Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.08.2017 y. PF-5157-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi "Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-2815-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

16.08.2017 y.

N PF-5157



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2001 YIL 2 MARTDAGI

"TEMIR YOʻL TRANSPORTINI MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA AKSIYaLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA"GI PF-2815-SON FARMONIGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi "Temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2815-son Farmonining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)