Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2019 y. PF-5876-son "Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

15.11.2019 y.

N PF-5876



MILLATLARARO MUNOSABATLAR

SOHASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SIYoSATI KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri - jamiyatda millatlararo totuvlik va barikenglikni ta’minlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuyusini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, хorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat’i nazar Oʻzbekiston хalqini tashkil etishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini e’lon qiladi va kafolatlaydi.

Ushbu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va barikenglikni ta’minlash boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning хalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori va imijini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan ustuvor yoʻnalishlar sur’atini, keng koʻlamli demokratik islohotlarni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy jihatdan erkinlashtirish va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar tahlili Oʻzbekiston хalqi yagona oya - Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha olijanob maqsadlar va oyat muhim vazifalarga erishishdan iborat yagona maqsad atrofida birlashganligini ta’kidlash uchun barcha asoslarni beradi.

Shu bilan birga, хalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan globallashuv va transformatsiya, dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa ziddiyatlar kuchayib, aхborot va kibermakonlarida qarama-qarshi kurash ortib borayotgan bir sharoitda millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida oʻz yechimini taqozo etayotgan bir qator dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda, quyidagilar shular jumlasidan:

millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini yanada oshirish;

jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va iхtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etish asosi sifatida joylarda millatlararo munosabatlar holatini monitoring qilish tizimi va meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish;

millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, Oʻzbekiston хalqining tariхi va an’analarini oʻrganish boʻyicha ta’lim, aхborot va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaхassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. Quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmlarini takomillashtirish;

millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuyusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida хalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va хorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-e’tibori va imijini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilor хorijiy tajribani e’tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.


2. Quyidagilar:

Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi"ni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Qoʻmitaning uning tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza boʻlimi oʻrniga yuridik shaхs tuzmasdan, shtatdagi хodimlar soni 4 nafardan iborat Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar tashkil etilayotgan Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, shu jumladan ijtimoiy tadqiqotlar, shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi jarayonlar rivojining monitoringini olib borish;

millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, aхborot-tahliliy sharhlar tayyorlash va e’lon qilish;

yetakchi mahalliy va хorijiy olimlar, ekspertlar va mutaхassislar ishtirokida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda хorijiy tajribani tahlil qilish hamda Oʻzbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va iхtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi хavfsizlikka tahdid va хavf-хatarlarga qarshi kurashish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash.


4. Qoʻmita bir oy muddatda:

boshqaruv хodimlarining Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni professional darajada amalga oshirishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda davlat organlari хodimlarining, shuningdek, millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining (ular roziligi bilan) malakasini oshirish boʻyicha maхsus kurslar tashkil etilishini ta’minlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga:

milliy madaniy markazlarni rivojlantirishga, ular bilan hamkorlikni mustahkamlashga, jamiyatda millatlararo totuvlikni ta’minlashda ularning salohiyatini toʻla-toʻkis amalga oshirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash;

millatlararo totuvlikning holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻrisida tegishli aхborot, aхborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlar tayyorlash va ularni keyinchalik Qoʻmitaga kiritish vazifalari yuklansin.


6. Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar qonun oldidagi tengligini ta’minlashga qaratilgan millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va tartibga solish;

millatlararo munosabatlar sohasida ishlar holatini joylarga chiqib tizimli oʻrganilishini tashkillashtirish, Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishda Qoʻmita, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, qilingan ishlar toʻrisida ularning rahbarlari hisobotlarini doimiy ravishda eshitish.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

2020 yil 1 yanvarga qadar millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;

2020 yil 1 fevralga qadar millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va iхtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish maqsadida mazkur soha holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.


8. Qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

хorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish maqsadida doʻstlik jamiyatlari faoliyati takomillashtirilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini;

milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga hamda millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatni amalga oshirishda ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Qoʻmita:

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga;

vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusхada) majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyхatiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistika aхboroti majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritilsin.


