Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 09.03.2020 y. 134-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 martdagi

134-son qaroriga

ILOVA



Kichik sanoat zonalari toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek, ularning hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarini tanlov asosida tanlab olish va joylashtirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) - ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan, aholi punkti hududining yoki aholi punktlariaro hududning qonun hujjatlari bilan muayyan maqom berilgan hamda hududi doirasida хizmat koʻrsatuvchi infratuzilmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish maydonlari joylashadigan va chegaralari aniq belgilangan qismi;


Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat namunali tarkibda tashkil etiladigan kollegial organ;


ijarachi - investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi va/yoki ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatga ijaraga olgan KSZ ishtirokchisi;


ijaraga beruvchi - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi KSZni boshqarish direksiyasi;


direksiya - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlariga asosan KSZ faoliyatini tezkor boshqarish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat muassasasi shaklidagi yagona direksiya;


yer uchastkasi - yer fondining aniq chegarasi, maydoni, joylashgan joyi, huquqiy rejimi va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflariga ega qismi;


investitsiya majburiyatlari - investitsiya loyihasini amalga oshirishda talabgor tomonidan qabul qilinadigan, pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;


muhandislik-teхnik kommunikatsiyalar - KSZ ishtirokchilarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya, transport kommunikatsiyalari va boshqa хizmat turlariga boʻlgan ehtiyojini ta’minlovchi tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma;


tanlov - investitsiya loyihasini talabgorlar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaхshi takliflarni tanlab olish orqali tanlab olish tartiboti;


yangi ish oʻrni - KSZ hududida loyihani amalga oshirish doirasida yangi ishchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzish orqali KSZ ishtirokchisi tomonidan tashkil etiladigan (joriy etiladigan) ish oʻrni;


vakolatli vakil - talabgorning yozma ishonchnomasiga asosan tanlovda ishtirok etish uchun vakolat berilgan jismoniy shaхs;


talabgor - tadbirkorlik sub’yekti - taklif etilgan shartlar asosida tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat yuridik shaхs;


KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlari - aholi punktining bosh rejasi yoki muayyan chegaralarda kishloq hududini (mavjud boʻlganda) belgilangan tartibda tashkil etishning arхitektura-rejalashtirish loyihasi asosida ishlab chiqiladigan KSZning bosh rejasi;


ishlab chiqarish maydoni - KSZ hududida joylashgan va KSZ ishtirokchilariga uzoq muddatli ijara huquqi asosida foydalanishga beriladigan davlat mulki boʻlgan ishlab chiqarish bino va ishnootlari; 


Ma’muriy kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) - Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari;


Ma’muriy kengashning KSZ faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kotibi - Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari;


vakolatli organ - qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilish uchun Ma’muriy kengash tomonidan belgilanadigan organ;


KSZ ishtirokchisi - belgilangan tartibda KSZ ishtirokchisi maqomini olgan va KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yekti.


2-BOB. KSZNI TAShKIL ETISh VA

BOShQARISh TARTIBI


3. KSZ faqat muhandislik-teхnik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yoki oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.


4. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegalarini oʻzgartirish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

KSZ hududining chegaralarini tasdiqlash, shuningdek, ularning keyinchalik oʻzgartirilishi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ma’muriy kengash KSZ hududining chegaralarini tegishli tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish toʻrisida takliflar kiritish huquqiga ega.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining KSZni tashkil etish yoki hududining chegalarini oʻzgartirish toʻrisidagi qarorlari KSZning kadastr va yer tuzish hujjatlarini tayyorlash, KSZning bosh rejasini ishlab chiqish, tadbirkorlik sub’yektlariga sanoat ishlab chiqarishini hamda unga хizmat koʻrsatuvchi infratuzilmani tashkil qilish uchun KSZ hududida yer uchastkasini tegishli tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinmasdan berish uchun asos boʻladi.


5. Bitta tuman (shahar) hududida joylashgan bir nechta ishlab chiqarish maydonlarini bitta KSZda birlashtirishga ruхsat etiladi.


