Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.11.2019 y. 911-son "Jismoniy va yuridik shaхslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.11.2019 y.

N 911



JISMONIY VA YuRIDIK

ShAXSLARNING MULK HUQUQLARI

KAFOLATLARINI TA’MINLASh HAMDA

YeR UChASTKALARINI OLIB QOʻYISh VA

KOMPENSATsIYa BERISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 3 avgustdagi F-5491-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shu’basi (keyingi oʻrinlarda - Shu’ba) tashkil etilsin.

Zarur hollarda tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasida boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlari boʻyicha bosh mutaхassis (keyingi oʻrinlarda - bosh mutaхassis) lavozimi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan kiritiladi.

3. Quyidagilar Shoʻ’ba hamda bosh mutaхassisning asosiy vazifalari etib belgilansin:

buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish uchun yetarli resurslar (mablalar, yer uchastkasi va boshqa mulk) mavjudligini oʻrganish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi yoki хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritish uchun boʻlajak qurilish ob’yektining loyiha hujjatlarini taqdimot materiallari shaklida tayyorlash;

olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokamani tashkil etish;

yer uchastkasi olib qoʻyilishi tashabbuskori va koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlari oʻrtasida tuzilgan, kompensatsiya miqdori, turi va berish muddati nazarda tutilgan kelishuvlar hisobini yuritish;

kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilishining doimiy monitoringini olib borish;

yer uchastkalari olib qoʻyilishi, kompensatsiya berilishi, koʻchmas mulk ob’yektlari buzilishi, shuningdek, olib qoʻyilgan yer uchastkasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritib borish.

Shu’ba rahbari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi kompensatsiya komissiyalari kotibi vazifasini bajaradi.

5. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi 1047-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamarmalar mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Ushbu qaror 1-bandining "a" kichik bandi va 4-6-bandlari 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 16 noyabrdagi

911-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi

1047-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Davlat  va

jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib

qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik

shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha

markazlashtirilgan jamarmalar  mablalarini

shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar


1. 6-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi qoʻshilsin:

"qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan";


2. quyidagi mazmundagi 12-1-band qoʻshilsin:

"12-1. Yetkazilgan zararlarni qoplash hududiy jamarmalar mablalari hisobidan jamarmalar kuzatuv kengashlarining qarorlariga asosan tegishli ravishda mabla kelib tushgan tuman va shaharlarga ajratiladi, zarur hollarda hududiy kuzatuv kengashi qarori asosida boshqa tuman va shaharlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.".






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 16 noyabrdagi

911-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 29 maydagi 97-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 37-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 17 sentyabrdagi "Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-257-sonli Qonuni)" 2010 yil 9 noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 12-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 44-45-son, 385-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 maydagi 146-son qaroriga 3-ilovaning 2-boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 20-21-son, 204-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-son Farmoni)" 2018 yil 27 noyabrdagi 963-son qaroriga ilovaning 4-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 noyabr