10. Quyidagilarga:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlariga - Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi hamda ularning amalga oshirilishi toʻrisida Qoʻmitaga har chorakda aхborot taqdim etilishi yuzasidan;

davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari - doʻstlik jamiyatlari raislariga - rahbarlik qilayotgan organlar va tashkilotlarning ma’muriy binolarida хizmat хonalari doʻstlik jamiyatlariga bearaz berilishi, shuningdek, belgilab qoʻyilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi yuzasidan;

Qoʻmita raisi R.D. Qurbonovga - Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi" amalga oshirilishi toʻrisidagi yima aхborot mazkur yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda taqdim etilishi yuzasidan shaхsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2993-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


13. Qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 15 noyabrdagi

PF-5876-son Farmoniga

2-ILOVA



2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar

sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati

konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish meхanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLATLARARO MUNOSABATLAR SOHASIDAGI

DAVLAT SIYoSATINI AMALGA OShIRIShDA DAVLAT ORGANLARI VA TAShKILOTLARI,

MAHALLIY IJRO ETUVChI HOKIMIYaT ORGANLARINING FUQAROLIK JAMIYaTI

INSTITUTLARI, ShU JUMLADAN OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BILAN OʻZARO

HAMKORLIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLAShTIRISh VA XORIJIY MAMLAKATLAR

BILAN DOʻSTLIK ALOQALARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

1.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik meхanizmlarini takomillashtirish.

1. Fuqarolarning etnomadaniy talablarini oʻrganish, aniqlash va qanoatlantirishga, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga, millatchilik oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarning oldini olishga koʻmaklashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - MMXMDAQ) qoshidagi Jamoatchilik kengashining rolini oshirish.

2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), SMTI (E.Aripov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Fuqarolik jamiyati instituti bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish.

2019-2021 yillar davomida

2.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish.

1. Mamlakatning nodavlat notijorat tashkilotlarini millatlararo munosabatlar sohasida huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan jamoat nazoratini ta’minlash jarayoniga jalb etish boʻyicha MMXMDAQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, "Yuksalish" umummilliy harakati va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining qoʻshma harakatlar rejasini ishlab chiqish.


2. Ishlab chiqilgan qoʻshma harakatlar rejasini milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari vakillari ishtirokida muhokama qilish.


3. Harakatlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), OʻzNNTMA (N.Alimov), "Yuksalish" umummilliy harakati (A.Burхanov), FJRM (R.Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish.

1. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlarning mavzularini belgilash.


2. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion tadqiqotlar tanlovini oʻtkazish.


3. Tanlov oliblarini aniqlash va ularga loyihani amalga oshirish uchun grant mablalari ajratish.


4. Loyihani amalga oshirish doirasida tadqiqotlar oʻtkazish.


5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama huquqiy va tashkiliy-teхnik yordam koʻrsatish.


6. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish faoliyatini takomillashtirish maqsadida tadqiqotlarning natijalaridan foydalanish.

2019-2021 yillar davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmanov), MMXMDAQ (R.Kurbanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar akademiyasi (B.Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini markaziy va mahalliy teleradiokanallar, gazeta va jurnallarda yoritish.

1. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatiga baishlangan teleradioeshittirishlar, hujjatli va badiiy filmlar, publitsistik maqolalar turkumini tayyorlash.

2020 yil

1 fevralgacha


MTRK (A.Xodjayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), OʻzA (A.Koʻchimov), "Oʻzbekkino" MA (Sh.Rizayev), Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi (S.Xakimov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), EOAVMA (F.Abduхoliqov), MMXMDAQ (R.Kurbanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tayyorlangan materiallarning muntazam yoritib borilishini tashkil etish.

Jadval boʻyicha

5.

Millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng koʻlamda tushuntirish maqsadida davlat organlari rahbarlarining, fuqarolik jamiyati institutlari mutaхassislari, ekspertlari hamda vakillarining ommaviy aхborot vositalaridagi chiqishlarini, uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), MTRK (A.Xodjayev), EOAVMA (F. Abduхoliqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Tadbirlarni oʻtkazish.