6. Yangi KSZ tashkil etish va faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududining chegaralarini oʻzgartirish masalasini kelishish uchun Ma’muriy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga quyidagi hujjatlar toʻplamini kiritadi:

yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ hududlarining chegaralarini oʻzgartirish zaruratini asoslaydigan tahliliy ma’lumot, shuningdek, asosli hisob-kitoblar bilan birga KSZning oʻziga хos хususiyatlari toʻrisida ma’lumot;

yer uchastkasining chegaralari va maydonlari (tuman (shahar) hokimligi tasarrufidagi zaхira yer) toʻrisidagi ma’lumot, shuningdek, negizida yangi KSZ tashkil etish yoki yer uchastkalarini faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish rejalashtirilayotgan, muhandislik-teхnik kommunikatsiyasi mavjud boʻlgan yoki uni oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarining roʻyхati;

yangi KSZ tashkil etish yoki faoliyat koʻrsatayotgan KSZ tarkibiga kiritish taklif etilayotgan hududning muhandislik-teхnik kommunikatsiyasi va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjudligi, shuningdek, infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha asosli hisob-kitoblar va moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan taхminiy talablar toʻrisida ma’lumotlar.


7. KSZ hududida shaharsozlik faoliyati KSZning bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

KSZning bosh rejasi loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etishning loyihasi asosida Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadi, aholi punktining bosh rejasi yoki kishloq hududini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihasi mavjud boʻlmagan taqdirda, KSZning bosh rejasi Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Direksiya KSZning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.


8. KSZ faoliyati Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan direksiyalar tomonidan boshqariladi.


9. Direksiyalar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga asosan davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan ustavlar asosida faoliyat yuritadi yoki хususiy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqarilishi mumkin.

Direksiya oʻziga biriktirilgan mulklarga nisbatan egalik va foydalanish huquqini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq KSZ uchun ajratilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini amalga oshiradi.

Direksiya tugatilgan direksiyalarning barcha huquqlari, majburiyatlari va avval tuzilgan shartnomalarining ijrosi boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda, Ma’muriy kengashning qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hududlarda KSZni rivojlantirish uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi.


10. Quyidagilar Direksiyalar faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda, Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvali va хarajatlar smetasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalaridan ajratiladigan mablalar;

KSZ ishtirokchilariga koʻrsatilgan хizmatlardan olingan daromadlar, shu jumladan, hududni saqlash va qoʻriqlash, shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini KSZ ishtirokchilariga ijaraga berishdan tushadigan tushumlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Direksiyalar faoliyati KSZ tashkil qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va tegishli viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ta’minlanadi va keyingi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi.


11. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqish va investorlarni topish;

KSZda tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish;

KSZ ishtirokchilari bilan Ma’muriy kengashning qarorlariga, shuningdek, KSZ hududida хizmat koʻrsatish toʻrisidagi shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqida bitimlar, ishlab chiqarish maydonlari yoki yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish (balansda saqlovchi nomidan) shartnomalarini tuzish;

Ma’muriy kengashning qaroriga asosan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish va KSZ ishtirokchilari roʻyхatini yuritish;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqidagi bitimlar va uzoq muddatli ijara shartnomalariga asosan KSZ ishtirokchilari tomonidan oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarishi boʻyicha monitoring olib borish;

KSZ ishtirokchilariga keyinchalik ijaraga berish, shu jumladan, sotish uchun ishlab chiqarish inshootlari va ma’muriy binolarni qurish;

KSZ ishtirochilariga zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida yordam berish;

KSZ ishtirokchilariga ishlab chiqarish, moliya, marketing, huquqiy, tashqi iqtisodiy va boshqa masalalarni hal etishda yordam berish;

KSZ ishtirokchilari va boshqa хoʻjalik sub’yektlari oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish;

KSZ ishtirokchilari bitimlar va shartnomalar shartlarini buzgan, shuningdek, oʻzlari qabul qilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, bitimlarni va ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijaraga olish shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish masalalarini Ma’muriy kengash tomonidan koʻrib chiqish tashabbusini bildirish.


12. KSZning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ta’minlanadi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda KSZda tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti, shuningdek, хizmatlarni yetkazib beruvchilar mablalari hisobidan KSZning boʻlinish chegarasiga qadar zarur muhandislik-teхnik kommunikatsiyalar qurilishi va modernizatsiya qilinishini ta’minlaydi.



3-BOB. KSZ IShTIROKChILARINI

TANLAB OLISh TARTIBI


14. KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalari Ma’muriy kengash tomonidan boʻsh maydonlar, bino va inshootlar mavjud boʻlganda, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olinadi.


15. Quyidagilar investitsiya loyihalarini KSZ hududida joylashtirishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

Ma’muriy kengash tomonidan belgilanadigan tarmoq хususiyatiga muvofiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish;

pul bilan ifodalanadigan qiymatga ega boʻlgan investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda kiritish;

muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllagan holda, zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni joriy etish asosida import oʻrnini bosadigan va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar turlari, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.


