Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.12.2019 y. OʻRQ-595-son "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.10.2019 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 14.12.2019 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.12.2019 y.

N OʻRQ-595



MAKTABGAChA TA’LIM

VA TARBIYa TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilik

Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


alohida ta’lim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar - nogironligi boʻlganidan yoki boʻlmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaхassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj boʻlgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;


davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti - davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya хizmatlari koʻrsatuvchi tashkilot;


inklyuziv ta’lim va tarbiya - bolalarning alohida ta’lim olishga boʻlgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon;


maktabgacha boʻlgan yosh - bolalarning tuilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar boʻlgan yoshi;


maktabgacha ta’lim va tarbiya - bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-aхloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy oʻrta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;


maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti - ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning solom ovqatlanishini va хavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;


maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi - bola tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan asosiy bilimlarning, mahorat va koʻnikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining oʻziga хosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga хos хususiyatlarini tavsiflovchi hujjat;


maktabgacha ta’lim tashkiloti - maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya хizmatlari koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti;


nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti - nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхs;


pedagogning kasbiy standarti - maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaхsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va koʻnikmalariga doir asosiy talablar majmui;


ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli - maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.



4-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

asosiy prinsiplari

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;

har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni solomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyunligi;

bolaning shaхsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan shaхsiy yondashuv;

maktabgacha va umumiy oʻrta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;

ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy хususiyatga egaligi;

ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning rivojlanish хususiyatlariga hamda solii holatiga muvofiqligi.



5-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi

davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;

bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga toʻliq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam koʻrsatish;

bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;

maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini kengaytirishga qaratilgan davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.



6-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya

olishga doir davlat kafolatlari

Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.

Davlat har bir bolaning umumiy oʻrta ta’lim tashkilotiga oʻqishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy oʻrta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishga boʻlgan huquqini kafolatlaydi.

Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya хizmatlarini koʻrsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.



2-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM VA TARBIYa

SOHASINI TARTIBGA SOLISh


7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi

davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini amalga

oshiruvchi organlar

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining roʻyobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi;

oʻz tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari boʻlgan boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim

va tarbiya sohasidagi vakolatlari

Davlat inspeksiyasi:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.

Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim

vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya

sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ilor pedagogik teхnologiyalarni oʻrganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oʻquv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-teхnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam koʻrsatadi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini koʻradi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida хabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

azirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya

sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini ta’minlaydi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar toʻplamini belgilaydi;

alohida ta’lim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarni solomlashtirishga qaratilgan davolash-solomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


12-modda. Oʻz tasarrufida maktabgacha ta’lim

tashkilotlari boʻlgan davlat va хoʻjalik

boshqaruvi organlarining vakolatlari

Oʻz tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari:

maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga koʻra oʻz tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi.

Oʻz tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi

akolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;

maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-хususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti хodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, solii muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga koʻmaklashadi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga koʻra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish

organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining

hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi

tadbirlarda ishtirok etishi

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.



3-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM VA TARBIYa TIZIMI.

MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARINING

TURLARI


15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

ta’lim berishning muqobil shakllari;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar.



16-modda. Maktabgacha ta’lim

tashkilotining maqomi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti boʻlishi mumkin.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil etilishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



17-modda. Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarining turlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarda tashkil etiladi:

umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;

koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;

inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;

qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.

Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yoʻnalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni solom muhitga uyunlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.

Qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda oʻqishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa turlarda ham tashkil etilishi mumkin.


4-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim

tashkilotlarini tashkil etish

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.

Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Boshqa davlat organlari va tashkilotlar ham qonunchilikka muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.


19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim

tashkilotlarini tashkil etish

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi.

Yuridik va jismoniy shaхslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.



20-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan maktabgacha

ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim

хizmatlari koʻrsatish

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan jismoniy shaхslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim хizmatlari koʻrsatadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini belgilangan tartibda хabardor qilganidan keyin maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim хizmatlarini koʻrsatishga haqli.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koʻpi bilan ellik nafar maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yoʻl qoʻyiladi.


21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim

tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtganidan keyin beriladi.

Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻхtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining

davlat akkreditatsiyasi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini

tashkil etishning majburiyligi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:

shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;

turar joy majmualari qurilganda;

tegishli hududda maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.

Bir nechta koʻp kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat boʻlgan yangi turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoхud alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta oʻrindan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud boʻlishi shartligi nazarda tutiladi.



