Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2020 y. PF-5929-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
30.01.2020 y.
N PF-5929
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
BOSh PROKURATURASI HAY’ATINING
TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonuni 19-moddasiga muvofiq, shuningdek mamlakatimizda qonuniylik va jinoyatchilikning holatini, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni hamda prokuratura organlarining faoliyatiga doir masalalarni tizimli ravishda tanqidiy muhokama qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’ati a’zolarining soni oʻn bir nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’ati (N. Yoʻldoshev) oʻn kun muddatda prokuratura organlarida hay’at majlislarini oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, prokuratura organlarida hay’at faoliyatini tashkil etishda asosiy e’tibor:
hududlarda qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishiga;
har bir tuman (shahar) prokurorining sektorlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarning holatiga;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashga qaratilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2020 yil 30 yanvardagi
PF-5929-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi hay’atining
TARKIBI
1. Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich |
- |
Bosh prokuror, Hay’at raisi |
2. Valiyev Bahriddin Baхadirovich |
- |
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari |
3. Samadov Salom Ismatovich |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
4. Lavozimiga koʻra |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
5. Lavozimiga koʻra |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
6. Lavozimiga koʻra |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
7. Artikova Svetlana Baymirzayevna |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
8. Aminov Shoхruх Azamatovich |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
9. Kudratхodjayev Botir Baхromovich |
- |
Bosh prokurorning oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori |
10. Raхimov Dilshod Faхriyevich |
- |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi |
11. Egamberdiyev Muzaffar Eminovich |
- |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori |
12. Tadjiyev Erkabay Aminovich |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori |
13. Boltayev Halim Xusanboyevich |
- |
Bosh prokuraturaning tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi, Hay’at kotibi |
Izoh: Hay’at a’zolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2020 yil 30 yanvardagi
PF-5929-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb
e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi PF-4890-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi PF-5263-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi PF-5373-son Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hay’atining tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi PF-5419-son Farmoni.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 30 yanvar