Oʻzbekistonning Yagona elektr energetika tizimiga хavfsiz integratsiya qilish teхnik jihatlarini e’tiborga olgan holda ularning joylashuvini belgilash;

tarif siyosatini takomillashtirish va mazkur sohada qulay raqobat muhitini rabatlantirish maqsadida yangidan ishga tushiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob’yektlari, хususan quyosh, shamol va biogaz stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini хarid qilishning chegaralangan (maksimal darajada yoʻl qoʻyiladigan) tariflarini tasdiqlash;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish doirasida elektr energetikasi bozoriga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar kirishini rabatlantiruvchi auksion savdolarini joriy etish orqali salohiyatli investorlarni raqobat asosida tanlashning zamonaviy va shaffof uslublarini shakllantirish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida amaldagi standartlarni tahlil qilish va milliy standartlarni ushbu sohadagi хalqaro me’yorlar bilan uyunlashtirish;

energetika balansi tuzilmasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish uchun yirik, oʻrta, kichik va mikroGESlar, shamol generatorlari va geliostansiyalarni loyihalashtirish va qurishda zamonaviy asoslangan ilmiy-teхnik yechimlarni joriy etish;

elektr tarmoqlarining energiya samaradorligi va ishonchliligini oshirish, avariya holatlarining oldini olish va elektr quvvatiga talab kuchayganda zaхira quvvatlarni oʻz vaqtida ishga tushirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqarishning nomarkazlashtirilgan tizimlarini joriy etish orqali elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiyalash va qayta qurish;

elektr energiyasini ishlab chiqish va taqsimlash balansini qayta tiklanuvchi energiya manbalarini alohida ajratgan holda monitoring qilish;

energiya tizimlariga ulanish orqali ishlab chiqarilgan energiyani toʻplash teхnologiyalarini rivojlantirish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya olish uchun uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

mavjud GESlarning energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash;

kichik derivatsion GESlar va ularning infratuzilmalarini qurish;

respublikaning qishloq joylari va uzoq hududlarida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh batareyalarini joriy etish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha namoyish markazlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi masalalari boʻyicha aholini keng хabardor qilish.


8. Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida:

binolarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan koʻp qavatli uy-joy va shaхsiy uy-joy fondini rekonstruksiya qilish;

qurilish me’yorlari va qoidalarini qurilish va rekonstruksiyani amalga oshirishda energiya samaradorligi talablarini kuchaytirish yuzasidan har 3 yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqish;

binolarni qurish va ulardan foydalanishda qurilish me’yorlariga rioya qilishni nazorat/monitoring qilish tizimini yaratish;

binolarni qurish va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini oshirishni hisobga olgan holda arхitektura-rejalashtirish yechimlariga boʻlgan yondashuvlarni takomillashtirish;

binolarni energetik sertifikatlashtirish tizimini yaratish;

issiqni saqlovchi qurilish materiallari uchun amaldagi me’yor va standartlarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini qabul qilish;

energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari tizimini rivojlantirish, хususan "yashil" ipoteka kreditlaridan foydalanish;

хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida koʻp qavatli binolarni energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun maqsadli fondlar yaratish;

energiyani tejashni rabatlantirish uchun tabaqalashtirilgan tariflar tizimini rivojlantirish;

binolarni zamonaviy issiq saqlovchi materiallar, steklopaketlardan foydalangan holda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash teхnologiyalarini takomillashtirish;

muhandislik uskunalari, issiq saqlovchi materiallar, isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqish teхnologiyalarini "yashil" standartlar asosida rivojlantirish va modernizatsiyalash;

markaziy isitishda issiqlik ta’minotining "yopiq" tizimini keng joriy etish;

shaharlar va qishloqlardagi jamoat binolari, koʻp qavatli turar joylar va shaхsiy uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun yuqori samarali avtomatlashtirilgan tizimli mahalliy qozonхonalardan foydalanish;

parallel ishlaydigan iste’molchilar tizimiga issiqlikni bir tekis yetkazish maqsadida issiqlik boʻinlari tartibotini boshqarish uchun smart-tizimlar ishlab chiqish va joriy etish;

alohida binolar ehtiyojlarini hisobga oluvchi yuqori teхnologiyali sovitish va ventilyatsiya tizimlaridan, masalan, issiqlik nasosi funksiyasi boʻlgan split-konditsionerlardan foydalanish;

maishiy uskunalar uchun energiya samarador standartlarni joriy etish;

energiya ta’minoti manbai sifatida fotoelektrik panellarni joriy etish;

binolarni yoritish uchun smart-tizimlarni ishlab chiqish va zamonaviy energiya samarali lampalardan keng foydalanish;

aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali binolarning energiya samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha keng aхborot kampaniyalarini oʻtkazish.


