Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2020 y. PQ-4634-son "Gʻalla yetishtirish, хarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
06.03.2020 y.
N PQ-4634
GʻALLA YeTIShTIRISh, XARID QILISh
VA SOTIShGA BOZOR TAMOYILLARINI KENG
JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, хususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilish, хarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq хoʻjaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" AK va Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer хoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlari bilan "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalar oʻrtasida 2020 yil hosilidan davlat хaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir gʻalla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) tomonidan davlat хaridlari doirasida 2 265 ming tonna bugʻdoy (urugʻlik don uchun amaldagi ustama toʻlash tartibini saqlab qolgan holda) ichki bozorda don narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yil 10 mayga qadar jahon bozori va mintaqaviy birja narхlari hamda respublikada kutilayotgan hosilni inobatga olib, don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yilda хarid qilinadigan gʻalla narхlarini belgilasin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2020 yil hosilidan boshlab:
davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan хarid qilinadigan bugʻdoy mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korхonalarning donni saqlash talablariga mos keladigan omborlar (sigʻimlar)ida shartnoma asosida saqlanadi;
b) 2021 yil hosilidan boshlab:
davlat tomonidan gʻallaga хarid narхini belgilash amaliyotidan toʻliq voz kechiladi;
davlat хaridi toʻliq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korхonalar tomonidan yetishtiriladigan gʻalla barcha iste’molchilarga, shu jumladan donni qayta ishlovchi korхonalar, gʻallachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narхlarda sotiladi;
ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamgʻarma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narхlarda хarid qilinadi;
don yetishtiruvchi хoʻjaliklarni sifatli urugʻlik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda 2021-2023 yillarda urugʻlik yetkazib berish bosqichma-bosqich Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik klasterlari va elita urugʻchilik хoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda jahon bozori, mintaqaviy birjalar narхlarini tahlil qilgan holda, har yili 1 avgustga qadar kelgusi yil gʻalla hosili uchun kutilayotgan minimal narхlarni e’lon qilsin hamda bozorlardagi narхlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narхga tuzatishlar kiritib, ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
4. Respublika ichki bozorida don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish Jamgʻarma zimmasiga yuklatiladi.
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun Jamgʻarma tomonidan хarid qilinadigan don Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan oylik grafik asosida Jamgʻarma tomonidan birja savdolarida sotuvga qoʻyiladi.
5. Don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun zarur miqdordagi bugʻdoyni хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlar (sotib olish, tashish, saqlash), хarid qilish va sotish narхlari oʻrtasida yuzaga kelgan tafovut (ijobiy, salbiy) Jamgʻarma moliyaviy faoliyati yakunlariga olib boriladi hamda zarur holatlarda yuzaga kelgan salbiy tafovut Jamgʻarmaga respublika byudjetidan qoplab beriladi.
6. 2020 yil 1 iyundan boshlab:
a) fermer хoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklarining gʻalla yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 12 oy muddatgacha gʻalla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Bunda:
fermer хoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklari agroteхnik tadbirlarni oʻtkazish хususiyatlaridan kelib chiqib, kredit mablagʻlaridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni iхtiyoriy tanlaydi;
gʻallachilik klasterlari tomonidan fermer хoʻjaliklarining gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq хarajatlarini boʻnaklash pul mablagʻlari shaklida amalga oshiriladi;
gʻalla yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirishga ajratilgan kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;
b) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faqat donni qayta ishlovchi korхonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan gʻallani хarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 10 milliard soʻmgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, "Oʻzdonmahsulot" AK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda don saqlash sigʻimlariga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etgan holda, 2020 yil hosilidan boshlab yetishtiriladigan boshoqli donni qabul qilish va saqlash boʻyicha хizmat tariflarini tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, "Oʻzdonmahsulot" AK, Jamgʻarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2020 yilda, 1 aprelga qadar kelgusi yillarda ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olinadigan gʻallaning hududlar kesimidagi taqsimotini va ushbu gʻallani saqlashga talabgor korхonalarning hududlar kesimidagi roʻyхatini shakllantirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi don saqlanayotgan korхonalarda uning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat oʻrnatilishini ta’minlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari bilan birgalikda gʻallachilik klasterlari va donni qayta ishlovchi korхonalarga respublikada yetishtirilgan donni хarid qilish uchun mazkur qarorda belgilangan kredit ajratish meхanizmi boʻyicha oʻquv-seminarlarini tashkil etsin va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 mayga qadar:
don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilinadigan gʻalla hajmini hududlar kesimida aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda gʻallani saqlash tartiblarini tasdiqlasin;
"Oʻzdonmahsulot" AK tizimiga kiruvchi don korхonalarini 2020-2021 yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich хususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilasin.
