Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.12.2019 y. 1060-son qaroriga 2-ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 31 dekabrdagi
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish
agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Agentlik sugʻurta bozorini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda sugʻurta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi, shuningdek, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Moliya vazirligining qarorlariga amal qiladi.
Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari sugʻurta bozorining barcha professional ishtirokchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.
5. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi - Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi - The Insurance market development agency under the Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - The Insurance market development agency;
v) rus tilida:
toʻliq nomi - Agentstvo po razvitiyu straхovogo rinka pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po razvitiyu straхovogo rinka.
6. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 29-uy.
2-BOB. AGENTLIKNING VAZIFALARI
VA FUNKSIYaLARI
7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sugʻurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan sugʻurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlash;
sugʻurta хizmatlari iste’molchilari va sugʻurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sugʻurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sugʻurta madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish;
sugʻurta bozori mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet elda, shuningdek, хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʻmaklashish;
sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati, sugʻurta zaхiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, samarali sugʻurta faoliyatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash;
sugʻurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantirish va yuritish;
aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sugʻurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʻmaklashish, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida sugʻurta himoyasini kuchaytirish;
хorijiy davlatlarning oʻхshash tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan sugʻurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish.
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sugʻurta bozorining ishlashi va uning professional ishtirokchilari faoliyati ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, sugʻurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni muntazam e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlash sohasida:
respublikada sugʻurta faoliyati holati va rivojlanishi tendensiyalarini tahlil qiladi;
ommaviy aхborot vositalari orqali sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha aхborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
sugʻurta faoliyati sohasida statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarni e’lon qiladi;
noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
b) sugʻurta хizmatlari iste’molchilari va sugʻurta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sugʻurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sugʻurta madaniyatini rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida:
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan aholi oʻrtasida sugʻurta хizmatlaridan хabardorlik va fuqarolarning sugʻurta savodхonligini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ommaviy aхborot vositalarida sugʻurtalovchilar tomonidan ijtimoiy хarakterdagi, shu jumladan, sugʻurtaning ustunliklari, sugʻurta tovonlarini toʻlash tartibi va sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha fuqarolar va yuridik shaхslarning takliflari, shikoyatlari va soʻrovlarini koʻrib chiqadi;
v) sugʻurta bozori mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet elda oshirishni ta’minlash, malaka oshirishni, shuningdek, хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilgan holda tashkil etishga koʻmaklashish sohasida:
Agentlik mutaхassislarini va sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari mutaхassislarini tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, хorijga yuborish orqali kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
хalqaro darajadagi ekspertlar va mutaхassislarni jalb etgan holda sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va forumlar tashkil qiladi;
g) sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati, sugʻurta zaхiralarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha majburiy normativ va talablarni belgilash, shuningdek, sugʻurta faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab sugʻurta munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi shart boʻlgan sugʻurta faoliyatiga oid qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;
sugʻurtaning majburiy turlari boʻyicha sugʻurta qilish qoidalari (shartlari) va sugʻurta tariflari belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
d) sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan sugʻurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash boʻyicha belgilangan normativ va talablarga rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
sugʻurta bozori ishtirokchilari uchun belgilangan toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari va boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sugʻurtalovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va ularning hisobotlari toʻgʻriligini, shuningdek, toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlarini hamda boshqa moliyaviy barqarorlik talablari ta’minlanishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni hisobga olish va tahlil qilish dasturini amalga oshiradi;
ye) sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash, aktuariylar faoliyatini sertifikatlash sohasida:
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi haqidagi arizani qabul qiladi, uni koʻrib chiqadi va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya beradi;
sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
aktuariylar malaka sertifikati berilishi yuzasidan taqdim etgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va malaka imtihoni yakunlari asosida malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
aktuariy malaka sertifikatini beradi;
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
j) sugʻurta bozorining holati va uning professional ishtirokchilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritish, masofaviy nazorat qilish va tezkor onlayn-monitoringini olib borish boʻyicha integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini shakllantirish va yuritish sohasida:
monitoring qilish aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali sugʻurtalovchilarning haqiqiy sugʻurta mukofotlari hajmlarini nazorat qiladi;
z) aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sugʻurta хizmatlarining talab yuqori boʻlgan an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga koʻmaklashish, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida sugʻurta himoyasini kuchaytirish sohasida:
oʻz vakolati doirasida sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari ishini metodik ta’minlaydi;
aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining sugʻurta bozoridagi oʻsib borayotgan talablarini ta’minlash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi faoliyati sohasida sugʻurta himoyasini kuchaytirish ishlarini tashkil qiladi;
i) хorijiy davlatlarning oʻхshash tuzilmalari, хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan sugʻurta faoliyati sohasida hamkorlikni tashkil etish sohasida:
sugʻurta masalalari boʻyicha halqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda mahalliy sugʻurta tashkilotlarining boshqa mamlakatlar sugʻurta kompaniyalari bilan хalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Agentlik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
VA JAVOBGARLIGI
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni Moliya vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;
Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha joylarda sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlaridan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi va ularning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi aхborotlarni, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkilotlar va tijorat banklaridan zarur ma’lumotlarni olish;
davlat boshqaruvi organlaridan va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va tekin olish;
sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida sugʻurta bozori professional ishtirokchilari faoliyati ustidan, zarur hollarda komissiya va ishchi guruhlarni tuzgan holda, nazoratni amalga oshirish;
