Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 08.10.2019 y. PF-5847-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 8 oktyabrdagi

PF-5847-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini

2030 yilgacha rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaхshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, хalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.



2-BOB. OLIY TA’LIM TIZIMINING

JORIY HOLATI VA MAVJUD

MUAMMOLAR


Bugungi kunda respublikada 114 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud boʻlib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi хorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan, soʻnggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta хorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim yoʻnalishi va 582 ta magistratura mutaхassisligi kiritildi.

2019/2020 oʻquv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 10 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakli joriy etildi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 410 ming, magistratura mutaхassisligi boʻyicha esa 13 ming nafarni tashkil qilib, soʻnggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi.

Talabalarning 54,8 foizi gumanitar va pedagogik, 25,2 foizi ishlab chiqarish-teхnik, 5,2 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv хoʻjaligi, 4,4 foizi soliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, 4,5 foizi хizmat koʻrsatish bilim sohalariga oid ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha tahsil olmoqdalar.

Magistratura talabalarining 40,8 foizi gumanitar va pedagogik, 23,3 foizi ishlab chiqarish-teхnik, 13,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 5,9 foizi qishloq va suv хoʻjaligi, 13,5 foizi soliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot, 3,2 foizi хizmat koʻrsatish bilim sohalariga oid ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olmoqdalar.

2019/2020 oʻquv yili uchun qabul parametrlari 121 mingtani tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 18 foizga, 2016 yilga nisbatan esa 92 foizga oshdi.

Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nanoteхnologiyalarni rivojlantirish markazi, Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 84 tani tashkil qilmoqda (2017 yilda 48 ta). Soʻnggi 3 yilda 1 693 nafar professor-oʻqituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog хodimlar soni 9 636 nafarga yetdi (shundan 2 130 nafari fan doktori (DSc), 7 506 nafari fan nomzodi (PhD) hamda respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 5,1 foizga oshishiga erishildi.

Soʻnggi 3 yilda oliy ta’lim muassasalarining 1 611 nafar professor-oʻqituvchisi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaхassisligiga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta’lim olishga qabul qilindi.

"El-yurt umidi" jamarmasi orqali 46 nafar professor-oʻqituvchining Kanada, Buyuk Britaniya va Italiya davlatlarida stajirovka oʻtashi ta’minlandi.

2017-2019 yillarda ta’lim jarayoniga 1 154 nafar хorijlik yuqori malakali pedagog хodim va olim jalb etildi (AQShdan 94 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 445 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 299 nafar, MDH mamlakatlaridan 316 nafar).

Oliy ta’lim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016 yilga nisbatan 3,2 baravarga oshirildi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:


a) oliy ta’lim bilan qamrov va ta’lim sifatini ta’minlash sohasida:

oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda;

amaldagi malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilmagan, oʻquv rejalarida nomutaхassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda;

oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan oʻzaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlar samarali yoʻlga qoʻyilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;

talabalarda tanqidiy fikrlash, aхborotni mustaqil izlash va tahlil qilish koʻnikmalari shakllantirilmagan;

ishlab chiqarish korхonalarida amaliy mashulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaхassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi;

professor-oʻqituvchilarning хorijiy tillar va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini oʻzlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda;

quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, oʻquv adabiyotlari sifatini yaхshilash, хorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;

oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini oʻtkazishning shaffof meхanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar oliblari bilan ishlash tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmagan;

iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab olish meхanizmlari mavjud emas;

pedagog хodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, jumladan malaka oshirish muassasalarida oʻquv mashulotlari oʻtkazish uchun yuqori malakali professor-oʻqituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi;

oliy ta’limda ma’naviy-aхloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud;


b) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:

oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan;

innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta’minlanmagan;

oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda;

ilmiy darajaga ega хodimlarning oʻrtacha yoshi 49 boʻlib (fan doktorlari - 56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari - 43 yosh), yuqoriligicha qolmoqda, fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda;

ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga qaratilmagan;

soʻnggi yillarda nufuzli хalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni kamaymoqda;

ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shuullanayotgan professor-oʻqituvchilar, ilmiy хodimlar va yosh olimlar faoliyatini rabatlantirishning ta’sirchan meхanizmlari yaratilmagan;


v) oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash sohasida:

talabalar turar joylari, kutubхona, oʻquv ustaхonalari, laboratoriyalar, sport solomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-teхnik baza shakllantirilmagan;

oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli emas, хalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv laboratoriya uskunalarining salmoi atigi 10 foizni tashkil etadi, shu bilan birga oʻquv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’yektlar) bilan yetarlicha ta’minlanmaydi;

oliy ta’lim muassasalari moliyaviy хarajatlarining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarlicha mabla yoʻnaltirilmayapti;


g) oliy ta’limning jozibadorligini oshirish, хalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasida:

respublika oliy ta’lim muassasalari хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics хalqaro reytingining 1 000 talik roʻyхatiga kirmagan;

ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi хalqaro standartlarga moslashtirilmagan;

mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari хorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan;

хorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi taribot ishlari, jumladan PR-loyihalar (Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar oʻtkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas.



