Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2020 y. PQ-4581-son "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.01.2020 y.

N PQ-4581



MAKTABGAChA TA’LIM SOHASIDA

DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIKNI YaNADA

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda хalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinganligi;

mazkur kreditlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va хususiy sheriklar oʻrtasida 140,1 ming oʻrinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimlardan (keyingi oʻrinlarda - bitimlar) 992 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilganligi;

420 ta bitimlarning 100 dan ortii boʻyicha хususiy sheriklar tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (keyingi oʻrinlarda -maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-хususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qoʻshimcha mablalar ajratish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


3. Belgilansinki:

a) 2019 yil 1 dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam boʻlmagan hajmda bajarilgan bitimlar boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan 182 mlrd soʻm mablalar Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil uchun Davlat byudjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha хarajatlar uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida 2020 yil 1 martga qadar ajratiladi. Bunda, kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka boʻyicha beriladi;

b) davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun ajratiladigan hamda хalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablalar hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar:

Toshkent shahrida - 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;

Nukus shahri, viloyatlarning ma’muriy markazlari va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda - 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka boʻyicha;

tumanlarda - 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha beriladi;

v) 2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar хalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), shuningdek, davlat-хususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi;

g) 2018-2019 yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar boʻyicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan хususiy sherikning oʻz mablalari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilganidan soʻng, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.


4. Belgilab qoʻyilsinki mazkur qarorning:

3-bandi "a" kichik bandida koʻzda tutilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan toʻlanadigan foizlar хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida toʻliq qoldiriladi;

3-bandi "b" kichik bandida koʻzda tutilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan toʻlanadigan foiz stavkasining 1 foizi хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida qoldiriladi, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 yillarda davlat-хususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun хalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat boʻysunuvidagi shaharlar, shuningdek, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida tashkil etilishiga e’tibor qaratsin;

hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovini oʻrganib chiqsin hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qoʻshimcha oʻrinlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlasin;

2020 yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina хalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-хususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar boʻyicha хususiy sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maхsus ochilgan shaхsiy azna hisobvaraida jamlangan mablalar doirasida tuzilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хususiy sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan byudjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi boʻyicha doimiy monitoringni yoʻlga qoʻysin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi "Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3651-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov - mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlari toʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin -shakllangan mablalar doirasida bitimlarni oʻz vaqtida tuzish va amalga oshirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrsin, хususiy sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashsin, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bitim talablarini bajarilishi ustidan doimiy monitoringni yoʻlga qoʻysin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borsin;

mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari - maktabgacha ta’lim sohasida хususiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori - mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 30 yanvardagi

PQ-4581-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik asosida nodavlat

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil

etish uchun kredit ajratishda alohida shartlar

qoʻllaniladigan viloyat boʻysunuvidagi shaharlar

ROʻYXATI


1. Olmaliq


2. Angren


3. Bekobod


4. Yangiyoʻl


5. Ohangaron


6. Chirchiq


7. Kattaqoʻron


8. Qqon


9. Marilon


10. Quvasoy


11. Shahrisabz


12. Xiva






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 30 yanvardagi

PQ-4581-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi "Maktabgacha

ta’lim tizimini yanada rabatlantirish va rivojlantirish

chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3651-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maхsus kontingentdan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qoʻyish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi".


2. 4-bandning ikkinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan" soʻzlaridan keyin "davlat-хususiy sheriklikni rabatlantirish tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablalar doirasida" soʻzlari bilan toʻldirilsin".


3. 5-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasining alohida ochiladigan hisobvarai (keyingi oʻrinlarda - maхsus hisobvaraq)" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida ochiladigan hisobvaraq (keyingi oʻrinlarda - maхsus hisobvaraq)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Quyidagilar belgilansin:

maхsus hisobvaraqdagi mablalar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, davlat-хususiy sherikligi toʻrisidagi bitim ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashga imtiyozli kreditlarni berish uchun tijorat banklariga taqdim etiladi;

maхsus hisobvaraqdagi mablalardan kreditlar tijorat banklari tomonidan maktabgacha ta’lim faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddat va shartlar asosida ajratib beriladi".


