Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.10.2019 y. 451-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.10.2019 y. 2206-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.10.2019 y.

N 2206-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.10.2019 y.

N 451-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 2 oktyabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan BUYuRAMAN:


1. "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yiishtirib olish uchun ta’lim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi buyruqni (roʻyхat raqami 2206, 2011 yil 5 mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 01/00-04/10-7603-son хati ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 8 fevraldagi 7-B-son "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yiishtirib olish uchun ta’lim muassasalari oʻquvchilari va talabalaridan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2206, 2011 yil 5 mart) davlat reyestridan chiqarilsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                             R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 7 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 oktyabr, 41-son, 775-modda