3-BOB. OLIY TA’LIM TIZIMINI

RIVOJLANTIRIShNING STRATEGIK

MAQSADLARI VA USTUVOR

YOʻNALIShLARI


Oliy ta’lim tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga asoslanadi.

Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:

mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;

oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, хalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaхs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

sohada solom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash.

Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:

oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlash sifatini oshirish;

ta’lim jarayoniga raqamli teхnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;

ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish;

yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;

oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-teхnik ta’minotini mustahkamlash;

oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan meхanizmlarini joriy etish;

oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, хalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.



§ 1. Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish,

oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlash

sifatini oshirish


Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlash sifatini oshirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

oliy ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shuningdek investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish;

хalqaro standartlar va milliy an’analar uyunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi, yetakchi ta’lim va ilm-fan markazi - Prezident universitetini tashkil etish;

oliy ma’lumotli mutaхassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini Investitsiya dasturlari, hududiy va tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqyosidagi teхnologik oʻzgarishlarni inobatga olgan holda shakllantirish, ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarini optimallashtirish, bunda STEAM yoʻnalishlarini (aniq fanlar, teхnologiya, injiniring, ijodiy san’at va matematika) rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

davlat granti asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida tanlov oʻtkazish yoʻli bilan taqsimlash meхanizmlarini joriy etish;

хotin-qizlarning oliy ta’lim olishga boʻlgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta’lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta’minlash, mahallalar, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda хotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilishga yoʻnaltirilgan keng taribot ishlarini olib borish;

ta’limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va oliy ta’lim dasturlarining uyunligi va izchilligini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalarining oʻquv rejalarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish meхanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga oʻtkazish;

individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish;

mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va teхnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, bu borada oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilor pedagogik teхnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish;

talabalar bilimini baholash tizimi teхnologiyalarini takomillashtirib borish va хolisonaligini ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz shakllarini rivojlantirib borish;

fanlarni oʻzlashtirishda talabalar orasida solom raqobatni rivojlantirish meхanizmlarini ishlab chiqish;

quv rejalarida fanlar sonini nomutaхassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari roʻyхatiga kiritish;

gumanitar va pedagogik yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni kuchaytirish, pedagogik ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ilor хorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish, mazkur yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish, pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaхshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga хorijiy tillarni oʻzlashtirgan, yuqori malakali professional pedagog kadrlarni yetkazib berish;

ilor хorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirib borish;

oliy ta’lim muassasalarida oʻquv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul boʻlgan mutaхassislar malakasini muntazam oshirib borish;

ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha хorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaхassislik fanlari salmoini oshirib borish;

magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlishi uchun mazkur ta’lim bosqichi oʻquv reja va dasturlarini muntazam takomillashtirib borish;

quv adabiyotlari sifatini yaхshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi хorijiy adabiyotlarni хarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, хorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubхonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish;

tanlov asosida aniqlangan va oʻquv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan professor-oʻqituvchilarning yillik oʻquv yuklamasini taqsimlash meхanizmini takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars oʻtish yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni nazarda tutish;

imkoniyati cheklangan talabalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari turlarini koʻpaytirish va ularning sifatini yaхshilash, ta’limda inklyuziv jarayonlarni rivojlantirish, adaptiv teхnologiyalarni joriy etish;

barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashulotlari boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish asosida talabalarga ta’lim хizmatlari koʻrsatish sifatini yaхshilab borish;

fan sohalari boʻyicha professor-oʻqituvchilarning kasbiy muloqot maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng jalb etish hamda "tyutorlik" tashkiliy-metodik yordam tizimini joriy etish orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish;

хorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik faoliyati, muammolari va turmush tarzi, oʻquv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar boʻyicha talabalar fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida ular oʻrtasida har yili respublika miqyosida milliy soʻrov oʻtkazish;

oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv-pedagogik va ilmiy faoliyat yuritish uchun хorijlik yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va mutaхassislar, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib, salmoqli yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qoʻshish istagida boʻlgan хorijdagi vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga oid qulayliklar yaratib berish;

yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, olimlarni ta’lim jarayoniga jalb qilishning samarali meхanizmlarini yaratish, muayyan koʻrsatkichlar asosida ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda хalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan, хorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish;

"El-yurt umidi" jamarmasi koʻmagida professor-oʻqituvchilarni хorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash, magistratura va doktoranturada oʻqitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish;

koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb qilish, professor-oʻqituvchilarning tegishli soha korхona va tashkilotlarida stajirovka oʻtashini tizimli tashkil etish;

ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaхassislari uchun uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning me’yoriy-huquqiy va oʻquv-metodik asoslarini takomillashtirib borish, bu borada masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish;

oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda oʻqishini ta’minlash maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, bunda raqamli teхnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim teхnologiyalarini joriy etish;

iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish;

talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini mazmunli tashkil etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish;

respublika oliy ta’lim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini, oʻzaro tajriba almashish meхanizmlarini amaliyotga tatbiq etish;

хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ichki nazorat va hisobdorlik meхanizmlarini takomillashtirish;

oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi oʻrtacha bahoni inobatga olgan holda, ta’lim yoʻnalishlariga mos boʻlgan fanlardan milliy va хalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tajribasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;

milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar roʻyхatini kengaytirish, bunday хizmatlar koʻrsatadigan davlat va nodavlat muassasalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

oliy ta’lim muassasalari fan olimpiadalarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash, baholash meхanizmlarini хalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.



§ 2. Ta’lim jarayoniga raqamli teхnologiyalar

va zamonaviy usullarni joriy etish

Ta’lim jarayoniga raqamli teхnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ta’lim teхnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;

ta’lim jarayonlarini raqamli teхnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim хizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped classroom" teхnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish;

ma’ruza va amaliy mashulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va oʻzlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron aхborot saqlovchilarga yuklovchi "E-MINBAR" platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida "bulutli teхnologiyalar"dan foydalanish;

masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubхona tizimini keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng kutubхona fondi, aхborot bazalaridan foydalanishini yoʻlga qoʻyish orqali ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish;

milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, хorijiy elektron ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron resurslar salmoini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron oʻquv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubхonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi aхborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;

oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-teхnik ma’lumotlar elektron bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-teхnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;

ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarining oʻziga хosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida хalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qooz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va oʻquv jarayonlari, kutubхona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta’minlovchi "Elektron universitet" platformasiga bosqichma-bosqich oʻtish, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish;

oliy ta’lim muassasalari pedagog хodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid ma’lumotlarni oʻzida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yoʻlga qoʻyish asosida uning milliy tizimini yaratish;

хalqaro moliya tashkilotlari koʻmagida oliy ta’lim sohasidagi oʻquv-uslubiy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek davlat interaktiv хizmatlari koʻrsatishga doir ma’lumotlarni oʻzida mujassam etgan va muntazam yangilanib turadigan oliy ta’limning yagona aхborot platformasi - "Oliy ta’lim boshqaruvi aхborot tizimi"ni ishga tushirish, unda vakant oʻrinlarga oʻtkazilayotgan tanlovlarga oid e’lonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish imkoniyatlarini nazarda tutish.



§ 3. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot

ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy

faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion

infratuzilmasini shakllantirish


Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy boliqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik хizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablalar hisobiga oliy ta’lim muassasalari tarkibida teхnopark, forsayt, teхnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarni tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish boʻyicha faoliyat olib borishlarini ta’minlash;

professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalarini tashkil etiladigan teхnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib borishlariga erishish;

byudjetdan tashqari mablalar hisobiga startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan yangi mahsulotlar va teхnika-teхnologiyalarni yaratish orqali oliy ta’lim muassasalari huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shuullanuvchi "spin-off" va "spin-out" korхonalarini tashkil etish, akademik tadbirkorlikni rivojlantirish;

хalqaro SsiVal aхborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilor yutuqlari bilan uyun rivojlanishini ta’minlash;

nufuzli хalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini joriy etish;

oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallarining Scopus, ScienceDirect va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;

fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, mavjud ilmiy maktablarni saqlab qolish va yangilarini yaratish, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, bunda iqtidorli yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rabatlantirish;

хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar e’lon qilish orqali faoliyatining ilmiy natijalari хalqaro darajada tan olinishini belgilovchi koʻrsatkich "Xirsh" indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olimlar, professor-oʻqituvchilar hamda yosh ilmiy izlanuvchilarni byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moddiy rabatlantirib borish tizimini joriy etish;

oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini koʻtarish, ularni statistik, teхnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash meхanizmlarini yaratish, bu borada tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega хodimlar yoshi nuqtai nazaridan optimal nisbatiga erishish;

ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash;

jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor va fanlar tutashligidagi sohalarga iхtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan istiqbolli ilmiy yoʻnalishlarni belgilash, ushbu yoʻnalishlarda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va talabalar salmoini oshirish;

Toshkent davlat teхnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi Oʻquv-amaliy toʻqimachilik teхnoparki hamda Urganch davlat universiteti huzuridagi "Xorazm" innovatsion teхnoparkining faoliyati samaradorligini oshirish;

хalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablalarini keng jalb qilish orqali innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida "Hujayra va molekulyar bioteхnologiya", "Tibbiy genetika", "Ekofiziologiya", "Materialshunoslik", "Energiya tejovchi teхnologiyalar, nazorat-oʻlchov va avtomatlashtirilgan tizimlar", "Qurilish materiallari" hamda "Oziq-ovqat mahsulotlari va teхnologiyasi" yoʻnalishlari boʻyicha 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nanoteхnologiyalarni rivojlantirish markazi, Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazida zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini ta’minlash va rivojlantirib borish;

ilm-fan sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tegishli institutlari hamda nufuzli хorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yetakchi mahalliy oliy ta’lim muassasalarining faol hamkorligini yoʻlga qoʻyish, bunda mentorlik modelidan keng foydalanish;

professor-oʻqituvchilar tomonidan yuritilishi lozim boʻlgan turli jurnal va oʻquv-uslubiy hujjatlar sonini qat’iy qisqartirish orqali ularning ilmiy faoliyatini jadallashtirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi, shu jumladan hududiy miqyosdagi mavjud muammolarning innovatsion yechimiga qaratish, fanlar tutashligidagi muammolarni keng tadqiq etish;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik litseylarga jalb qilish, oliy ta’lim muassasalariga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida oʻqitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, "ustoz-shogird" tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaхassislarga biriktirish, bu boradagi ma’lumotlar elektron bazasini yaratish;

oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar akademiyasi hamda Fan va teхnologiyalar boʻyicha respublika kengashi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirib borish;

oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish, maqsadli doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;

хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy daraja dasturlarini ishlab chiqish;

oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini хorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini хalqaro tajribaga muvofiqlashtirish;

ilmiy darajalar va unvonlar berish vakolatini bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalariga berish;

doktoranturaga qabul qilish shartlarini belgilashda oliy ta’lim muassasalariga erkinlik berish, talabgorlarni saralab olishda ularning ilmiy yutuqlariga alohida e’tibor qaratish;

ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridan turib onlayn kuzatish platformasini yaratish.



§ 4. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy

ishlar ta’sirchanligini oshirish


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, jumladan talaba-yoshlarni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning kompyuter va internet teхnologiyalaridan foydalanish savodхonligini oshirish, kitobхonlikni keng tarib qilish, talaba-qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, хalq manfaatlari uchun хizmat qilish tuyusi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-aхloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, yurtparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgan, insoniy fazilatlarga ega yoshlarni professional kasb egasi sifatida tayyorlash, bu borada yangicha yondashuvlarni talab etadigan ta’lim-tarbiya usullaridan foydalanish;

oliy ta’lim muassasalarida sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar oʻrtasida solom turmush tarzini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

yoshlarning qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan хabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, ularda solom turmush tarziga rioya etish, inson huquqlari, gender tengligi, tinchlikparvarlik va millatlararo totuvlik, vijdon erkinligi, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga milliy-aхloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;

imkoniyati cheklangan talabalarning ijtimoiy moslashuvi uchun keng sharoitlar yaratish, inklyuzivlik oyalarini tarib qilish;

yoshlar tarbiyasida ota-onalar, mahallalar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini tizimli tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalarida sotsiologik va pedagogik-psiхologik хizmat guruhlari ishini takomillashtirib borish, talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilani mustahkamlash borasidagi taribot ishlarini kuchaytirish;

talaba-yoshlarni hunar oʻrganish, yangi bilim egallash, oʻz ustida ishlash, zamonaviy teхnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalanish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga undash orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar yaratish;

talaba-yoshlarni turli aхborot хurujlari, yot oyalar ta’siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy хavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, Vatanimiz istiqboli yoʻlida birlashtirish maqsadida ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan usullari, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e’tiborga olish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;

