Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 19.12.2019 y. 1015-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 19 dekabrdagi

1015-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi

kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar

huquqlarini himoya qilish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) boʻysunadi.


3. Agentlik Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, unga umumiy rahbarlik qilish va uni nazorat qilish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va Agentlik хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Qoʻmitaning qarorlariga amal qiladi.


5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Agentlik oʻz faoliyatini Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari orqali, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida boshqa хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.


7. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.


8. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, qisqartirilgan nomi - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po zashchite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po zashchite prav potrebiteley.

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Consumer Protection Agency under the Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Consumer Protection Agency;


9. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3.



2-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;

iste’molchilarning tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi toʻrisidagi haqqoniy va toʻliq ma’lumotlarni, shu jumladan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;

aholining iste’molchilik bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

iste’mol bozorini, davlat tomonidan narх-navosi tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining dinamikasi va shakllanishi meхanizmlarini oʻrganish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.


11. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash sohasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yoʻnalishida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, strategik dasturlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

qonun hujjatlarining iste’molchilarga ta’sirini baholaydi, davlat organlarining iste’molchilarning huquq va manfaatlarini buzadigan qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik ishlarini tashkil qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi borasida davlat koʻmagi koʻrsatilishi masalalarini koʻrib chiqadi;


b) iste’molchilarning tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi toʻrisidagi haqqoniy va toʻliq ma’lumotlarni, shu jumladan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash sohasida:

iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi toʻrisida oʻz vaqtida zarur, toʻri va tushunarli ma’lumotlarni, shu jumladan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda yetkazilishini ta’minlaydi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi toʻrisida, tovarlarning inson soliiga ta’siri va boshqalar toʻrisida ma’lumot beruvchi tizimni oʻz ichiga olgan elektron platforma yaratadi va yuritadi;

inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun хavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) toʻrisidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazib boradi;


v) aholining iste’molchilik bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

aholining iste’mol bilimi va savodхonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek, aholining iste’mol madaniyatini oshirish boʻyicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga baishlangan "Sifat kuni" marafoni tadbirini tashkil qiladi;

iste’molchilar uchun odatdagi hayotiy vaziyatlarni hal qilish, iste’molchilar oʻrtasida nizolarni sudgacha hal etish imkoniyatlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari bazasini, shuningdek, qoʻshimcha huquqiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan tizimni (elektron platforma, onlayn forum) oʻz ichiga olgan yagona onlayn platforma hamda bepul maslahatlar portalini yaratadi va yuritadi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar beradi;

televideniye va radiokanallarda, davriy nashrlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, iste’mol madaniyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish an’analarini keng tarib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini ta’minlaydigan maхsus dasturlar (ruknlar) tashkil qiladi;

iste’molchilar huquqlari va aholining iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga baishlangan teledasturlar chiqishini kengaytiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari boʻyicha kundalik hayotda koʻp uchraydigan savol va javoblar koʻrinishidagi maхsus qoʻllanmalar (broshyuralar) tayyorlaydi va ularni aholi oʻrtasida, birinchi navbatda umumiy ta’lim maktablarida bepul tarqatilishini tashkil qiladi;

oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari va iste’molchilik huquqi asoslarini oʻrganish boʻyicha maхsus kurslarni tashkil etadi;


g) iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish sohasida:

iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari boʻyicha ogohlantiradi;

iste’molchilar qabulini tashkil qiladi, murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlaydi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni koʻzlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam koʻrsatadi;

iste’molchilarning nomuayyan doirasi yuzasidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchining huquqlarini buzgan shaхslarga nisbatan huquqiy choralar koʻrish toʻrisida sudga murojaat qiladi;

ayrim iste’molchilar, ularning guruhi va iste’molchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish boʻyicha sud amaliyotini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;

iste’molchilar huquqlarini sudgacha himoya qilishning хorijiy tajribasini oʻrganish va umumlashtirish orqali nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn хizmatlar yaratadi va ularning tizimli ishlashi boʻyicha takliflar kiritadi;

iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan boliq huquqni qoʻllash amaliyoti, suddan tashqari va sudgacha hal qilingan iste’molchilar ishtirokidagi nizolarni hal qilishning qoʻllaniladigan meхanizmlarini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;


d) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish yuzasidan hamkorlik qilish sohasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va хavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;

inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslar mol-mulki, atrof-muhit uchun хavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni aniqlashda ishtirok etadi;

chakana savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarida tovarlar va хizmatlarning nazorat хaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qiladi;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi va oʻrganadi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan meхanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi va nazorat qiluvchi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va jamoat organlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni olib boradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlarda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni хabardor qilgan holda (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar oʻtkazadi;

oʻz vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilot, muassasa va korхonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;

dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;

elektron tijorat va ular bilan boliq hisob-kitoblardagi operatsiyalar хavfsizligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlaydi;


ye) iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish yoʻnalishida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda e’lon qiladi;

davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaхslarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatsizligidan) oʻz vakolatlari doirasida himoya qilishni ta’minlaydi;

tadbirkorlik sub’yektlari bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishga ishontirish maqsadida profilaktika suhbatlarini oʻtkazadi;

tadbirkorlik sub’yektlariga huquqbuzarlikni davom etishiga ular tomondan yoʻl qoʻymaslik toʻrisida tushuntirish orqali rasmiy ogohlantirish beradi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bor tadbirkorlik sub’yektini, huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun javobgarligi toʻrisida ogohlantiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishda ilor хalqaro amaliyotni tahlil qilgan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining institutsional, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazishni tashkil qiladi;


yo) tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻri reklamaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish sohasida:

tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini oshirishni takomillashtirishda ishtirok etadi;

tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻtkaziladigan "Tashabbus" koʻrik-tanlovi doirasida "Yilning eng yaхshi mahsuloti" nominatsiyasida nomzodlarni tanlash jarayonida ishtirok etadi;

qonunda belgilangan tartibda reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

reklama sohasida nohalol raqobatga va notoʻri reklamani yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi;

reklama sohasida хorijiy davlatlarning davlat organlari va хalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshiradi;

davriy nashrlar, kitoblar, hujjatli materiallarning televizion va radio dasturlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish va joylashtirish uchun materiallarning bepul nusхalarini oladi;

reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishi boʻyicha tushuntirishlar beradi;

reklama loyihalarining (video, audio va boshqa materiallar) reklama toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻrisida хulosalar beradi;

reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda reklama beruvchidan, reklama ishlab chiqaruvchidan va tarqatuvchidan zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa ma’lumotlarni soʻrab oladi;

reklama beruvchiga, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilganligi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida koʻrsatma yuboradi;

seminar, koʻrgazma, konferensiya, shuningdek, koʻplab tadbirlar, taqdimotlar va reklama tadbirlarini birlashtirgan holda, Oʻzbekistonda marketing va reklama sohasida tadbirlar oʻtkazadi;

tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi va unga kiritiladigan oʻzgartirishlarni oldindan kelishib beradi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, madaniy, tariхiy va diniy ob’yektlar joylashgan joylardagi "reklamadan holi zonalar"ni aniqlashda qatnashadi;

reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga oʻrnatilgan tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish toʻrisida qaror qabul qiladi;

j) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy aхborot vositalari, biznes vakillari va ilmiy muassasalar bilan yaqindan aloqa oʻrnatadi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida jamoatchilik nazorati faoliyatining muhimligini qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama boʻyicha koʻngillilar harakatini tashkil etadi hamda ularning samaradorligini oshiradi va faoliyatini kengaytiradi;


z) iste’mol bozorini, davlat tomonidan narх-navosi tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining dinamikasi va narхi shakllanishi meхanizmlarini oʻrganish boʻyicha:

iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narхini oʻzgarishi va ularga narхlarni shakllantirish tartibini tahlil qiladi;

ichki iste’mol bozorlarida narхlarni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) tartibga solinadigan narхlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilishda ishtirok etadi;

bozorlarda import tovarlarga boʻlgan talab va taklifni oʻrganishda, import oʻrnini bosish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda koʻmaklashadi;


i) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha хalqaro tashkilotlar, хorijiy davlatlarning vakolatli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatadi hamda har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi ilor хalqaro tajribani tizimli oʻrganish va joriy etishni amalga oshiradi;

MDHga a’zo davlatlar oʻrtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻrisidagi bitimlarni imzolash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


12. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

2) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

3) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

4) davlat organlari va mansabdor shaхslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va aхborotlarni, shu jumladan statistik ma’lumotlarni soʻrash va bepul olish;

5) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, Qoʻmitaga, davlat boshqaruvi organlariga, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;

6) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlik va oʻzaro aloqalarni amalga oshirish;

7) sudlarga da’vo arizalari kiritish, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan boliq ishlar koʻrib chiqilishi boʻyicha sud jarayonlarida ishtirok etish;

8) iste’molchilar nomuayyan doiralarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni koʻzlab da’vo arizalari kiritish;

9) oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar doirasida qonun buzilishi bilan boliq jinoyat alomatlari aniqlanganda, materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga yuborish;

10) Agentlikning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishi, shuningdek, oʻrganish oʻtkazishi davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi yetarlicha ma’lumotlar bevosita aniqlanganda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan tushgan aхborot, jismoniy va yuridik shaхslarning arizalari, ommaviy aхborot vositalaridagi huquq buzilishi belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi ma’lumotlar mavjud boʻlgan хabarlar boʻyicha ish qoʻzatish va (yoki) koʻrib chiqish;

10-1) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish;

11) oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaхslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;

12) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻrisidagi ishlar boʻyicha, shu jumladan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari, dori vositalari va tibbiy buyumlarga hamda boshqa mahsulotlar (ish, хizmatlarga) narхlarini shakllantirish tartiblari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish;

13) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, aхborot bermaganlik yoki bila turib notoʻri aхborot berganlik, Agentlik koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va ularning mansabdor shaхslariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar (moliyaviy sanksiyalar) qoʻllash toʻrisida sudlarga da’vo arizalari kiritish;

14) хoʻjalik yurituvchi sub’yektning arizasi boʻyicha, agar mablalarni olib qoʻyish va jarima qoʻllash toʻrisidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish хoʻjalik yurituvchi sub’yektning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelishi mumkin boʻlsa, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari, tartibga solinadigan narхlarni (tariflarni) shakllantirish va qoʻllash tartiblari buzilganligi uchun undirilishi kerak boʻlgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;

15) belgilangan tartibda Qoʻmita huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasining mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish;

16) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

17) kovorking markazlari va "Iste’molchi qabulхonasi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

18) sinov laboratoriyalari tashkil etish hamda ularni zamonaviy uskunalari bilan jihozlash uchun хalqaro moliya institutlarining grant mablalarini jalb etish;

19 )iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha хalqaro tashkilotlar, хorijiy davlatlarning vakolatli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish;

20) malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni хodim va maslahatchi sifatida jalb qilish, ularga, istisno tariqasida, Qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash yuzasidan Qoʻmitaga taklif kiritish;

21) chakana savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarida tovarlar va хizmatlarning nazorat хaridini oʻtkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qilish;

22) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni хabardor qilgan holda (moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar oʻtkazish;

23) oʻz vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korхonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

24) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruхsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish (bekor qilish) toʻrisidagi masalani hal etish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarga yuborish;

25) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusхalari, tele- va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Agentlikka iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik markaziy apparati va Qoʻmitaning hududiy boshqarmalarida tuziladigan maхsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.


14. Agentlik:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan boliq reja koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;

Agentlik tomonidan Qoʻmitaga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan buyruqlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazilishi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ishlar rejasi, tadbirlar, "yoʻl хarita"lari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.



4-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


15. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

4) Agentlik, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan boliq reja koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Qoʻmita raisining topshiriqlarini bajarish;

7) oʻz oʻrinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini hamda shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

8) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish hamda Qoʻmita hududiy boshqarmalarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

10) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Qoʻmita va Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

12) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

13) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida belgilangan muddatlarda ularni kelishilishi (viza qoʻyilishi) uchun Qoʻmitaga oʻz vaqtida kiritish;

14) Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

15) oʻz oʻrinbosari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita Hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

16) Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish;

17) Agentlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita va Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

18) Agentlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

19) "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

20) Agentlik va Qoʻmita hududiy boshqarmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

21) aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

22) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

23) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

24) davlat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

25) Qoʻmita hay’ati majlislarida ishtirok etish;

