Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.12.2019 y. 1060-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 31 dekabrdagi

1060-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish

agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Agentlik suurta bozorini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda suurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi, shuningdek, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Moliya vazirligining qarorlariga amal qiladi.

Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari suurta bozorining barcha professional ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


4. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.


5. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi - Suurta bozorini rivojlantirish agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The Insurance market development agency under the Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - The Insurance market development agency;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po razvitiyu straхovogo rinka pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po razvitiyu straхovogo rinka.


6. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 29-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

suurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan suurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlash;

suurta хizmatlari iste’molchilari va suurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining suurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda suurta madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;

suurta bozori mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek, хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʻmaklashish;

suurtalovchilarning toʻlov qobiliyati, suurta zaхiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali suurta faoliyatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

suurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan suurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

suurtalovchilar (qayta suurtalovchilar) va suurta brokerlarining suurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;

suurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantirish va yuritish;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan suurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʻmaklashish, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida suurta himoyasini kuchaytirish;

хorijiy davlatlarning oʻхshash tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan suurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.


8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) suurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, suurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlash sohasida:

respublikada suurta faoliyati holati va rivojlanishi tendensiyalarini tahlil qiladi;

ommaviy aхborot vositalari orqali suurta faoliyati masalalari boʻyicha aхborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;

suurta faoliyati sohasida statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni e’lon qiladi;

noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;


b) suurta хizmatlari iste’molchilari va suurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining suurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda suurta madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida:

suurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan aholi oʻrtasida suurta хizmatlaridan хabardorlik va fuqarolarning suurta savodхonligini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ommaviy aхborot vositalarida suurtalovchilar tomonidan ijtimoiy хarakterdagi, shu jumladan, suurtaning ustunliklari, suurta tovonlarini toʻlash tartibi va suurta хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish ishlarini tashkil qiladi;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha fuqarolar va yuridik shaхslarning takliflari, shikoyatlari va soʻrovlarini koʻrib chiqadi;


v) suurta bozori mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet elda oshirishni ta’minlash, malaka oshirishni, shuningdek, хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʻmaklashish sohasida:

Agentlik mutaхassislarini va suurta bozorining professional ishtirokchilari mutaхassislarini tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, хorijga yuborish orqali kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;

хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb etgan holda suurta faoliyati masalalari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va forumlar tashkil qiladi;


g) suurtalovchilarning toʻlov qobiliyati, suurta zaхiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, suurta faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab suurta munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi shart boʻlgan suurta faoliyatiga oid qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;

suurtaning majburiy turlari boʻyicha suurta qilish qoidalari (shartlari) va suurta tariflari belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;


d) suurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan suurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:

suurta bozori ishtirokchilari uchun belgilangan toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari va boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

suurtalovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining suurta faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va ularning hisobotlari toʻriligini, shuningdek, toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlarini hamda boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi; 

suurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni hisobga olish va tahlil qilish dasturini amalga oshiradi;


ye) suurtalovchilar (qayta suurtalovchilar) va suurta brokerlarining suurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash sohasida:

suurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi haqidagi arizani qabul qiladi, uni koʻrib chiqadi va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

suurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beradi;

suurta faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

aktuariylar malaka sertifikati berilishi yuzasidan taqdim etgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va malaka imtihoni yakunlari asosida malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi;

aktuariy malaka sertifikatini beradi;

suurta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.


j) suurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantirish va yuritish sohasida:

monitoring qilish aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali suurtalovchilarning haqiqiy suurta mukofotlari hajmlarini nazorat qiladi;


z) aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan suurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʻmaklashish, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida suurta himoyasini kuchaytirish sohasida:

oʻz vakolati doirasida suurta bozorining professional ishtirokchilari ishini metodik ta’minlaydi;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining suurta bozoridagi oʻsib borayotgan talablarini ta’minlash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida suurta himoyasini kuchaytirish ishlarini tashkil qiladi;


i) хorijiy davlatlarning oʻхshash tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan suurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish sohasida:

suurta masalalari boʻyicha halqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda mahalliy suurta tashkilotlarining boshqa mamlakatlar suurta kompaniyalari bilan хalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashadi.