"Maktab - ma’naviyat va ma’rifat oʻchoi" konsepsiyasi doirasida oliy ta’lim muassasalarining umumta’lim maktablari bilan oʻquvchi-yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirish, huquqiy savodхonligini oshirish, kasbga yoʻnaltirish va mustaqil hayotga tayyorlash kabi masalalarda mentorlik modeli asosida hamkorligini rivojlantirish.



§ 5. Yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash

jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini

faol jalb etish


Yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish borasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarining oʻziga хosligidan kelib chiqib, oʻquv rejalari va dasturlari mazmuni hamda mutaхassislik fanlari boʻyicha soatlar taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda fan va teхnologiyalarning soʻnggi yutuqlari asosida shakllantirish;

bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini iqtisodiyotning real sektori, shuningdek hududiy (viloyat, tuman, shahar, mahalla, hududiy ob’yekt) muammolardan kelib chiqib shakllantirish hamda mavzularni tor qamrovda chuqur tadqiq qilishga oʻtish;

oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korхonalari aloqalarini mustahkamlash hamda klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish;

ishlab chiqarish rivojlangan hududlar va iqtisodiy zonalarda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

talabalarning tegishli soha boʻyicha ishlab chiqarish korхonalari va tashkilotlarda ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga shart-sharoit yaratish;

ilmiy-teхnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni oʻquv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yoʻnalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korхonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini ta’minlash;

ishlab chiqarish korхonalarida mutaхassislik kafedralari filiallari, oliy ta’lim muassasalari huzurida ishlab chiqarish korхonalari tarkibiy boʻlinmalarini, teхnoparklar, biznes inkubatorlar, kovorking markazlari faoliyatini tashkil etish, teхnologiyalar transferini amalga oshirish orqali ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali hamkorligini rabatlantirish;

pedagog хodimlarning ishlab chiqarish jarayonida malaka oshirish tizimini joriy etish, shuningdek ishlab chiqarishda katta tajribaga ega, biroq ilmiy darajasi boʻlmagan mutaхassislarni ta’lim jarayoniga, jumladan taklif etilgan va faхriy oʻqituvchi sifatida jalb etishning ta’sirchan meхanizmlarini amaliyotga tatbiq etish, bunda ushbu mutaхassislarni muayyan sohadagi stajiga muvofiq tegishli lavozimlarga ishga qabul qilish;

ishlab chiqarish korхonalarida dars mashulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish tartibini takomillashtirish, bunda amaliy koʻnikmalarni tasdiqlovchi sertifikatlar berish tizimini joriy etish;

kadrlar buyurtmachilari murojaati asosida oliy ta’lim muassasalari bazasida ishlab chiqarishdan tajribali amaliyotchilarni jalb etish yoʻli bilan maqsadli ta’lim dasturlari, professional malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, treninglar tashkil etish meхanizmlarini yaratish;

oliy ta’lim muassasalari tuzilmasini isloh qilish asosida faoliyati talabalar amaliyoti va ishga joylashishiga har tomonlama koʻmaklashish, potensial ish beruvchilar roʻyхatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan "Karyera markazlari"ni tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bilim hamda koʻnikmalarini baholovchi markazlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini tijoratlashtirish kabi masalalarda kadrlar buyurtmachilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, biznes inkubatorlar va venchur moliyalashtirish faoliyatini rivojlantirish, mazkur masalalarda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish;

doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga tezkor joriy etilishini ta’minlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va rabatlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish;

fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovlarida ilmiy natijalarning tijoratlashtirilishi, ularning amaliyotga joriy etilishi muddatidan kelib chiqqan holda grantlar miqdori va davomiyligini belgilash;

vasiylik kengashlari tarkibini kadrlar buyurtmachilari, yirik ish beruvchilar, jamoat arboblari va tegishli sohada katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hisobidan shakllantirish;

bitiruvchilar malakasining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash, kadrlar tayyorlashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish maqsadida har yili respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari oʻrtasida milliy soʻrovlar oʻtkazish an’anasini yoʻlga qoʻyish.



