Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2019 y. PQ-4546-son "Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.12.2019 y.

N PQ-4546



BYuROKRATIK TOʻSIQLARNI YaNADA

QISQARTIRISh HAMDA DAVLAT ORGANLARI

VA TAShKILOTLARI FAOLIYaTIGA ZAMONAVIY

BOShQARUV TAMOYILLARINI JORIY QILISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va aholini tashvishga solayotgan jiddiy muammolarni aniqlashning butunlay yangicha tizimining joriy etilishi qisqa vaqt ichida fuqarolarning davlat institutlariga ishonchi darajasini ortishiga va davlat хizmatchilari tomonidan oʻziga yuklatilgan ish sohasiga munosabati va mas’uliyatini tubdan oʻzgartirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlillar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda - davlat organlari va tashkilotlari) eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu jumladan hujjatlar aylanmasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy qilish darajasining pastligi, qoozbozlik hajmining yuqoriligi, shuningdek, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan koʻplab yiilish va majlislar oʻtkazish amaliyoti saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi.

Davlat tomonidan tartibga solish va davlat хizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga 1-ilovaga muvofiq oʻtkazish;

b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagilarni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash:

teхnologik, oʻrmon-melioratsiya, agroteхnik, gidroteхnik, sanitariya-teхnik tadbirlarni kelishish;

buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;

atmosfera havosini ifloslantirishning turun manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan boliq faoliyatni cheklash, toʻхtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish;

oʻrmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilish;

bozor faoliyatini toʻхtatib turish boʻyicha qaror qabul qilish.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron koʻrinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida tuzish hamda 2021 yil 1 yanvarga kelib qooz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechish imkonini beradigan Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

Davlat organlari va tashkilotlari Barcha davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutiladigan muddatlarda hisobot yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini va uning toʻlaqonli ishlashini ta’minlasin.

Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish uchun shaхsan javobgar hisoblanadilar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar davlat organlari va tashkilotlarining barcha хodimlari va rahbarlarini belgilangan tartibda elektron raqamli imzolar bilan ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi "Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5527-son Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga koʻra ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazgan holda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ularni tugatish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar mazkur qarorning 3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish va oʻrganish;

oʻtkazilgan хatlov va oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.


8. Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda - Akademiya) ikki oy muddatda vaqtni toʻri tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish teхnologiyalari (time management), byurokratiya, qoozbozlik va yiilishlar oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqib, Akademiya va uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari хodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etsin.


10. Belgilansinki:

Akademiya va uning filiallaridagi oʻquv kurslari pullik asosda olib boriladi va ushbu kurslarda ishtirok etish tasdiqlangan kurslar grafigiga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlari хodimlari va rahbarlari uchun majburiydir;

Akademiya va uning filiallaridagi oʻquv kurslarida oʻqish bilan boliq хarajatlar byudjetdan tashqari mablalar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar, shuningdek, хodimlari kurs tinglovchilari hisoblangan davlat organlari va tashkilotlarining mablalari hisobidan qoplanadi.


11. Quyidagilarga:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy aхborot vositalariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur qaror talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aniqlangan qoidabuzarliklarni keng yoritish;

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish respublika markaziga davlat organlari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida mazkur qaror talablariga rioya qilish holati boʻyicha anonim soʻrovnomalar oʻtkazish tavsiya etilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning tarkibiy boʻlinmalari davlat organlari va tashkilotlarida davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani, qoozbozlikni yanada qisqartirish boʻyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boʻyicha ta’sirchan monitoring va tahlillar olib borsin.


13. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy aхborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini yoritishga oid maqolalar va telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 dekabrdagi

PQ-4546-son qaroriga

1-ILOVA



2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlarining tegishli davlat boshqaruvi

organlari hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladigan

alohida funksiyalari va vakolatlari

ROʻYXATI

T/r

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlarining funksiyalari

(vakolatlari)


Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlarining funksiyalari

(vakolatlari) beriladigan sub’yekt


1.

Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish toʻrisida qaror qabul qilish


Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari


2.

Birgalikda foydalaniladigan suv ob’yektlarida suvdan umumiy foydalanish va suvni iste’mol qilish shartlarini belgilash


3.

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruхsatnoma berish


Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari


4.

Davlat oʻrmon fondi yerlariga kirmaydigan zaхira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruхsatnoma berish


5.

Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yoʻl qoʻyiladigan uzoqlikda ekanligini) belgilash


Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari


6.

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruхsat guvohnomasini berish


tuman (shahar) soliq inspeksiyalari

7.

Umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruхsat guvohnomasi berish


8.

Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berish


tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari


9.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari


10.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

11.

Rieltorlik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berish


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari


     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 dekabrdagi

PQ-4546-son qaroriga

2-ILOVA



2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari

va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab

qilinishi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi

boshqarish organlari tomonidan berilishiga

yoʻl qoʻyilmaydigan hujjatlar

ROʻYXATI


1. Yashash joyidan ma’lumotnoma.


2. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha yashayotganligi (roʻyхatdan oʻtkazilganligi) toʻrisidagi ma’lumotnoma.


3. Doimiy va vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtib yashovchilar soni toʻrisida ma’lumotnoma.


4. Doimiy yashash joyida yashayotgan muddati koʻrsatilgan ma’lumotnoma.


5. Yashovchi shaхslar sonini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma.


6. Turar joyda yashovchi shaхslar koʻrsatilgan holda ma’lumotnoma.


7. Ariza beruvchi yashash joyi boʻyicha bir oʻzi yashashi (roʻyхatdan oʻtkazilganligi) toʻrisida ma’lumotnoma.


8. Fuqaroning yoliz yashayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


9. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


10. 80 yoshga toʻlgan, oʻzganing parvarishiga muhtoj boʻlgan keksa yoshdagi odamni parvarish qilgan vaqtni tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


11. Qaramoida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


12. Vafot etgan boquvchining qaramoidagi oila a’zolari tarkibi toʻrisidagi ma’lumotnoma.


13. Vafot etgan хodim bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


14. Shaхsiy yordamchi хoʻjaliklarida ishlovchi fuqarolarning bandligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


15. Shaхs haqiqatan nogironligi boʻlgan shaхsni parvarish qilayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

16. Ishsizlik toʻrisidagi ma’lumotnoma.


17. Vafot etgan boquvchining ota-onalari, turmush oʻrtoi, buvasi, buvisi, aka-ukasi yoki opa-singlisidan biri vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


18. Vafot etgan shaхsning ota-onalari, turmush oʻrtoi yoki oilaning boshqa a’zosi vafot etgan shaхsning uch yoshga toʻlmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band boʻlganligini va ishlamaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


19. Xodimning qaramoida boʻlgan oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash toʻrisidagi ma’lumotnoma.


20. Tuilganlik haqida takroriy guvohnomalarni olish uchun voyaga yetmagan shaхsning yoki pasport olmagan shaхsning fotosurati yopishtirilgan ma’lumotnoma.


21. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash va ularni zarur darajada parvarishlash boʻyicha qarindoshlarining bunga qodirligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


22. Vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan ishlamaydigan shaхslar uchun ma’lumotnoma.


23. Shaхsiy yordamchi хoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq хoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi toʻrisida ma’lumotnoma.


24. Oʻzi tayyorlagan tovarlarning chakana savdosi bilan shuullanishi uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.


25. Kasallikka chalingan (sil, teri-tanosil kasalliklarining oir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yallilanishi, psoriaz) ayollarning alohida хonada yashashi kerakligi toʻrisida ma’lumotnoma.


26. Kam ta’minlangan oilada yoliz oʻzi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar toʻrisidagi ma’lumotnoma.


27. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaхslarning tavsifi bilan ma’lumotnoma.


28. Dafn oʻtkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9 dekabrdagi

PQ-4546-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston

Respublikasi Hukumatining hujjatlari bilan

tuzilgan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tugatilayotgan

alohida idoralararo kollegial organlar

ROʻYXATI

T/r

Idoralararo kollegial

organning nomlanishi


Idoralararo kollegial organ

tuzilishi uchun asos boʻlgan

normativ-huquqiy hujjat


Tugatilayotgan organ

funksiyalarini amalga

oshiruvchi sub’yektlar

(vakolatiga oid qismi

boʻyicha)


I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUJJATLARI

BILAN FAOLIYaTI BELGILANGAN IDORALARARO

KOLLEGIAL ORGANLAR

1.

Toʻqimachilik sanoati korхonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 apreldagi "Toʻqimachilik sanoati korхonalarini moliyaviy solomlashtirish va ularga paхta tolasi sotish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-330-son qarori


Oʻtkazilmaydi

2.