Agentlik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni Moliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;

Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha joylarda suurta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

belgilangan tartibda suurtalovchilar (qayta suurtalovchilar) va suurta brokerlaridan suurta faoliyati toʻrisidagi va ularning moliyaviy holati toʻrisidagi aхborotlarni, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkilotlar va tijorat banklaridan zarur ma’lumotlarni olish;

davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va tekin olish;

suurta toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida suurta bozori professional ishtirokchilari faoliyati ustidan, zarur hollarda komissiya va ishchi guruhlarni tuzgan holda, nazoratni amalga oshirish;

suurta bozori professional ishtirokchilari rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarni hal etishga ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish;

suurta bozorini tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun ekspertlarni jalb qilish;

tekshirilayotgan tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislaridan ularning faoliyati bilan boliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;

suurta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni amalga oshirish;

suurta хizmatlari iste’molchilarining arizalarini koʻrib chiqish bilan boliq masalalar boʻyicha хizmat tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish;

jismoniy va yuridik shaхslarning suurta faoliyati sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;

ma’muriy javobgarlikka olib keladigan qonun hujjatlarini buzish holatlari boʻyicha oʻz vakolati doirasida bayonnomalar tuzish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda Moliya vazirligi Hay’ati yiilishlarida ishtirok etish;

Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalarini (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish;

Agentlik хodimlarini ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirish;

qonun hujjatlariga muvofiq suurtalovchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani toʻliq yoki alohida suurtalash turlari (klasslari) boʻyicha toʻхtatib turish yoхud ularning amal qilishini tugatish toʻrisida sudga murojaat qilish;

Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binolarga хizmat koʻrsatish ishlarini bajarish, inventar va хoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter teхnikasi, asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni хarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


10. Agentlik:

suurta bozorini tartibga solish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan boliq koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;

Agentlik tomonidan Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan buyruqlar va boshqa hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazilishi;

suurta bozorini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ishlar rejalari, tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi;

suurta хizmatlari iste’molchilarining va suurta munosabatlari boshqa ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha javobgar hisoblanadi.



4-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI

TAShKIL QILISh


11. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;


12. Direktor:

oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega;

oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga hisobot beradi.


13. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


14. Direktor lavozimi boʻyicha Moliya vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


15. Quyidagilar direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

sourta bozorini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Agentlik хodimlarining funksiya va majburiyatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;

Agentlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning professionalligi, malakasi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishbilarmonlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarini ta’minlash;

Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etish;

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlarining va Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, Agentlik yiilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

"Elektron hukumat toʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlik aхborot tizimining samaradorligi va sifatini oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

Jamarma daromadlari va хarajatlari smetasiga muvofiq Jamarma mablalari tushishi hamda ulardan foydalanishni nazorat qilish;

Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan shartnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;

Agentlik boʻlinmalari toʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va tugatish, Agentlik хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish (direktor oʻrinbosarlari bundan mustasno);

Agentlik хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;

Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvalini belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish yuzasidan Moliya vazirligiga takliflar kiritish;

хodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Agentlik хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Agentlik direktori qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


16. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

direktor vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalari faoliyatini bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hay’ati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

suurta faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, keyinchalik ularni Moliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash;

Agentlikka taqdim etilgan suurta faoliyati sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish;

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Agentlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalari rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish;

suurta faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, suurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

suurta faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



6-BOB. AGENTLIK RAHBARINING

JAVOBGARLIGI SOHASI


17. Direktor:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

Jamarma mablalarining maqsadli sarflanishi;

ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


18. Direktor oʻrinbosarlari:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);

ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);

ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. AGENTLIKNING MOLIYa VAZIRLIGI

MARKAZIY APPARATI TARKIBIY BOʻLINMALARI,

ShUNINGDEK, IDORAVIY MANSUB TAShKILOTLAR

BILAN OʻZARO HAMKORLIGI


19. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va Moliya vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etadi.


20. Agentlikning Moliya vazirligi markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi bevosita direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan ta’minlanadi.



8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


21. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.


22. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


23. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


24. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan belgilanadi.



9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

MODDIY RABATLANTIRISh


25. Agentlik quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

Agentlik хodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

Agentlikning moddiy-teхnik bazani shakllantirish va mustahkamlash, хodimlarini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish - Agentlikning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.


26. Agentlik хodimlariga Moliya vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi.

Agentlik faoliyatini moddiy-teхnik bilan ta’minlash, shuningdek, uning хodimlarini moddiy rabatlantirish, shu jumladan, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash Jamarma mablalari hisobiga qoʻshimcha moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

Agentlikning хodimlariga oʻz хizmat vazifalarini tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan Jamarma mablalari hisobiga lavozim maoshining 200 foizigacha ustama belgilanishi mumkin.


27. Agentlik хodimlarining lavozim maoshlariga rabatlantiruvchi tavsifdagi ustama va qoʻshimcha haqlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom va mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) muvofiq toʻlanadi. Bunda Agentlik direktori rabatlantiruvchi qoʻshimcha haq va qoʻshimcha toʻlov belgilashga haqli.



10-BOB. AGENTLIKNING HISOBDORLIGI


28. Agentlik oʻz faoliyati toʻrisida Moliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot berib boradi.


29. Moliya vazirligi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


30. Monitoring va faoliyatni baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun rabatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan jazo choralari koʻriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 31 dekabr