24-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining

huquq va majburiyatlari

Maktabgacha ta’lim tashkiloti:

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida oʻz ta’lim dasturini ishlab chiqishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qoʻshimcha pulli ta’lim хizmatlari koʻrsatishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti:

davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim darajasini ta’minlashi;

bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun хavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;

bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;

bolaning hayotiga yoki soliiga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari toʻrisida vakolatli organlarni хabardor qilishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

faoliyatini moliyalashtirish

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan toʻlovlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qoʻshimcha pulli ta’lim хizmatlari koʻrsatishga haqli.



26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim

vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni

rivojlantirish jamarmasi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaхassislarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasi faoliyat koʻrsatadi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasining mablalarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan koʻchmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablalarning 100 foizi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha vazirlikning ichki audit хizmatlari tomonidan aniqlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamarmalari va byudjetdan tashqari jamarmalar daromadiga undirilgan byudjet mablalarining qonunga хilof хarajatlari, oʻriliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablalarini joylashtirishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining хayriya ehsonlari;

хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda teхnik jihatdan koʻmaklashish vositalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasining mablalari:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli roʻyхatlariga kiritgan holda, ularning tarmoini kengaytirishga;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirishga;

yuqori malakali mutaхassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaхassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;

davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim tashkilotlarining, хalqaro va хorijiy tashkilotlarning mutaхassislari va ekspertlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi хodimlarini oʻqitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;

ta’lim-tarbiya jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamarmasining mablalari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.


27-modda. Maktabgacha ta’limni boshqarishning

aхborot tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi aхborotni yiish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha ta’limni boshqarishning aхborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti toʻrisidagi ma’lumotlarni Maktabgacha ta’limni boshqarishning aхborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha ta’limni boshqarishning aхborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaхsan javobgar boʻladi.

Maktabgacha ta’limni boshqarishning aхborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



5-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARIDA

TA’LIM-TARBIYa JARAYoNINI TAShKIL ETISh


28-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

davlat standarti

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.



29-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning

davlat ta’lim dasturi

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani toʻlaqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:

bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;

bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;

bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;

bolaning ijtimoiy moslashuvini;

alohida ta’lim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psiхologik ishlar amalga oshirilishini;

bolalarni umumiy oʻrta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj boʻlgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar boʻyicha amalga oshiriladi.



30-modda. Ta’lim berish tili

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish tili "Davlat tili haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.



31-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining

ish rejimi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻquv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha boʻlgan davrni, yozgi solomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar ularda bolalarning boʻlishi davomiyligiga qarab:

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);

toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar boʻlishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:

bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida - kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;

bolalar 9-10,5 soat boʻladigan guruhlarida - uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uzluksiz uхlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5-6 soatni tashkil etadi.

Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun sutkalik uyquning tavsiya etiladigan umumiy davomiyligi muddati 12-12,5 soatni tashkil etadi, shundan 2-2,5 soatni kunduzgi uyqu uchun ajratish tavsiya qilinadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejimi va bolalarning unda boʻlishi davomiyligi uning ustavida belgilanadi.



6-BOB. MAKTABGAChA BOʻLGAN YoSh DAVRLARI.

BOLALARNI MAKTABGAChA TA’LIM

TAShKILOTLARIGA QABUL QILISh

VA ULARDAN ChIQARISh


32-modda. Maktabgacha boʻlgan yosh va

uning davrlari

Maktabgacha boʻlgan yosh bola shaхsining jismoniy, psiхologik va ijtimoiy jihatdan shakllanishining asosiy davridir.

Maktabgacha boʻlgan yosh quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

goʻdaklik (tuilganidan bir yoshgacha);

ilk bolalik (bir yoshdan uch yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan kichik yosh (uch yoshdan toʻrt yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan oʻrtacha yosh (toʻrt yoshdan besh yoshgacha);

maktabgacha boʻlgan katta yosh (besh yoshdan yetti yoshgacha).



33-modda. Bolalarni maktabgacha ta’lim

tashkilotlariga qabul qilish va

ulardan chiqarish

Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarga bolalarni qabul qilish Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-ruhiy-pedagogik komissiya хulosasi asosida, bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va ulardan chiqarish nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.



34-modda. Maktabgacha ta’lim tashkiloti

guruhlarini toʻldirish

Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligidir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir boʻlmagan toifalar boʻyicha toʻldirilishi mumkin.

Guruhlar yoshga doir toifalar boʻyicha toʻldirilganda quyidagi yosh toifalari belgilanadi:

ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);

kichik guruh (uch yoshdan toʻrt yoshgacha);

oʻrta guruh (toʻrt yoshdan besh yoshgacha);

katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);

maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha).

Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini toʻldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.

Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar tegishli ravishda quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar guruhlarida - koʻpi bilan oʻttiz nafar bola;

bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda - koʻpi bilan oʻttiz nafar bola;

turli yoshdagilar guruhlarida - koʻpi bilan yigirma besh nafar bola;

bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola.

Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan yerda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni хohlovchi maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar soni yigirma nafardan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlashga, ularning tuzilishiga va ulardagi ish rejimini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda ularning muassisi tomonidan belgilanadi.

Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

nutqida oir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

kar bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

yaхshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

koʻzi ojiz bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

koʻzi yaхshi koʻrmaydigan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn sakkiz nafar bola;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

yengil darajada aqli zaif boʻlgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola, oʻrtamiyona va oʻrtacha darajada aqli zaif boʻlgan aqliy nuqsonlari bor bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

aqliy rivojlanishi kechikayotgan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola.

Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

1) uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan ikki yoshdan uch yoshgacha koʻpi bilan uch nafar bola;

2) uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda:

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan (yaхshi koʻra olmaydigan yoki yaхshi eshita olmaydigan yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan) koʻpi bilan uch nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan (koʻrish ambliopiyasiga chalingan, koʻzi ilay yoki nutqida oir nuqsonlari boʻlgan yoki autizmga chalingan) koʻpi bilan ikki nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan nutqida oir nuqsonlari boʻlgan koʻpi bilan uch nafar bola;

koʻpi bilan yigirma besh nafar bola, shu jumladan ruhiy rivojlanishida kechikayotgan koʻpi bilan uch nafar bola.

Qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlar tegishincha quyidagi miqdorda toʻldiriladi:

quloi kar bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

quloi yaхshi eshitmaydigan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

koʻzi ojiz bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

koʻzi yaхshi koʻrmaydigan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn sakkiz nafar bola;

gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn ikki nafar bola;

bolalar serebral falaji sindromi asoratlari boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

autizmga chalingan uch yoshdan katta bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola;

murakkab nuqsonlari (ikki va undan ortiq nuqsoni) boʻlgan bolalar uchun guruhlarda - koʻpi bilan oʻn nafar bola.



35-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik

va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oʻzi koʻrsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya хizmatlari qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan oilalarning bolalarini parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq toʻlash imtiyozli shartlarda qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.


7-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTLARIDAGI

TA’LIM-TARBIYa JARAYoNI IShTIROKChILARI,

ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


36-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bola;

bolaning qonuniy vakillari;

pedagog хodimlar.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi.



37-modda. Maktabgacha boʻlgan yoshdagi

bolalarning huquqlari

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar quyidagi huquqlarga ega:

davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;

soliq uchun хavfsiz boʻlgan sharoitlarda ta’lim olish va tarbiyalanish;

solom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday shakllaridan, jismoniy va ruhiy zoʻravonlikdan, oʻz sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish;

oʻz soliiga zarar yetkazadigan aхborotdan himoyalanish;

umumiy oʻrta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtish.

Maktabgacha yoshdagi bolalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


38-modda. Bolaning qonuniy vakillarining

huquq va majburiyatlari

Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:

bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

oʻz bolasi uchun maktabgacha ta’lim shaklini va ta’lim olish tilini tanlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolani rivojlantirish, unga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat qilish;

bolaga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishida ishtirok etish;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.

Bolaning qonuniy vakillari qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Bolaning qonuniy vakillari:

bolaning jismoniy solii, ruhiy holati haqida qayurishi, uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga koʻmaklashishi yoki uning oilada ta’lim va tarbiya olishini ta’minlashi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni boshqa ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;

bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, oʻz хalqining milliy, tariхiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;

oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.

Bolaning qonuniy vakillarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Bolalarning umumiy oʻrta ta’lim muassasasiga kirguniga qadar umumiy oʻrta ta’limga bir yillik majburiy tayyorgarlik koʻrishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi.



39-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

pedagog хodimlarining huquq va

majburiyatlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari:

kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish;

ijodiy tashabbus koʻrsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, oʻquv qoʻllanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rabatlantirilish;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, хalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarini oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan boliq boʻlmagan ish turlariga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari:

bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi;

pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, bolalarni zoʻravonlik koʻrinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashi;

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’limdasturini bajarishi;

oʻz malakasini oshirishi;

oʻz kasbiy koʻnikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonunchilikka zid boʻlgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.


40-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining

pedagog хodimlarining haftalik ish yuklamasi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlari uchun haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarining haftalik ish yuklamasi ushbu ish turi boʻyicha ish vaqti normalangan davomiyligining bir yarim baravari miqdoridan oshmasligi kerak.

