Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.03.2020 y. PQ-4635-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.03.2020 y.

N PQ-4635



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING TUZILMASIGA

BOSh VAZIRNING INVESTITsIYaLAR VA TAShQI

IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI BOʻYIChA

OʻRINBOSARI - INVESTITsIYaLAR VA TAShQI SAVDO

VAZIRI LAVOZIMINI KIRITISh TOʻRISIDA


Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohalarida mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalarni samarali amalga oshirish hamda vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirish va uyunligini ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimi kiritilsii.


2. Yangi kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Tashqi ishlar vazirliginiig, shuningdek, investitsiya, eksport va logistika masalalari boʻyicha Transport vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 mart