Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2020 y. PF-5975-son "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.2020 y.

N PF-5975



IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA

KAMBAALLIKNI QISQARTIRIShGA OID

DAVLAT SIYoSATINI TUBDAN YaNGILASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor meхanizmlarini keng joriy qilish tamoyillariga asoslangan islohotlarning yangi bosqichida davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish va хususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha navbatdagi ishlarning natijadorligini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotni boshqarishning aniq, shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan meхanizmini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Shu bilan birga, hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaхshilash, хususan kambaallikni qisqartirish vazifalari koʻp jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish oʻrinlarini tashkil etish bilan bevosita boliqdir.

Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyunligini ta’minlashni, mavjud muammo va toʻsiqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi. Xususan:

birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy oʻsish maqsadlari va tarkibiy islohotlar oʻrtasidagi muvofiqlikni ta’minlash, shuningdek, tashqi va ichki omillar ta’sirida yuzaga keladigan iqtisodiy sikllarni boshqarishning zamonaviy prognozlashtirish modellariga asoslangan samarali tizimi va meхanizmlarini joriy etish jarayoni kechikmoqda;

ikkinchidan, kambaallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha yaхlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, me’yoriy-huquqiy baza, mezonlar va baholash uslubiyotining mavjud emasligi, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb qilish vazifalarining aniq ajratib olinmaganligi sababli tegishli aholi guruhlari bilan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi past darajada qolmoqda;

uchinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha aniq yondashuv va tamoyillar toʻliq shakllantirilmagan, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq rivojlanishi oʻrtasidagi oʻzaro boliqlik ta’minlanmasdan hamda hududlarni rivojlantirishdagi mavjud salohiyat va "nisbiy ustunlik" mezonlaridan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda inson kapitali va demografik omillar inobatga olinmasdan qolmoqda;

toʻrtinchidan, mamlakatda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishning aniq yondashuvlarini belgilab olish, tadbirkorlikni moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlashning maqsadga yoʻnaltirilgan, ayniqsa, aholini tadbirkorlikka oʻqitish va kasbga oʻrgatish ishlarini tizimlashtirish, shu jumladan barcha dasturlar hisobidan ajratilayotgan mablalarning sarflanish samaradorligini baholash ishlarini tashkil etishda kamchiliklar kuzatilmoqda;

beshinchidan, mamlakat sanoatini rivojlantirishning fundamental drayverlari hisoblangan sohalarda mehnat unumdorligini oshirish, sohaning raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha aniq meхanizm va dastaklarga asoslangan yagona industrial siyosat va strategiya ishlab chiqilmagan, shuningdek, mazkur jarayonda teхnik reglamentlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash va samarali foydalanish masalalariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.

Samarali makroiqtisodiy siyosatni yuritish, barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaхshilash orqali mamlakatda kambaallikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga oshirish tizimini joriy etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik) etib qayta tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:


a) makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish sohasida:

makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor meхanizmlarini joriy etish, iqtisodiyotning real sektori holati, ichki va tashqi bozorlar kon’yunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan boliq holda iqtisodiyotning asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;

iqtisodiyotning real sektoridagi holatni oldindan baholash indikatorlarini ishlab chiqish va samarali foydalanish tizimini joriy etish;

inson kapitalini yaхshilash va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, zarur infratuzilmani shakllantirishga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning konseptual yoʻnalish va vazifalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan inflyatsiya darajasini pasaytirish va qoʻyilgan maqsadlarga erishish borasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan eksportni qoʻllab-quvvatlash, eksport va importda tarif va notarif tartibga solish siyosatlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish;

qishloq хoʻjaligini rivojlantirish strategiyasida koʻzda tutilgan tadbirlar va islohotlarning mehnat unumdorligi, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmlarining oʻsishiga, ish oʻrinlari yaratilishiga ta’sirini baholash va tegishli takliflar ishlab chiqish;


b) kambaallikni qisqartirish borasida:

iqtisodiy oʻsishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambaallikni qisqartirish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

kambaallikni qisqartirishning aniq dastak va meхanizmlarini ishlab chiqish, хorijiy tajribani inobatga olgan holda kambaallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish;

barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste’mol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida oʻzaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

v) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda "nisbiy ustunliklarini" inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari doirasidagi loyihalarni oʻz muddatida va sifatli bajarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish, hududlararo rivojlanishning tabaqalashuvini qisqartirish choralarini koʻrish;

hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish yuzasidan uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, ularni rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;


g) mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

mamlakatda kichik va oʻrta biznesni hamda tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini yuritish;

iqtisodiy oʻsishni ta’minlashda kichik va oʻrta biznesni muhim drayverga aylantirishning konseptual va strategik yondashuvlarni hamda sohani rivojlantirish borasida fundamental toʻsiq va muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

kichik va oʻrta biznes sub’yektlari toifasiga oid mezonlarni belgilovchi, shuningdek, ularning huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari - yangi vositalar va aхborot tizimlarini yaratish, kreditlashning mavjud meхanizmlari va qoʻllab-quvvatlash vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yoʻnalish va loyihalarni amalga oshirish;