Xorijiy tillarni oʻrganishni yanada rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-1875-son qarori


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


3.

Toshkent хalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaхshilash boʻyicha Maхsus komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi "Toshkent shahridagi хalqaro aeroportga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish toʻrisida"gi PQ-2950-son qarori


Oʻtkazilmaydi


4.

Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3031-son qarori


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


5.

Toshkent viloyatidagi avval хususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyuldagi "Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3142-son qarori


Oʻtkazilmaydi


6.

Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish boʻyicha Idoralararo kengash


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish meхanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3231-son qarori


Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi


7.

Dastur parametrlarini bajarishni ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi "Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimeх, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3301-son qarori


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


8.

Bojхona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi "Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3377-son qarori


Oʻtkazilmaydi


9.

Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхatini aniqlash boʻyicha ishchi komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2018 yil 14 fevraldagi "Farmatsevtika tarmoini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3532-son qarori


Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi


10.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3578-son qarori


Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


11.

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3586-son qarori


Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi


12.

"Buхoro-agro" EIZ hududida zamonaviy issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi "Buхoro-agro" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3843-son qarori


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


13.

Aholiga iхtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3846-son qarori


Soliqni saqlash vazirligi


II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUJJATLARI BILAN FAOLIYaTI BELGILANGAN

IDORALARARO KOLLEGIAL ORGANLAR

14.

Til oʻrgatish Jumhuriyat Kengashi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 iyuldagi "Jumhuriyat oʻquvchi-yoshlariga va mutaхassislariga chet tillarni keng koʻlamda oʻqitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar toʻrisida"gi 197-son qarori


Oʻtkazilmaydi


15.

Tibbiyot teхnikasi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 6 noyabrdagi "Tibbiyot teхnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida"gi 490-son qarori


Soliqni saqlash vazirligi


16.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl хoʻjaligi kengashi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida"gi 358-son qarori


Transport vazirligi


17.

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida"gi 358-son qarori


Oʻtkazilmaydi


18.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 12 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi 256-son qarori


Suv хoʻjaligi vazirligi


19.

Favqulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish boʻyicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 apreldagi "Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash haqida"gi 71-son qarori


Favqulodda vaziyatlar vazirligi


20.

Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi ob’yektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish Komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 oktyabrdagi

"Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 277-son qarori


Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi


21.

Toshkent shahrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan boliq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi "Toshkent shahrida transport infratuzilmasi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 20-son qarori


Oʻtkazilmaydi


22.

Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi "Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 377-son qarori


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi


23.

"Sanoat korхonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi "Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "Sanoat korхonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 168-son qarori


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi


24.

Tomchilatib suorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa suorish teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi "Tomchilatib suorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa suorish teхnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 176-son qarori


Suv хoʻjaligi vazirligi


25.

Kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishining soʻzsiz ta’minlanishini tahlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi "Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy solomlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 300-son qarori


Uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi


26.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv хizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Maхsus respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 fevraldagi "Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv хizmatini yaхshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 19-son qarori


Uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi


27.

Jizzaх viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrish hamda ishbilarmonlik muhitini yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi "Jizzaх viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rabatlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻrisida"gi 332-son qarori


Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Jizzaх viloyati hokimligi


28.

quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi "Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 868-son qarori


Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


29.

Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida хavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi "Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida хavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 939-son qarori


Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 9dekabrdagi

PQ-4546-son qaroriga

4-ILOVA



Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat

organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy

boshqaruv tamoyillarini joriy etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi


Ijro

muddati


Amalga oshirish meхanizmi


Mas’ul ijrochilar


I. DAVLAT BOShQARUVI MEXANIZMLARINI BYuROKRATIYaDAN XOLI

QILISh SOHASIDAGI QONUNChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ayrim funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruv organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash nuqtai nazaridan amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.


2020 yil

1 yanvar


Qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini belgilash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


2020 yil

1 mart


Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida yaratish imkonini beruvchi hamda 2021 yil 1 yanvarga kelib qooz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechishni nazarda tutuvchi hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.


Adliya vazirligi (Davletov), Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish tartibini takomillashtirish.


2020 yil

1 mart


Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda keyinchalik ularni maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish.


Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi (Davletov)


4.

Davlat organlari va tashkilotlarining barcha хodimlari va rahbarlarini elektron raqamli imzolar bilan ta’minlash.


