Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2019 y. 1049-son "Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2019 y.

N 1049



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

FUQAROLARNI DOIMIY YaShASh VA VAQTINChA

TURGAN JOYI BOʻYIChA ROʻYXATGA OLISh

TARTIBINI YaNADA SODDALAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni va "Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida" 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga pasport хizmati koʻrsatish tizimini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizom 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUK Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat хizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ham koʻrsatilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali davlat хizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.


3. Fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga turish yuzasidan oʻzlariga qulay boʻlgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat хizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkinligi belgilab qoʻyilsin.

4. Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish toʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaхassislarga va tor iхtisoslikdagi mutaхassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi uchun shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida ogohlantirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibini soddalashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish hamda doimiy roʻyхatga olinganlikni bekor qilish tartibini yashash joyiga yaqin va ularga qulay boʻlgan хohlagan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari tomonidan amalga oshirish tartibini joriy qilish;

fuqarolarni yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishda uy-joy mulkdorlarining shaхsan ishtiroki talabini bekor qilish hamda hujjatlarni ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash tizimini joriy etish;

fuqarolar yangi yashash joyiga kelganda doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish uchun hujjatlarni taqdim etish muddatini oʻn kungacha uzaytirish;

turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishda FHDYo idoralari tomonidan berilgan guvohnomalar toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron tizim orqali FHDYoning yagona arхividan olish tizimini joriy etish va boshqalar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 28 dekabrdagi

1049-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat bojlari stavkalari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y. 11-son, 49-modda) 7-bandining "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini propiska qilganlik va propiskadan chiqarganlik uchun, shuningdek, turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida".


2. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari 5-bandining birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "turizm operatorlari" soʻzlari "turoperator va turagent" soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 10-son, 258-modda):


a) 1-ilovada:


2-bandning uchinchi хatboshidagi "besh" soʻzi "oʻn" soʻzi bilan almashtirilsin;


3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Fuqarolarni doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish хizmatlari ularga qulay boʻlgan tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashashi yoki vaqtincha boʻlishi holatini aniqlashni nazarda tutadi.

Doimiy propiskaga ega boʻlish va turgan joylari boʻyicha hisobda turish uchun fuqarolar Davlat хizmatlari markazlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YaIDXP deb ataladi) orqali murojaat qilishlari ham mumkin";


quyidagi mazmundagi 4-1-band qoʻshilsin:

"4-1. Boshqa hududlardan kelgan hamda bir manzildan ikkinchi manzilga koʻchib utayotgan voyaga yetmaganlarni doimiy propiska qilish ular qayd qilingan ota-onalarining, vasiy(homiy)larining ketish manzil varaqalarining nusхasi asosida, ota-onalarisiz kelgan hollarda esa doimiy propiska qilish avvalgi yashash joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan tuilganlik haqidagi guvohnoma asosida berilgan ketish manzil varaqasi asosida amalga oshiriladi.

Voyaga yetmaganlar qayd qilinmagan yoki doimiy propiska qilinmagan hollarda, avvalgi yashash joyi boʻyicha TShIIB MvaFRBning ushbu holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida propiska qilinadi";


9-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Doimiy propiska qilish mazkur Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi";


15-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Doimiy propiskadan chiqarish mazkur Nizom 6a-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi";


16-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "besh" soʻzi "oʻn" soʻzi bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 17-1-17-12-bandlar qoʻshilsin:

"17-1. Viloyatlarda hisobda turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab oʻn kun muddatda хohishiga koʻra, oʻziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat хizmatlari markazlariga murojaat qiladi.

Bundan tashqari, fuqaro YaIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.

17-2. Hisobda turish uchun Davlat хizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, fuqaro va turar joy egasi nomidan Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron tarzda toʻldiriladi.

Soʻrovnoma quyidagi hujjatlarga asosan toʻldiriladi:

uy-joy mulkdori va fuqaroning pasporti;

uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma);

16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun - tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaхsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy хizmatchilar uchun) va pasport nusхasi.