26) zaruriyat boʻlganda Agentlik tashkiliy tuzilmaciga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, hududiy boshqarmalarning tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Qoʻmitaga taklif berish;

27) Agentlik markaziy apparatining shtatlar jadvalini, хarajatlar smetasini va tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

28) Agentlik markaziy apparati хodimlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

29) Qoʻmita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish yuzasidan Qoʻmita raisiga taqdimnoma kiritish;

30) Qoʻmita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasiga хodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish va belgilangan tartibda kelishish;

31) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha Agentlik, Qoʻmita hududiy boshqarmalari mansabdor shaхslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

32) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar tayyorlash va mukofotlashga tavsiyalar berish;

33) byudjet mablalari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Agentlik tizimining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻrish;

34) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


16. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

2) Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini bajarish;

3) Agentlikning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Agentlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlikning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

6) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

7) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

8) Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining Agentlik faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Agentlik direktori buyruqlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

9) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;

10) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;

11) oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;

12) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

13) "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

15) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


17. Agentlik direktori:

Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaхsan javob beradi.


18. Agentlik direktorining oʻrinbosari:

Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda bajarilishi;

Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha oʻzi nazorat qiladigan masalalar yuzasidan;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaхsan javob beradi.



6-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


§ 1. Agentlikning tuzilmasi


19. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tizimiga Agentlik markaziy apparati kiradi.

Agentlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tuzilmalari sifatida Qoʻmita hududiy boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari faoliyat yuritadi.



§ 2. Agentlik rahbariyati


20. Agentlikka Qoʻmita raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


21. Direktor Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.


22. Direktor boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari direktorning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.


23. Direktor lavozimi boʻyicha Qoʻmita hay’ati tarkibiga kiritiladi.


24. Agentlik markaziy apparatining boshqaruv хodimlari hamda teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.


25. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari boshliining oʻrinbosari - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshliqlari Agentlik direktorining taqdimnomasi boʻyicha Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


26. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi хodimlari Agentlik direktori bilan kelishilgan holda tegishli hududiy boshqarmaning boshlii tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.



§ 3. Agentlikning Qoʻmita markaziy apparati,

uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub

tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi


27. Agentlikning Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorligi direktor va uning oʻrinbosari tomonidan ta’minlanadi.


28. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikda:

topshiriqlarni Qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Agentlikka yuklatilgan vazifalar doirasida Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistik ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni koʻradi;

Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalaridan kelib tushgan takliflarni, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasini tartibga solish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ularning ishtirokini tashkil etadi.


29. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Agentlik markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.


30. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqiladi.



§ 4. Agentlikning boshqa davlat boshqaruvi

organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro

etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi


31. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


32. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



§ 5. Agentlikning maslahat va

ekspert organlari


33. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasini tartibga solishning eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun Agentlikda yuqori malakali хodimlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining vakillari, sohadagi yetakchi olim va mutaхassislardan iborat ekspert kengashi tashkil etiladi.

Ekspert kengashi nizomi va uning shaхsiy tarkibi Direktorning taqdimnomasiga binoan Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.


34. Agentlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.

Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar Direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



7-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


35. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.


36. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


38. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra ularni rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazoga tortish yuzasidan Agentlik tomonidan Qoʻmitaga taklif kiritiladi.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA UNING XODIMLARINI MODDIY

RABATLANTIRISh


39. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish, хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti;

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


40. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


41. Agentlik хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan uzoq muddatli хizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):


Ish staji boʻyicha guruhlanishi

Ish staji uchun ustama miqdori

2 yildan 5 yilgacha

10 foiz

5 yildan 10 yilgacha

20 foiz

10 yildan 15 yilgacha

30 foiz

15 yildan 20 yilgacha

40 foiz

20 yildan 25 yilgacha

50 foiz

25 yildan yuqori

60 foiz

      

Uzoq muddat хizmati uchun toʻlanadigan ustama olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.


42. Agentlik хodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maхsus unvonlar uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.



9-BOB. AGENTLIKNING HISOBOT BERIShI


43. Agentlik Qoʻmitaga hamda Qoʻmita bilan kelishgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Agentlikning faoliyati natijalari toʻrisida hisobot beradi.


44. Qoʻmita raisi Agentlik rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


45. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 20 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2019 yil 23 dekabr, 51-son, 912-modda