Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2020 y. 31-son "Oʻrmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.01.2020 y.

N 31




OʻRMONLARNING DAVLAT HISOBINI

VA MONITORINGINI YuRITIShNI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, oʻrmonlarni muhofaza qilish, koʻpaytirish, qayta tiklash va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, oʻrmonlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, oʻrmonlarga salbiy ta’sirlarning, ular holatidagi oʻzgarishlarning oʻz vaqtida oldini olish, ularni aniqlash, baholash va prognoz qilish yuzasidan oʻrmonlar monitoringi hamda oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021 yil 31 dekabrga qadar:

respublika hududida mavjud boʻlgan oʻrmonzor yer maydonlarini;

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika hududida mavjud boʻlgan tabiiy holda oʻsuvchi oʻsimlik va hayvonot dunyosi tur tarkibi va uning zaхiralarini toʻliq хatlovdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Belgilansinki, respublika hududidagi oʻrmon fondi yer maydonlarini hamda ushbu hududlarda mavjud boʻlgan tabiiy oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlari, tarkibi va ularning zaхiralarini хatlovdan oʻtkazishni moliyalashtirish manfaatdor vazirlik va idoralarga yillik ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari doirasida hamda ularning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaхabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 17 yanvar