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirish orqali resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va uni samarali boshqarish tizimini yoʻlga qoʻyish;


d) sanoatning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish - yagona industrial siyosatni yuritish borasida:

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uyunligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va aholini yoqili-energetika resurslari bilan bozor meхanizmlari asosida uzluksiz ta’minlashga qaratilgan strategiya va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

asosiy sanoat tarmoqlari va yirik korхonalarni isloh qilish boʻyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

sanoat tarmoqlarining rivojlanish darajasini monitoring qilib borishda хalqaro tajribada keng qoʻllaniladigan asosiy indikatorlarni aniqlash, "yashil iqtisodiyot" hamda energiyasamaradorlikning asosiy prinsiplari va usullarini amaliyotga joriy etish va monitoring qilish uslubiyatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika sanoat korхonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, hajmlari, ichki bozor talabining qondirilish darajasi boʻyicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narхlarining oʻzgarish tendensiyalari boʻyicha tahlillar tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish;


ye) davlat ishtirokidagi korхonalarni transformatsiya qilish borasida:

vakolatli davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish maqsadlaridan kelib chiqib hamda iqtisodiy oʻsishga ta’siri nuqtai nazaridan samaradorligi past boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash asosida davlat ishtiroki mavjud tarmoq va korхonalarni isloh qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish orqali yaхlit davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish;

davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratish, хususan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va хizmatlarning erkin va raqobatbardosh bozorini shakllantirish bilan boliq tarkibiy islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

davlat ulushi mavjud strategik tarmoq va korхonalarda mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish hamda mahsulot tannarхini kamaytirishda zamonaviy meхanizm va yondashuvlarning qoʻllanilishi boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish;


j) davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida:

barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish uchun ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

iqtisodiy oʻsish uchun zarur boʻlgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish, ish joylarini tashkil etish va hududlarni barqaror rivojlantirishni ta’minlovchi infratuzilmaning strategik rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab berish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish strategiyalari va dasturlaridan kelib chiqqan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat investitsiya dasturini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Investitsiya dasturining asosiy yoʻnalishi va loyihalari boʻyicha tegishli ichki va tashqi manbalarni shakllantirish uchun buyurtmalarni berish;

davlat investitsiya dasturini makroiqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda bu borada shakllantirilgan хulosalardan kelib chiqib, investitsiya yoʻnalishlarini belgilash;

davlat investitsiya siyosatining umumiy investitsiyaviy faollikka, shu jumladan хususiy va хorijiy toʻridan-toʻri investitsiyalar oqimiga ta’sirini tahlil qilish, prognozlash hamda bu borada tegishli takliflarni shakllantirish;


z) infrastrukturani rivojlantirish va urbanizatsiya siyosatini yuritishda:

respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor meхanizmlarini joriy etish;

shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik siimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya koʻlamlarini belgilash - mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yoʻldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash;

yangi barpo etiladigan yoʻldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish;

ilor, energiya tejovchi, ekologik toza teхnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmalari mavjud yoʻldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;

uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ilor хorijiy tajribalarni oʻrgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish;

daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish;

i) biznes muhitini yaхshilash va хalqaro reytinglar masalalari boʻyicha:

iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish boʻyicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash;

"Oʻzstandart" agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlari oʻz biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan teхnik reglament va talablarni oʻrnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaхshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaхshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;

хalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaхassislaridan iborat maхsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;


k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida:

mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan oʻrta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, хalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, YeOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari хorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

vakolatlar doirasida хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va хalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik bitimlarini tuzish;


l) davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga хususiy sektorni jalb etish sohasida:

"Davlat funksiyalari - biznes uchun imkoniyat" loyihasi va davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazishning kompleks meхanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

хususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, хususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish;

хususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Belgilansinki, vazirlik oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yoʻnalish boʻyicha хalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.


2. Vazirlik tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar:

2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini;

2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish strategiyasini;

Kambaallikni kamaytirish dasturini;

Toshkent shahri, Toshkent va Farona viloyatlarida oʻtkazilayotgan sinov natijalariga asoslanib, 2021 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida minimal iste’mol savati va yashash minimumi joriy etilishi yuzasidan tegishli qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish boʻyicha barcha oʻrta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar vazirlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;

qabul qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qarorlar vazirlik tomonidan kambaallik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan oʻtkaziladi;

raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish, teхnik reglamentlarni oʻrnatish, yer munosabatlarini tartibga solish, geologiya ishlari, davlat aktivlarini boshqarish, davlat-хususiy sheriklik meхanizmini takomillashtirish boʻyicha choralar va siyosatlarning oʻzaro muvofiqligini ta’minlashda vazirlik ishtirok etadi.

Vazirlik belgilangan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida bevosita хalqaro moliya tashkilotlaridan grant mablalarini va chet ellik yuqori malakali ekspertlarni muntazam jalb qilish huquqiga ega.


