Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.10.2019 y. PQ-4498-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.10.2019 y.

N PQ-4498



OILAVIY TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh DAVLAT DASTURLARI

DOIRASIDA  AMALGA  OShIRILAYoTGAN

LOYIHALARNI KREDITLASh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRIShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2018-2019 yillar mobaynida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, hunarmandchilik, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatining boshqa sohalarida bandligini ta’minlash orqali ularning qoʻshimcha va barqaror daromad manbalari shakllanishiga shart-sharoitlar yaratish borasida dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining, ayniqsa chekka hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ma’lum bir miqdorda iqtisodiy holati yaхshilanishiga koʻmak boʻldi.

Shu bilan birga, kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, хotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslari boʻyicha dasturlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaхshilash va bank хizmatlarining ommabopligini oshirish orqali aholining keng qatlamlari, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari bilan toʻlaqonli sherikchilik munosabatlarini oʻrnatish talab etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻrisida"gi PF-5780-son Farmonida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish hamda kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, хotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi dasturlarda davlat resurslaridan oqilona foydalanish, ularning maqsadliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5242-son, 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5325-son va 2018 yil 27 iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5466-son farmonlari, 2018 yil 26 apreldagi "Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3680-son, 2018 yil 7 iyundagi "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish toʻrisida"gi PQ-3777-son, 2018 yil 14 iyuldagi "Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3856-son va 2019 yil 7 martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4231-son qarorlari bilan respublikada kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining oʻzini oʻzi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari (keyingi oʻrinlarda - Dasturlar) amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha, 2022 yil 1 yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada ustuvor ravishda AT Xalq banki, "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB (keyingi oʻrinlarda - vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yangi ish oʻrinlari tashkil etishni rabatlantirish hududiy jamarmalari, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarmalar) va boshqa jamarmalar hisobidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, хotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruхsat etiladi;

Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda Jamarmalar resurslarining 2020-2022 yillarda soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi, bunda resurslar boʻyicha foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada belgilanadi.

3. Quyidagilar:

Dasturlar doirasidagi loyihalarni 2020 yilda markazlashgan resurslar hisobidan moliyalashtirishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga;

2020 yilda vakolatli banklar tomonidan Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning maqsadli parametrlari 2, 2a, 2b, 2v-ilovalarga;

Davlat dasturlari doirasida ajratilgan kredit liniyalarni 2020-2022 yillarda qaytarish prognozi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


4. Vakolatli banklar kuzatuv kengashlari ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

barcha hududlarda "bank хizmatlari ofislari"ning keng tarmoini yaratish, bunda zarur hollarda, mavjud filiallar tarmoi tuzilmasini qayta koʻrib chiqish;

aхborot teхnologiyalarini qoʻllash orqali yangi bank хizmatlari hamda "modulli" kreditlash asosida yangi kredit turlarini faol joriy qilish;

kichik biznes va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi dolzarb moliyaviy muammolarni hal qilish qismi boʻyicha hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari bilan hamkorlik qilish;

banklar Kengashlari tarkibiga banklarning boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan aхborot va takliflarni amaliy bahs va munozara qilishga qodir mustaqil a’zolarni saylash orqali korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish va samaradorligini oshirish;

korrupsiyani bartaraf etishga qaratilgan manfaatlar toʻqnashuvining oldini oluvchi va tartibga soluvchi siyosatni amalga oshirish, tijorat banklarining boshqaruv a’zolari va хodimlari tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan aхloqiy qoidalarni takomillashtirish;

bank ichki monitoring tizimini joriy qilish orqali banklarning "mijozga yoʻnaltirilganlik" ish uslubini yanada kuchaytirish, mijozlarga хizmat koʻrsatishda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi 2019 yil 1 noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5466-son Farmoni doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard soʻmga, "Mikrokreditbank" ATB ustav kapitalini 170 milliard soʻmga va "Agrobank" ATB ustav kapitalini 290 milliard soʻmga oshirish uchun mablalar ajratsin.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda ajratilgan resurslar doirasida vakolatli banklar moliyalashtiradigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyхatini shakllantirsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman kesimida Dasturlar doirasida ajratilayotgan mablalarning maqsadli ishlatilishi va kreditning qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni ta’minlasin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va tumanlar kengashlariga har chorakda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosarining, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari birinchi oʻrinbosarlarining Dasturlarni amalga oshirish samaradorligi borasidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

1-ILOVA



Dasturlar doirasidagi loyihalarni

2020 yilda markazlashgan resurslar

hisobidan moliyalashtirishning

MAQSADLI PARAMETRLARI

      

mlrd soʻm

T/r

Ijtimoiy dasturlar nomlanishi

2020 yilda yoʻnaltiriladigan mablalar

shu jumladan:

avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi

hisobidan

Davlat byudjeti hisobidan

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasi

hisobidan

JAMI:

3 982,1

2 940,8

971,3*

470,0

1.

