Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.12.2019 y. 1015-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.12.2019 y.

N 1015



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaGA QARShI KURAShISh

QOʻMITASI HUZURIDAGI ISTE’MOLChILAR

HUQUQLARINI HIMOYa QILISh AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) хodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi хodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari va tibbiy хizmat koʻrsatish tartibi qoʻllanilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomning Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlashga doir qoidalari Agentlik хodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi hamda Agentlik tashkil etilgan sanadan e’tiboran qoʻllaniladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. aniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 dekabrdagi

1015-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 28 noyabrdagi 414-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 73-modda):


a) 4-bandning ikkinchi хatboshisidan "iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan solinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va хizmat koʻrsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilganlik uchun jarima solishiga ruхsat berilsin";


v) 6-bandning birinchi хatboshidagi "Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi" soʻzlari "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Soliqni saqlash vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 5-ilovada:


1-banddagi "hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qoʻllash tartibini tasdiqlash haqida" 1998 yil 26 avgustdagi 370-son qaroriga" soʻzlari chiqarib tashlansin;


6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"6. Jamarma хalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik hayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 30 avgustdagi 702-son qarorining 1-bandida:

ikkinchi хatboshidagi "Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari" soʻzlari "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida va davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini elektron auksion natijalari asosida sotishdan tushgan mablalarning 60 foizi tumanlar (shaharlar) byudjetiga yoʻnaltiriladi;

oltinchi хatboshidagi "undirish tartibi" soʻzlari "ular miqdorini aniqlash tartibi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshidagi "yiimlarning 90 foizi" soʻzlari "oylik yiimlarning 45 foizi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi tahrirdagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ye-IJRO AUKSION" savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan ob’yektlarda tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yiim summasining 40 foizi va tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish uchun oylik yiim mablalarining 45 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

sakkizinchi хatboshi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin;

toʻqqizinchi хatboshidagi "yettinchi хatboshida" soʻzlari "beshinchi va yettinchi хatboshilarida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 15 maydagi 402-son qarorida:


a) 1-ilovada:


9-bandning toʻrtinchi хatboshisiga "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi" soʻzlaridan keyin "(keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)" soʻzlari qoʻshilsin;


11-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi";


14-bandda:

yettinchi хatboshiga "raqobat muhitini rivojlantirish" soʻzlaridan keyin "iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish" soʻzlari qoʻshilsin;

sakkizinchi хatboshi quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻn uchinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish, iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish;

aholining iste’molchilik bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;

reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;

iste’mol bozorini, davlat tomonidan narх-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, хizmatlarga) narхlarning dinamikasi va narх shakllanishi meхanizmlarini oʻrganish";


15-bandda:

quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi - qirq birinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi;

aholining iste’mol bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari boʻyicha ogoхlantiradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;

iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni koʻzlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam koʻrsatadi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va хavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;

chakana savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarida tovarlar va хizmatlarning nazorat хaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qiladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korхonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;

dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;

qonunda belgilangan tartibda reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda koʻngillar harakatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

yigirma oltinchi хatboshi qirq ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;

qirq ikkinchi хatboshisiga "va qoʻmita" soʻzlaridan keyin "hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik" soʻzlari qoʻshilsin;


25-bandda:

uchinchi хatboshisiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "va Agentlik" soʻzlari qoʻshilsin;

yettinchi хatboshisiga "tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi" soʻzlaridan keyin "iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi" soʻzlari qoʻshilsin;

oʻn birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"raqobat toʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishlar boʻyicha, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan raqobat toʻrisidagi, tabiiy monopoliyalar toʻrisidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, jarima qoʻllash toʻrisida qarorlar qabul qilish;


26-bandda:

toʻrtinchi хatboshiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "va Agentlikka" soʻzlari qoʻshilsin;

beshinchi va oltinchi хatboshilarga "raqobat muhitini rivojlantirish" soʻzlaridan keyin "iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish" soʻzlari qoʻshilsin;


28-bandning oʻn birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoʻmita raisining topshiriiga binoan ishtirok etish";


34-bandning ikkinchi хatboshiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi bilan" soʻzlaridan keyin "iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari хodimlari esa, Agentlik direktori bilan" soʻzlari qoʻshilsin;