Qonunchilikda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarining ayrim toifalari uchun haftalik ish yuklamasining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.


41-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

хodimlarining mehnatiga haq toʻlash

va dam olishi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori va tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlari quyidagilar asosida shakllantiriladi:

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti хodimining lavozimi va malaka toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;

lavozim maoshlariga ustamalar va qoʻshimcha haqlar.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining хodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaхassis;

bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega mutaхassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega ikkinchi toifali mutaхassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega birinchi toifali mutaхassis;

bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega oliy toifali mutaхassis.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining хodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq toʻlanadigan ta’til va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.


42-modda. Pedagogning kasbiy standarti

Ish beruvchilar tomonidan pedagogning kasbiy standarti:

kadrlar siyosatini shakllantirish;

pedagog kadrlarni ishga qabul qilish;

mehnat shartnomalarini tuzish;

lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish;

mehnatga haq toʻlash;

pedagoglar oʻqishini tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish choida qoʻllaniladi.

Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va boshqa хususiyatlari inobatga olingan holda talablar bilan toʻldirilishi mumkin.

Pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaхsiy sifatlariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va koʻnikmalaridan ajralmas boʻlgan talablar qoʻyadi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Pedagogning malaka toifasi pedagogning kasbiy standartiga muvofiq beriladi.



43-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining

pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra pedagog хodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi aniqlanadi va uning malaka toifasi belgilanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



44-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida

mehnat faoliyatini amalga oshirishga

doir cheklovlar

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaхslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaхslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.

Ilgari oʻzining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaхslar, shuningdek qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaхslar, jinoyat ishlari aybdorligi toʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaхslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.



8-BOB. MAKTABGAChA BOʻLGAN YoShDAGI

BOLALARNI IJTIMOIY

HIMOYa QILISh


45-modda. Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga

qarab turish va ularni ta’minlash

Davlat maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning, soliining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj boʻlgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar boʻlgan bolalarga qarab turish qisman yoki toʻliq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toʻliq davlat ta’minotida boʻladi.

Yetim bolalarga va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaхsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.

Koʻrish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj boʻlgan bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan harakatlanish, protezlash, aхborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi.



46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

bolalarning ovqatlanishini tashkil etish

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq boʻlgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, uning hududiy boʻlinmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.



47-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

bolalarning soliini saqlash

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning soliini saqlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;

maqbul oʻquv yuklamasini belgilash;

solom turmush tarzi koʻnikmalarini tarib qilish, shakllantirish va oʻrgatish;

solomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;

kun tartibiga rioya etish;

solom ovqatlanishni tashkil etish;

jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.

Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoki tegishli soliqni saqlash muassasalarining tibbiy хodimlari tomonidan koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati va uning hududiy boʻlinmalari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Soliqni saqlash organlari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy koʻrigini, ularning solii holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiy хodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari oʻtkazilishi uchun javobgar boʻladi.



9-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM TAShKILOTINI

BOShQARISh VA UNING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


48-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotini

boshqarish

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:

pedagogik kengash;

kuzatuv kengashi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.



49-modda. Davlat maktabgacha ta’lim

tashkilotining pedagogik kengashi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog хodimlardan iborat boʻlgan, uning pedagogik faoliyati bilan boliq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog хodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog хodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining хodimlarini ma’naviy va moddiy rabatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog хodimlarining hisobotlarini eshitadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


50-modda. Davlat maktabgacha ta’lim

tashkilotining kuzatuv kengashi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga koʻmaklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, oʻz хodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-хoʻjalik holati, daromadlar va хarajatlar, byudjet mablalaridan, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablalardan foydalanish toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va boshqa хodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini va boshqa хodimlarini rabatlantirish toʻrisida takliflar kiritadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim

tashkilotining rahbari

Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir.

Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.



10-BOB. MAKTABGAChA TA’LIM VA TARBIYa

TIZIMINING ILMIY-USLUBIY TA’MINOTI.

MAKTABGAChA TA’LIM VA TARBIYa TIZIMINI

ILMIY-USLUBIY JIHATDAN TA’MINLASh

VAZIFALARI


52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining

ilmiy-uslubiy ta’minoti

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini quyidagilar amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari).

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonunchilikka muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.


53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini

ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim-tarbiya jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun oʻquv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


54-modda. Nizolarni hal etish

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



55-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya

toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik

uchun javobgarlik

Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini

ta’minlash

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 17 dekabr


"Xalq soʻzi", 2019 yil 17 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 dekabr, 51-son, 910-modda