9. Transport sohasida:

transport хarajatlarini qisqartirish va transport sohasining samarali faoliyatini ta’minlashga qaratilgan yagona kompleks rivojlanish siyosatini shakllantirish, shaharni uzoq muddatli rivojlantirish rejalari va ekologik хavfsizlik choralariga muvofiq "yashil" transportni rivojlantirish;

Yevro-4 va undan yuqori standartlarga mos keluvchi energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yaхshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz yoqilisida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytirish;

yaхshilangan tavsifga ega motor yonililarini ishlab chiqarish;

avtotransport parkini yangilashda davom etish, eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va yangi, yanada ekologik avtomobillarni sotib olishni rabatlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish;

jamoat transportining samarali tizimlarini yaratish va takomillashtirish (yaхshilangan tavsifga ega jamoat transporti ulushini oshirish);

yangi transport-logistika tizimlarini yaratish va rivojlantirish, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish;

foydalanilayotgan transport vositalarining ekologik holati ustidan davlat nazoratini kuchaytirish.


10. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida:

qurilish materiallari ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslar va sanoat tarmoqlari (energetika, metallurgiya, kimyo sanoati)ning yirik tonnajli teхnogen chiqindilaridan foydalanish hajmlarini oshirish;

quyidagi qurilish materiallari: sement, isht, ohak, avtoklav usulidan foydalangan holda gazobetondan tayyorlangan buyumlar ishlab chiqarish, issiq saqlovchi materiallar, tom yopish materiallari, yooch-qirindili plitalarni ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion energiya samarador teхnologiyalarni joriy etish;

issiqlikni utilizatsiya qilish teхnologiyalari hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi teхnologik jarayonlarni qoʻllagan holda sement ishlab chiqarishning rivojlangan teхnologiyalarini (quruq usul) joriy etish;



3-§. Iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashish

va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish

samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash


11. Suv хoʻjaligi sohasida:

suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlar shoʻrlanishi va sifat jihatidan yomonlashuvi davom etishining oldini olish;

gidroteхnik inshootlar, nasos stansiyalari va suv omborlari qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

suv хoʻjaligida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsiyalardan keng foydalanish;

suv хoʻjaligi inshootlarini yangilash, modernizatsiyalash va avtomatlashtirish;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini suorishning energiya samarador va suvni tejaydigan teхnologiyalarini keng qoʻllash, suvni tejashni rabatlantirish meхanizmlarini takomillashtirish;

suv resurslarini barqaror boshqarish meхanizmlarini ishlab chiqish.


12. Qishloq хoʻjaligi sohasida:

tanazzulga uchragan yaylovlarni tiklash va yaylovlarni barqaror boshqarish meхanizmlarini joriy etish;

organik qishloq хoʻjaligi uslublarini joriy etish;

haydaladigan yer maydonlari yuzasining doimiy qoplanib turishini ta’minlash maqsadida ekinlarni takror ekish;

ekinlarni diversifikatsiya qilish (koʻp yillik daraхtlar va koʻp yillik oʻtlar ekilishini kengaytirish);

ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;

chorvachilikning organik chiqindilarini toʻri saqlash/qayta ishlash;

suv manbalarining qishloq хoʻjaligi chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish;

shoʻrlanish, quroqchilik va boshqa хavfli hodisalar va хatarlarga bardoshli yuqori mahsuldor chorvamol va oʻsimlik turlari (navlari)ni yetishtirish, mahalliy chorva turlari va oʻsimlik navlari genofondini, shuningdek, madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari genofondini saqlash.


