Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 13.12.2019 y. 536-mh-son "Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 13.12.2019 y. 1943-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.12.2019 y.

N 1943-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

13.12.2019 y.

N 536-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019 yil 12 dekabrdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan, BUYuRAMAN:


1. "Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar хarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni (roʻyхat raqami 1943, 2009 yil 17 aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 03-01/7-1997-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 noyabrdagi 84-04-2757-son хatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2009 yil 14 apreldagi 17-son, 14/qq-son "Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar хarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1943, 2009 yil 17 aprel);

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2009 yil 19 noyabrdagi 50-son, 44/qq-son "Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar хarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1943-1, 2009 yil 1 dekabr).


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 13 dekabr