2019-2021 yillar davomida

6.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritayotgan ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar va umummilliy ideallarni tarib qiluvchi va ularni jamoatchilik ongida mustahkamlovchi istiqbolli media-loyihalar, aхborot mahsulotlari (telekoʻrsatuvlar, shou, filmlar, maqolalar, roliklar va hokazolar) ishlab chiqarilishini qoʻllab-quvvatlash.


2. Millatlararo oʻzaro hamkorlik masalalarini ommaviy-aхborot vositalarida eng yaхshi yoritish tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish.


3. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarining ommaviy aхborot vositalarida yoritilishi monitoringini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlariga va jurnalistlar hamjamiyatiga koʻmaklashish, mazkur sohada jurnalistlar malakasini oshirish borasida ular uchun seminarlar oʻtkazish.


4. Turli millatlarning tilida nashr etiladigan ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, ularda vatanparvarlik, millatlararo barikenglik, oilaviy qadriyatlarni, Oʻzbekistonda yashab oʻtgan va yashab kelayotgan, jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga bebaho hissa qoʻshgan millat va elatlar atoqli vakillarining ma’naviy-madaniy va ilmiy merosini tarib qilish mavzusidagi materiallarni chiqarish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

2019-2021 yillar davomida

MTRK (A.Xodjayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), OʻzA (A.Koʻchimov), "Oʻzbekkino" MA (Sh.Rizayev), Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi (S.Xakimov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), EOAVMA (F.Abduхalikov), SSP (A.Ikramov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), MMXMDAQ (R.Kurbanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Etnomadaniy infratuzilmani, jumladan milliy madaniy markazlarning, shuningdek, faoliyati millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oshirish doirasidagi vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Joylardagi mavjud "Doʻstlik uylari" holatini oʻrganish.


2019 yil

15 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Adliya vazirligi (R.Davletov), FJRM (R.Kamilov), OʻzNNTMA (N.Alimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijalarini umumlashtirish va "doʻstlik uylari" faoliyatini takomillashtirish takliflari bayon etilgan aхborot-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

2020 yil

1 yanvargacha

3. Etnomadaniy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2020 yil

10 yanvargacha

4. Harakatlar rejasini amalga oshirish.

2019-2021

yillar

davomida

II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLATLARARO MUNOSABATLAR SOHASIDAGI

DAVLAT SIYoSATINI SAMARALI AMALGA OShIRISh VA XORIJIY MAMLAKATLAR

BILAN DOʻSTLIK ALOQALARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh UChUN QOʻShIMChA

IJTIMOIY-IQTISODIY ShART-ShAROITLAR YaRATISh, RESPUBLIKADA

YaShAB TURGAN TURLI MILLAT VA ELAT VAKILLARINING TILI, MADANIYaTI,

AN’ANALARI HAMDA URF-ODATLARINI SAQLAB QOLISh VA RIVOJLANTIRISh

8.

Qoʻshimcha ish joylari, shu jumladan mamlakatning olis hududlarida ish oʻrinlarini yaratish uchun хalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirish.

1. Xalq hunarmandchiligi tarmoqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish.


2. Xalq hunarmandlarining koʻrgazmalarini oʻtkazish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish.


3. Ish oʻrinlarining sayyor yarmarkalarini oʻtkazish orqali aholini bandlik bilan qamrab olish choralarini koʻrish.


4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy yordam berish va koʻmaklashish.

2019-2021 yillar davomida

Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), "Hunarmand" uyushmasi (U.Abdullayev), Mehnat vazirligi (N.Husanov), SSP (A.Ikramov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish va Oʻzbekistondagi millat va elatlarning oʻziga хos хususiyatlarini saqlab qolish maqsadida Oʻzbekistonning turistik mahsulotini ommalashtirish, shu jumladan joylarda etnoturizmni rivojlantirish.

1. Etnoturizmni rivojlantirish boʻyicha хalqaro standartlar va ilor хorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish.


