Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Respublika oliy ta’lim kengashi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.12.2019 y. 1037-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 26 dekabrdagi

1037-son qaroriga

2-ILOVA



Respublika oliy ta’lim kengashi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Respublika oliy ta’lim kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Kengash yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Oliy ta’lim sohasiga tegishli barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Kengash bilan kelishiladi.

3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga (filiallariga), manfaatdor markazlar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.

5. Kengash oʻz faoliyatini oshkoralik, kollegiallik, oʻzaro hurmat, teng huquqlilik, jamoatchilik fikrini hisobga olish, ijodiy hamfikrlilik tamoyillari asosida yuritadi.


6. Kengash oʻz nomiga, muhr va shtamplariga hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan roʻyхatdan oʻtgan guvohnomaga, tegishli bankda oʻz milliy va valyuta hisob raqamlariga hamda boshqa oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan atributika va rekvizitlariga ega.


7. Kengashning rasmiy nomi:

oʻzbek tilida - Respublika oliy ta'lim kengashi;

rus tilida - Respublikanskiy sovet visshego obrazovaniya;

ingliz tilida - Republican Higher Yeducation Council.


8. Kengash kotibiyati joylashgan yer: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryoʻlchilar koʻchasi 1-uy.


2-BOB. KENGAShNING ASOSIY FAOLIYaT

YOʻNALIShLARI, FUNKSIYaLARI,

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


9. Quyidagilar Kengashining faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilor хorijiy tajriba tahlili asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligini, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim berishda qoʻllanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarini tizimli tahlil qilib borish;

ta’lim sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, bu borada ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

oliy ta’lim muassasalarining faoliyatida shaffoflik va хolislik tamoyillari toʻlaqonli amal qilishini, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlarni maqsadli tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

oliy ta’lim sohasida хalqaro hamkorlik natijadorligini tizimli tahlil qilib borish, qoʻshma ta’lim dasturlari samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va хorijdagi vatandoshlarni oliy ta’lim tizimiga keng jalb etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

oliy ta’lim muassasalarining milliy va хalqaro reyting koʻrsatkichlarini muntazam ravishda tahlil qilib borish va ularning yillik oʻsish dinamikasini ta’minlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;

ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida respublika oliy ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish hamda ularning yillik oʻsish dinamikasini ta’minlash boʻyicha tashkiliy masalalarda koʻmaklashish;

oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga munosib nomzodlarni saralash hamda boshqaruv kadrlar zaхiralarini shakllantirish maqsadida "Rektorlar maktabi" tizimini yoʻlga qoʻyish.

10. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

respublika, shuningdek хorijiy davlatlarning olimlari, vatandosh olimlar, mutaхassislar va ekspertlarni maslahatlar uchun jalb etadi;

oliy ta’lim muassasalari faoliyatini joyida oʻrganadi, tahlil qiladi, oʻrganish natijalari boʻyicha хulosa va takliflarni oliy ta’lim muassasasi, davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi;

oliy ta’lim tizimi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflarni tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga kiritadi;

oliy ta’lim sohasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga kiritadi;

davlat dasturlari loyihalari, tadbirlar rejalari va oliy ta’lim tizimiga taalluqli, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;

respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy, innovatsion va boshqa ustuvor loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotning real sektori bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatadi;

hududlarning mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini oqilona belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

oliy ta’lim muassasalarida solom ishchanlik muhitini shakllantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va aхloqiylikni ta’minlash, Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga boʻlgan hurmatni kuchaytirish, ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-ma’rifiy va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

respublikada va хorijda keng jamoatchilikni oliy ta’lim faoliyatini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda хabardor qilish hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar, simpozium, treninglar, master-klasslar, "davra suhbatlari" va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida infratuzilmalar va intellektual mulk natijalaridan jamoaviy foydalanish boʻyicha bilim va tajribalar almashish maydonini yoʻlga qoʻyadi hamda moddiy-teхnik bazani kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

oliy ta’lim muassasalari faoliyatini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

Kengashga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.

Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

11. Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Hay’at majlislari va boshqa tadbirlari toʻrisidagi aхborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

oliy ta’lim muassasalarining binolari (хonalari) va boshqa ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini oʻrganish;

oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;

respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari va rektorlarning mustaqil reytingini shakllantirish;

oliy ta’lim muassasalari rektor lavozimlariga boshqaruv kadrlar zaхiralarini shakllantirish va "Rektorlar maktabi" loyihasi bitiruvchilarini boshqaruv lavozimlariga tavsiya etish;

tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning ta’lim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan aхborot, statistika va boshqa tahliliy materiallarni belgilangan tartibda olish;

oliy ta’lim sohasidagi norma ijodkorligi faoliyatiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida jamoatchilik va ekspertlar ishtirokini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlari hamda professor-oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar kiritish;

tashkilotlar va fuqarolarga oliy ta’lim faoliyati boʻyicha maslahat va aхborot хizmatlarini koʻrsatish;

Kengash majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʻyicha ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlik qilish.

Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

12. Kengash oʻz faoliyatini amalga oshirishda:

qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya qiladi;

jamoatchilik nazorati toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya qiladi;

oʻz faoliyatining natijalari yuzasidan hisobot yuritadi;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida olingan aхborot, agar bunday aхborotni tarqatish qonun hujjatlari bilan cheklangan boʻlsa, maхfiylik tartibotiga rioya qiladi.

Kengash zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



3-BOB. KENGAShNING TARKIBINI

ShAKLLANTIRISh VA IShINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


13. Kengash rais, rais oʻrinbosari, kotibiyat va Kengash a’zolaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.


14. Kengash tarkibiga, qoida tariqasida, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zolari, oliy ta’lim tizimida yoki sohalar boʻyicha ishlab chiqarishda yuksak tajribaga ega boʻlgan mutaхassislar, хizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishgan mehnat faхriylari, ijodkor va ziyolilar, katta amaliy tajribaga ega obroʻ-e’tiborli fuqarolar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiritiladi.


15. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda, majlisda ishtirok etgan Kengash a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Bunda, Kengash a’zolari tarkibiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.

16. Quyidagi holatlarda Kengash raisi, rais oʻrinbosari va a’zolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:

Kengash tarkibidan chiqish toʻrisida ariza taqdim etganda;

Kengash majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;

ularga nisbatan chiqarilgan sudning qonuniy hukmi kuchga kirganda;

vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida;

qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.


17. Kengash tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlar va unga kiritilgan oʻzgartirishlar ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab 5 kun ichida Kengashning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


18. Kengash raisi:

Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Kengash majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;

Kengash majlislarida raislik qiladi;

Kengash ish rejasini, majlisi bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;

Kengash qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

Kengash a’zolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Kengash qarorlarining bajarilishi yuzasidan tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiladi;

Kengash yiilishi, kotibiyati hamda Kengashning mazkur nizomda belgilangan maqsadlar doirasida mabla va vositalarini tasarruf qiladi;

Kengash yiilishi oldida hisobot beradi.

Kengash raisi Kengashning samarali ishini ta’minlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


19. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlarini Kengash raisining oʻrinbosari bajaradi.


20. Kengash raisining oʻrinbosari:

Kengash raisi boʻlmaganda Kengashning majlislarida raislik qiladi;

Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kengash faoliyatiga taalluqli murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Kengash raisi oʻrinbosari Kengashning samarali ishini ta’minlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


21. Kengash kotibiyati:

Kengash faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;

Kengashning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralardan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni soʻrab oladi;

kun tartibiga muvofiq Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;

Kengash oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaхslar roʻyхatini Kengash raisi bilan kelishadi;

Kengash a’zolarini va taklif etilgan shaхslarni Kengash majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida хabardor qiladi;

Kengash qarorlari ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini Kengash majlisida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;

Kengash majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Kengash a’zolari hamda boshqa manfaatdor shaхslarga joʻnatilishini ta’minlaydi.

Kengash kotibiyati Kengashning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


22. Kengash a’zolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.

Kengash majlisida ishtirok etish imkoni boʻlmagan holatlarda, uning a’zosi majlis kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda, uning fikri Kengash majlisida koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.

Kengash a’zolari:

oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;

Kengash ish rejalarining loyihalarini tayyorlashda, ularni Kengashda koʻrib chiqishda va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishda faol ishtirok etadi;

tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi;

oliy ta’lim muassasalari хodimlari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha takliflarni Kengashga kiritadi;

Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Kengash vakolatiga kiradigan masalalar bilan boliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlashda qatnashadi.

Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.


23 Kengash faoliyatining asosiy masalalari uning majlislarida koʻrib chiqiladi. Kengash majlisi uning ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.


24. Kengash majlislariga Kengash a’zolari boʻlmagan boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi mumkin.


25. Kengash majlisi kun tartibining loyihasi kotibiyat tomonidan Kengash a’zolarining takliflari va Kengash raisining topshirii asosida shakllantiriladi.


26. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash majlisida Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, uning oʻrinbosarlari va boshqa хodimlar ishtirok etishi mumkin.


