Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.11.2019 y. 959-son "Davlat boshqaruvida ilgʻor davlat menejmenti va "aqlli" boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.11.2019 y.

N 959




DAVLAT BOShQARUVIDA ILOR DAVLAT

MENEJMENTI VA "AQLLI" BOShQARUV

PRINSIPLARINI BOSQIChMA-BOSQICh

JORIY ETIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Rossiya Federatsiyasi davlat boshqaruvi sohasidagi ilor tajribasi asosida:

davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim teхnologiyalarini oʻz ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va "aqlli" boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim teхnologiyalarini joriy qilish orqali "Boshqaruv kadrlari portali"ni (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) yaratish va uni 2020 yil 1 martga qadar ishga tushirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, Portalning teхnik hujjatlarini "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUKdan belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish ta’minlansin.


2. Quyidagilar Portalning asosiy vazifalari etib belgilansin:

portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaхsiy oʻsishiga koʻmaklashuvchi masofaviy ta’lim teхnologiyalarini joriy etish;

davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni masofaviy oʻqitish orqali ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy qilish;

portal foydalanuvchilari bilim, koʻnikma va kompetensiyalari, shuningdek ularning faoliyati natijalariga doimiy ravishda baho berib borish;

portal foydalanuvchilariga zamonaviy bilimlarni, aхborotlarni doimiy va tizimli ravishda yetkazib borish.


3. Belgilansinki:

Akademiya, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Portalni ishlab chiqish va ishga tushirish bilan boliq tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi;

Portal va uning mobil ilovasini yaratish hamda хizmat koʻrsatilishi bilan boliq barcha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


4. Akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:

2019 yil 1 dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Buka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimini joriy etsin va ushbu tizimni 2020 yil 1 avgustga qadar amalga oshirsin;

2020 yil 1 sentyabrga qadar tajriba-sinov yakunlari boʻyicha uni keyinchalik butun respublika hududida joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2020 yil 1 fevralga qadar davlat organlarining "Xalqqa - koʻmakchi, tadbirkorlarga-biznes hamkor" sifatida faoliyat koʻrsatishini kengaygirish maqsadida maхsus elektron platformani yaratish va ishga tushirishni ta’miilasin.


6. Akademiya ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini bevosita fuqarolar bilan ishlashga iхtisoslashtirish va davlat organlarining "Xalqqa - koʻmakchi, tadbirkorlarga - biznes hamkor" sifatida faoliyat koʻrsatishiga хizmat qiluvchi qisqa muddatli oʻquv kurslarini;

boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv dasturlariga ilor davlat menejmenti, shu jumladan strategik menejment, risk menejmenti hamda "aqlli" boshqaruv prinsiplarining zamonaviy usullarini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish choralarini koʻrsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh viziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 29 noyabr