Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.02.2020 y. PQ-4618-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.02.2020 y.

N PQ-4618



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY

XIZMATGA NAVBATDAGI ChAQIRUVI HAMDA

BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI OʻTAB

BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILARNI QUROLLI

KUChLAR REZERVIGA BOʻShATISh TOʻRISIDA


[Koʻchirma]



"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:


1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.


2. Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar 2020 yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilshi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 26 fevral


"Xalq soʻzi", 2020 yil 28 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 2 mart, 8-son, 85-modda