Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mudofaa vazirligining 34-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 28-son "Harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 31.10.2019 y. Qarori (AV tomonidan 20.11.2019 y. 2575-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.11.2019 y.

N 2575-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

31.10.2019 y.

N 34


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FAVQULODDA VAZIYaTLAR

VAZIRLIGINING

31.10.2019 y.

N 28


QARORI



"Harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha

tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni

tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 749-son "Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi na Favqulodda vaziyatlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2014 yil 24 martdagi 6 va 4-son "Harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2575, 2014 yil 16 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 16-son, 183-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Markaziy kengashi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mudofaa vaziri

B. Kurbanov

Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b.

T. Xudaybergenov

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 25 noyabr, 47-son, 880-modda