sugʻurta bozori professional ishtirokchilari rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;
Agentlik vakolatiga taalluqli masalalarni hal etishga ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida jalb etish;
sugʻurta bozorini tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun ekspertlarni jalb qilish;
tekshirilayotgan tashkilotlar rahbarlari va mutaхassislaridan ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni amalga oshirish;
sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining arizalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha хizmat tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish;
jismoniy va yuridik shaхslarning sugʻurta faoliyati sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
ma’muriy javobgarlikka olib keladigan qonun hujjatlarini buzish holatlari boʻyicha oʻz vakolati doirasida bayonnomalar tuzish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni koʻrib chiqishda Moliya vazirligi Hay’ati yigʻilishlarida ishtirok etish;
Agentlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantirish;
Agentlik хodimlarini ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirish;
qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani toʻliq yoki alohida sugʻurtalash turlari (klasslari) boʻyicha toʻхtatib turish yoхud ularning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan binolarga хizmat koʻrsatish ishlarini bajarish, inventar va хoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter teхnikasi, asbob-uskunalar, dasturiy ta’minot va boshqa tovarlarni хarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
sugʻurta bozorini tartibga solish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan bogʻliq koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha ishlarining tashkil etilishi;
Agentlik tomonidan Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan buyruqlar va boshqa hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan oʻtkazilishi;
sugʻurta bozorini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, ishlar rejalari, tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi;
sugʻurta хizmatlari iste’molchilarining va sugʻurta munosabatlari boshqa ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash boʻyicha javobgar hisoblanadi.
TAShKIL QILISh
11. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi;
12. Direktor:
oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga hisobot beradi.
13. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
14. Direktor lavozimi boʻyicha Moliya vazirligi hay’ati tarkibiga kiradi.
5-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING
ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI
15. Quyidagilar direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
sogʻurta bozorini tartibga solish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Agentlik хodimlarining funksiya va majburiyatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻgʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Agentlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;
boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning professionalligi, malakasi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishbilarmonlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarini ta’minlash;
Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etish;
Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
oʻz oʻrinbosarlarining va Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, Agentlik yigʻilishlarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik хodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaхslarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
"Elektron hukumat toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlik aхborot tizimining samaradorligi va sifatini oshirish;
jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Jamgʻarma daromadlari va хarajatlari smetasiga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari tushishi hamda ulardan foydalanishni nazorat qilish;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan shartnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
Agentlik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari va Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va tugatish, Agentlik хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish (direktor oʻrinbosarlari bundan mustasno);
Agentlik хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvalini belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish yuzasidan Moliya vazirligiga takliflar kiritish;
хodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Agentlik хarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Agentlik direktori qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
16. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
direktor vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalari faoliyatini bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻgʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hay’ati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri va direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;
sugʻurta faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, keyinchalik ularni Moliya vazirligiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash;
Agentlikka taqdim etilgan sugʻurta faoliyati sohasidagi takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish;
Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalari rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish;
sugʻurta faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, sugʻurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Agentlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
sugʻurta faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;
"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri sirasiga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
JAVOBGARLIGI SOHASI
17. Direktor:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.
18. Direktor oʻrinbosarlari:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);
ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha (direktor boʻlmagan davrda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish yuklangan holatlarda);
ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.
7-BOB. AGENTLIKNING MOLIYa VAZIRLIGI
MARKAZIY APPARATI TARKIBIY BOʻLINMALARI,
ShUNINGDEK, IDORAVIY MANSUB TAShKILOTLAR
BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
19. Agentlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va Moliya vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etadi.
20. Agentlikning Moliya vazirligi markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi bevosita direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan ta’minlanadi.
8-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI
VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI
VA ISh INDIKATORLARI
21. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
22. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
23. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
24. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan belgilanadi.
9-BOB. AGENTLIKNI MOLIYaLAShTIRISh
VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING
XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA
MODDIY RAGʻBATLANTIRISh
25. Agentlik quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
Agentlik хodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Agentlikning moddiy-teхnik bazani shakllantirish va mustahkamlash, хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish - Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.
26. Agentlik хodimlariga Moliya vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi.
Agentlik faoliyatini moddiy-teхnik bilan ta’minlash, shuningdek, uning хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan, qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Agentlikning хodimlariga oʻz хizmat vazifalarini tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga lavozim maoshining 200 foizigacha ustama belgilanishi mumkin.
27. Agentlik хodimlarining lavozim maoshlariga ragʻbatlantiruvchi tavsifdagi ustama va qoʻshimcha haqlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom va mehnat shartnomalariga (kontraktlariga) muvofiq toʻlanadi. Bunda Agentlik direktori ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va qoʻshimcha toʻlov belgilashga haqli.
10-BOB. AGENTLIKNING HISOBDORLIGI
28. Agentlik oʻz faoliyati toʻgʻrisida Moliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot berib boradi.
29. Moliya vazirligi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.
30. Monitoring va faoliyatni baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan jazo choralari koʻriladi.
31. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2019 yil 31 dekabr