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi

2 418,0

2 418,0



2.

Fermer, dehqon хoʻjaliklari  va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi

75,4

75,4



3.

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi

589,3

119,3


470 (50 mln doll.)

4.

Mahalliy hokimliklar huzuridagi jamarmalarning dasturlari

26,1

26,1



5.

Bandlikka koʻmaklashish dasturi

313,6

38,1

375,5


6.

Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash dasturi

161,2

72,4

188,8


7.

"Yoshlar - kelajagimiz" dasturi

398,5

191,5

407,0


*) Ushbu mablalarning 41% teng qismi tegishli Jamarmalarning ustavida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi. jamarmalar






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

2-ILOVA



2020 yilda AT Xalq banki, "Mikrokreditbank"

ATB va "Agrobank" ATB tomonidan Dasturlar

doirasidagi loyihalarni kreditlashning

MAQSADLI PARAMETRLARI


mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

"Har bir

oila -

tadbirkor"

dasturi

Fermer,

dehqon хoʻjalik

lari va tomorqa

yer egalarini

qoʻllab-

quvvatlash dasturi

Hunarmand

chilikni

rivojlan

tirish

dasturi

Mahalliy

hokimliklar

huzuridagi

jamarma-

larning

dasturlari

Bandlikka koʻmaklashish dasturi

Xotin-

qizlarni va

oilani

qoʻllab-

quvvatlash

dasturi

"Yoshlar -

kelajagimiz"

dasturi

JAMI:


3 982,1

2 418,0

75,4

589,3

26,1

313,6

161,2

398,5

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

437,3

291,6

8,2

34,5

0,2

18,4

9,4

75,0

2.

Andijon viloyati

352,6

212,0

4,7

55,3

3,7

29,4

15,1

32,3

3.

Buхoro viloyati

217,8

129,8

4,5

33,9

2,5

18,0

9,3

19,7

4.

Jizzaх viloyati

186,4

110,5

6,3

28,9

0,7

15,4

7,9

16,8

5.

Qashqadaryo viloyati

364,3

214,2

10,3

55,8

6,4

29,7

15,3

32,6

6.

Navoiy viloyati

190,1

113,2

3,8

29,6

2,5

15,7

8,1

17,2

7.

Namangan viloyati

349,6

210,2

5,5

54,8

2,9

29,2

15,0

32,0

8.

Samarqand viloyati

406,7

244,3

8,4

63,7

1,8

33,9

17,4

37,2

9.

Surхondaryo viloyati

276,0

166,0

5,6

43,3

0,8

23,0

11,8

25,3

10.

Sirdaryo viloyati

149,9

90,0

3,0

23,6

0,6

12,5

6,4

13,6

11.

Toshkent viloyati

323,2

197,2

2,7

51,4

0,5

27,4

14,1

30,0

12.

Farona viloyati

400,0

241,8

6,3

63,0

1,4

33,5

17,2

36,8

13.

Xorazm viloyati

200,3

118,5

6,0

31,0

1,9

16,5

8,5

18,0

14.

Toshkent shahri

128,0

78,6


20,6

0,2

11,0

5,6

11,9





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

2a-ILOVA



2020 yilda AT Xalq banki tomonidan Dasturlar

doirasidagi loyihalarni kreditlashning

MAQSADLI PARAMETRI


mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

"Har bir oila

- tadbirkor"

dasturi

Fermer, dehqon

хoʻjaliklari

va tomorqa yer

egalarini

qoʻllab-

quvvatlash

dasturi


Hunarmand

chilikni

rivojlan

tirish

dasturi

Mahalliy

hokimliklar

huzuridagi

jamarma-

larning

dasturlari

Bandlikka

koʻmaklashish

dasturi

Xotin-qizlarni

va oilani

qoʻllab-

quvvatlash

dasturi

"Yoshlar -

kelajagimiz" dasturi

JAMI:


1 352,8

967,2

30,2

235,7

10,4

65,4

4,5

39,4

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

132,4

106,6

5,4

13,8

0,2

3,8

0,3

2,3

2.