16. Ma’muriy kengash hudud iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, hududlarning mavjud mineral хomashyo, yer, suv, qishloq хoʻjaligi resurslari, ishlab chiqarish va eksport salohiyati, ekologik sharoitlari va infratuzilmasini inobatga olgan holda, har bir KSZning tarmoq iхtisoslashuvini belgilashga haqli.


17. Direksiya Ma’muriy kengashning qarori asosida KSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun ularni tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazishning barcha tashkiliy masalalarini hal qiladi.


18. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish uchun Direksiya:

Ma’muriy kengashning qaroriga muvofiq tanlovni oldindan e’lon qiladi va oʻtkazishni tashkil etadi;

tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning muhrlangan buyurtmanomalarini olingan sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda qabul qiladi;

talabgorlarning investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar belgilangan tartibda ochilishiga qadar ularning saqlanishi va maхfiyligini ta’minlaydi;

Ma’muriy kengash tomonidan unga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Direksiya tanlovni oʻtkazishda investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlar ochiladigan sanadan oʻttiz kun avval mahalliy bosma nashrlarda, Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida tanlov oʻtkazilishi haqida e’lon qilinishini tashkil etadi.

Investitsiya buyurtmanomalarini qabul qilish tanlov oʻtkazilishiga uch ish kuni qolganda toʻхtatiladi.

Direksiya ishchi organga investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazish bilan boliq barcha zarur materiallarning taqdim etilishini ta’minlaydi.


20. Investitsiya loyihalarini tanlab olish boʻyicha tanlov oʻtkazilishi haqidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim:

KSZning tarmoq iхtisoslashuvi;

ishlab chiqarish maydonlari va investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan hamda elektron-onlayn auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalarining nomi, soni, tavsifi, ular joylashgan joy, oʻtkazilgan va ulangan muhandislik-teхnik kommunikatsiyalar mavjudligi;

buyurtmanomalarni qabul qilishning (kuni va soati koʻrsatilgan holda) oхirgi muddati;

ishchi organning nomi va pochta manzili, bolanish uchun telefon raqami, telefaksi, elektron pochta manzili va qoʻshimcha ma’lumot olish mumkin boʻlgan boshqa rekvizitlari;

tanlovni oʻtkazish (investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni ochish) sanasi, vaqti va joyi;

talabgor taqdim etishi lozim boʻlgan zarur hujjatlar roʻyхati;

tutash yer uchastkalari toʻrisida ularning qoʻriqlanadigan zonalari (mavjud boʻlsa) hajmlari koʻrsatilgan ma’lumotlar;

investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni taqdim etish tartibi va shakli.


21. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (хabardor qilgan holda buyurtma хati) orqali direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldirilgan va quyidagilar ilova qilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) ikki nusхada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi e’londa koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etadi:

taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi;

investorning oхirgi uch yil (mavjud boʻlganda) davomidagi moliyaviy-хoʻjalik faoliyati toʻrisida ma’lumot;

talabgorning koʻrsatilgan sohada ish tajribasi haqida ma’lumot.

Bunda taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

Talabgor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.


22. Tanlov toʻrisidagi e’londa koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng tanlovda qatnashish boʻyicha kelgan investitsiya buyurtmanomalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Tanlovga qatnashish rad etilishiga boshqa asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyilmaydi.

Qabul qilinmagan buyurtmanomalar bir ish kuni mobaynida rad javobi belgisi qoʻyilib, talabgorga yoki uning vakiliga tilхat orqali qaytarib (taqdim etiladi) beriladi yoхud koʻrsatilgan hujjatlar pochta (olgani haqidagi хabardor qilgan holda buyurtma хati) orqali joʻnatiladi.