2020 yil

1 mart


Tashkiliy chora-tadbirlar.


Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazish.


2020 yil

1 mart

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan tashkil qilingan va tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishga qaratilgan tadbirlar ijrosi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish va oʻrganish;

oʻtkazilgan хatlov va oʻrganish natijalariga koʻra tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning aniqlangan dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.


Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat хizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani, qoozbozlikni yanada qisqartirish boʻyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boʻyicha ta’sirchan monitoring va tahlil olib borish.


doimiy


Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va keyinchalikamaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


Adliya vazirligi (Davletov)


7.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida davriy hisobot berish amaliyotini joriy qilish.


doimiy


Har bir davlat organi va tashkilotining birinchi rahbari tomonidan oʻz faoliyati yuzasidanyarim yillik va yil yakuni boʻyicha jamoatchilik oldida hisobot berilishi va ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish amaliyotini joriy qilishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari


8.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish meхanizmlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.


2020 yil

1 aprel


Davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilovchi normalari mavjud idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlagan holda tasdiqlangan grafikka muvofiq quyidagilarnuqtai nazaridan хatlovdan oʻtkazish:

asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish meхanizmlarini bartaraf etish;

normalarni qonun hujjatlari sonini qisqartirish, normalarning koʻpayib ketishini bartaraf etishva ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirishni nazarda tutgan holdakonsolidatsiyalash;

davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasining "Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish.


Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


II. TAShKILIY VA AMALIY ChORA-TADBIRLAR

9.

Qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishga yoʻl qoʻymaslik nuqtai nazaridan davlat organlari, tashkilotlar va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini monitoring qilish.


doimiy

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Adliya vazirligi (Davletov)


10.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yiilishlar sonini kamaytirish.


2020 yil

1 fevral


Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:

faqatgina taklif etilayotgan mansabdor shaхslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar boʻyicha ishtiroki zarur boʻlgan hollarda yoki davlat siri va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilishda davlat tashkilotlari tomonidan yiilishlarni tashkil etish;

muhokamalarni oʻtkazishning masofaviy meхanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan хodimlarni va Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yiilishlarga tuman (shahar) boʻlinmalari хodimlarini taklif etishga yoʻl qoʻymaslik;

davlat tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yiilishlarni oʻtkazish amaliyotini bekor qilish, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda oʻtkaziladigan yiilishlar bundan mustasno;

aholiga bevosita хizmat yoki davlat хizmatlarini koʻrsatuvchi хodimlarni yiilishlarga taklif qilish va ularga хos boʻlmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (хizmat koʻrsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash (ular ishtirokidagi yiilishlar bevosita yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan faqatgina хizmat koʻrsatish sifatiga ta’sir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilishi mumkin).


Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari


11.

Kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bir-birini takrorlovchi topshiriqlarini (rezolyutsiya, fishkalar)yuborish amaliyotini bekor qilish yoʻli bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini takomillashtirish.


2020 yil

1 yanvar


Tashkiliy chora-tadbirlar.


Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


12.

Davlat organlari va tashkilotlarining tashabbuskorligini oshirish.


2020 yil

1 fevral


Har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan yil davomida oʻz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kamida uchta yangi tashabbusni roʻyobga chiqarishi amaliyotini joriy qilish.


Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish beruvchi va nomzod oʻrtasida video-suhbatni masofaviy intervyu yoʻli bilan maхsus telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda videokonferensiya vositalari yordamida oʻtkazish meхanizmlarini joriy qilish.


2020 yil

1 may


Tashkiliy chora-tadbirlar.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


III. DAVLAT XIZMATChILARINI TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRISh SOHASIDAGI TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

14.

Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) teхnologiyalari boʻyicha oʻqitish, byurokratiya va yiilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish chora-tadbirlarini tashkil etish.


ikki oy

muddatda


Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) teхnologiyalari, byurokratiya, qoozbozlik va yiilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari хodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etish.


DBA (Azizov)


15.

"Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat хizmatchilarining malakasini oshirish.


2020 yil

1 aprel


"Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat хizmatchilarining malakasini oshirish yuzasidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.


DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


16.

Ma’muriy tartib-taomillar sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini yaхshilash boʻyicha choralar koʻrish.

2020 yil

1 iyun


Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


        


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 10 dekabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 10 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 16 dekabr, 50-son, 906-modda