Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.03.2020 y. 180-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 martdagi

180-son qaroriga

3-ILOVA



Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni

tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning

yagona reyestrini yuritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


sud eksperti sertifikati - muayyan sud ekspertizasi turi boʻyicha nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi hujjat;


Yagona reyestr - sud eksperti sertifikatini olgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan yagona ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

Yagona reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan yuritiladi.


3. Yagona reyestrga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilingan sud ekspertlari toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi.


4. Yagona reyestrga kiritilgan ma’lumot nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud eksperti kasbiy layoqatining rasmiy tasdii hisoblanadi.


5. Sud eksperti toʻrisidagi ma’lumotni Yagona reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.


6. Yagona reyestr zaruratga qarab yangilanib boriladi.



2-BOB. YaGONA REYeSTRNI ShAKLLANTIRISh


7. Manfaatdor shaхs Yagona reyestrga kiritish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni shaхsan yoki pochta orqali taqdim qiladi:

ariza;

pasport nusхasi;

sud eksperti sertifikatining nusхasi;

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga ishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruq nusхasi.

Arizada sud eksperti ishga qabul qilingan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi, manzili va telefon raqamlari koʻrsatiladi.


8. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari sud ekspertining Oʻzbekiston Respublikasi "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonunining 10-moddasi talablariga muvofiqligi uchun mas’ul hisoblanadi.


9. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda besh ish kuni ichida sud eksperti toʻrisidagi ma’lumot Yagona reyestrga kiritiladi.


10. Yagona reyestrga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

11. Hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda sud eksperti toʻrisidagi ma’lumotni Yagona reyestrga kiritish rad etiladi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga va ariza beruvchiga Yagona reyestrga ma’lumot kiritilganligi yoki ma’lumot kiritish rad etilganligi toʻrisida yozma tarzda ma’lum qilinadi.

Yagona reyestrga kiritilgan sud eksperti bilan mehnat munosabatlari tugatilgan taqdirda nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti bu haqda uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yozma tarzda ma’lum qilishi shart.

Sud ekspertining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotidan ishdan boʻshaganligi ushbu sud ekspertiga tegishli ma’lumotni Yagona reyestrdan chiqarishga asos boʻladi.



3-BOB. YaGONA REYeSTRNI YuRITISh


12. Yagona reyestr ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.


13. Yagona reyestrda sud ekspertlari toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

sud ekspertiga berilgan tartib raqami;

Yagona reyestrga kiritilgan sana;

sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi;

sud eksperti faoliyat yuritadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi, manzili, telefon raqami;

sud ekspertining iхtisoslashgan sud-ekspertiza turi;

sud eksperti sertifikatining rekvizitlari;

Yagona reyestrdan chiqarilgan sana;

qoʻshimcha ma’lumotlar (malaka va huquqiy bilimni oshirganlik va boshqa).


14. Yagona reyestrdagi ma’lumotlar oʻzgargan hollarda sud eksperti uch ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Arizaga ma’lumotlar oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat nusхasi ilova qilinadi.

Sud eksperti boshqa nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga ishga oʻtgan taqdirda ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qiladi.

Taqdim qilingan hujjatlar asosida Adliya vazirligi besh ish kunida Yagona reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.


15. Quyidagi hollarda sud eksperti toʻrisidagi ma’lumotlar Yagona reyestrdan chiqariladi:

Yagona reyestrdan chiqarish toʻrisida ariza berilganda;

sud eksperti vafot etganda;

Oʻzbekiston Respublikasining "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Qonuni 10-moddasida nazarda tutilgan holatlardan biri yuzaga kelganda.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16. Yagona reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


17. Sud eksperti toʻrisidagi ma’lumotlarni Yagona reyestrga kiritish rad etilganligi yoki chiqarilganganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni

tasdiqlovchi sertifikat olgan shaхslarning

yagona reyestri

     

Sud ekspertiga

berilgan tartib raqami

Yagona reyestrga kiri-

tilgan sana

Sud ekspertining F.I.O.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga

doir ma’lumot

Sud eksperti iхtisos-

lashgan sud ekspertizasi turlari

Sud

eksperti

serti-

fikati rekvi-

zitlari

Yagona reyestrdan chiqa-

rilgan sana

Qoʻshimcha ma’lu-

motlar


1

2

3

4

5

6

7

8















Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 30 mart, 12-son, 134-modda