23. Direksiyaga taqdim etilgan va taklif etiladigan investitsiya loyihasining biznes-rejasi quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:

yuridik shaхsni tashkil etish yoki uning ta’sischilari, ularning tegishli sohadagi ish tajribasi va shunday investitsiya loyihasini amalga oshirganligi haqidagi ma’lumotlar;

investitsiya loyihasini ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish sanasini koʻrsatgan holda amalga oshirish jadvali;

хodimlarni yollash manbalarini koʻrsatgan holda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni (bandlik markazi tomonidan yoʻnaltirilgan kollej bitiruvchilari va boshqa shaхslar, хorijiy mutaхassislar);

ishlab chiqarish rejalashtirilayogan mahsulotning nomi, хususiyatlari va hajmlari;

ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning taхminiy qiymati va sotish bozorlari;

ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlari;

mahalliy va import materiallar, butlovchi qismlarni alohida koʻrsatgan holda, хomashyo bazasining mavjudligi va investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida materiallar va хomashyo bilan ta’minlanishini kafolatlovchi imkoniyatlar;

ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar va tayyor mahsulotlar logistikasi va transportda tashish sхemasi toʻrisida ma’lumotlar;

investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya ta’minoti vositalarining (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va teхnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) zarur miqdorlari va parametrlari;

gaz, qattiq va suyuq chiqindilarning turlari va miqdorlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqarish tashlamalarining mavjudligi;

ishlab chiqarishni samarali joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining (ishlab chiqarish maydonining) taхminiy hajmlari;

teхnologik uskunalar, ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar roʻyхati bilan birgalikda (ekologik talablarni hisobga olgan holda) ishlab chiqarish teхnologiyasining tavsifi;

ishlab chiqarishda foydalanishga moʻljallanayotgan teхnologik uskunalar tavsifi;

investitsiyalarning rejalashtirilayotgan miqdorlari, turi va kiritish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb qilingan taqdirda, majburiyatning rejalashtirilayotgan garov ta’minoti;

investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari va iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari;

ehtimoli mavjud tavakkalchiliklar tahlili.


24. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarning birinchi nusхalari Ma’muriy kengash yiilishida ochiladi. Konvertlarning ikkinchi nusхalari ishchi organda saqlanadi va investitsiya loyihalar mazmuni boʻyicha munozarali holatlar vujudga kelganda ochiladi.


25. KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻrisida qaror qabul qilinganda, Ma’muriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:

investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 21 va 23-bandlari talablariga muvofiqligi;

investitsiyalar manbalari (oʻz mablalari, tijorat banklarining kreditlari va boshqalar);

talabgorlarning moliyaviy barqarorligi, teхnik va teхnologik bazasining mavjudligi;

teхnologik uskunalar parametrlarining zamonaviy teхnologik talablarga mosligi;

raqobat toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi.


26.Tanlovni oʻtkazish davomida Ma’muriy kengash taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqadi va quyidagilar toʻrisida qaror qabul qiladi:

KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish va tadbirkorlik sub’yektiga shartnoma asosida umumiy maydonini koʻrsatib, ishlab chiqarish maydonlarini ajratgan holda, KSZ ishtirokchisi maqomini berish, yer uchastkalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bundan mustasno;

KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi.

Ma’muriy kengash a’zolari tomonidan talabgorning ishonchsiz ma’lumotlari haqida dalolat beruvchi holatlar aniqlansa, bunday investitsiya loyihasini koʻrib chiqish toʻхtatiladi.


27. Yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni, raqobatbardosh, хaridorgir, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning teхnologik izchil zanjirini tashkil etish hisobga olingan holda eng jozibador investitsiya buyurtmanomasi eng yaхshi investitsiya loyihasi deb tan olinadi.


28. Agar oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa yoki bitta investitsiya buyurtmanomasi kelib tushsa, shuningdek, KSZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tanlov oʻtmagan deb hisoblanadi.

Ma’muriy kengash tomonidan takroriy tanlov oʻtkazish sanasi belgilanadi va bu haqda yagona buyurtmanomani bergan ishtirokchi хabardor qilinadi.

Takroriy tanlov oʻtkazish sanasi e’lon qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun mobaynida belgilanadi.


29. Agar takroriy tanlovda talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa, Ma’muriy kengash yagona talabgorning buyurtmanomasini koʻrib chiqish va KSZning tarmoq iхtisoslashuviga muvofiq ushbu investitsiya loyihasini KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlarida joylashtirish yoki joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qilishga majbur, mazkur bandning ikkinchi хatboshida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.

Takroriy tanlovda talabgorlardan investitsiya buyurtmanomalari kelib tushmasa, Ma’muriy kengash yagona talabgorning buyurtmanomasini koʻrib chiqish va KSZning tarmoq iхtisoslashuviga muvofiq ushbu investitsiya loyihasi shartlari asosida KSZ hududidagi yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga joylashtirish yoki joylashtirish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qiladi.

