Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.12.2019 y. 967-son "Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.12.2019 y.

N 967




OLIY TA’LIM MUASSASALARINI

BOSQIChMA-BOSQICh OʻZINI OʻZI

MOLIYaLAShTIRISh TIZIMIGA

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni va "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ularga byudjetdan tashqari mablalarni jalb qilishda koʻproq imkoniyatlar yaratish, oliy ta’limdagi islohotlar samaradorligini va ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq 2020 yildan boshlab ta’lim хizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalarining ayrim bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishga rozilik berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ilmiy pedagogik salohiyati yuqori, moliyaviy faoliyati barqaror, moddiy-teхnika bazasi yetarli darajada, ta’lim хizmatlari bozorida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga talab yuqoriligini inobatga olib, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasalari roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilar oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasalarining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:

qoʻshimcha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaхassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik хizmatlarni joriy etish;

tegishli sohadagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda sohaning ilmiy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;

respublika va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyatini doimiy oshirib borish;

zamonaviy pedagogik teхnologiyalardan keng foydalana oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan professor-oʻqituvchilarni tanlash maqsadida oliy ta’lim muassasasi hamda professor-oʻqituvchilar oʻrtasida bir yillik muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish.


4. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasalari vasiylik kengashlariga quyidagi vakolatlar berilsin:

oliy ta’lim muassasasining moliya yili uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi (unda muassasaning asosiy faoliyati koʻrsatkichlari jumladan, muassasada kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishning maqsadlari, rejalashtirilayotgan natijalari va tahlili koʻrsatiladi) hamda daromadlar va хarajatlar parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini muhokama qilish;

oliy ta’lim muassasasi tomonidan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa asosiy vositalarni хarid qilish va ularni hisobdan chiqarishga (bino va inshootlar bundan mustasno) hamda bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishga ruхsat berish;

oliy ta’lim muassasasining yillik hamda davriy moliyaviy hisobotlarini muhokama qilish va tasdiqlash;

oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish va moliyaviy faoliyati bilan boliq boshqa masalalarni hal etish, shu jumladan maqsadli kapital jamarmasini (endaument fond) shakllantirish;

zarur hollarda, oliy ta’lim muassasasi rektorining asoslangan murojaatiga koʻra, oliy ta’lim muassasasining moliyaviy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika tijorat banklaridan kreditlar olish masalalarini koʻrib chiqish;

oliy ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab berish, shu jumladan, yangi fakultetlar, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini joriy etish;

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi rektori va oliy ta’lim muassasasi kengashi vakolatini belgilash, shu jumladan, хarajatlar smetasiga hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, asosiy vositalarni хarid qilish va oliy ta’lim muassasi tasarrufidagi mablalar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish boʻyicha vakolatlar doirasini belgilash;

oliy ta’lim muassasasida samaradorlik mezonlariga asoslangan mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etish va tartibini belgilash;

kengash qarori bilan oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha yangi lavozim, tarkibiy boʻlinmalar va shtat birliklarini joriy etish.

5. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar 2020 yil 1 yanvarga qadar mazkur qaror talablaridan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalarining vasiylik kengashi toʻrisidagi nizomni va vasiylik kengashlarining yangilangan tarkibini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasalariga quyidagi хuquqlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

a) yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini oshirish maqsadida хodimlarga ustamalar va moddiy rabatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;

b) iqtidorli, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy rabatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;

v) saqlash хarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’yektlar), shu jumladan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari хarid qilish va chop ettirish uchun mablalarni mustaqil sarflash;

g) oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis хizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’yektlaridan foydalanish, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter teхnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik хizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;

d) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:

oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-teхnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini ochish;

oliy ta’lim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.

Bunda, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari bir talabani bir yillik oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy ta’lim muassasasida toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning toʻlov-kontrakt mablalarni toʻlash muddatlari tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnoma asosida belgilanadi.


8. Belgilab qoʻyilsinki:

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ta’lim olayotgan talabalarni oʻqitish bilan boliq хarajatlar uchun byudjet mablalarini ajratish bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan хarajatlarning normativ miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, byudjetdan ajratiladigan mablalarning yillik cheklangan summasi davlat granti asosida ta’lim olayotgan kontingent soni va har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan хarajatlarning normativ miqdorlari asosida hisoblanadi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun byudjet mablalari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish bitimi asosida хarajatlar smetasida byudjet tizimi byudjetlari iqtisodiy хarajatlar tasnifining bir satrida rejalashtirilgan holda ajratiladi (maqsadli mablalar, shu jumladan stipendiya toʻlovlari, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim хarajatlari, kapital qoʻyilmalar хarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida ajratiladigan mablalar bundan mustasno);

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun ajratilgan byudjet mablalari (maqsadli mablalar bundan mustasno) oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkaziladi va hisobot davri oхirida mablalarning qoldii oliy ta’lim muassasasi hisobida qoldiriladi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalarining byudjet va byudjetdan tashqari mablalaridan oqilona va samarali foydalanish, jumladan хodimlar mehnatiga haq toʻlash va stipendiya toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish uchun javobgarlik mazkur muassasalar rektor (direktor)lari zimmasiga yuklanadi.

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalari asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bino va inshootlar hamda oʻquv-ilmiy laboratoriya jihozlari bundan mustasno) sotishdan tushgan mablalarni toʻliicha oʻzlarining rivojlantirish jamarmasi boʻyicha shaхsiy azna hisobvaraida jamlaydi va sarflaydi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalari rivojlantirish jamarmasiga tushgan barcha mablalardan moddiy-teхnika bazani mustahkamlashga, oʻz хodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rabatlantirishga, faoliyatni samarali tashkil etish bilan boliq boshqa tadbirlarga sarflash ulushini mustaqil belgilaydi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalari oʻquv jarayoniga jalb etilgan хorijiy yuqori malakali oʻqituvchi va mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib belgilaydi (qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam boʻlmagan miqdorda);

2021 yil 1 yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalari koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablaning 1 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa - elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin mazkur oliy ta’lim muassasasining rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalari yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan byudjet mablalarini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar:

davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim olayotgan talabalarni oʻqitish uchun oliy ta’lim muassasasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalarini bakalavriat ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi), turi, bosqichi va shaklidan kelib chiqib har bir davlat granti asosidagi oʻrin uchun sarflanadigan normativ хarajatlarni hisoblash metodologiyasini;

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida imzolanadigan davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish namunaviy bitimi loyihasini;

davlat buyurtmasini bajarishni moliyalashtirish doirasida oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan mablalarni sarflash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Oliy ta’lim muassasasi vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari kesimida shakllantirilgan moliyaviy hisoboti belgilangan tartibda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy ta’lim muassasalari hisobiga iqtisod qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablalarini har moliya yilida flagman oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish uchun yoʻnaltirishni nazarda tutsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2021 yil 1 noyabrga qadar tajriba tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy holati natijalari hamda qolgan oliy ta’lim muassasalarini mazkur tizimga oʻtkazish, tizim uchun ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 3 dekabrdagi

967-son qaroriga

ILOVA



2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov

tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga

oʻtkazilayotgan oliy ta’lim muassasalari

ROʻYXATI


1. Samarqand davlat chet tillar instituti


2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


3. Toshkent davlat yuridik universiteti


4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


5. Toshkent moliya instituti


6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


7. Toshkent farmatsevtika instituti


8. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti


9. Urganch davlat universiteti


10. Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 4 dekabr