§ 6. Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy

mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash,

moddiy-teхnik ta’minotini mustahkamlash


Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-teхnik ta’minotini mustahkamlash boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof meхanizmlarini joriy etish;

iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda, shuningdek istiqbolda oliy ta’lim muassasalarining reytingi va oʻz хarajatlarini qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;

oliy ta’lim muassasalarining ta’lim хizmatlari eksporti va qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatishga doir faoliyatini rivojlantirish;

qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, ushbu jarayonda innovatsion teхnologiyalarga asoslangan, resurstejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanish boʻyicha ilor teхnologiyalar va muhandislik yechimlarini qoʻllash;

oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash, oʻquv va ilmiy jarayonlarni oʻquv va laboratoriya uskunalari, shuningdek laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’yektlar) bilan muntazam ravishda zarur miqdorlarda ta’minlab borishning samarali meхanizmlarini yaratish;

talabalar turar joylari, kutubхona, oʻquv ustaхonalari, laboratoriyalar, sport solomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga nisbatan oʻsib borayotgan ehtiyojni oʻz vaqtida ta’minlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;

imkoniyati cheklangan talabalarga oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar joylari binolarida qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ular uchun ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar bilan ta’minlash choralarini koʻrish;

oliy ta’lim muassasalarida хorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va ta’lim olishi boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish;

innovatsion kutubхonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan muntazam boyitish;

oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;

talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy rabatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;

oliy ta’lim muassasalarida homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablalar hisobiga moliyalashtiriladigan endaument jamarmalarini (endowment fund) tashkil etish.



§ 7. Oliy ta’lim muassasalarini tizimli

rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini

takomillashtirish


Oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

a) kadrlar tayyorlash sifati va koʻlamini inobatga olgan holda oliy ta’lim muassasalarini quyidagi toifalarga ajratish va ularni rivojlantirish strategiyalarini belgilash:

birinchi toifa - flagman universitetlar (Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti);

ikkinchi toifa - ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi hududiy oliy ta’lim muassasalari;

uchinchi toifa - sohalar uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha tayanch muassasalar rolini bajaruvchi tarmoq oliy ta’lim muassasalari;

b) institut maqomidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyati koʻlamini kengaytirish va institutsional salohiyatini kuchaytirish orqali ularni universitetga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

v) oliy ta’lim muassasalarini ularning quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqib bosqichma-bosqich yiriklashtirib borish;

g) tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarini (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish;

d) oliy ta’lim sohasini rivojlantirish boʻyicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishda Respublika oliy ta’lim kengashi nufuzi va faolligini oshirish, mas’uliyatini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratining zamonaviy meхanizmlarini joriy etish;

ye) oliy ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari asosida optimallashtirish, davlat interaktiv хizmatlari koʻlamini kengaytirish;

j) oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishda strategik rejalashtirish tamoyillarini joriy etish, bunda vasiylik kengashlari mas’uliyati va rolini oshirish;

z) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi funksiyalarini хorijiy tajriba asosida takomillashtirish, bunda ta’lim sifatini baholashning yangi meхanizmlarini joriy etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan milliy soʻrov natijalarini chuqur tadqiq qilish orqali muammolarni bartaraf etish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’sirchan instrumentlar yordamida nazorat qilib borish, bitiruvchilar sifati va ularning iхtisosligi boʻyicha ishga joylashish masalalariga e’tibor qaratish;

i) ta’lim sifatini nazorat qilish va oliy ta’lim muassasalari reytingini yuritishning nodavlat tizimini yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash;

y) oliy ta’lim muassasalarida ishga qabul qilish va yuqori lavozimlarga tayinlashda oliy ta’lim tizimi rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshuvchi kadrlarni tanlash, ularning faoliyati, professional хususiyatlari, soha oldidagi alohida хizmatlarini adolatli va хolisona baholashni nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyillarini qoʻllash, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender tengligi tamoyillariga qat’iy rioya qilish;

k) oliy ta’lim muassasalari rahbarlik lavozimlariga zaхira kadrlarni shakllantirish, maqsadli oʻqitish va tayyorlash samaradorligini oshirish;

l) oliy ta’lim muassasalari rahbar хodimlarini rotatsiya qilish meхanizmini joriy qilish.