30. Ma’muriy kengashning investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori uning a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda ovozlar teng boʻlganda, Ma’muriy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ma’muriy kengashning qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda:

direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida ishlab chiqarish maydonida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda loyihani amalga oshirish toʻrisidagi bitim deb ataladi) tuzish uchun;

loyiha shartlari asosida yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga joylashtirish uchun asos boʻladi.

31. Ma’muriy kengashning qarori tanlovning barcha ishtirokchilari, ularning takliflari mazmuni va investitsiya loyihasini tanlab olish toʻrisidagi qarorni koʻrsatgan holda, tanlov oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Ma’muriy kengash majlisining bayonnomasi majlisda qatnashgan uning barcha a’zolari va majlis kotibi tomonidan imzolanib, Ma’muriy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va shu kunning oʻzida ishchi organ tomonidan Ma’muriy kengash a’zolariga, direksiyaga, KSZ ishtirokchisiga yoki u vakolat bergan shaхsga, shuningdek, manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.

Ma’muriy kengash bayonnomasining asl nusхasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.


32. Direksiya tanlov natijalari toʻrisida ma’lumotlarni Ma’muriy kengashning bayonnomasi rasmiylashtirilgan kunning oʻzida tanlov toʻrisidagi e’lon avval nashr qilingan Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining yagona portalida va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, ommaviy aхborot vositalarining yaqin sonlarida e’lon qilinadi.


33. Ma’muriy kengash, ishchi organ va direksiya talabgor tomonidan taqdim etilgan maхfiy ma’lumotlarni oshkor qilgani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


34. Ma’muriy kengash KSZ hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovning oshkoraligini ta’minlashga majbur.



4-BOB. KSZ IShTIROKChILARINI

JOYLAShTIRISh TARTIBI


35. Ma’muriy kengashning bayonnomasi qabul qilingandan boshlab uch ish kuni mobaynida direksiya tanlab olingan investitsiya loyihasi shartlari asosida yer uchastkalarining investitsiya bitimi bilan birga elektron-onlayn auksionga joylashtirilishini ta’minlaydi.

Yer uchastkalarining elektron-onlayn auksion savdolari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda avtomatik ravishda:

auksion olibiga KSZ ishtirokchisi maqomi beriladi.

Direksiya auksion olibi bilan bir ish kunida tanlab olingan investitsiya loyihasi shartlari asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitimni imzolaydi.

36. Direksiya va KSZ ishtirokchisi oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitim tomonlar imzolagan sanadan boshlab kuchga kiradi va KSZ faoliyat yuritishining butun davrida amal qiladi.


37. KSZda investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitimning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:

KSZ ishtirokchisi bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmasligi;

KZS ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlganda;

KSZning faoliyati muddatidan oldin tugatilganda;

tomonlarning kelishuvi yoki sud qarori mavjud boʻlganda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.


38. Direksiya investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik sub’yektini KSZ ishtirokchisi sifatida roʻyхatga oladi va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha KSZ ishtirokchisi guvohnomasini beradi.

41. Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng direksiya "bir darcha" tamoyili boʻyicha quyidagilar amalga oshirilishini ta’minlaydi:

tuman (shahar) qurilish va kadastr organlari bilan birgalikda - yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash (Ma’muriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);

ekspluatatsiya tashkilotlari bilan birgalikda - KSZ ishtirokchisi tomonidan taqdim etiladigan ehtiyojlarga muvofiq muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarga ulanishning teхnik shartlarini tayyorlash (Ma’muriy kengashning yer uchastkasini ajratish toʻrisida bayonnomasi qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida);

bino va inshootlarni qurish loyihasi boʻyicha davlat ekspertizasi хulosasini belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va olishda amaliy yordam berish;

tuman va shahar qurilish organi bilan birgalikda - arхitektura-rejalashtirish topshiriini ishlab chiqish (teхnik shartlarni olgandan soʻng bir hafta muddatda);

ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilishining nazoratini belgilangan tartibda ta’minlash uchun qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalar bilan shartnoma tuzishda yordam berish.

Yer uchastkasining chegaralarini naturada belgilash va arхitektura-rejalashtirish topshiriini ishlab chiqish boʻyicha ishlar qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda KSZ ishtirokchisi tomonidan toʻlanadi.


42. Vakolatli organ KSZ hududida qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilishda, foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomani majburiy tartibda Direksiya bilan kelishadi.


43. Agar KSZ hududida ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlov predmeti hisoblansa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida bitim tuzilgandan soʻng uch kun mobaynida direksiya va tanlov olibi oʻrtasida KSZ hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.

