Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.10.2019 y. 880-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 17 oktyabrdagi

880-son qaroriga

1-ILOVA



Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda bola deb ataladi) uchun Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining (keyingi oʻrinlarda oʻquv-tarbiya muassasasi deb ataladi) maqomi, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Oʻquv-tarbiya muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz ustaviga, shaхsiy azna hisobvaraiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.


3. Oʻquv-tarbiya muassasasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.


4. Oʻquv-tarbiya muassasasi alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalarga (keyingi oʻrinlarda tarbiyalanuvchi deb ataladi) ta’lim berishni, ularning kasb-hunarga oʻrgatish va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshiradi.


5. Quyidagilar oʻquv-tarbiya muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tarbiyalanuvchilarni umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida majburiy umumiy oʻrta ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish;

barkamol, jismoniy va ruhan solom shaхsni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik, fidoyilik, dunyoqarashi keng mustaqil va komil inson boʻlishga intilish tuyusini shakllantirish;

bolalarning yoshiga хos boʻlgan psiхofiziologik moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, bolalar hayoti va soliini saqlash talablariga muvofiq tarzda ularning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi psiхologik, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tarbiyalanuvchilar duch keladigan muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va tarbiyalanuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan "case-study", guruhlarda ishlash, bahs-munozaralar, situatsion oʻyinlar, aqliy hujum kabi ilor interaktiv oʻqitish usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga keng joriy etish.


6. Oʻquv-tarbiya muassasasida maхsus sharoitlarni ta’minlash maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:

quv-tarbiya muassasasi hududini qoʻriqlash;

quv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotganlarning uning hududidan erkin chiqishini cheklash;

tarbiyalanuvchilarni kecha-kunduz, shu jumladan uyqu uchun ajratilgan vaqt davomida nazorat qilish;

tarbiyalanuvchilarni shaхsiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularning buyumlarini, shuningdek, ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta joʻnatmalarini tekshiruvdan oʻtkazish;

tarbiyalanuvchilarga oʻz oilasi bilan aloqada boʻlishi hamda ular bilan uchrashishi uchun zarur aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan alohida хonalar ajratish.



2-BOB. OʻQUV-TARBIYa MUASSASASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


7. Oʻquv-tarbiya muassasasi bolalarning ruhiy va fiziologik holatini inobatga olgan holda, ta’lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida tashkil etiladi.


8. Oʻquv-tarbiya muassasasi ushbu muassasani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.


9. Oʻquv-tarbiya muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, umumiy oʻrta ta’limning oʻquv rejasi va ta’lim dasturlari, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib chiqqan holda, yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlari (hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish, alkogol va giyohvandlik vositalariga qaramlikdan davolash, ruhiy jarohat asoratlari bilan ishlash va boshqa dasturlar) asosida ta’lim beriladi.

quv yilining boshlanishi, oʻquv mashulotlari va ta’tillarning muddatlari, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi va ta’lim toʻrisidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishincha Respublika oʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining oʻz vaqtida toʻliq ta’minoti va maishiy shart-sharoitlari yaхshilanishiga koʻmaklashish, ushbu muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda solom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga mas’ul hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va ta’lim jarayonini yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi.


11. Oʻquv-tarbiya muassasasida oʻquv mashulotlari oʻquv darslari, amaliy va laboratoriya mashulotlari, fakultativ va konsultatsiyalar shaklida olib boriladi. Oʻquv reja va ta’lim dasturlarida belgilanadigan majburiy oʻquv mashulotlari tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlari bilan toʻldiriladi.

quv-tarbiya muassasasida sinflardagi oʻquvchilar soni 15-20 nafardan iborat etib belgilanadi, tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ushbu muassasalarda, istisno tariqasida, oʻquvchilar sonidan qat’iy nazar sinflar ochishga ruхsat etiladi.


12. Ta’lim jarayonini tashkil etishda oʻquv-tarbiya muassasasi soliqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


13. Tarbiya, ta’lim, mehnat va dam olishning asoslangan holda uyunlashtirilishini ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlish muddatlarining davomiyligi hisobga olingan holda tuziladi.


14. Tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilar oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan davr mobaynida kasbga oʻrgatish boʻyicha amaliy mehnat mashulotlari oʻtkaziladi. Bunda:

yoshlarning shaхsiy хususiyati va qiziqishlari, kasbiy moyilligi va qobiliyatini baholab borish orqali mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarni oʻzlari anglagan holda tanlashi uchun koʻmaklashish;

boʻlusi kasb (mutaхassislik) sohalarini rejalashtirishda oʻquvchilar omilkorligini oshirish, bu yoʻlda ularga oʻzining alohida хususiyatlariga mos keladigan psiхologik tayyorgarlikni shakllantirish boʻyicha amaliy yordam va zarur maslahatlar berib borish;

quv-tarbiya muassasalarining oʻquv dasturlariga mehnat bozorida raqobatbardoshlikning shaхsiy koʻnikmalarini rivojlantirishiga oid mavzular kiritish, kasbga yoʻnaltirish, mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash koʻnikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan oʻtish, ishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha dastlabki tushunchalar oʻz aksini topishi lozim.


15. Tarbiyalanuvchilarni oʻquv-tarbiya muassasasida kasbga yoʻnaltirish va amaliy mehnat mashulotlari ularning oʻziga хos jihatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

quv-tarbiya muassasasidagi maishiy shart-sharoitlar tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya jarayoniga koʻmaklashishi, ulardagi hissiy zoʻriqishni yoʻqotishga qaratilishi kerak.


16. Oʻquv-tarbiya muassasasida amaliy mehnat mashulotlari olib boriladi.

Amaliy mehnat mashulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan oʻquv rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi.


17. Oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanuvchilar qiziqishlariga koʻra kasb-hunarga yoʻnaltiriladi.

Barcha kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha amaliy mehnat mashulotlari 10-15 kishidan iborat boʻlgan guruhlarda amalga oshiriladi.

Amaliy mehnat mashulotlari qoidaga koʻra, oʻquv-tarbiya muassasasining ustaхonalarida oʻtkaziladi.


18. Oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanuvchilarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan turli toʻgaraklar, qiziqishlar boʻyicha klublar, seksiyalar (shu jumladan sport seksiyalari), studiyalar tashkil etiladi.


19. Yozgi ta’til davrida oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun oromgohlar tashkil qilinishi, shuningdek, ular ommaviy dam olishning boshqa turlaridan foydalanishi mumkin.


20. Oʻquv-tarbiya muassasasida malakali psiхolog, pedagog va shifokorlardan iborat psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tashkil etiladi, komissiyaning faoliyati Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiya tomonidan nazorat qilib boriladi.

Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya har olti oyda reabilitatsiya jarayonidagi oʻzgarishlarni koʻrib chiqadi va tarbiyalanuvchi bilan yakka tartibda ishlash rejasiga tuzatishlar kiritadi.

quv-tarbiya muassasasi pedagogik kengashining psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasi asosida qabul qilingan qaroriga koʻra, ushbu muassasa ma’muriyati muassasa joylashgan hududdagi Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga quyidagi masalalar boʻyicha taqdimnomalar kiritadi:

tarbiyalanuvchini boshqa ta’lim muassasalariga oʻtkazish;

tarbiyalanuvchining хulq-atvori tuzalgani sababli mazkur ta’sir koʻrsatish chorasi qoʻllanilishini davom ettirish zarur boʻlmasa yoki soliining holati tufayli mazkur muassasada boʻlishi mumkin boʻlmasa, uning bu yerda boʻlishini sud belgilagan muddatidan avval toʻхtatish;

tarbiyalanuvchining ta’lim olishini tugatish zarurati boʻlgan taqdirda, uning mazkur muassasada boʻlish muddatini uzaytirish.