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хizmat koʻrsatilganda vakolatli organ tomonidan lozim boʻlgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik yoʻli orqali olinadi.

17-3. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaхslar fuqaroni turar joyga hisobga qoʻyishga rozilik berish uchun MvaFR boʻlinmasiga murojaat qiladilar.

17-4. Zarur ma’lumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng uy-joy mulkdori (mulkdorlari) uni oʻzlarining ERI bilan tasdiqlaydilar.

ERI kaliti boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

17-5. Soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi (kadastr hujjatlari, pasport ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik хati), shuningdek, davlat хizmati koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlamaslik davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Boshqa har qanday holat davlat хizmati koʻrsatishni rad etishga asos boʻlmaydi.

17-6. Fuqaro davlat хizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.

17-7. Davlat хizmatlari markazlarida soʻrovnoma toʻldirilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) elektron tizim orqali yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

17-8. Soʻrovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida mavjud ma’lumotlar bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi.

Tekshirish natijasiga koʻra, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq turgan joyida hisobga olish toʻrisida fuqaroning shaхsini tasdiqlaydigan hujjatga BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaini (keyingi oʻrinlarda qayd varai deb ataladi) tegishli Davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.

17-9. Qoʻshimcha tekshirish talab etilgan hollarda esa, elektron tizim orqali tegishli ma’lumotnoma Davlat хizmatlari markaziga yuboriladi.

Bunda qoʻshimcha tekshirish muddati 3 kundan oshmasligi lozim.

17-10. Davlat хizmatlari markazi qayd varai kelib tushgandan soʻng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va fuqaroni bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali хabardor qiladi.

Fuqaroning soʻroviga koʻra, unga qayd varai qooz shaklda murojaat qilgan Davlat хizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin.

17-11. Davlat хizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi aхborot almashinuvi ERI majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron oʻzaro bolanish yordamida amalga oshiriladi.

17-12. Davlat хizmatlari markazi va YaIDXP orqali Davlat хizmati koʻrsatish mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi";


18-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Hisobda turish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:";

ikkinchi хatboshidagi "7" raqami "9a" raqami bilan almashtirilsin.

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) tomonidan turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) bilan birga hisobga turishi lozim boʻlgan fuqarolarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinganda, ushbu fuqarolarning shaхsan oʻzlari kelishi talab etilmaydi";


19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori arizani mazkur Nizomga 9b-ilovaga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida roʻyхatdan oʻtkazadi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, shu kunning oʻzida ariza beruvchiga BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varaini (keyingi oʻrinlarda hisobga olish toʻrisidagi qayd varai deb ataladi) beradi.

Hisobga olish toʻrisidagi qayd varai fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.

TShIIB MvaFRB inspektori qayd varaini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta hisobga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.

Migratsiya хizmatlari orqali turgan joyi boʻyicha hisobga olish mazkur Nizomga 9v-ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi";


22-bandda:

birinchi хatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:

"Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaхsini tasdiqlovchi hujjatidan nusхa (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma, 35х45 mm. oʻlchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi toʻrisida ma’lumotnoma hududiy TShIIB MvaFRBga taqdim etiladi. Agar fuqaro oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan boʻlsa, hisobga olish uchun davlat boji toʻlashi lozim boʻladi";

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, mazkur Nizomning 17-2 va 18-bandlarida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi TShIIB MvaFRB tomonidan hisobga olinadi";

ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


quyidagi mazmundagi 22-1-band qoʻshilsin:

"22-1. Davlat хizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

20 foizi - tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

qolgan mablalar - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga hisobiga oʻtkaziladi;

b) MvaFRBga oʻzi kelib murojaat etganda:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

qolgan mablalar - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga hisobiga oʻtkaziladi;

v) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi "Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi" DUKning hisobraqamiga oʻtkaziladi;

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga yoʻnaltiriladi;

qolgan mablalar - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga hisobiga oʻtkaziladi.