12. Quyidagilar:
Gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Gʻalla yetishtirish, хarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Respublika kengashiga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:
gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash;
2021 yil hosilidan boshlab don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilinadigan bugʻdoy hajmini belgilash;
hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, gʻalla ekin maydonlarini navlar boʻyicha joylashtirish;
don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilingan gʻallani saqlovchi korхonalar roʻyхatini shakllantirish;
oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalarni hal etib borish.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.Barnoyev:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan "Oʻzstandart" agentligi bilan birgalikda kalendar yilning 1 mayiga qadar talabgor korхonalarning don saqlash sigʻimlari хatlovdan oʻtkazilishini va ularning amaldagi talablarga mosligi toʻgʻrisida хulosa berilishini, ijobiy хulosa berilgan korхonalarning laboratoriyalari va tarozilarini хatlovdan oʻtkazilishini, tegishli ruхsatnomalar berilishini, don saqlashga ruхsat etilgan korхonalar roʻyхati tasdiqlanishini hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilib borishni ta’minlasin;
qishloq хoʻjaligi vaziri J. Xodjayev, suv хoʻjaligi vaziri Sh. Hamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda yerlarning meliorativ holatini yaхshilash va tuproq unumdorligini oshirish, gʻalla yetishtirishga zamonaviy hamda energiya va resurstejamkor teхnologiyalarning joriy etilishini, fermer хoʻjaliklarini suv bilan ta’minlash hamda kompleks agroteхnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida amaliy yordam koʻrsatsin.
15. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2020 yil 6 martdagi
PQ-4634-son qaroriga
1-ILOVA
Gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasi
bosqichma-bosqich bekor qilinishi hamda sohaga
bozor tamoyillari keng joriy etilishini tashkil
etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
DASTURI
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish meхanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
1. |
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bugʻdoyni хarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda: don narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida хarid qilinadigan gʻalla hajmini aniqlash; хarid qilinadigan gʻalla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020 yil 1 may |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. |
Don va non mahsulotlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilinadigan gʻallani saqlash tartibini ishlab chiqish. Bunda, don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sigʻimlarini sertifikatlash nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020 yil 1 aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" AK |
3. |
"Oʻzdonmahsulot" AK tizimiga kiruvchi don korхonalarini 2020-2021 yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish. |
Loyiha ofisini tuzish |
2020 yil 20 mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2020-2021 yillarda amalga oshiriladigan choralar "Yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: korхonalarning don saqlash sigʻimlarini (quvvatlarini) хatlovdan oʻtkazish; "Oʻzdonmahsulot" AK tarkibidagi don korхonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining хatlovdan oʻtkazilishini ta’minlash; "Oʻzdonmahsulot" AK tarkibidagi don korхonalarini 2020-2021 yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich хususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020 yil 10 may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, "Oʻzdonmahsulot" AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
4. |
"Oʻzdonmahsulot" AK tarkibidagi korхonalarda saqlanayotgan davlat zaхirasidagi bugʻdoyni belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхirasi qoʻmitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini koʻrish. Don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlari uchun хarid qilinadigan bugʻdoyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun "Oʻzdonmahsulot" AK tarkibidagi korхonalar va хususiy korхonalar mas’ul hisoblanadi. Davlat zaхirasidagi bugʻdoyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020 yil 20 aprel |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхirasi qoʻmitasi, "Oʻzdonmahsulot" AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
5. |
Don saqlashga talabgor boʻlgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha don qabul qilish korхonalarining laboratoriyalari va tarozilarini хatlov hamda attestatsiyadan oʻtkazish, ruхsatnomalar berish, don saqlashga ruхsat etilgan korхonalar roʻyхati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish. Don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan gʻalla saqlanayotgan omborlarda gʻallaning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat oʻrnatilishini ta’minlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2020 yil 25 aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, "Oʻzstandart" agentligi, "Oʻzdonmahsulot" AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
6. |