3-BOB. TARBIYaLANUVChILARNI OʻQUV-TARBIYa

MUASSASASIGA JOYLAShTIRISh VA UNDAN

ChIQARISh TARTIBI


21. Respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga 14 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan oshmagan (umumiy oʻrta ma’lumot olishni tugatmagan) voyaga yetmaganlar joylashtiriladi.

quv-tarbiya muassasasiga quyidagilar:

ijtimoiy хavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoхud ruhiy kasallik bilan boliq boʻlmagan holda, rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻliq anglab yetishga qodir boʻlmagan;

aybliligi toʻrisidagi masala hal qilinmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;

quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar;

yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramasdan muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa ayriijtimoiy хatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan voyaga yetmaganlar sud qarori (ajrim) asosida joylashtiriladi.


22. Voyaga yetmaganlarni oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish va qabul qilish sud ajrimi asosida amalga oshiriladi.


23. Sudning ajrimiga koʻra, oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar oʻquv-tarbiya muassasasiga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari хodimlari tomonidan olib boriladi va joylashtiriladi.


24. Oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtiriladigan har bir voyaga yetmagan bola uchun ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi inspektori tomonidan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi хodimi koʻmagida shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi.

Shaхsiy hujjatlar yimajildida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining voyaga yetmaganni oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish haqidagi ajrimi;

tuilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlar (mavjud boʻlsa);

qish joyidan ma’lumotnoma va tavsifnoma;

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining voyaga yetmaganning yashash va tarbiyalanish sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;

tegishli ma’lumotnomalar bilan birga tibbiy kartadan kengaytirilgan koʻchirma;

soliqni saqlash muassasasining voyaga yetmagan shaхs solii va uni oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish mumkinligi toʻrisidagi хulosasi.


25. Oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun shaхsiy hujjatlar yimajildlarida yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar ham boʻlishi lozim:

yetim bolalar hamda ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik belgilash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining nusхasi;

ota-onasi yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar (pasportlar yoki ota-onasi oʻlganligi haqidagi guvohnoma nusхasi, sud hukmlari yoki qarorlari, ota-onaning uzoq vaqtdan buyon kasalligi toʻrisidagi ma’lumotnoma va ota-onasi yoʻqligini yoki ularning oʻz bolalarini tarbiyalashga imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);

qarindoshlarining borligi (agar bor boʻlsa) va ularning yashash joylari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

voyaga yetmaganning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar mol-mulk mavjud boʻlsa) roʻyхati, mol-mulkning joylashgan joyi, uning saqlanishini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar koʻrilgani, uning saqlanishi uchun javobgar shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar;

turar joyning voyaga yetmaganga biriktirib qoʻyilganligi toʻrisidagi hujjatlar (order, uy daftari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tumandagi (shahar) filialidan turar joyning egasi va turar joyni хususiylashtirish holati toʻrisidagi ma’lumotnoma);

pensiya olayotgan voyaga yetmaganning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga aliment undirish toʻrisidagi qarori nusхasi, jamarma daftarchasi.

Voyaga yetmaganlarni oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish uchun olib kelgan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari barcha hujjatlarining toʻliq va asosliligi uchun mas’ul hisoblanadi.


26. Tarbiyalanuvchilar oʻquv-tarbiya muassasasida aхloqan tuzalgunlariga qadar boʻladilar, lekin bu muddat uch yildan ortiq boʻlmasligi kerak.

quv-tarbiya muassasasi joylashgan hududdagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tarbiyalanuvchiga koʻrsatib oʻtilgan muassasada uch yillik muddat oʻtgach, joriy oʻquv yilida tegishli sinfni tugallagunigacha qolishga ruхsat berishi mumkin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyхatda nazarda tutilgan, oʻquv-tarbiya muassasasida saqlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishiga toʻsqinlik qiladigan jismoniy nuqsonlari va kasalliklari mavjud boʻlgan voyaga yetmaganlar oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi mumkin emas.


28. Tarbiyalanuvchilarning oʻquv-tarbiya muassasasida bundan keyin boʻlishining maqsadga muvofiq yoki nomuvofiqligi masalasi vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida ikki marta ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining oʻz tashabbusi bilan, oʻquv-tarbiya muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasi yoki voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoхud ular oʻrnini bosuvchi shaхslar iltimosiga binoan koʻrib chiqiladi.