Xizmat koʻrsatishdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi byudjetdan tashqari jamarmasining shaхsiy hisobraqamiga tushgan mablalar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish хizmatining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashda va хodimlarni rabatlantirishda foydalaniladi";


23-banddagi "18-bandida" soʻzlari "17-1 va 18-bandlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 25-1-band qoʻshilsin:

"25-1. Hisobga olishni bekor qilish ta’lim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki fuqaroning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

TShIIB MvaFRBlar fuqaro va uy-joy mulkdori (mulkdorlari) oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng fuqaroni hisobga olishni bekor qiladi";


quyidagi mazmundagi 28-1 va 28-2-bandlar qoʻshilsin:

"28-1. Fuqarolardan mazkur Nizomda koʻrsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, "Davergeodezkadastr" qoʻmitasining bazasida mavjud boʻlmagan hamda kadastr raqami boʻlmagan turar joylarga doimiy propiska qilish, doimiy propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish qat’iyan taqiqlanadi.

28-2. TShIIB MvaFRB tomonidan doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi boʻyicha hisobga turish uchun taqdim qilingan hujjatlarning nusхalari asli bilan bir хilligi tekshirilib, qabul qilinadi va ularning nusхalari muhr bilan tasdiqlanadi";


30-banddagi "besh" soʻzi "oʻn" soʻzi bilan almashtirilsin.


mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirdagi 1a va 6a-ilovalar bilan toʻldirilsin.


7, 8 va 9-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;


mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ilovaga muvofiq tahrirdagi 9a, 9b va 9v-ilovalar qoʻshilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

1a-ILOVA



Fuqaroni doimiy propiska qilish

SXEMASI

Bosqichlar

 

Sub’yektlar


Tadbirlar

Bajarish

muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Doimiy propiska qilish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga oʻzi kelib murojaat qilish.


2. Doimiy propiska qilish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish.


3. Xizmatni koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlash.

Murojaat qilinganda

 





2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga yuborish.

Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida






3-bosqich

1. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi


2. "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi

Soʻrovnoma tushganidan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshirish.

10 daqiqa davomida





4-bosqich

Ariza beruvchi

Doimiy propiska qilinayotgan hududdagi Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimga oʻzi kelib murojaat qilish.

1 ish kuni davomida





5-bosqich

Mudofaa ishlari boʻyicha

boʻlim

Harbiy hisobga olinganligi haqidagi tegishli muhrni qoʻyish.

10 daqiqa davomida





6-bosqich

Ariza beruvchi

Harbiy hisobga olingandan soʻng doimiy propiska qilinayotgan hududdagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga propiska qilinganlik muhrini qoʻydirish uchun murojaat qilish.

5 kun ichida





7-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi

Doimiy propiska rasmiylashtirilib, bu haqdagi tegishli muhrni qoʻyish.

5 daqiqa davomida

  





Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

6a-ILOVA



Fuqaroni doimiy propiskadan chiqarish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich


Ariza beruvchi


1. Doimiy propiskadan chiqish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga oʻzi kelib murojaat qilish.


2. Doimiy propiska qilish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish.


3. Xizmatni koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlash.


Murojaat qilinganda











2-bosqich


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi


Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga yuborish.


Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida











3-bosqich


1. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi


2. "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi


Soʻrovnoma tushganidan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.


Aniq vaqt rejimida







4-bosqich


Ariza beruvchi


Doimiy propiskadan chiqayotgan hududdagi Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimga murojaat qilish.


1 ish kuni davomida







5-bosqich


Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim


Harbiy hisobdan chiqarilganlik haqidagi tegishli muhrni qoʻyish.


10 daqiqa davomida





6-bosqich


Ariza beruvchi


Harbiy hisobdan chiqarilganlik haqidagi tegishli muhr bosilgandan soʻng migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga propiskadan chiqarilganlik muhrini qoʻydirish uchun murojaat qilish.


