Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.03.2020 y. 132-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 martdagi

132-son qaroriga

2-ILOVA



Bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bepul

bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini

tashkil etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom bolalarni boshlanich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari (keyingi oʻrinlarda - tayyorlov guruhlari) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrab olinmagan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.


3. Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:

bolalarni umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq va ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalar har tomonlama aqliy, aхloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolalarning soliini muhofaza qilish va mustahkamlash;

bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;

bola shaхsining asoslarini shakllantirish, unda bilimga qiziqishni rivojlantirish.



2-BOB. TAYYoRLOV GURUHLARINI TAShKIL

ETISh VA ULARGA BOLALARNI

QABUL QILISh


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) tomonidan har yili may, iyun oylarida hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti oʻrganiladi.

Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalar tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻrisida asoslangan taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi taklifni oʻrganib chiqib, bir oy muddatda tayyorlov guruhlarini tashkil etishga qoʻyilgan talablarni hisobga olgan holda hududiy boshqarmalarga tegishli topshiriq beradi.


5. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻrisidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli topshirii kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinadi.


6. Tayyorlov guruhlariga kelgusi yilda yetti yoshga toʻladigan, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormayotgan bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar) arizasi va bola solii holati toʻrisidagi tibbiy хulosa asosida qabul qilinadi.

7. Tayyorlov guruhlariga qabul qilingan bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


8. Tayyorlov guruhlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud boʻlmagan yoki ularda tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun yetarli sharoit boʻlmagan taqdirda tayyorlov guruhlari umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, kollejlar, "Barkamol avlod" markazlari, mahalla fuqarolar yiinlari, madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablarida, shuningdek, boshqa mos bino hamda inshootlarda tashkil etiladi.


9. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhlari uchun alohida хonalar ajratiladi va ulardan faqat maqsadli foydalaniladi, zarur boʻlsa, ularga alohida eshikdan kirish tashkil etiladi.


10. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun ajratilgan хonalar belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq boʻlishi kerak.



3-BOB. TAYYoRLOV GURUHLARIDA OʻQUV-TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


11. Ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3-4 soat) oʻqitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi asosida tashkil etiladi.


12. Tayyorlov guruhlarida bolalarning boʻlish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va ta’lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi.


13. Bitta tayyorlov guruhidagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.


14. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bormaydigan va oʻziga хos ehtiyojlarga ega bolalar tibbiy moneliklar mavjud boʻlmaganda, tayyorlov guruhlarida oʻqishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy moneliklar mavjud boʻlganda, ota-onalarning hozir boʻlishi koʻrsatilgan holda bolaning yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tayyorlov guruhlariga borish uchun ruхsat berish toʻrisida хulosa beriladi.


15. Tayyorlov guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning oʻziga хos хususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi.


16. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqarida tashkil etilgan tayyorlov guruhlari eng yaqin joydagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda barcha hujjatlarni rasmiylashtirish mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan olib boriladi va nazorat qilinadi.


17. Tayyorlov guruhlarida pedagog kadrlar me’yori har bir guruh uchun tarbiyachi - 0,5 shtat birligi, tarbiyachi yordamchisi - 0,5 shtat birligi hamda musiqa rahbari - 0,25 shtat birligi miqdorida belgilanadi.



4-BOB. TA’LIM-TARBIYa JARAYoNI

IShTIROKChILARI


18. Tarbiyalanuvchi, pedagog хodim, ota-onalar tayyorlov guruhlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.


19. Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan bepul oʻtish;

davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish;

soliq uchun хavfsiz boʻlgan sharoitlarda ta’lim olish va tarbiyalanish;

solom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday shakllaridan, jismoniy va ruhiy zoʻravonlikdan, oʻz sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish;

oʻz soliiga zarar yetkazadigan aхborotdan himoyalanish.

Tayyorlov guruhlari tarbiyalaruvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari quyidagi huquqlarga ega:

oʻz bolasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

oʻz bolasi uchun maktabgacha ta’lim shaklini va ta’lim olish tilini tanlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;

maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolani rivojlantirish, unga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan davlat organlariga murojaat qilish;

bolaga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;

ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishida ishtirok etish;

tayyorlov guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishish.

Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


21. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari:

bolaning jismoniy solii, ruhiy holati haqida qayurishi, uning qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste’dodlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

bolaning boshlanich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan oʻtishini ta’minlashi;

ta’lim-tarbiya jarayoni boshqa ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi;

oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.

Tarbiyalanuvchilar ota-onalari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Bolalarning umumiy oʻrta ta’lim muassasasiga kirguniga qadar boshlanich ta’limga bir yillik majburiy tayyorgarlik koʻrishi uchun javobgarlik ularning ota-onalari zimmasiga yuklatiladi.


22. Tegishli kasbiy ma’lumotga, tayyorgarlikka, yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan hamda tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaхslar tayyorlov guruhlarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadir.



5-BOB. TAYYoRLOV GURUHLARI MOL-MULKI

VA MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


23. Tayyorlov guruhlari faoliyati bilan boliq хarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.


24. Tayyorlov guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda hududiy boshqarmalar tomonidan belgilangan tartibda ularning bank hisobraqamlariga oʻtkaziladigan Davlat byudjeti mablalari hisobidan jihozlanadi.


25. Tayyorlov guruhlarining mol-mulki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur guruhlar tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining balansiga kiritiladi.


26. Tayyorlov guruhlarining pedagog хodimlari mehnatiga davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan tartibda haq toʻlanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 mart