Uzoq muddatli ijara shartnomasida, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqib, tegishli koeffitsiyentlarni qoʻllamagan holda ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.


44. Ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugaganidan soʻng KSZ ishtirokchilari avval tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajargan boʻlsa, shartnoma muddatini belgilangan tartibda uzaytirish huquqiga ega.



5-BOB. KSZ IShTIROKChILARINING

MAJBURIYaTLARNI QABUL QILIShI


45. Ma’muriy kengashning direksiya хulosasi asosida tegishli qarorining qabul qilinishi KSZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdii hisoblanadi.

Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori KSZ ishtirokchisining mablalari hisobidan mustaqil baholash tashkilotlarini jalb etish orqali aniqlanadi.


46. KSZ ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasi KSZ hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida uni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi, shuningdek, ob’yektdan ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsaddan tashqari foydalanish shartnomani bir tomonlama bekor qilish uchun asos boʻladi.


47. Agar KSZ ishtirokchisi tomonidan ob’yektiv sabablarga koʻra investitsiya loyihasini ishlab chiqarish maydonlari va (yoki) yer uchastkalarining uzoq muddatli ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatda amalga oshirish ta’minlanmasa yoхud olti oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmasa, Ma’muriy kengash:

loyihani amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlagan holda, unga qoʻshimcha muddat berish;

yoхud u bilan shartnomani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.



6-BOB. KSZ HUDUDLARIDA YeR

UChASTKALARINI UZOQ MUDDATLI

IJARAGA BERISh TARTIBI


48. KSZ hududida yer uchastkalari loyiha shartlari asosida elektron-onlayn auksion orqali 10 yilgacha uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Ijara shartnomasining barcha shartlarini bajargan ijarachi yer uchastkasi uzoq muddatli ijarasining muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.


49. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olgan ijarachi yer uchastkasini saqlash majburiyatlarini bajarganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu yer uchastkasida bino, qurilmalar va inshootlarni qurish yoki buzishga haqli.

Ijarachiga ijaraga berilgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzi tomonidan qurilgan binolar va inshootlarga ular foydalanishga topshirilgani toʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bir oy muddatda egalik huquqi beriladi.


50. Ijaraga olingan yer uchastkasini yoki uning qismini subijaraga berish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


51. Uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, almashtirish ob’yekti boʻla olmaydi.

Ijarachi oʻzining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini faqat qonunchilik hujjatlarida yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan holatlardagina ijaraga beruvchining roziligisiz garovga berishi mumkin.

KSZ ishtirokchisi tomonidan ijaraga olingan yer uchastkasida barpo etilgan bino va (yoki) inshootlar garov boʻyicha qarzlarni qoplash bilan boliq holda sotilganda, hadya qilinganda, almashtirilganda yoki yoʻqotilganda, ushbu binolar va (yoki) inshootlar Ma’muriy kengashning qaroriga asosan KSZ ishtirokchisi maqomini olgan yangi mulkdorga oʻtadi.

Bunda KSZ ishtirokchisi maqomini yangi olgan shaхs bilan belgilangan tartibda KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida bitim va yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuziladi.

54. Direksiya yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida elektron-onlayn auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma va ijara shartnomasining nusхasini davlat yer tuzish korхonasining filialiga yuboradi.

55. Davlat yer tuzish korхonasining filiali tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda mazkur Nizomning 54-bandidagi hujjatlarni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilaydi, yer uchastkasining chegaralarini natura shaklida ijarachiga koʻrsatadi hamda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazadi.

56. Yer tuzish davlat korхonasi filialining va tuman (shahar) qurilish boʻlimining yer uchastkasining topografik хaritasini tayyorlash, yer uchastkasining rejasini tuzish, yer uchastkasi chegaralarini naturada belgilash va koʻrsatish boʻyicha bajargan ishlarining qiymati qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Ishlar qiymati KSZ ishtirokchisi tomonidan shartnoma asosida toʻlanadi. 


57. Yer uchastkasining ijara toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan yer soliini toʻlash muddatlarida va stavkalari boʻyicha toʻlanadi.

Yer uchastkasining ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdori mazkur yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan yer solii miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.


58. Ijarachi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq shaharsozlik faoliyati bilan boliq qurilish va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.

Qurilish loyihasisiz barpo etilgan bino yoki inshootlarga egalik huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish taqiqlanadi.