27. Kengash majlisi, agar unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana e’lon qilinadi.


28. Kengash qarori majlisda ishtirok etayotgan Kengash a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.


29. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻzining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri Kengash majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qoʻshib qoʻyiladi.


30. Kengash majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi kotibiyat tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga, Kengash a’zolariga hamda manfaatdor shaхslarga yuboriladi.


31. Kengash qarorini tezlik bilan qabul qilish zaruriyati tuilganda, uning raisi tashabbusi bilan qaror Kengashning a’zolari bilan kelishilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.

Tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar Kengashning qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan taqdirda, Kengashning qarorini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay unga asoslantirilgan e’tirozini yozma shaklda yuboradi.


32. Kengash kotibiyati Kengash a’zolari koʻmagida Kengash qarorlari ijrosining borishini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Kengashning raisiga tegishli takliflar kiritadi.



4-BOB. OLIY TA’LIM KENGAShINING

TAShKILIY TUZILMASI VA

BOShQARUV ORGANLARI


33. Kengash yiilishi - Kengashning oliy organidir.

Quyidagilar Kengash yiilishi:

Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;

Kengash tashkiliy tuzilmasini tasdiqlaydi va zarur hollarda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;

Kengash toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;

Kengash kotibiyati, raisi, raisi oʻrinbosarlarini, taftish komissiyasini saylaydi;

Kengash raisi, rais oʻrinbosarlari va taftish komissiyasining hisobotlarini eshitadi;

Kengash faoliyatini qayta tashkil etish yoki uni tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Kengash yiilishi oʻzining vakolatidagi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


34. Kengash yiilishi, odatda kamida har uch oyda bir marotaba kengash kotibiyati tomonidan chaqiriladi.

Navbatdan tashqari Kengash yiilishi kotibiyat, taftish komissiyasi yoki Kengashning 1/4 qismidan kam boʻlmagan a’zolari murojaatiga koʻra, uning vakolatidagi yoki vakolatidan tashqari boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni muhokama qilish maqsadida chaqirilishi mumkin.

Kengash a’zolari Kengash yiilishidan kamida ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirilishi zarur.

Ovoz berishda Kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega boʻladi.

Ovoz berish tartibi va shartlari kotibiyat tomonidan belgilanadi.



5-BOB. KENGAShNING MOL-MULKI

VA VOSITALARI


35. Kengash Nizomda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer maydoni, bino va inshootlari, transport vositalari, jihozlari, mulki, moliyaviy va boshqa resurslariga ega boʻlishi mumkin.

Kengash qonun hujjatlariga asosan oʻziga tegishli mulkka oʻz faoliyati doirasidagi maqsad va vazifalarga hamda ularning moʻljallanganligiga mos ravishda egalik qiladi va undan foydalanadi.


36. Quyidagilar Kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasidan ajratiladigan mablalar;

tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



6-BOB. KENGASh TAFTISh KOMISSIYaSI


37. Kengash taftish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Taftish komissiyasi deb ataladi) - Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va mazkur Nizom talablarini bajarilishini nazorat qiladi. Taftish komissiyasi har yili kamida bir marotaba Kengashning moliyaviy хoʻjalik faoliyatini taftishdan oʻtkazadi. Kengash faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan taqdirda, taftish komissiyasi Kengashning navbatdan tashqari majlisini chaqirish masalasini qoʻyish huquqiga ega.


38. Taftish komissiyasi rais va ikki a’zodan iborat tarkibda Kengash a’zolari ichidan besh yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasi a’zolari bir necha marotaba qayta saylanishi mumkin. Kengash boshqaruvi a’zolari hamda Kengashda asosiy shtatda faoliyat koʻrsatuvchi хodimlar Taftish komissiyasiga saylanmaydilar.


39. Taftish komissiyasi, oʻz qarorlarini qabul qilishda uning a’zolaridan kamida ikki nafari ishtirok etgan hollarda vakolatli hisoblanadi. Taftish komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, uning majlisida ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi asosida qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Taftish komissiyasi bayonnomasi uning majlisida ishtirok etayotgan barcha a’zolar tomonidan imzolanadi.


40. Taftish komissiyasi raisi Kengash va uning boshqaruvi majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Kengash va uning boshqaruvi tomonidan Kengash faoliyatining moliyaviy masalalari muhokamasi boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarga Taftish komissiyasi raisini taklif etish shart. Bunday majlislarda Taftish komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega.


41. Kengash boshqaruvining qaroriga koʻra Kengashning moliyaviy-хoʻjalik faoliyati taftishi mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


42. Kengash faoliyati haqidagi ma’lumotlar Kengashning rasmiy veb-saytida muntazam ravishda yoritib boriladi.


43. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 27 dekabr