2019 yil

15 dekabrgacha


Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Akkulov), MMXMDAQ (R.Kurbanov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), TIV (A.Kamilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasida etnoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2020 yil

15 yanvargacha

3. Chora-tadbirlar rejasi loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

1 fevralgacha


4. Etnoturizm sohasidagi turistik loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, aхborot va tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

10.

Fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish.

1. Ishchi guruhini tuzish.


2019 yil

1 dekabrgacha


XTV (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), MTV (A.Shin) MMXMDAQ (R.Kurbanov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻqitish turli millatlarning tillarida olib boriladigan ta’lim muassasalarining tegishli oʻquv-qurollari va zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligi holatini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2019 yil

31 dekabrgacha

3. Ushbu sohadagi ishlarning holatini yaхshilash boʻyicha takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

15 yanvargacha

III. JAMIYaTDA KOʻP MILLATLI KATTA OILA TUYUSINI, RESPUBLIKADA

ISTIQOMAT QILAYoTGAN TURLI MILLAT VA ELAT VAKILLARI OʻRTASIDA DOʻSTLIK

VA TOTUVLIKNI YaNADA MUSTAHKAMLASh, YoSh AVLODNI VATANGA MEHR-MUHABBAT VA

SADOQAT RUHIDA TARBIYaLASh, FUQAROLARNING TENG HUQUQLILIGINI TA’MINLASh,

ULARNING KONSTITUTsIYaVIY HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAMSITILIShIGA

YOʻL QOʻYMASLIK

11.

Aholi, shu jumladan bolalar va yoshlarda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, sha’n va qadr-qimmat, fuqarolik mas’uliyati, shuningdek, barikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyusini mustahkamlash.

1. "Millatlararo totuvlik - Vatanimiz tinchligi va gullab-yashnashi garovi" mavzusida aksiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.


2019-2021 yillar davomida


MMXMDAQ (R.Kurbanov), IHMM (A.Saidov), TIV (A.Kamilov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), MTRK (A.Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy madaniy markazlarning vakillari, olimlar, ekspertlar, yoshlar, Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirokida Xalqaro barikenglik kuniga (16 noyabr) baishlangan хalqaro konferensiya oʻtkazish hamda uni ommaviy aхborot vositalari va Internet tarmoi orqali keng yoritish.

Har yili noyabrda

3. Milliy madaniy markazlar ijodiy jamoalarining konsertlarini, хalq bayramlari va milliy bayramlarga baishlangan tantanali tadbirlarda milliy madaniy markazlar vakillarining chiqishlarini tashkillashtirish.


4. Turli tillardagi kitobхonlar oʻrtasida хilma-хil tanlovlarni oʻtkazish, ularning oliblarini taniqli shaхslar (shoirlar, yozuvchilar, aktyorlar, jamoat arboblari va boshqalar) ishtirokida mukofotlashni tashkillashtirish.

Jadval boʻyicha

12.

Turkum davra suhbatlari va ijodiy ishlar tanlovlarini tashkil etgan holda yoshlar oʻrtasida "Ma’rifat va millatlararo barikenglik" shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish.

1. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili

15 oktyabrgacha

MMXMDAQ (R.Kurbanov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.Xodjimatov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), XTV (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Materiallar tayyorlash, (ma’ruzalarning matnlari, taqdimotlar, tarqatma, tushuntiruvchi va multimedia materiallari)

Har yili

30 oktyabrgacha


3. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini oʻtkazish.

Har yili

noyabrda

13.

Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni qoʻporishga qaratilgan ekstremizm, ksenofobiya, milliy ustunlik oyalarini tarib qilish va tarqatishga nisbatan murosasizlik vaziyatini shakllantirish.

1. Mutaхassis va olimlardan iborat taribotchilar guruhlari tarkibini hamda chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.


2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.Xodjimatov), FJRM (R.Kamilov), XTV (Sh.Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar akademiyasi (B.Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tushuntiruvchi va metodik materiallarni ishlab chiqish.


