Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2019 y. 856-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2019 y.

N 856



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGINING APELLYaTsIYa

KENGAShI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi bilan boliq boʻlgan apellyatsiyalarni koʻrib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi toʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 1 iyuldagi 298-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 55-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 oktyabrdagi

856-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi

toʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 1 iyuldagi 298-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Patent vakillari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida".


2. 1-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 9 oktyabrdagi

856-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz

kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni)" 2008 yil 7 maydagi 89-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 5-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2008 yil 30 iyuldagi OʻRQ-164-son Qonuni)" 2008 yil 9 sentyabrdagi 204-son qaroriga ilovaning 1-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektualmulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 8 iyundagi 166-son qarori)" 2011 yil 6 sentyabrdagi 248-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 9-son, 74-modda) ilova 3-bandining "b" kichik bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 14 oktyabr, 41-son, 773-modda