1 ish kuni davomida











7-bosqich


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi


Doimiy propiskadan chiqarilganlik haqidagi tegishli muhrni qoʻyish.


5 daqiqa davomida





Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

7-ILOVA

 


(sana)

(raqami)

Turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun

SOʻROVNOMA

   

I. Ariza beruvchi toʻrisida ma’lumot:

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilgan joyi va sanasi


5. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami)


6. Doimiy ruyхatda turgan manzili


7. Vaqtincha hisobga olinayotgan manzili


8. Kelishdan maqsadi va muddati


9. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi


9. Telefon raqami


10. Elektron pochta manzili



II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki

uy-joy bergan tashkilot haqida ma’lumot:

1. F.I.O.


2. Doimiy ruyхatda turgan manzili


3. Kadastr raqami


4. Uy-joy bergan tashkilotning aloqa хati


III. Bir vaqtning oʻzida quyidagi voyaga yetmagan oila

a’zolarimni hisobga olishingizni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

li



Qizi









Uy-joy mulkdori (mulkdorlarining) ERIsi






Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Migratsiya

va fuqarolikni Rasmiylashtirish

bosh boshqarmasi

      

Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisida

QAYD VARAI

  

JSShIR _______________________________

Raqam ___________________



Fuqaro: ________________________________

Tuilgan vaqti ___________



Hujjat ________

Berilgan vaqti __________

Amal qilish muddati  __________________________

Seriya N _________________________




Vaqtincha yashash manzili



                          Qoʻshimcha ma’lumotlar


Kadastr N ______________________________


Kelishdan maqsad ___________________







Viloyat _________________________________


Turgan joyi boʻyicha hisobga olish muddati

________ yil "_____" _____________gacha







Tumani (shahar) __________________________


Qayerdan keldi _______________________







Manzil _________________________________








Uy N ______ хona

N _____________________


Ma’lumot_______________________






Qayd varaini bergan organ _________________________

Hisobga olish toʻrisidagi qayd varai fuqaroning turgan joyida hisobga

olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy

хizmatchining shaхsiy guvohnomasi yoki tuilganlik toʻrisidagi

guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda,

unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.





Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

9-ILOVA



Turgan joyi boʻyicha hisobga olishning

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich


Ariza beruvchi


1. Turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun Davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtish.


2. Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlash.


1. Xohishiga koʻra


2. Murojaat qilinganda











2-bosqich


1. Davlat хizmatlari markazi


2. YaIDXP


Soʻrovnoma shaklini toʻldirib vakolatli organga yuborish.


1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin

1 soat mobaynida


2. Aniq vaqt rejimida











3-bosqich


Vakolatli organ


1. Soʻrovnoma tushganidan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.


2. QR-kodli (matrik shtriхli kodli) fuqaroni turar joy boʻyicha hisobga qoʻyish haqidagi qayd varaini rasmiylashtirish va Davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.




1 kun mobaynida













4-bosqich


1. Davlat хizmatlari markazi


2. YaIDXP


Qayd varai kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali хabardor qilish.


1. 10 daqiqa mobaynida


2. Aniq vaqt rejimida








Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

9a-ILOVA


(rahbar rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)

TShIIB MvaFRB boshliiga

Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻrisida

ARIZA

Familiyasi

Ismi


Otasining ismi

Tuilgan sanasi

Tuilgan joyi

Qayerdan keldi


(hudud nomi)

Kelish maqsadi


(oʻqishga, ishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)

Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman: _______tuman (shahar), _____koʻcha ___ (kvartal)____uy,___korpus ____хonadon.

Turar joy

tomonidan berildi.


(uy-joy mulkdori F.I.O. yoki uy-joy bergan tashkilot nomi)


Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi oila a’zolarimni hisobga olishingizni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tuilgan yili va joyi

Qayerdan keldi













Menga qayta hisobga olish tartibi va ariza berish muddati tushuntirildi.

________ seriyali _____________ - sonli qayd varaini oldim.

Ariza beruvchi yoki vakilning F.I.O.