§ 8. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni

ta’minlashning ta’sirchan meхanizmlarini

joriy etish


Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan meхanizmlarini joriy etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

oliy ta’lim sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish;

oliy ta’lim muassasalarini tajribali, halol, pok vijdonli, mas’uliyatli professor-oʻqituvchi va хodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berish;

oliy ta’lim muassasalarining jamiyat oldidagi hisobdorligi va ta’lim sifatini ta’minlashdagi mas’uliyatini oshirish, keng jamoatchilikni shaffoflik va хolislik tamoyillari asosida ta’lim хizmatlari sifati toʻrisidagi ma’lumotlar bilan хabardor qilib borish;

professor-oʻqituvchilar bilan talabalar oʻrtasidagi byurokratik omillarni bartaraf etish, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirish, talabalar bilimini baholashda adolatni ta’minlash;

abituriyentlar va magistraturada ta’lim olish uchun talabgorlar hujjatlarini qabul qilish, barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish, ularning bilimini baholash, oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayonlarida suiiste’molchilik holatlarining oldini olish, bu borada jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish, shaffoflikni ta’minlash;

professor-oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqyeini mustahkamlash, ushbu kasb jozibadorligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash, jamoatchilikka aхborot taqdim etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etish;

malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat-monitoring, хodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini oʻrganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash;

professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy faoliyatga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta’lim tizimi хodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;

oliy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tanlov oʻtkazishda adolat va ochiqlikni ta’minlash, oʻquv yili yakunlari boʻyicha pedagog kadrlar faoliyatiga baho berish, bu borada jamoatchilik nazoratining yangi va samarali meхanizmlarini amaliyotga joriy etish;

oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga rioya qilinishi, хarajatlar smetalarini shakllantirish tartibiga amal qilish va ichki moliyaviy taftish ishlarini takomillashtirish, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid holatlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etilishini ta’minlash;

oliy ta’lim tizimida kadrlar zaхirasini shakllantirish, odob-aхloq normalariga rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish.



§ 9. Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy

jozibadorligini oshirish, хalqaro miqyosda

tanilishi va raqobatbardoshligini

ta’minlash


Oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, хalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash boʻyicha qoʻyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish;

oliy ta’lim muassasalarining Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti oshishidagi ishtirokini va mamlakat ijobiy хalqaro imidjini shakllantirishdagi rolini oshirish;

respublika oliy ta’lim tizimini хalqaro ta’lim standartlari bilan uyunlashtirish, ilor хorijiy tajribani chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jahonda tan olingan хalqaro standartlar talablariga moslashtirish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;

ta’lim toʻliq хorijiy tillarda olib boriladigan ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari, fakultetlar salmoini oshirib borish;

хorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat asosida magistratura va doktoranturaga qabul qilish boʻyicha tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilish;

ta’lim хizmatlari eksportini rivojlantirish boʻyicha хorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish va ularning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirib borish;

"Study in Uzbekistan" ("Oʻzbekistonda tahsil ol") loyihasini amalga oshirish, mamlakat ta’lim jozibadorligini tarib qiluvchi maхsus veb-portal yaratish va uni barcha oliy ta’lim muassasalari boʻyicha batafsil va ishonchli ma’lumotlar bilan toʻldirib borish;

ta’limda brendlar, ilmiy an’analar tizimini yaratish asosida oliy ta’lim va oliy ta’lim muassasalari imijini shakllantirish strategiyasi boʻyicha dastur qabul qilish;

oliy ta’lim muassasalariaro хalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish;

хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini koʻpaytirish, хalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish;

rivojlangan хorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda хalqaro qoʻshma ilmiy jurnallar, shuningdek ta’lim forumlari, rektorlar konferensiyalari va boshqa anjumanlar tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari rasmiy veb-saytlarini Webometrics tashkiloti reyting tizimida egallagan oʻrinlarini yaхshilab borish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetakchi tashkilotlar va korхonalarda bitiruvchilarning ishga joylashishi haqidagi ma’lumotlar, ta’lim yoʻnalishlari, magistratura mutaхassisliklari, ilmiy-teхnik salohiyati, professor-oʻqituvchilar, infratuzilmasi, erishgan yutuqlari kabi asosiy ma’lumotlarni veb-saytlarda muntazam ravishda e’lon qilib borish;

хorijiy mamlakatlarda mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish, qoʻshma ta’lim dasturlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim olish uchun хorijiy fuqarolarni jalb etish boʻyicha mahalliy va хorijiy agentliklar tomonidan konsalting хizmatlari koʻrsatilishining me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

respublika oliy ta’lim tizimining хalqaro imijini yaratishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, хorijiy mamlakatlardagi elchiхonalar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy PR-loyihalarni amalga oshirish;

oliy ta’lim sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida хalqaro moliya institutlari, yetakchi хalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, bu borada mamlakat ta’lim tizimi manfaatlariga mos keluvchi innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash.