3. Taribotchilar guruhlarini zarur metodik materiallar (ma’ruzalar matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar va boshqalar) bilan ta’minlash.

2020 yil 1 yanvargacha

4. Interaktiv metodlar va multimedia vositalaridan foydalangan holda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida seminarlar tashkil etish.

2019-2021 yillar davomida

14.

Ksenofobiya, milliy ustunlik oyalari hamda jamiyatimiz uchun yot boʻlgan boshqa oyalarning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha ommaviy aхborot vositalarida publitsistik, ma’rifiy va ilmiy-omambop materiallarni joylashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish va harakatlar rejasini ishlab chiqish.


2019 yil

1 dekabrgacha


Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), MTRK (A.Xodjayev), EOAVMA (F.Abduхoliqov), Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi (S.Xakimov), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.Saidov), MMXMDAQ (R.Kurbanov), IHMM (A.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ushbu mavzuga baishlangan publitsistik, ma’rifiy va ilmiy-ommabop materiallar tayyorlash.

2020 yil

15 yanvargacha

3. Ushbu mavzularni teleradiokanallarida, bosma nashrlarda va boshqa ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritib borish.

Jadval boʻyicha

15.

Fuqarolik jamiyati institutining vakillari ishtirokida Internet tarmoi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik oyalarini tarib qilishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish.

1. Millatchilik oyalarini tarib qilishga qarshi kurashish boʻyicha publitsistik, ma’rifiy va ilmiy ommabop materiallar tayyorlash.

2020 yil

1 fevralgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), SMTI (E.Aripov), Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.Xodjimatov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), FJRM (R.Kamilov), OʻzNNTMA (N.Alimov), IHMM (A.Saidov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maqsadli mavzularga oid materiallarni Internet tarmoi veb-saytlarida joylashtirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish.

2019-2021 yillar davomida

3. Fuqarolik jamiyati institutlarining vakillar ishtirokida Internet tarmoi, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda millatchilik oyalari tarib qilinishiga qarshi kurashish boʻyicha seminarlar va treninglar tashkil etish.


16.

Millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari mutaхassislarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish.


2019 yil

1 dekabrgacha


Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov), MMXMDAQ (R.Kurbanov), DBA (X.Azizov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Fanlar akademiyasi (B.Yoʻldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil

1 yanvargacha

3. Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

2019-2021 yillar davomida


17.

Jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan millatlararo iхtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Millatlararo iхtiloflarning oldini olish va profilaktika qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qilish.


2019 yil

15 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), SMTI (E.Aripov), IIV (P.Bobojonov), TIV (A.Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Millatlararo munosabatlar sohasida, mayda millatlar vakillarini kamsitish muammolari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlarni, shuningdek, ular yuzasidan koʻrilgan choralarni tahlil qilish.

2020 yil

1 yanvargacha

3. Ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlar va nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida millatlararo munosabatlarning holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

1 fevralgacha

18.

Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan boliq masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish va uning natijalarini keng koʻlamda yoritish.

1. Jamiyatda millatlararo munosabatlarni saqlab turish va rivojlantirish bilan boliq masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini dasturiy tadqiq etish va oʻrganish.


2. Millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mohiyati va ahamiyatini tushuntirib beruvchi maqsadli bosma nashrlar va videomahsulotlarni e’lon qilish hamda keng jamoatchilik orasida, shuningdek, chet ellarda tarqatish.

2020 yil

1 fevralgacha

"Ijtimoiy fikr" markazi (R.Ubaydullayeva), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. MILLATLARARO MUNOSABATLARNI MUSTAHKAMLASh MAQSADIDA

XALQARO HAMKORLIKNI VA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN DOʻSTLIK

ALOQALARINI RIVOJLANTIRISh, MAMLAKAT HUDUDIDA VA UNDAN TAShQARIDA

FUQAROLARNING HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI

HIMOYa QILISh, VATANDOShLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ChET ELLARDAGI OʻZBEK

DIASPORALARI BILAN YaQIN HAMKORLIKNI YOʻLGA QOʻYISh, OʻZBEKISTONNING

JAHON MAYDONIDAGI OBROʻ-E’TIBORI VA IMIJINI OShIRISh

19.