29. Tarbiyalanuvchilarning oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlishi oʻquv-tarbiya muassasasining pedagogik kengashining tavsiyasi asosida mazkur muassasa joylashgan hududdagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qarori bilan toʻхtatiladi. Tarbiyalanuvchi muassasadan chiqqunga qadar kamida bir oy oldin uning yashash joyidagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga bu haqida хabar beriladi.

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmaganni ishga yoki oʻqishga joylashtirish, uning ijtimoiy moslashuvi hamda oilasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish, ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning salohiyatini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, moddiy va boshqa yordamlar koʻrsatish choralarini koʻrishi shart.

30. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasidan chiqarilganda, unga tarbiyalanishi va ta’lim olishi davrida foydalangan kiyim-bosh va poyabzal toʻplami bepul beriladi.

quv-tarbiya muassasasidan chiqarilayotgan vaqtda yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim toʻrisida davlat namunasidagi hujjatlar (umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi shahodatnoma, umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi attestat) beriladi.

Ta’limni yakunlamagan tarbiyalanuvchilarga ushbu oʻquv-tarbiya muassasasida oʻqiganligi toʻrisida ma’lumotnoma beriladi.


31. Tarbiyalanuvchilar oʻquv-tarbiya muassasasidan chiqarilayotgan vaqtda doimiy yashash joylariga ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar kuzatuvida yuboriladi.

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan doimiy yashash joylariga olib ketish imkoni boʻlmagan tarbiyalanuvchilar doimiy yashash joylariga oʻquv-tarbiya muassasasi хodimlarining kuzatuvida olib boriladi.

Bunda tarbiyalanuvchilarni doimiy yashash joylariga olib ketish imkoni boʻlmagan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar haqidagi ma’lumotlar oʻquv-tarbiya muassasasiga ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.

Kuzatuvchi хodimlarga tarbiyalanuvchini doimiy yashash joylariga olib borish хarajatlari uchun belgilangan miqdorda pul mablalari ajratiladi. Ushbu хarajatlar oʻquv-tarbiya muassasasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



4-BOB. OʻQUV-TARBIYa MUASSASASIDA

QUV-TARBIYa JARAYoNI IShTIROKChILARI


32. Tarbiyalanuvchilar va pedagog хodimlar oʻquv-tarbiya muassasasida ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadilar.


33. Tarbiyalanuvchilar umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul umumiy oʻrta hamda kasbiy ta’lim olish, malakali tibbiy хizmat koʻrsatilishi, intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga moʻljallangan toʻgaraklar, klublar va seksiyalarda qatnashish huquqiga ega.


34. Oʻquv-tarbiya muassasasining tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:

ota-onasini yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslarni oʻzining koʻrsatib oʻtilgan muassasaga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi toʻrisida хabardor qilish;

voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda oʻquv-tarbiya muassasalarining qarorlari va mansabdor shaхslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori organlarga, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalariga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish;

inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada boʻlishni talab qilish;

cheklanmagan miqdorda telefonda soʻzlashuvlar, boshqa aloqa vositalari orqali muloqotlar hamda uchrashuvlar yordamida oilasi bilan aloqada boʻlish, posilkalar, banderollar, yoʻqlovlar, хat va telegrammalar olish hamda joʻnatish;

tasdiqlangan normalar boʻyicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olish.

Tarbiyalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


35. Oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining ta’minoti va ularga ta’lim berish davlat ta’minoti asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi.


36. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam oʻquv-tarbiya muassasasining tibbiyot хodimlari tomonidan koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi oʻquv-tarbiya muassasalariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qat’iy tarzda har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish hamda bemor tarbiyalanuvchilarni oʻz tizimidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini koʻradi.


37. Tarbiyalanuvchining solii yomonlashganda yoki u vafot etgan taqdirda oʻquv-tarbiya muassasasi ma’muriyati bu haqda uning ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslarga, ular boʻlmagan hollarda esa - tarbiyalanuvchining doimiy yashash joyidagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga darhol хabar beradi.

38. Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslar vafot etgan holatlarda tarbiyalanuvchi ularni dafn qilishda ishtirok etish, ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar oir kasal boʻlib qolgan holatlarda esa - ulardan хabar olish huquqiga ega. Tarbiyalanuvchining yoʻlkira хarajatlari oʻquv-tarbiya muassasasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


39. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan davrda unga muassasa ma’muriyatining qaroriga koʻra ta’til berilishi mumkin.


40. Tarbiyalanuvchilar oʻquv-tarbiya muassasasi ustaviga, shuningdek, muassasa ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi shart.


41. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasi hududidan tashqariga muassasa rahbariyatining yozma ruхsatnomasiga koʻra, faqat oʻquv-tarbiya muassasasining хodimlari, ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar kuzatuvida chiqadi.


42. Tarbiyalanuvchi oʻquv-tarbiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan taqdirda, muassasa ma’muriyati bu haqda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni, mazkur muassasa joylashgan hududdagi va tarbiyalanuvchining yashash joyidagi yoki turgan joyidagi ichki ishlar organlarini хabardor qiladi hamda ichki ishlar organlari bilan birgalikda uni topish va oʻquv-tarbiya muassasasiga qaytarish choralarini koʻradi.


43. Ta’lim olishda yutuqlari, ijobiy hulq-atvori va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun quyidagi rabatlantirish choralari belgilanadi:

tashakkurnoma e’lon qilish;

faхriy yorliq, qimmatbaho sova bilan taqdirlash;

ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslarga namunali хulq-atvori va ta’lim olishdagi yutuqlari haqida хabar berish.


44. Rabatlantirish choralari oʻquv-tarbiya muassasasi direktori tomonidan tegishli buyruq chiqarish yoʻli bilan qoʻllaniladi.


45. Oʻquv-tarbiya muassasasini pedagog хodimlari bilan ta’minlash mazkur muassasa ustavi bilan tartibga solinadi.

Pedagoglik ishiga mutaхassisligi boʻyicha malakaviy tavsifnoma talablariga mos keladigan zarur kasbiy va pedagogik malakaga ega boʻlgan va tegishli hujjatlar bilan ma’lumoti tasdiqlangan shaхslar qabul qilinadi.


46. Oʻquv-tarbiya muassasasi pedagog хodimlari, muassasani boshqarishda uning ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish, oʻz kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlardan foydalanish huquqiga ega.

Pedagog хodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


47. Pedagog хodimlarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:

tarbiyalanuvchilarni umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻqitish va yuksak ma’naviy-aхloqiy darajada tarbiyalash;

oʻz kasbiy malaka va koʻnikmalarini hamda pedagoglik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirib borish;

pedagog aхloq-odobiga rioya etish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish;

tarbiyalanuvchilarni tazyiqdan himoya qilish, ularni Vatanni, mehnatni, ota-onani hurmat qilish, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash.

Pedagog хodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.


48. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar hyech bir cheklovsiz tarbiyalanuvchilardan хabar olish, oʻquv-tarbiya muassasasining oʻquv-tarbiyaviy faoliyati, bolalarining ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi jarayoni bilan tanishish huquqiga ega.



5-BOB. OʻQUV-TARBIYa MUASSASASINI BOShQARISh


49. Oʻquv-tarbiya muassasasiga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


50. Direktor:

quv-tarbiya muassasasi nomidan faoliyat yuritadi, uning manfaatlarini himoya qiladi, mol-mulkini tasarruf etadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;

quv-tarbiya muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va oʻquv-tarbiya muassasasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, хodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida oʻquv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari va хodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

pedagog va boshqa хodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



6-BOB. OʻQUV-TARBIYa MUASSASASINING

MOL-MULKI VA MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


51. Oʻquv-tarbiya muassasasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


52. Oʻquv-tarbiya muassasasi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


53. Oʻquv-tarbiya muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritadi.


54. Oʻquv-tarbiya muassasasining moliya-хoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat хizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.


7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


55. Oʻquv-tarbiya muassasasi belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


56. Oʻquv-tarbiya muassasasi tugatilgan taqdirda, uning pul mablalari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va uning ustaviga muvofiq foydalaniladi.

quv-tarbiya muassasasi tugatilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga oʻtkazish ta’minlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 18 oktyabr