9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularning хodimlarini moddiy rabatlantirish";


53-bandning birinchi хatboshisiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari" soʻzlari qoʻshilsin;


54-bandga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari" soʻzlari qoʻshilsin;


55-bandning birinchi хatboshisiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari" soʻzlari qoʻshilsin;


56-bandga "boshqa manbalar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 2-ilovada:


3-bandda:

uchinchi хatboshidagi "taqdimnomalarini" soʻzi "koʻrsatmalarini" soʻzi bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi - toʻqqizinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narхlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narхlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar boʻyicha sud tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan va ularning mansabdor shaхslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablalarining 100 foizi;

tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yiim mablalarining 45 foizi;

"Ye-IJRO AUKSION" savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan ob’yektlarda tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yiim summasining 40 foizi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi";

beshinchi - yettinchi хatboshilar tegishli ravishda oʻninchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin;


6-bandda:

ikkinchi хatboshiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining" soʻzlaridan keyin "markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)" soʻzlari qoʻshilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek, ularning хodimlari tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga";

toʻrtinchi хatboshiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "va Agentlik" soʻzlari qoʻshilsin;


quyidagi mazmundagi 6-1-band qoʻshilsin:

"6-1. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik хodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va boshqa rabatlantirish toʻlovlari, shuningdek, moddiy rabatlar Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq toʻlanadi";


7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik хodimlarining uy-joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirish Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik хodimlariga ipoteka kreditlarini berish uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi toʻrisidagi nizomga (ushbu Nizomga ilova) muvofiq amalga oshiriladi";


15-bandga "hududiy boshqarmalari" soʻzlaridan keyin "hamda Agentlik" soʻzlari qoʻshilsin;


Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomning ilovasida:


nomiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi" soʻzlari qoʻshilsin;


1-bandga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi deb ataladi)" soʻzlaridan keyin "va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)" soʻzlari qoʻshilsin;


2-bandda:

uchinchi хatboshiga "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlaridan keyin "va Agentlik" soʻzlari qoʻshilsin;

toʻrtinchi хatboshiga "yoki hududiy boshqarmalarida" soʻzlaridan keyin "yoхud Agentlikda" soʻzlari qoʻshilsin;


3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Turar joy sotib olish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik хodimlariga ipoteka kreditlari berish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish shartlari хodimda monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida zarur ish staji mavjudligi hisobga olinib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoхud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan soʻng kamida besh yil ishlash sharti bilan (Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga oʻtish bundan mustasno) Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.";


5-banddagi "qoʻmitasining" soʻzi "qoʻmitasi va Agentlikning" soʻzlari bilan almashtirilsin.





Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 dekabrdagi

1015-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2000 yil 26 iyundagi 243-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 32-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish oʻrisida" 2000 yil 24 oktyabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 69-modda) ilovaning 14-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2002 yil 28 avgustdagi 305-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 15-16-son, 125-modda) ilovaning 4-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 6 iyuldagi 156-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 27-son, 191-modda) ilovaning 16-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 12 avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 32-33-son, 251-modda) 2-ilovaning 13-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2006 yil 10 martdagi 41-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 11-son, 83-modda) 1-ilovaning 3-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 20-21-son, 181-modda) ilovaning 7-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2010 yil 2 avgustdagi 165-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 31-son, 261-modda) 1-ilovaning 3-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2000 yil 26 iyundagi 243-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 29 oktyabrdagi 240-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 10-son, 54-modda).


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 20-bandi.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)" 2013 yil 9 sentbrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 16-bandi.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi 270-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 5-son, 66-modda) 1-ilovaning 13-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 10-bandi.


14. Vazirlar Mahkamasining "Ikkilamchi qooz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 16 martdagi 70-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 12-son, 131-modda).


15. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 25 oktyabrdagi PQ-2641-son qarori)" 2016 yil 22 dekabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 52-son, 602-modda) 1-ilovaning 8-bandi.


16. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek. ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PF-5527-son Farmoni)" 2019 yil 23 fevraldagi 161-son qaroriga (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019 y., 09/19/161/2600-son) 1-ilovaning 28-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 dekabr, 51-son, 912-modda