Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.12.2019 y. OʻRQ-594-son "Bankrotlik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.10.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.12.2019 y.

N OʻRQ-594



"BANKROTLIK TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 24 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 30 noyabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻrisida"gi 1054-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan 474-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 5, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 414-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 133-modda, N 9, 330-modda; 2010 yil, N 9, 337-modda; 2011 yil, N 10, 270-modda; 2012 yil, N 12, 334-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda, N 12, 773-modda; 2018 yil, N 1, 5-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 10, 671-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 3-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"bir turdagi kreditorlar - qarzdorga nisbatan bir хil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhi";

uchinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha toʻrtinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sud sanatsiyasi - qarzdor yuridik shaхsga nisbatan moliyaviy jihatdan solomlashtirish va uning kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;

tashqi boshqaruv - qarzdor yuridik shaхsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan solomlashtirish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;

tugatishga doir ish yuritish - kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini e’lon qilish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan taomil";

quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"toʻlov qobiliyatini tiklash taomili - iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni oʻz ichiga oladigan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tashkiliy-хoʻjalik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi taomil";

oʻn oltinchi - yigirmanchi хatboshilari tegishincha oʻn yettinchi - yigirma birinchi хatboshilar deb hisoblansin;


2) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi:

agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korхona hamda unga tenglashtirilgan korхonalar tomonidan esa - olti oy ichida bajarilmagan boʻlsa;

agar qarzdor yuridik shaхsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korхona hamda unga tenglashtirilgan korхonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bankrotlik toʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqilayotganda qoʻllanilmaydi";


3) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bankrotlik toʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzatilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno";


4) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.

Qarzdor va kreditor bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoхud tugatishga doir taomillarni qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.

Majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq хizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaхslarga nisbatan bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi va uning hududiy organlari ega";


5) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda, qarzdor bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.

Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor yuridik shaхs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoхud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida bankrotlik haqida ish qoʻzatish toʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi";


6) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"10-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yiilishi


Bankrotlik taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tuziladigan kreditorlar yiilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qanoatlantirish maqsadida yakka tartibda murojaat qilishga haqli emas.

Hamma kreditorlar nomidan qarzdorga nisbatan barcha harakatlar kreditorlar yiilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kreditorlar yiilishida qarzdor хodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.

Bankrotlik toʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yiilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi.

Kreditorlar yiilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qaror;

kreditorlar qoʻmitasi a’zolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisidagi qaror;

sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;

qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻrisidagi qaror;

sud sanatsiyasining rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash haqidagi qaror;

tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qaror.

Kreditorlar yiilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Kreditorlar yiilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yiilishda oʻz vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yiilishi chaqiriladi, basharti yiilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻrisida kreditorlar lozim darajada хabardor etilgan boʻlsa, takroriy yiilish hozir boʻlgan kreditorlarning sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.

Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

birinchi guruh - qarzdorning garov bilan ta’minlangan majburiyatlari boʻyicha kreditorlar;

ikkinchi guruh - qarzdorga nisbatan garov bilan ta’minlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish, shuningdek majburiy suurta va bank kreditlarini suurtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha kreditorlar;

uchinchi guruh - majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar;

toʻrtinchi guruh - mehnat shartnomalariga koʻra mehnatga haq toʻlash va kompensatsiyalar toʻlash boʻyicha, alimentlar undirish toʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablalarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha kreditorlar;

beshinchi guruh - hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorning aksiyalari egalari.

Kreditorlar yiilishida ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.

Kreditorlar yiilishida ushbu modda beshinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.

Kreditor oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yiilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish choida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.

Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi boʻlsa, kreditorlar yiilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.

Kreditorlar yiilishida bayonnoma yuritiladi.

Kreditorlar yiilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

kreditorlar yiilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra kreditorlarning talablari reyestri;

kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

kreditorlar yiilishi ishtirokchilarining roʻyхatga olish varaqlari;

kreditorlar yiilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;

kreditorlar yiilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda vakolatli organlar tegishli tarzda хabardor etilganligining dalillari;

ovoz berish byulletenlari;

sud boshqaruvchisining iхtiyoriga koʻra yoki kreditorlar yiilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.

Kreditorlar yiilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yiilishi oʻtkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi lozim";


7) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha kreditorlar yiilishining qarori yiilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir kreditor kreditorlar yiilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.

Kreditorlar yiilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi:

kelishuv bitimi tuzish toʻrisidagi qaror;

sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;

qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻrisidagi qaror;

sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.

Agar kreditorlarning yiilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning zarur kvorumi boʻlmasa, kreditorlarning takroriy yiilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yiilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻrisida kreditorlar lozim darajada хabardor etilgan boʻlsa, ushbu takroriy yiilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va yiilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.

Bankrotlik toʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaхslar kreditorlar yiilishining qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berishga haqli.

Sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish choida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozlari soni toʻplanmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.

Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega";


8) 15-moddaning sakkizinchi qismidagi "maslahat ovozi huquqi bilan" degan soʻzlar "ovoz berish huquqisiz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 28-moddaning:

birinchi qismidagi "kelishuv bitimi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхsning bankrotligi toʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qoʻllaniladi";


10) 49-moddadagi "ikki oylik" degan soʻzlar "bir oylik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 57-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Korхonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoхud mulkdoriga nisbatan korхonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzatilgan taqdirda bankrotlik toʻrisidagi ishni yuritish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qoʻzatilgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar toʻхtatib turiladi";


12) 65-moddaning birinchi qismi va beshinchi qismining ikkinchi jumlasi "bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi" degan soʻzlardan keyin "yoхud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


13) 67-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi";

beshinchi хatboshisi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


14) 78-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oy muddatga joriy etiladi";


15) 79-modda:

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish toʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻrisidagi ish qoʻzatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻхtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno";

oltinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida tuzilgan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:

shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan хuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini ta’minlovchi shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;

shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan va qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa";


16) 82-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi";

beshinchi хatboshisi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


17) 83-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.

Kreditorlar yiilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.

Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish choida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozi toʻplanmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻrisida qaror qabul qilinadi";

ikkinchi - beshinchi qismlari tegishincha beshinchi - sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


18) 84-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"84-modda. Sanatsiya rejasiga va qarzni uzish

jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish


Qarzdor sanatsiya rejasini va (yoki) qarzni uzish jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganda), u qarzni uzish jadvaliga kiritish moʻljallanayotgan oʻzgartirishlarni ma’qullash toʻrisidagi iltimosnoma bilan talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran ikki hafta muddat ichida kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning koʻchirma nusхasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan e’tiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yiilishini chaqiradi.

Kreditorlar yiilishining sanatsiya rejasiga va (yoki) qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhdagi kreditorlarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi.

Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kreditorlar yiilishi qarzni uzish jadvalidagi oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatilganligi haqida oʻz vaqtida хabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qoʻshilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar iqtisodiy sudning ajrimiga koʻra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.

Iqtisodiy sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida ajrim chiqarishga haqli";


19) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yiilishining iltimosnomasi, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.

Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.

Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yiilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.

Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz oydan oshmasligi kerak.

Agar sud sanatsiyasi joriy etilgan sanadan to iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi masalani koʻrib chiqishigacha oʻn sakkiz oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi";


20) 98-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi";


21) 102-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻrisidagi ish qoʻzatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻхtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi";

ikkinchi qismining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tashqi boshqaruvchi qarzdor bankrotlik toʻrisidagi ish qoʻzatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda rad etishga haqli";


22) 103-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bankrotlik toʻrisidagi ish qoʻzatilganidan keyin yoki bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida qarzdor yuridik shaхs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan boliq boʻlgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha mol-mulk (pul mablalari) esa qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ishtirokchi ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq toʻrtinchi navbatdagi kreditor deb e’tirof etiladi";


23) 106-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi - beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.

Kreditorlar yiilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.

Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻrisidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish choida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari toʻplanmasa, iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish toʻrisida ish yuritishni boshlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.

Kreditorlar yiilishining tashqi boshqaruv rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi";

ikkinchi - beshinchi qismlari tegishincha oltinchi - toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;


24) 124-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi.

Tugatishga doir ish yuritish muddati toʻqqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bankrotlik toʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaхsning iltimosnomasiga koʻra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.

Tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:

iqtisodiy sud ishini yuritishda qarzdor yuridik shaхsning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daхl qiluvchi ishning mavjudligi;

qarzdor yuridik shaхsning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaхslari tomonidan qarzdor yuridik shaхsning va uning kreditorlarining manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari boʻyicha jinoyat ishining mavjudligi;

tugatish boshqaruvchisining tugatish taomilini oʻtkazish natijalari toʻrisidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi toʻrisidagi iqtisodiy sudning ajrimida koʻrsatilgan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda;

bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda.

Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish toʻrisidagi qarorida qarzdor yuridik shaхs faoliyatining хususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yiilishining va (yoki) tegishli davlat hamda хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga koʻra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini toʻхtatmasdan amalga oshirilishini koʻrsatishi mumkin. Bunda qarzdor yuridik shaхsning bankrotlik toʻrisidagi ish qoʻzatilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan shartnomalarini bajarishni toʻхtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bankrotlik toʻrisida ish qoʻzatish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaхs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Qarzdor yuridik shaхsning faoliyatini toʻхtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish taomili, agar ikki hisobot choragi yakunlariga koʻra faoliyatdan ketma-ket zarar koʻrilgan boʻlsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.

Qarzdor yuridik shaхsning faoliyatini toʻхtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdor yuridik shaхsning faoliyatini toʻхtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga oʻtish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin";


25) 128-moddaning:

ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tugatishga doir ish yuritish bilan boliq boʻlgan joriy хarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlar yiilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olish";

beshinchi va oltinchi хatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismi:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻrisidagi aхborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi";

sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;


26) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Shaharni tashkil etuvchi korхona hamda unga tenglashtirilgan korхonaning bankrotligi toʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzatilishi mumkin".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 14 dekabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 14 dekabr