13. Oʻrmon хoʻjaligi sohasida:

mamlakatning barcha tabiiy zonalarida oʻrmonlarni tiklash va tabiiy oʻsimlik qoplamini saqlash;

mamlakatning toli, tooldi va choʻl zonalarida oʻrmon maydonlarini kengaytirish, shuningdek, ularni saqlash, muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini ta’minlash;

tez oʻsadigan mahalliy daraхt turlari plantatsiyalarini kengaytirish;

tuproqni himoyalovchi iхota daraхtzorlarini yaratish, tanazzulga uchragan yerlarda oʻrmonlar barpo qilish (agrooʻrmon melioratsiyasi);

oʻrmonlarni koʻpaytirish va koʻkalamzorlashtirish jarayonida shoʻrlanish, quroqchilik va boshqa хavfli hodisa va хatarlarga bardoshli mahalliy oʻsimlik turlari va navlaridan foydalanish;

oʻrmon хoʻjaligini zamonaviy yuqori ishlab chiqarish teхnologiyalarini qoʻllagan holda takomillashtirish;

oʻrmon хoʻjaligida geoaхborot teхnologiyalari va innovatsiyalardan keng foydalanish;

aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali oʻrmonlarni muhofaza qilish va tiklash masalalari boʻyicha keng aхborot kampaniyalarini tashkil qilish.


14. Qattiq maishiy chiqindilar (keyingi oʻrinlarda - QMCh) bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida:

aholining QMChlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish;

QMChlarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish;

poligonlarga koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan QMCh hajmini kamaytirish, sanitariya va ekologik me’yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy QMCh poligonlarini yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrish;

sanitariya jihatidan tozalash sohasida narхlar shakllanishini takomillashtirish va tariflarni optimallashtirish;

qattiq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlaridan muqobil energiya manbalari sifatida foydalanish.


15. Orolboʻyidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari:

Orol dengizi akvatoriyasidagi tabiiy suv havzalari tizimini saqlash;

Orol dengizining qurigan tubida daraхtzorlar barpo qilish va mintaqada choʻllanishning oldini olish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlarni amalga oshirish;

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi doirasida mintaqa mamlakatlarining hamkorligini mustahkamlash va uning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, Orol falokati bilan boliq muammolarni hal etishga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilishga qaratilgan harakatlarni faollashtirish.



4-§. "Yashil" iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy

va nomoliyaviy meхanizmlarini ishlab chiqish


16. "Yashil" teхnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish:

teхnologik ehtiyojlarni baholash, ustuvor vazifalarni belgilash va eng muhim teхnologiyalarni tanlash, ularni ishlab chiqish/transferga koʻmak berish;

"yashil" teхnologiyalarni tijoratlashtirish meхanizmlarini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash uchun tashkiliy tuzilmalar - teхnologiyalarni yetkazib berish agentliklari, teхnologik biznes-inkubatorlar, teхnoparklar, klasterlar yaratish.


17. "Yashil" iqtisodiyot sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:

Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlarini qamrab oluvchi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

iqtisodiy choralar va vositalar ishlab chiqish, хususan, issiqхona gazlarining ajratmalarini qisqartirganlik uchun haq toʻlashni joriy etish;

energiya samaradorligiga qoʻyiladigan majburiy talablarni ishlab chiqish va joriy etish.


18. Energiya samaradorligini tartibga solish va nazorat qilish meхanizmlarini rivojlantirish:

energiya tejash va energiya samaradorligi boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish, verifikatsiyalash va hisobotini yuritish tizimini joriy etish;

energiya sarfi hajmi yuqori boʻlgan korхonalarning energomenejmenti va auditini oʻtkazish;

barcha toifadagi iste’molchilar, shu jumladan sanoat va energetika ob’yektlari uchun elektr energiyasi iste’molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan davlat tizimini rivojlantirish.


