Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.12.2019 y. 1012-son "Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.12.2019 y.

N 1012




IQTISODIY JIHATDAN SAMARASIZ,

KAM HOSIL BERADIGAN BO VA TOKZORLARNI

YaROQSIZ DEB TOPISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan, yaroqsiz bo va tokzorlardan samarali foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bo va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, ushbu Nizom talablari bo yoki tokzori mavjud boʻlgan fermer хoʻjaliklariga va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi, dehqon хoʻjaliklari bundan mustasno.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi 2020 yildan boshlab har yili 1 oktyabrga qadar:

iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bo va tokzor maydonlarining manzilli roʻyхatini shakllantirsin;

yaroqsiz deb topilgan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bo va tokzorlar oʻrnida intensiv bo va tokzorlar barpo qilish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga oʻtkazish hamda eksportbop va serdaromad qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligi yaroqsiz deb topilgan kam hosil beradigan bo va tokzorlar oʻrnida intensiv bo va tokzorlar barpo qilish boʻyicha qat’iy nazorat oʻrnatsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 19 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 dekabr, 51-son, 911-modda