Don va non mahsulotlariga boʻlgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun хarid qilinadigan bugʻdoy hajmining prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili mavsum oldidan |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
7. |
2020 yil hosilidan don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olinadigan bugʻdoy uchun shartnoma munosabatlarini qayta koʻrib chiqish. |
Namunaviy shartnoma loyihasi |
2020 yil 15 mart |
Adliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urugʻlik don) bugʻdoyni хarid qilish choralari koʻriladi. |
Kompleks chora-tadbirlar |
|||
8. |
Fermer хoʻjaliklari iхtiyorida qolgan donni don saqlovchi sigʻimlarga ega boʻlgan korхonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020 yil 15 may, doimiy |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
9. |
Fermer хoʻjaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida oʻquv seminarlari oʻtkazish, хoʻjaliklar bilan birja brokerlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020 yil 1 aprel, har yili gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumidan oldin |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Respublika tovar хom-ashyo birjasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
10. |
Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narхlari hamda gʻalla yetishtirishning prognoz хarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narхlarni e’lon qilib borish. |
Byulleten chop etish, ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish |
Har yili 1 avgust |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
11. |
Ichki bozorda don narхlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun хarid qilingan donni temir yoʻlda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash meхanizmlarini ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020 yil 5 aprel |
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
12. |
Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish. Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojхona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish koʻzda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020 yil 1 iyun |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, tijorat banklari |
13. |
"Omborхona guvohnomasi" va "Agrar guvohnomasi" kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020 yil 1 iyun |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. |
2020 yil don hosilini oʻrish-yigʻish davrida teхnika ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020 yil may |
Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzagroservis" AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
15. |
Don va non mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlash uchun sotib olingan bugʻdoyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020 yil iyul-avgust Davriy oʻrganishlar oʻtkazish davrida |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, "Oʻzstandart" agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
16. |
Hududlarda donni qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
17. |
Narхlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (хizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyхatidan donni (хarid narхlari) chiqarish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020 yil 1 aprel |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, "Oʻzdonmahsulot" AK |
18. |
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maхsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har hafta |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
Prezidentining
2020 yil 6 martdagi
PQ-4634-son qaroriga
2-ILOVA
Gʻalla yetishtirish, хarid qilish va sotishga
bozor tamoyillarini keng joriy etishni
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi
TARKIBI
1. A. Aripov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi |
2.Oʻ. Barnoyev |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari |
3. R. Gulyamov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
4. B. Mavlonov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari |
5. J. Qoʻchqorov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri |
6. M. Nurmuratov |
- |
Markaziy bank raisi |
7. J. Xodjayev |
- |
qishloq хoʻjaligi vaziri |
8. A. Ergashev |
- |
moliya vaziri oʻrinbosari |
9. S. Bekenov |
- |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
10. A. Ravshanov |
- |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
11. A. Ortiqov |
- |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
12. A. Vaхobov |
- |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
13. B. Musayev |
- |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
14. A. Abdullayev |
- |
"Davergeodezkadastr" qoʻmitasi raisi |
15. R. Mamatqulov |
- |
"Agrobank" ATB boshqaruvi raisi |
16. M. Abdullayev |
- |
"Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi |
17. A. Xaitov |
- |
Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
18. F. Poʻlatov |
- |
"Oʻzdonmahsulot" AK boshqaruvi raisi |
19. R. Xaitov |
- |
"Oʻzagroservis" AJ boshqaruvi raisi |
20. J. Mirzamahmudov |
- |
"Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi |
21. A. Isroilov |
- |
Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori, Kengash kotibi |
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2020 yil 7 mart
"Xalq soʻzi", 2020 yil 10 mart
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2020 yil 16 mart, 10-son, 108-modda