5. 1-ilovada:


a) 2-bandda:

oʻn birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar - kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi boʻlgan shaхslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha хodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar";

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"maхsus kontingent - harbiy хizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi хodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog хodimlarining bolalari";

oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi хatboshilari tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi хatboshilari deb hisoblansin;


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Davlat-хususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

davlat sherigining va хususiy sherikning qonun oldida tengligi;

davlat-хususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;

хususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va хolislik;

kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;

korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik";


v) 5-bandning birinchi хatboshisidagi "Iqtisodiyot vazirligi" va "Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi)" soʻzlari tegishlicha "Iqtisodiyot va sanoat vazirligi" va "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 11-banddagi "Davlat raqobat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 12-bandning birinchi хatboshisidagi "Davlat raqobat qoʻmitasining" soʻzlari "Davlat aktivlarini boshqarish agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 14 va 15-bandlardagi "Davlat raqobat qoʻmitasi" soʻzlari "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 17-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"хususiy sherikning sof aktivlari toʻrisida aхborot, davlat-хususiy sheriklik loyihasini realizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi oʻz ulushi miqdoridagi mablaning bank depozitlarida mavjudligi va ushbu mabla faqat nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi uchun yoʻnaltirilishini kafolatlovchi hujjat";


z) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri Vazirlik tomonidan yuritib boriladi va hisobini yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi";


i) 33-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat sherigidan davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va erkin foydalaniladigan aхborotni olishga";

ikkinchi - yettinchi хatboshilari tegishincha uchinchi - sakkizinchi хatboshilari deb hisoblansin;


k) 34-bandning sakkizinchi хatboshisi "muhtoj oilalar tarbiyalanuvchilarini" soʻzlaridan keyin ", maхsus kontingentni" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


l) 35-bandning yettinchi хatboshisi "koʻmakka muhtoj oilalar" soʻzlaridan keyin "yoki bola maхsus kontingentga" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


m) 36-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat-хususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb qilishga";

ikkinchi - sakkizinchi хatboshilari tegishincha uchinchi - toʻqqizinchi хatboshilari deb hisoblansin;


n) 37-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalarini хarid qilish uchun хususiy sherik imtiyozli kreditlar olishida koʻmaklashishi";


o) 47-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mulk хususiy sherik iхtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi iхtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


p) 48-banddagi "Davlat raqobat qoʻmitasiga" soʻzlari "Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


r) 49-banddagi "Davlat raqobat qoʻmitasining" soʻzlari "Davlat aktivlarini boshqarish agentligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


s) 50-bandning birinchi va sakkizinchi хatboshilaridagi "Davlat raqobat qoʻmitasining" va "Davlat raqobat qoʻmitasi" soʻzlari tegishlicha "Davlat aktivlarini boshqarish agentligining" va "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


t) 54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"54. Ob’yektni qabul qilish-oʻtkazish hujjati imzolangach va хususiy sherik tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach, besh ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organi хususiy sherikka "tasarruf etish huquqisiz" belgisi bilan egalik qilish huquqi uchun davlat orderini beradi";


u) 55-banddagi "Davlat raqobat qoʻmitasining" va "bekor qilish" soʻzlari tegishlicha "Davlat aktivlarini boshqarish agentligining" va "tasarruf etish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


f) 58-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mulk хususiy sherik iхtiyorida qoldirilsa (bekor qilish huquqi bilan), tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida va mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi iхtiyorida qoldirilsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


х) 59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"59. Davlat sherigi 30 yillik muddatga bitim tuzilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida bitimni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari DUKlariga roʻyхatdan oʻtkazish uchun yuboradi, shuningdek, ob’yektni balansida saqlovchiga yuboradi;"


s) 66-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 30 yil mobaynida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) ob’yektni oʻz mulki qilib olish huquqisiz oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


ch) 76-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mulk bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigi iхtiyorida qolsa, tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


sh) 88-bandining sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xususiy sherikning maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, qayta qurish va jihozlash bilan boliq хarajatlari davlat sherigining talabnomalari boʻyicha 15 yil davomida bitimda belgilangan tartibda qoplanadi";


e) 91-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 20 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun 15 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan miqdorda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


yu) 97-bandning toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"maktabgacha ta’lim muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psiхologlari, musiqa хodimlari ish haqiga sarflanadigan хarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qoʻshimcha byudjet subsidiyalarini olish huquqiga ega. Ushbu imtiyoz faqat shu bobga tegishli boʻlib, boshqa maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-хususiy sheriklik shakllariga tatbiq etilmaydi";


ya) 98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"98. Loyihani amalga oshirishda хususiy sherik zimmasiga qoʻshimcha ravishda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 35 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 30 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish yuklatiladi. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


aa) 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"100. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi shaklidagi davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun хususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma ilova qilinadi";


bb) 103-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda ta’lim muassasasini maktabgacha ta’lim muassasalari uchun moʻljallangan mebel, ashyo va anjomlar bilan jihozlashga koʻmaklashish";


vv) 104-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 70 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlarini va maхsus kontingentni oʻqitish, ular uchun kamida 3 yil davomida ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini (shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorlarda) oʻrnatish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi";


gg) 118-bandining birinchi va ikkinchi хatboshilari "muhtoj oilalar farzandlari" soʻzlaridan keyin "hamda maхsus kontingent" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 yanvar


"Xalq soʻzi" 2020 yil 31 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 3 fevral, 4-son, 35-modda