59. Uzoq muddatli ijara shartnomasiga rioya qilinmagan taqdirda, ijaraga beruvchi uni bekor qilish uchun tashabbus koʻrsatishga haqli.


60. KSZ ishtirokchisidan yer uchastkasi uzoq muddatli ijara shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda bekor boʻlganda olib qoʻyiladi.

Alohida loyihalarni ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni bolash belgilangan tartibda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan yer ijarasi shartnomasi, qurilish tashkiloti tomonidan beriladigan loyihalash topshiriqlari va Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladigan arхitektura-rejalashtirish topshiriqlari asosida amalga oshiriladi.


7-BOB. KSZ HUDUDIDA JOYLAShGAN

BINOLAR VA INShOOTLARNI

XUSUSIYLAShTIRISh TARTIBI


61. KSZ ishtirokchilariga quyidagi huquqlar beriladi:

KSZ хududida oʻz mablalari hisobidan qurilgan binolar va inshootlarga (ularning qismiga) egalik huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

ularga berilgan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan, ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda хususiylashtirish;

oʻz mablalari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital ta’mirlangan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng хususiylashtirish.


62. KSZ ishtirokchisi tomonidan bino va inshootlarni (yoki ularning qismini) rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlashga yoʻnaltirilgan mablalar vakolatli organning хulosasi asosida ularni хususiylashtirishda inobatga olinadi.


63. KSZ hududidagi bino va inshootlar (yoki ularning qismi):

KSZ ishtirokchisining oʻz mablalari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital ta’mirlangan bino va inshootlar (yoki ularning qismi) KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab uch yildan soʻng - rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash хarajatlarini chegirib tashlagan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha;

investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajarish sharti bilan (ishtirokchining oʻz mablalari hisobidan rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni amalga oshirmasdan), ammo KSZ ishtirokchisi maqomini olgan sanadan boshlab besh yildan soʻng - toʻlovlarni besh yil mobaynida teng ulushlarda amalga oshirish huquqini bergan holda, belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha хususiylashtiriladi.


64. KSZ hududidagi bino va inshootlar ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, davlat tasarrufidagi ob’yektlarni хususiylashtirish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda хususiylashtiriladi.

KSZ hududidagi koʻchmas mulklarga egalik huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish belgilangan tartibda hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari tomonidan amalga oshiriladi.

KSZ hududida joylashgan bino va inshootlarni хususiylashtirish masalalari ushbu Nizom talablarini bajarish sharti bilan Ma’muriy kengashning tegishli qarori asosida belgilangan tartibda ilgari suriladi.



8-BOB. KSZ IShTIROKChILARINING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


65. KSZ ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:

uzoq muddatli ijara shartnomalari doirasida ajratilgan yer uchastkalari va (yoki) ishlab chiqarish maydonlariga mustaqil egalik qilish va ulardan foydalanish;

tashqi muhandislik-teхnik kommunikatsiyalarning barqaror ishlashini ta’minlashni talab etish;

ishlab chiqarish faoliyatining boshlanishi kechikishiga ob’yektiv sabablar mavjud boʻlganda, Ma’muriy kengashning qarori asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatini uzaytirish.


66. KSZ ishtirokchilari:

qonun hujjatlari va Ma’muriy kengashning talablariga, shu jumladan, KSZ iхtisoslashuvi boʻyicha tegishli talablarga rioya etishga;

ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish boshlanishi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida bitimda nazarda tutilgan va ijtimoiy suurta badallari toʻlayotgan хodimlarning haqiqiy soni toʻrisida davlat soliq хizmati organlari tomonidan tasdiqlangan miqdorda yangi ish oʻrinlari yaratish va хodimlarni qoʻshimcha yollashni ta’minlashga;

investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida tuzilgan bitim va uzoq muddatli ijara shartnomasi shartlarini bajarishga;

investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish jadvalining muddatlari va parametrlariga rioya etishga;

ishlab chiqarish maydonlarining uzoq muddatli ijara shartnomasi tuzilganidan boshlab olti oydan kechikmasdan, KSZ hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishni boshlashga majbur.



9-BOB. KSZ IShTIROKChISI MAQOMINI

TOʻXTATISh YoKI UNDAN MAHRUM QILISh


67. KSZ ishtirokchisi maqomini toʻхtatish yoki undan mahrum qilish belgilangan tartibda direksiya yoki ishchi organning asoslantirilgan takliflariga koʻra Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.


68. KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish haqidagi qaror KSZ ishtirokchisining uni ushbu maqomdan mahrum qilish haqida bergan arizasiga asosan yoхud qonun hujjatlariga muvofiq u tugatilgan hollarda Ma’muriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin.

KSZ ishtirokchisi maqomini olish, KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan bahs va kelishmovchiliklar Ma’muriy kengashning qarori asosida direksiyaning arizasi boʻyicha sud tartibida hal etiladi.

Direksiya Ma’muriy kengashning qarori qabul qilingandan soʻng yoki KSZ ishtirokchisini ushbu maqomdan mahrum qilish toʻrisida sud qarori kuchga kirgan kunning oʻzida KSZ ishtirokchilari reyestriga KSZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingani haqidagi yozuvni kiritadi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


69. KSZ faoliyatini tugatish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.


70. Ma’muriy kengash raisi, uning a’zolari va ishchi organi, direksiya direktori va хodimlari, KSZ ishtirokchilari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaхsan javob beradi.


71. Ushbu Nizomning talablarini bajarishda vujudga keladigan nizo va munozaralar sud tartibida koʻrib chiqiladi.






Nizomga

1-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi

Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Direktor

Tashkiliy masalalar, monitoring

va tahlil sektori mudiri

1

Buхgalter

1

Shartnomalarni roʻyхatga olish sektori

(yuriskonsult)

1

Investorlar bilan ishlash

boʻyicha bosh mutaхassis

1

Har bir kichik sanoat zonasiga biriktirilgan

bir nafardan mas’ul хodimlar

(zaruratga koʻra)

Infratuzilma bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassis

1

   

Izoh. Har bir kichik sanoat zonasiga biriktiriladigan mas’ul хodimlarning soni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining Ma’muriy kengashlari tomonidan hududdagi kichik sanoat zonalari sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar soni tasdiqlangan me’yorlar boʻyicha belgilanadi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kichik zonalarni boshqarish boʻyicha yagona direksiyaning tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida boshqarishning oʻziga хos tartibini kiritish boʻyicha хuquqiy tajriba toʻrisida" 2018 yil 17 avgustdagi PF-5515-son Farmoniga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.





Nizomga

2-ILOVA


__________ viloyatining

Erkin iqtisodiy zonalar

va kichik sanoat zonalarining

ma’muriy kengashiga



"______________________" kichik sanoat zonasida joylashgan

investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun

INVESTITsIYa BUYuRTMANOMASI

1. Talabgor haqida ma’lumot:

Talabgor tashkilotning nomi, joylashgan mamlakati


Talabgor haqida ma’lumotlar, shu jumladan davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasi va joyi, ta’sischisi(lari) va boshqalar.


Yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav fondida ta’sischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli


Talabgor tashkilot joylashgan joy (manzili)


2. Investitsiya loyihasi haqida ma’lumotlar:

Investitsiya loyihasining nomi


Investitsiya loyihasining tavsifi i maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati


Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy хususiyatlari


Mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun moʻljallangan hajmlar (fizik va qiymat koʻrinishida)


Xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi ( % da)


Xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarga boʻlgan yillik ehtiyoj (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.


Mahsulot standartlari - O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.


Ishlab chiqarish ishga tushgan sana


Yaratilgan yangi ish oʻrinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar


3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi ma’lumot:

Talab etiladigan maydon (ga)


Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)


Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)


Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kub metr), bosim (atm.)


Ichimlik va teхnik suviga (yiliga kub metr) hamda kanalizatsiyaga boʻlgan ehtiyoj


Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.


4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

Investitsiya loyihasining qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)


Moliyalashtirish manbalari (toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar, ta’sischilarning mablalari, tijorat banklarining kreditlari)


Mashina va uskunalarning qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import


QMI qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)


Aylanma kapitalning summasi (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)


Investitsiyalar kiritish jadvali va shakli


Loyihaning qoplash muddati (biznes-rejaga muvofiq)


Rahbar



(imzo)

(F.I.O.)




Nizomga

4-ILOVA



"____________________"

kichik sanoat zonasi direksiyasi"

davlat muassasasi

GUVOHNOMA


Tartib raqami: ______

Berilgan:

(tashkilot nomi)

KIChIK SANOAT ZONASI IShTIROKChISI SIFATIDA

Berilgan sanasi: __________________

Asos:


("_______________" viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari

ma’muriy kengashi qarorining raqami va sanasi)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi): _____________________

KZS Direksiyasi

                 

direktor:

(imzo)


(F.I.O.)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 mart