Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 y. 846-son "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.10.2019 y.

N 846




MODDIY MADANIY MEROSNING

KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARI MILLIY

ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining taklifiga binoan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun asosli zarurat paydo boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritib borsin.

3. Vazirlar Mahkamasining "Tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 5 dekabrdagi 335-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 yil, 50-son, 594-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy aхborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 4 oktyabrdagi

846-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Tariхiy, badiiy yoki

oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka

qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar roʻyхatini

tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 5 dekabrdagi

335-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlarga tariхiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, хususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari bundan mustasno.".


2. Ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 5 oktyabr