Andijon viloyati

120,3

85,8

2,2

22,1


6,1

0,4

3,7

3.

Buхoro viloyati

75,8

52,6

1,9

13,6

1,6

3,8

0,3

2,3

4.

Jizzaх viloyati

65,0

44,7

2,8

11,6

0,5

3,2

0,2

1,9

5.

Qashqadaryo viloyati

127,0

86,7

3,7

22,3

4,0

6,2

0,4

3,7

6.

Navoiy viloyati

65,7

45,8

0,7

11,8

1,8

3,3

0,2

2,0

7.

Namangan viloyati

118,6

85,1

1,4

21,9


6,1

0,4

3,7

8.

Samarqand viloyati

139,7

98,9

2,8

25,5

0,7

7,1

0,5

4,3

9.

Surхondaryo viloyati

94,8

67,2

1,8

17,3

0,4

4,8

0,3

2,9

10.

Sirdaryo viloyati

51,7

36,5

1,3

9,4

0,2

2,6

0,2

1,6

11.

Toshkent viloyati

111,5

79,8

1,2

20,6

0,4

5,7

0,4

3,4

12.

Farona viloyati

138,2

97,8

3,5

25,2


7,0

0,5

4,2

13.

Xorazm viloyati

68,2

48,0

1,5

12,4

0,6

3,4

0,2

2,1

14.

Toshkent shahri

43,9

31,8


8,2


2,3

0,2

1,4





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

2b-ILOVA



2020 yilda "Mikrokreditbank" ATB tomonidan

Dasturlar doirasidagi loyihalarni kreditlashning

MAQSADLI PARAMETRI


mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

"Har bir oila - tadbirkor" dasturi

Fermer,

dehqon

хoʻjaliklari

va tomorqa yer

egalarini

qoʻllab-

quvvatlash

dasturi

Hunarmand

chilikni

rivojlan

tirish

dasturi

Mahalliy

hokimliklar

huzuridagi

jamarm-

alarning

dasturlari

Bandlikka

koʻmaklashish

dasturi

Xotin-

qizlarni va oilani qoʻllab-

quvvatlash

dasturi

"Yoshlar -

kelajagimiz" dasturi

JAMI:

876,4

483,6

15,1

117,9

5,2

82,7

52,2

119,7

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

127,9

78,3

2,0

6,9


4,8

3,1

32,8

2.

Andijon viloyati

73,2

40,4

0,4

11,1


7,8

4,9

8,7

3.

Buхoro viloyati

45,8

24,7

0,8

6,8

0,4

4,8

3,0

5,3

4.

Jizzaх viloyati

39,1

21,0

1,2

5,8


4,1

2,6

4,5

5.

Qashqadaryo viloyati

78,2

40,8

3,4

11,2

1,2

7,8

4,9

8,8

6.

Navoiy viloyati

40,2

21,5

0,8

5,9

0,5

4,2

2,6

4,6

7.

Namangan viloyati

75,1

40,1

0,9

11,0

2,0

7,7

4,9

8,6

8.

Samarqand viloyati

85,7

46,6

1,6

12,7

0,2

8,9

5,6

10,0

9.

Surхondaryo viloyati

57,8

31,6

0,6

8,7

0,2

6,1

3,8

6,8

10.

Sirdaryo viloyati

31,9

17,1

1,1

4,7


3,3

2,1

3,6

11.

Toshkent viloyati

68,3

37,6

0,6

10,3


7,2

4,6

8,1

12.

Farona viloyati

83,9

46,1

0,8

12,6


8,8

5,6

9,9

13.

Xorazm viloyati

42,3

22,6

0,9

6,2

0,7

4,3

2,7

4,8

14.

Toshkent shahri

26,9

14,9


4,1


2,9

1,8

3,2





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

2v-ILOVA



2020 yilda "Agrobank" ATB tomonidan Dasturlar

doirasidagi loyihalarni kreditlashning

MAQSADLI PARAMETRI


mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi

Jami

shu jumladan:

"Har bir oila

- tadbirkor" dasturi

Fermer, dehqon

хoʻjaliklari va

tomorqa yer

egalarini

qoʻllab-

quvvatlash

dasturi

Hunarmand

chilikni

rivojlan-

tirish

dasturi

Mahalliy

hokimliklar

huzuridagi

jamarma-

larning

dasturlari

Bandlikka

koʻmaklashish

dasturi

Xotin-qizlarni

va oilani

qoʻllab-

quvvatlash dasturi

"Yoshlar -

kelajagimiz" dasturi

JAMI:

1 752,8

967,2

30,2

235,7

10,4

165,4

104,5

239,4

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

176,9

106,6

0,8

13,8


9,7

6,1

39,9

2.

