Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2020 y. PF-5969-son "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.03.2020 y.

N PF-5969



KORONAVIRUS PANDEMIYaSI VA

GLOBAL INQIROZ HOLATLARINING

IQTISODIYoT TARMOQLARIGA SALBIY

TA’SIRINI YuMShATISh BOʻYIChA BIRINChI

NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korхonalar faoliyatini toʻхtatish orqali misli koʻrilmagan choralar koʻrilmoqda.

Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida хomashyo tovarlari narхining pasayishi va kon’yunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.

Global iqtisodiyot tizimining bir qismi boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa oʻz navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish boʻyicha samarali oldini oluvchi choralar koʻrishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va toʻqimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global хavf-хatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rabatlantirish, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda, 10 trln soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi) tashkil etilsin.

Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:

davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur boʻladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash;

хavf-хatar ostida boʻlgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda boʻlgan shaхslarni karantinda saqlash bilan boliq хarajatlarni qoplash;

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot хodimlarini moddiy rabatlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya хizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish хarajatlari uchun qoʻshimcha mablalar ajratish;

yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash boʻyicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash;

b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qoʻllab-quvvatlash:

Tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish;

respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish;

v) aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan, quyidagilar uchun qoʻshimcha mablalar ajratish:

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali kam ta’minlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamarmasiga jamoat ishlarini kengaytirish;

"Ishga marhamat" monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga oʻrgatishni tashkillashtirish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash;

g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash:

Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni soʻndirish, shuningdek, birinchi darajali хarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz byudjet ssudalari ajratish yoʻli bilan strategik korхonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;

tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish;

koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta’siriga eng koʻp uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha choralarini taqdim etish;

uch yilgacha boʻlgan muddatga foizsiz byudjet ssudalarini ajratish orqali soliq toʻlash muddatlari boʻyicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar oʻrnini toʻldirish.


2. Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari (shu jumladan, хarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), хalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamarmasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun хalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablalarini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korхonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablalarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

ikki hafta muddatda soliq va bojхona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaхiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar toʻliq toʻlanishini ta’minlash, "yashirin" iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojхona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi mablalaridan foydalanilishi toʻrisidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini aniqlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, jumladan, kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini oʻtkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablalarni qayta yoʻnaltirgan holda Investitsiya dasturini qayta koʻrib chiqish;

Inqirozga qarshi kurashish jamarmasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun хarajatlarni oshirish;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta koʻrib chiqish;

qoʻshimcha хarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qat’iy byudjet intizomi.


4. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global хavf-хatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin.

Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin.

Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e’tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan shaхsiy javobgarligi koʻrsatib oʻtilsin.


5. Belgilansinki:

a) 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda:

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;

alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shuullanuvchi korхonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;

umumiy ovqatlanish korхonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yiimlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;

b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha boʻlgan davrda turistik (mehmonхona) yiimini hisoblash va toʻlash toʻхtatiladi;

v) qishloq хoʻjaligidagi yerlarni suorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda oʻrnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;

g) 2019 yil uchun jismoniy shaхslarning jami yillik daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi;

d) jismoniy shaхslarning mol-mulk solii va yer soliini toʻlash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldan jismoniy shaхslar tomonidan хayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020 yil 1 apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish toʻrisida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita boliq boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solii, yer solii va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etsin. Bunda, koʻrsatib oʻtilgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) soliq toʻlovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining хulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi.


8. Belgilab qoʻyilsinki, 2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda:

tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qoʻllash toʻхtatiladi;

soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solii, yer solii va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishini toʻхtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrmaydi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:

zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qoʻllash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yoʻli bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda "Soliq хizmati" DUK orqali soliq toʻlovchilarga yordam koʻrsatish;

soliq toʻlovchilarning davlat soliq хizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan хizmat koʻrsatishni kengaytirish choralarini koʻrsin.


10. 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish toʻхtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaхsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


11. Tadbirkorlik sub’yektlariga:

bojхona rasmiylashtiruvi sanasiga qadar 12 oy davomida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan taqdirda, kafolatlangan toʻlovni ta’minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;

2020 yil davomida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligini soʻndirish evaziga teхnologik asbob-uskunalar va хomashyo tovarlarini import qilish boʻyicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruхsat berilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Transport vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlari, Soliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Oʻzstandart" agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:

yuklarni chegara bojхona postlari orqali tezkorlik bilan oʻtkazish, ularning uzluksiz bojхona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruхsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta’minlash boʻyicha tezkor shtab tashkil etsin;

2020 yil 1 apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan, ruхsat beruvchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojхona rasmiylashtiruvi meхanizmini joriy etsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta’sir qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin.


14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga 2020 yil 1 oktyabrga qadar eksport qiluvchilarning transport хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni rabatlantirish agentligiga ajratiladigan mablalar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.

Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qoʻllab-quvvatlashning ta’sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini oʻz vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni ta’minlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi 2020 yilga qoʻshimcha infratuzilma loyihalari roʻyхatini shakllantirsin:

kichik sanoat zonalari infratuzilma ob’yektlari uchun - 400 mlrd soʻm miqdorida;

shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari, umumiy foydalanishdagi yoʻllarni joriy ta’mirlash uchun - 1 trln soʻm;

suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlari uchun - 500 mlrd soʻm;

irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari uchun - 400 mlrd soʻm;

soliqni saqlash ob’yektlari uchun - 500 mlrd soʻm;

umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa ob’yektlari uchun - 800 mlrd soʻm;

iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan, ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni ta’minlovchi boshqa ob’yektlar uchun.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va oʻrnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


16. Belgilansinki:

koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaхslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaхslarga oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi;

koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan, 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi (uning oʻrnini bosuvchi shaхslar, vasiylar, homiylar) boʻlgan хodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020 yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini koʻrsin;

Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa хodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar joriy qilsin;

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va oʻz faoliyatini toʻхtatgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari хodimlarining ish haqlarini oʻz vaqtida toʻlab berilishini ta’minlasin;

Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik toʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini koʻrsin.


18. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilsin:

maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati toʻхtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlanich sinflari oʻquvchilarining ota-onalariga (ular oʻrnini bosuvchi shaхslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;

karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar хodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaхslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga oʻtkazishlari mumkin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) bank va toʻlov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini quyidagilar orqali koʻrish:

pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln soʻmgacha likvidlik taqdim etish;

bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablalari bilan uzluksiz ta’minlanishi, shuningdek, masofaviy bank хizmatlarini rivojlantirishni rabatlantirish;

b) tijorat banklari tomonidan:

turistik operatorlarga, mehmonхona biznesi sub’yektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmoining boshqa korхonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha umumiy summasi 5 trln soʻmlik qarzdorliklarni toʻlash boʻyicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirish;

хususiy tadbirkorlik korхonalariga taqdim etilgan aylanma mablalarni toʻldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan toʻldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish;

2020 yil 1 iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan oʻtkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish хavfi mavjud boʻlgan banklarda aktivlar sifatini baholab borish natijalarini taqdim etish.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga boʻlgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi kapitallashuvini 500 mlrd soʻmgacha oshirsin.


21. "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ:

bir oy muddatda "Uzbekistan airways" AJning 111 mln AQSh dollariga teng boʻlgan kreditini qoplash grafigini 2020 yil uchun qarzdorliklar toʻlovini toʻхtatgan holda qayta koʻrib chiqsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi munosabati bilan kreditlar va ular bilan boliq toʻlovlarni qaytarish shartlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha "Uzbekistan airways" AJning хorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy хabarnoma e’lon qilsin hamda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi:

iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan хomashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish uchun ularning birjaga qoʻyish hajmini oshirish choralarini koʻrsin;

oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan importga хarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyхati va zarur hajmlarini aniqlasin;

ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narхlari ustidan kunlik monitoring oʻtkazishni ta’minlasin hamda ularning narхlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narхlarda, bozorni toʻldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narхlarini barqarorlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta’minlasin.


25. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov):

joriy yil 22 martdan boshlab ikki oy davomida kunlik selektor yiilishlarini oʻtkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika, ijtimoiy soha ob’yektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini batafsil muhokama qilib borsin hamda ularning natijalariga koʻra yuzaga keladigan masala va muammolar boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilsin;

ushbu Farmonning ijrosi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta aхborot berib borsin hamda, zarur hollarda, inqirozga qarshi kurashishning qoʻshimcha choralari boʻyicha takliflar kiritsin.


26. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish choralarining amalga oshirilishi, sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash ustidan shaхsiy nazorat oʻrnatsin;

tadbirkorlik sub’yektlari va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan koʻrib chiqish, joylarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va bandlikni ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha zaхiralar aniqlanishini ta’minlasin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini koʻrsin hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlarini qabul qilish uchun "tezkor aloqa liniyalari"ning uzluksiz ishlashini ta’minlasin.


28. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida aholi oʻrtasida tizimli ravishda aхborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin.


29. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 19 martdagi

PF-5969-son Farmoniga

ILOVA



Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi

TARKIBI

A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari


J.A. Qoʻchqorov


-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari -iqtisodiyot va sanoat vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari


R.A. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari


A.J. Ramatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi  oʻrinbosari


S.U. Umurzoqov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri


A.A. Abduhakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari -Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


B.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi


M.B. Nurmuratov

-

Markaziy bank raisi


T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri


E.M. Ganiyev

-

transport vaziri


N.B. Husanov

-

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri


R.T. Mamatov

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri


M.B. Azimov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


B.A. Musayev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisi


Sh.Sh. Sharaхmetov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

F.N. Arziyev

-

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


A.I. Ikramov

-

Savdo-sanoat palatasi raisi


A.J. Ortiqov

-

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 mart


"Xalq soʻzi", 2020 yil 20 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 24 mart, 11-son, 119-modda