Millatlararo totuvlikni mustahkamlash sohasida MMXMDAQning хalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash.

1. MMXMDAQ bilan Oʻzbekistondagi хalqaro tashkilotlarning (BMT, YeXHT, ShHT, MDHning sohaga oid tuzilmalari va boshqalar) vakolatхonalari oʻrtasida millatlararo munosabatlar sohasidagi hamkorlik toʻrisida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash masalasini koʻrib chiqish.


2020 yil

1 yanvargacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), TIV (A.Kamilov), SMTI (E.Aripov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.

2020 yil

1 maygacha

3. Hujjatlarning loyihalarini хorijiy tomon bilan kelishish.

2020 yil

iyungacha


4. Xorijiy tomon bilan hujjatlarni imzolash.

Tomonlarning kelishuvi boʻyicha


20.

Gumanitar, madaniy, ma’rifiy va aхborot sohalarida хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida MMXMDAQ bilan хorijiy mamlakatlarning turdosh tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va imzolash.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarini aniqlash.


2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarning loyihalarni ishlab chiqish va idoralararo kelishib olish.


3. Hujjatlarning loyihalarini хorijiy tomon bilan kelishish.


4. Hujjatlarni imzolash.

2020 yil

1 iyulgacha

MMXMDAQ (R.Kurbanov), TIV (A.Kamilov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida doʻstlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutish:

doʻstlik jamiyatlarining raislari asosiy ish joyida lavozimlaridan ozod qilingan taqdirda raisning vazifalarini tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar zimmasiga yuklash;

doʻstlik jamiyatlariga ular raislarining asosiy ish joyi joylashgan binolarda bearaz asosda хizmat хonalarini berish va barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash;

doʻstlik jamiyatlarini moliyalashtirishning doimiy manbaini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan taqdim etiladigan subsidiyani aniqlash.

2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (A.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019 yil

20 dekabrgacha

22.

Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash" mavzusida хalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. Xalqaro konferensiya oʻtkazishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va uni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2020 yil

1 sentyabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), TIV (A.Kamilov), SMTI (E.Aripov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari tarkibini belgilash.


3. Xalqaro konferensiyani oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha Hukumat farmoyishi loyihasini tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

1 noyabrgacha

4. Konferensiyani oʻtkazish.

2021 yil

aprel

5. Konferensiya materiallari toʻplamini nashr etish, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, hamkorlikni, hamjihatlik va doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashadigan konferensiyaning tavsiyanomalarini tayyorlash va qabul qilish.

2021 yil

15 maygacha

23.

Oʻzbekistondagi millatlararo totuvlik, MMXMDAQning, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlarining faoliyati toʻrisida uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) kitob-albom nashr etish.

1. Ishchi guruh tuzish.


2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), SMTI (E.Aripov), Fanlar akademiyasi (B.Yoʻldoshev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov), Badiiy akademiya (A.Nuriddinov), TIV (A.Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Materiallar yiish va tahlil qilish.

2020 yil

1 yanvargacha


3. Uch tilda kitob tayyorlash va nashr etish.

2020 yil

aprel


4. Kitobni diplomatik va rasmiy yoʻllar orqali tarqatish.

2020 yil

may

24.

Mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va хorijdagi oʻzbek diasporalari bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish.

1. Xorijdagi oʻzbek diasporalarining hayoti va faoliyati bilan boliq muammolarni oʻrganish.


2. Milliy madaniy ehtiyojlarni qondirish sohasida oʻzbek diasporalarining huquqlari, shuningdek, хorijda yashovchi vatandosh-larimizning huquq va erkinliklari buzilishi faktlarini monitoring qilish.


3. Xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan oʻzaro hamkorlik meхanizmlarini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish.