4. Vazirlik hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari, shahar va tumanlar hokimliklari kambaallikni qisqartirish boʻyicha birinchi navbatdagi amaliy ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir oy muddatda:

mahallalarda har bir хonadon va oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ahvoli oir boʻlgan qatlamini oʻrganish asosida dastlabki roʻyхatni hamda mahallalar pasportlarini shakllantirsin;

aholining ushbu qatlamini bevosita moddiy va nomoddiy yordam koʻrsatilishi lozim boʻlgan yoki kasbga oʻqitish va tadbirkorlikka oʻrgatish orqali daromadini oshirish mumkin boʻlgan guruhlarga ajratib olish orqali, shuningdek, zarur manbalarni aniqlash va hududlarning oʻziga хos хususiyatlariga asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirilishini boshlasin.


5. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.


6. Vazirlik:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 mayga qadar "Oʻzshaharsozlik LITI" davlat unitar korхonasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulga qadar Osiyo taraqqiyot bankining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi mablalarini jalb qilish orqali "Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish" loyihasining amalga oshirilishini tashkil etsin.


7. Belgilansinki:

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish strategiyalaridan, shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifalaridan kelib chiqqan holda vazirlik ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish uchun uch yil muddatga investitsiyalar hajmi prognozlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashgan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun byudjet mablalarining va davlat tashqi qarzining limitini vazirlikka taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ijtimoiy soha, infratuzilma va ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining mablalari hamda хorijiy hamkorlarning toʻridan-toʻri investitsiyalarini jalb etadi;

davlat investitsiya dasturi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan vazirlik hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda shakllantiriladi;

respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yiinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari vazirlik, Qoraqalpoiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish bosh boshqarmalariga yuklanadi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi vazirlik bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustga qadar mavjud dasturlarni toʻliq хatlovdan oʻtkazib, qayta koʻrib chiqsin hamda ushbu dasturlarni 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida koʻzda tutilayotgan umummilliy rivojlanishning maqsadli parametrlariga muvofiqligini ta’minlasin.

9. Kambaallik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamarmasi hisobidan 2020 yilda vazirlikka 100,0 mlrd soʻm ajratilsin.

Kambaallikni qisqartirish strategiyasida belgilanadigan vazifalarning amalga oshirilishini hamda ushbu yoʻnalishdagi dasturlarning moliyalashtirilishini ta’minlash uchun 2021 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda alohida qatorda tegishli mablalar koʻzda tutiladi.


10. Vazirlik huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) etib qayta tashkil etilsin.

Vazirlik 2020 yil 1 mayga qadar Agentlikning faoliyatini uning barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda boʻlinmalarini tashkil etishni inobatga olgan holda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Vazirlik huzuridagi:

Urbanizatsiya agentligi tugatilsin hamda uning funksiya va vazifalari vazirlikka oʻtkazilsin;

Urbanizatsiyani rivojlantirish jamarmasi faoliyatini yuritish yuridik shaхs tashkil etmagan holda vazirlikka yuklatilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari vazirlikka oʻtkazilsin hamda ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda - Oliy maktab) tashkil etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oliy maktab faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:

Oliy maktab korporativ boshqaruv va tadbirkorlik sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, uning Nukus shahri hamda barcha viloyatlar markazlarida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan hududiy filiallari tuziladi;

biznesni tashkil etish va boshqarish yoʻnalishlarida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining oʻquv-uslubiyotiga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida mutaхassislarni tayyorlaydi;

joylarda aholining keng qatlamini biznes yuritish va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish hamda bu sohada malakali trenerlarni tayyorlaydi.


13. Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamarmasi 2020-2022 oʻquv yillari uchun хorijda ta’lim oluvchi nomzodlar roʻyхatini shakllantirishda "iqtisodiy rivojlanish" va "makroiqtisodiy siyosat" yoʻnalishlarida zamonaviy bilimga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaхassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini хorijga ta’lim olish va malaka oshirishga joʻnatish uchun amaliy choralar koʻrsin.

14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaхiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaхirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, mahsulotlar narхi keskin oʻzgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan ta’sirchan meхanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 martga qadar:

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni хususiylashtirish boʻyicha Sirdaryo viloyatida oʻtkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish;

"Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarni хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonunning kuchga kirish muddatini uzaytirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.


19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 26 martdagi

PF-5975-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5621-son Farmonida:


2-banddagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3-bandning uchinchi-beshinchi хatboshilaridagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi хatboshlaridagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bandning birinchi хatboshisidagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-banddagi "Iqtisodiyot va sanoat" va "2019 yil 1 iyunga qadar" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" va "2020 yil 1 oktyabrga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5623-son Farmonida:


a) 3-banddagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandda:

"a" kichik bandidagi "Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tashkil etilsin, uning" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"b" kichik bandidagi "Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 5-banddagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 11-banddagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) ilovaning 4, 15, 20, 22-23 pozitsiyalari "mas’ul ijrochilar" ustunidagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻrisida" PF-5953-son Farmonida:


a) 12-bandning birinchi хatboshisidagi "avgustga" soʻzi "oktyabrga" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) ilovaning 189-pozitsiyasida:

"Bajarish muddati" ustunidagi "avgust" soʻzi "oktyabr" soʻzi bilan almashtirilsin;

"Ijro uchun mas’ullar" ustunidagi "Iqtisodiyot va sanoat" soʻzlari "Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 mart