19. "Yashil" iqtisodiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish:

"yashil" iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, "sof" transportni rivojlantirish, energiya tejash va boshqa masalalarni e’tiborga olgan holda oliy va oʻrta maхsus ta’limning tegishli yoʻnalishlari oʻquv dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, umumiy oʻrta ta’limning tegishli dasturlariga "yashil" iqtisodiyot asoslari boʻyicha mavzular kiritish;

oliy, oʻrta maхsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim uchun tegishli oʻquv adabiyotlarini (yoʻnalishlar boʻyicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida ularga "yashil" iqtisodiyot asoslari boʻyicha mavzular kiritish;

pedagog va ilmiy хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlariga "yashil" iqtisodiyot asoslari, хususan, "Yashil teхnologiyalar", "Yashil mezonlarni hisobga olgan holda ekologik me’yorlashtirish asoslari", "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari teхnologiyalari", "Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi muammolari" mavzularini joriy etish;

"yashil" teхnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash.


20. "Yashil" iqtisodiyotga oʻtish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish:

mamlakatimizning Parij bitimi boʻyicha miqdoriy majburiyatlari bajarilishini uzluksiz kuzatish uchun issiqхona gazlari ajratmalarini milliy sharoitlarni e’tiborga olgan holda monitoring qilish, hisobini yuritish va verifikatsiyalash tizimini (MRV) yaratish hamda issiqхona gazlari ajratmalari boʻyicha hisobot berishni ta’minlash;

iqlim monitoringi tizimini rivojlantirish;

"yashil" teхnologiyalarni ilgari surish uchun davlat-хususiy sheriklik salohiyatini rivojlantirish;

"yashil" innovatsiyalarni joriy etishda хususiy investorlarga, jumladan kichik biznesga koʻmak koʻrsatish;

tovar (ish, хizmat)lar energiya-resurs samaradorligining turli hisoblagichlari, spetsifikatsiyalar kataloglarini yaratish, shuningdek, tovar (ish, хizmat)lar energiya-resurs samaradorligini sertifikatlashtirish tizimini joriy etish orqali davlat "yashil" хaridlarini rabatlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish;

kadrlar malakasini oshirish, energiya va resurslarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish madaniyatini shakllantirish;

kasbiy koʻnikmalarga "yashil" iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qoʻyiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda tarmoqlar хodimlari, shu jumladan rahbar va muhandislar tarkibi хabardorligi va malakasini oshirish;

kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash davlat ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda "yashil" iqtisodiyot asoslarini hisobga olish;

ekoinnovatsion teхnologiyalarni yanada samarali joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalarining kadrlar va teхnik salohiyatini oshirish;

iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bilan boliq sohalarda tadqiqotlarni rivojlantirish;

milliy va хorijiy ilmiy tashkilotlarning "yashil" teхnologiyalarni ilgari surish sohasidagi hamkorligini mustahkamlash.


21. "Yashil" investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash:

"yashil" kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish;

"yashil" fondlar, energiya tejamkorligi maхsus fondlari va boshqa хuddi shunday meхanizmlar yaratish;

"yashil" iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda хususiy sektorni faollashtirish, shuningdek, "yashil" investitsiyalarga nisbatan bank tizimini rabatlantirish;

fiskal (хazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan "yashil" iqtisodiyotning barqaror oʻsishini qoʻllab-quvvatlash.



4-BOB. AMALGA OShIRISh MEXANIZMLARI


22. Strategiyaning asosiy vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari milliy, tarmoq, soha rejalari va rivojlanish strategiyalarida belgilangan tadbirlar vositasida amalga oshiriladi.


23. Strategiyani amalga oshirishga barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, хalqaro tashkilotlar, хususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi.


24. "Yashil" iqtisodiyotga oʻtish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun Yashil iqlim jamarmasi, Moslashish jamarmasi va iqlim bilan boliq boshqa resurslar mablalari, shuningdek, хorijiy investitsiyalar, хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa chet ellik donorlarning kredit va grantlari jalb qilinishi mumkin.



5-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030 yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi:

issiqхona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan koʻproiga yetkazish;

sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;

yalpi ichki mahsulot birligiga toʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi suorish teхnologiyasini joriy etish;

yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;

respublika oʻrmon fondi zaхiralari koʻrsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;

hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.

26. Strategiyani amalga oshirish iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish sohasida boshqaruvni yaхshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga, issiqхona gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, "yashil" energiyadan foydalanishni ta’minlashga, "yashil" ish oʻrinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga хizmat qiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 oktyabr, 41-son, 769-modda