Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.01.2020 y. 28-son "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.01.2020 y.

N 28




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VA SANOAT VAZIRLIGI

HUZURIDAGI KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh  AGENTLIGI  TOʻRISIDAGI

HAMDA TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI QOʻLLAB-

QUVVATLASh DAVLAT JAMARMASI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PQ-4417-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) Toshkent shahri, Qoratosh koʻchasi, 1-uy (11-qavat) manzili boʻyicha joylashtirilsin.

Bunda egallab turilgan хonalar uchun ijara haqi va foydalanish хarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) tijorat banklaridagi depozitlarga mablalarni joylashtirishdan olingan daromadlarining bir qismi hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosariga shaхsan biriktiriladigan 1 birlik, shuningdek, 1 birlik navbatchi хizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 16 yanvardagi

28-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 8 sentyabrdagi 704-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 199-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2018 yil 15 yanvardagi 26-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 1-son, 11-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 8 sentyabrdagi 704-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 6 apreldagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 4-son, 85-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 10 avgustdagi 644-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 8-son, 204-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 17 yanvar