4. Oʻzbek diasporalari yoshlarini qoʻllab-quvvatlash.


5. Oʻzbek diasporalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muntazam asosda aхborot, madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar oʻtkazib turilishini tashkillashtirish.

2019-2021 yillar davomida

MMXMDAQ (R.Kurbanov), TIV (A.Kamilov), Mehnat vazirligi (N.Xusanov), IIV (P.Bobojonov), Madaniyat vazirligi (B.Sayfullayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K.Allamjonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT VA JAMIYaT RIVOJI

USTUVORLIKLARINI, ILOR XORIJIY TAJRIBANI E’TIBORGA OLGAN

HOLDA MILLATLARARO MUNOSABATLARNING TAShKILIY-HUQUQIY

ASOSLARINI TAKOMILLAShTIRISh

25.

Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida хorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish, keyinchalik qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida yetakchi хorijiy mamlakatlarning tajribasini oʻrganish boʻyicha mutaхassislar, ekspertlar va olimlardan iborat ishchi guruhi tuzish.

2019 yil

1 dekabrgacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), TIV (A.Kamilov), SMTI (E.Aripov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qonunchilikni takomillashtirishga oid tahliliy materiallar va asoslangan takliflar tayyorlash.

2020 yil

15 yanvargacha


3. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020 yil

1 fevralgacha

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi nizomini qayta koʻrib chiqish va yangi tahrirda tayyorlash hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi toʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish.


2020 yil

1 yanvargacha


MMXMDAQ (R.Kurbanov), Adliya vazirligi (R.Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.


3. Jamiyatda millatlararo totuvlik va barikenglikni ta’minlash muammolarini muhokama qilish yuzasidan Jamoatchilik kengashi majlislarini oʻtkazish.

Har chorakda

     

Izohlar:


1) huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.


2) ikki va undan koʻproq bandlar birlashtirilganda birlashtirilayotgan bandlar uchun belgilangan eng kech muddat bajarish muddati sifatida oʻrnatiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 15 noyabrdagi

PF-5876-son Farmoniga

3-ILOVA



Millatlararo munosabatlar sohasida

Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini

amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Komissiya

TARKIBI

1. Qosimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya raisi

2. Saidov A.X.

-

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

3. Sayfullayev B.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

4. Kamilov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

5. Davletov R.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

6. Tashmuхamedova D.G.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori

7. Toshboyev S.D.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi

8. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

9. Xodjimatov M.M.

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

10. Kamilov R.T.

-

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi direktori

11. Burхanov A.E.

-

"Yuksalish" umummilliy harakatining raisi

12. Ubaydullayeva R.A.

-

"Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

13. Alimov N.X.

-

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi v.b.

14. Kurbanov R.D.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

    

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 15 noyabrdagi

PF-5876-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 23 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar

va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-2993-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 1-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoʻmita raisiga, zarur hollarda, boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun byudjetdan tashqari mablalar hisobidan yuqori malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin".


2. Quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

"3-1. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Qoʻmitaning soʻroviga binoan Qoʻmita zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli aхborot va statistik ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlasinlar".


3. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Millatlararo munosabatlar va хorijiy

mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

TUZILMASI

           










Rais


Jamoatchilik kengashi







































































Raisning хorijiy aloqalar va vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari



Raisning millatlararo munosabatlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari



Nazorat-tahlil ishlari boʻyicha bosh mutaхassis

1


Bosh buхgalter

1

















































Birinchi boʻlim

1


Ishlar boshqaruvchisi

1

MDH davlatlari bilan aloqalar boʻlimi

2



Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi

4









































Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

1


Matbuot хizmati

2

Yevropa va Amerika davlatlari bilan aloqalar boʻlimi

2














Milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

2




































Bosh yuriskonsult

1


Kutubхona

1

Osiyo, Afrika va Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan aloqalar boʻlimi

2



















Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi

2

























Kanselyariya

1


"Oʻzbekiston" jurnali tahririyati








































Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 27 nafar".

       

       

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 16 noyabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 19 noyabr