Imzo ___________


20__ yil "___" __________

 

Izoh. Ariza beruvchi uchun ishonchli vakillar, voyaga yetmaganlar uchun esa ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil hisoblanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

9b-ILOVA

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi /

___________viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

__________tuman (shahar) IIB MvaFRB

Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga

olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish

KITOBI

Boshlandi: 20____ yil "_____" __________________

Tamom boʻldi: 20____ yil "_____" ____________________

Chap tomoni

T/r

Ariza beruvchi va u bilan birga

kelgan oila a’zolarining F.I.O.,

tuilgan sanasi, shaхsini tasdiqlovchi

hujjat raqami

Ariza beruvchining

doimiy turar joyi

Ariza qayd etilgan

sana

Ariza beruvchi hisobga

olingan turar joy




Oʻng tomoni

Turar joy bergan

mulkdorning doimiy

yashash manzili

Qayd varaining raqami

berilgan sanasi va muddati

Hisobga olingan shaхsning kelish

varaqasi manzil-ma’lumotnoma

byurosiga yuborilgan sana

Hisobdan

chiqarilgan sana

Izoh








Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini

doimiy propiska qilish va turgan joyi

boʻyicha hisobga olish tartibi

toʻrisidagi nizomga

9v-ILOVA



Turgan joyi boʻyicha hisobga olishning

SXEMASI


Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

1-bosqich


Ariza beruvchi


1. Turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlim yoki boʻlinmasiga uy egasi bilan birga murojaat qilish.


2. Turgan joyi boʻyicha hisobga olish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish.


3. Xizmatni koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlash.


Murojaat qilinganda











2-bosqich


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi


Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib, avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga yuborish.


Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin

10 daqiqa mobaynida











3-bosqich


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi


1. Soʻrovnoma tushganidan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.


2. BARE-CODE bilan himoyalangan fuqaroni turar joy boʻyicha hisobga qoʻyish haqidagi qayd varai rasmiylashtirish hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuborish.


10 daqiqa mobaynida











4-bosqich


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi


Qayd varai kelib tushgandan soʻng uni rasmiylashtirib ariza taqdim etish.


10 daqiqa mobaynida





b) 2-ilovada:


quyidagi mazmundagi 21-1-band qoʻshilsin:

Doimiy propiska qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi sababli propiskadan chiqarilgandan soʻng bir yil ichida respublikadan chiqib ketmasa, ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtmagan taqdirda, ular oldingi yashash joyi boʻyicha yoki respublikaning boshqa hududiga tegishli MvaFR boʻlinmasi tomonidan doimiy propiska qilinadi.

Bunda doimiy propiskada turish uchun chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs MvaFR boʻlinmasiga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini toʻliq koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

chet el fuqarosining pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjati;

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma - 16 yoshga toʻlmagan shaхslar uchun;

uy-joy kadastr hujjatlari (kadastr pasporti, koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma);

uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning turar joy maydoni berish toʻrisidagi arizasi (roziligi) yoхud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaхsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;

joʻnab ketish varaqasi.

Propiska qilinganlik uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.


35-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtda, qancha muddat boʻlishlaridan qat’i nazar, "E-mehmon" dasturi yordamida, taklif qilgan (qabul qiladigan) shaхslar".






Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 28 dekabrdagi

1049-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 5-son, 32-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 2-bandi va qarorga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016 y., 10-son, 89-modda) 2-ilova.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi)" 2017 yil 19 iyuldagi 527-son qaroriga ilovaning 2-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 30 maydagi PQ-3016-son qarori)" 2017 yil 16 avgustdagi 639-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son Farmoni)" 2017 yil 9 oktyabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)" 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 33-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoni)" 2018 yil 3 maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoni)" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga ilovaning 59-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.


11. Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy investorlar uchun investitsiya vizasi joriy etilganligi hamda ular va ularning oila a’zolarining respublika hududida boʻlishi uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 11 oktyabrdagi 864-son qaroriga ilovaning 3-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 30 dekabr