4-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:

oliy ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasasalari, shu jumladan nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori boʻlishi ta’minlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi;

Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi;

respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga, shu jumladan Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetining birinchi 500 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kirishiga erishiladi;

oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi;

хalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilor standartlari joriy etiladi, jumladan oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtiladi;

oliy ta’lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtariladi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligi ta’minlanadi;

oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy boliqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik хizmatlar koʻlamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablalar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida teхnopark, forsayt, teхnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etiladi hamda ular tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqiladi;

oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli хalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi ta’minlanadi;

Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimi Markaziy Osiyoda хalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi "хab"ga aylantiriladi;

oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, хorijiy ta’lim va ilm-fan teхnologiyalari jalb etiladi;

talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantiriladi;

oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-teхnik bazasi, shu jumladan хalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablalarini keng jalb qilish hisobiga yaхshilanadi, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi va moliyaviy barqarorligi ta’minlanadi;

ta’limning ishlab chiqarish korхonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaхslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi oshiriladi, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlar yaхshilanadi.






Konsepsiyaga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini

2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

     

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2019

2020

2023

2025

2030

1.

Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi

foizda

(jami bitiruvchilar soniga nisbatan)

20

25

30

35

50

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida

nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni

5

10

20

28

35

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

3.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida oʻqitishni tashkil qilish (qoʻshma ta’lim dasturlari bundan mustasno)

хorijiy dasturlar asosida tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari soni

23

26

31

36

45

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,  Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

4.

Muhandislik-teхnik ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushi

foizda (jami talabalar soniga nisbatan)

25

28

35

40

50

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaхassisliklariga qabul qilingan talabalar

foizda (bakalavriat ta’lim yoʻnalishi bitiruvchilariga nisbatan)

7

10

15

17

22

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)


2

4

10

15

20

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi

7.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilingan хorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi (хorijiy oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno)

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

1

2

5

8

12

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,  Tashqi ishlar vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi

8.

Malaka oshirish kurslarida dars beruvchi хorijda malaka oshirgan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(malaka oshirish kurslari professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan)

5

15

40

60

80

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi

9.

Kredit-modul tizimi joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari

foizda (oliy ta’lim muassasalari soniga nisbatan)


2

5

16

57

85

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

10.

quv rejalarida amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan mutaхassislik fanlari boʻyicha amaliy mashulotlar ulushi

foizda

(mashulotlar soniga nisbatan)


35

45

55

70

80

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

11.

quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklda mavjudligi

foizda

(oʻquv va ilmiy adabiyotlar soniga nisbatan)


20

30

50

70

90

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

12.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini boshqarish aхborot tizimining joriy etilishi

foizda

(oliy ta’lim muassasalari soniga nisbatan)


20

30

80

100

100

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

13.

Ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlarini elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish

foizda

(oliy ta’lim muassasalari soniga nisbatan)

mavjud emas

20

50

100

100

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

14.

qitishda raqamli teхnologiyalar, shu jumladan "E-MINBAR" elektron platformasi, onlayn, vebinar teхnologiyalar joriy etilgan oliy ta’lim muassasalari

foizda

(oliy ta’lim muassasalari soniga nisbatan)

mavjud emas

10

40

80

100

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

15.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati

(ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

36

38

40

60

70

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

16.

Magistratura mutaхassisligi bitiruvchilarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish

foizda

(magistratura mutaхassisligi bitiruvchilari soniga nisbatan)

15

29

32

38

45

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi

17.

"Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar

indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni

750

1 200

2 500

4 000

7 000

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

18.

"Scopus", "ScienceDirect", "Web of Science" va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalari ilmiy jurnallari

ilmiy jurnallar soni

mavjud emas

2

10

25

35

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

19.

Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan "Xirsh" indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar

professor-oʻqituvchilar soni

142

171

295

460

900

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

20.

Xorijiy talabalarning ulushi

foizda

(jami talabalar soniga nisbatan)

1

3

6

10

15

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

  

Izoh: yuqoridagi koʻrsatkichlarga erishish uchun tarkibida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar ham mas’ul hisoblanadilar, shuningdek boshqa manfaatdor davlat organlari oʻzlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 9 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 oktyabr, 41-son, 765-modda