Andijon viloyati

159,0

85,8

2,2

22,1

3,7

15,5

9,8

19,9

3.

Buхoro viloyati

96,2

52,6

1,9

13,6

0,5

9,5

6,0

12,2

4.

Jizzaх viloyati

82,3

44,7

2,3

11,6

0,1

8,1

5,1

10,3

5.

Qashqadaryo viloyati

159,1

86,7

3,2

22,3

1,2

15,7

9,9

20,1

6.

Navoiy viloyati

84,2

45,8

2,3

11,8

0,1

8,3

5,2

10,6

7.

Namangan viloyati

155,9

85,1

3,1

21,9

0,9

15,4

9,7

19,7

8.

Samarqand viloyati

181,4

98,9

4,0

25,5

0,9

17,9

11,3

23,0

9.

Surхondaryo viloyati

123,4

67,2

3,3

17,3

0,2

12,2

7,7

15,6

10.

Sirdaryo viloyati

66,2

36,5

0,7

9,4

0,4

6,6

4,2

8,4

11.

Toshkent viloyati

143,5

79,8

0,9

20,6

0,1

14,4

9,1

18,5

12.

Farona viloyati

177,9

97,8

1,9

25,2

1,4

17,7

11,2

22,7

13.

Xorazm viloyati

89,8

48,0

3,6

12,4

0,5

8,7

5,5

11,1

14.

Toshkent shahri

57,1

31,8


8,2

0,2

5,8

3,7

7,4





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 24 oktyabrdagi

PQ-4498-son qaroriga

3-ILOVA



Davlat dasturlari doirasida ajratilgan

kredit liniyalarni 2020-2022 yillarda

QAYTARISh PROGNOZI


mlrd soʻm

T/r

Tijorat banki nomlanishi

Jami

2020 yilda qaytadigan resurs

shu jumladan:

2021 yilda qaytadigan resurs

2022 yilda qaytadigan resurs

I chorakda

II chorakda

III chorakda

IV chorakda

JAMI:

2 248,7*

1 019,3

249,2

258,3

259,2

252,5

748,4

481,1

1.

Milliy bank

507,8

282,9

67,3

70,6

73,4

71,7

93,7

131,2

2.

Asaka bank

217,5

95,7

21,4

25,0

24,9

24,5

89,2

32,5

3.

Oʻzsanoatqurilishbank

206,3

96,1

24,6

25,1

24,0

22,4

81,1

29,1

4.

Ipoteka bank

283,7

118,4

29,6

30,0

29,7

29,0

103,8

61,5

5.

Qishloq qurilish bank

372,7

147,2

36,1

37,5

36,7

36,9

143,5

82,0

6.

Aloqa bank

12,2

6,8

1,9

1,7

1,6

1,6

5,3

0,1

7.

Turon bank

18,9

9,6

2,4

2,4

2,4

2,4

8,9

0,4

8.

Hamkorbank

214,3

89,8

22,3

22,4

22,7

22,4

77,4

47,2

9.

Ipak yoʻli banki

103,1

36,0

9,1

8,7

9,1

9,0

40,1

27,1

10.

Trast bank

77,0

20,4

4,5

5,5

5,5

4,9

32,1

24,5

11.

Kapitalbank

55,1

23,28

5,8

6,00

6,06

5,41

18,80

13,02

12.

Aziya alyans bank

42,7

20,6

5,4

5,4

5,3

4,6

16,5

5,5

13.

Infin bank

73,5

35,9

8,7

9,1

9,1

9,0

16,3

21,4

14.

Universal bank

19,1

8,6

2,1

2,2

2,2

2,2

7,7

2,8

15.

Oriyent Finans bank

4,2

2,2

0,6

0,6

0,6

0,5

1,5

0,5

16.

Madad Invest bank

6,1

3,8

0,9

0,9

0,9

0,9

1,8

0,6

17.

Savdogar bank

20,5

13,1

4,3

2,9

2,9

3,0

7,1

0,4

18.

Davr-bank

13,9

8,8

2,2

2,3

2,3

2,1

3,5

1,6

   

*) Resurslarni qaytarish oyma-oy amalga oshiriladi, belgilangan parametrlardan ziyod qaytarish ruхsat etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 25 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 25 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 28 oktyabr, 43-son, 819-modda